Suvning qattiqligi kalsiy va magniyning 1 litr suvdagi milligramm-ekvivalent miqdori bilan ifodalanadi. Umumiy qattiqlik qora erioxrom T ishtirokida, komplekson III eritmasi bilan kompleksonometrik titrlash orqali aniqlanadi. Kalsiy va magniyning miqdorini alohida-alohida aniqlash zarurati tug’ilganda, dastlab, ularning umumiy miqdori aniqlanadi, so’ngra alohida namunada kalsiy oksalat ko’rinishida cho’kmaga tushiriladi va magniy ionlari titrlanadi.
2022-12-19