Odontogen kelib chiqishga ega bo‘lgan gaymoritlar hozirgi kunda otorinolaringologiya va stomatologiya amaliyotida muhim klinik muammolardan biri hisoblanadi. Turli epidemiologik tadqiqotlarga ko‘ra, yuqori jag‘ sinusining surunkali va o‘tkir yallig‘lanish kasalliklarining 10–40 % holatlari aynan odontogen omillar bilan bog‘liq. Bunday holatlarning ko‘payishi stomatologik xizmatlar hajmining oshishi, invaziv muolajalar sonining ko‘payishi va tish-jag‘ tizimi patologiyalarining keng tarqalganligi bilan izohlanadi.
2025-12-22