Ushbu maqolada grafik materiallar — qalam, sangina va ko‘mir yordamida natyurmort ishlashni o‘rgatishning bosqichma-bosqich tizimi yoritilgan. Tadqiqotning maqsadi — tasviriy san’at ta’limida natyurmort chizishni o‘rgatish jarayonini ilmiy asoslash, samarador metodlarni tavsiya etish va o‘quvchi-amaliyotchilar uchun amaliy texnologiyani ishlab chiqishdir. Tadqiqot vazifalari sifatida: nazariy adabiyotlarni tahlil qilish, amaliy usullarni solishtirish, o‘quv jarayonida qo‘llaniladigan bosqichlarni ishlab chiqish va ularning samaradorligini baholash belgilandi. Maqolada metodologik yondashuvlar, tajriba natijalari, xulosalar va tavsiyalar keltirilgan.