Mazkur maqolada ong va ongsizlik tushunchalarining mohiyati, ularning inson tafakkuri va xatti-harakatlariga ta’siri tahlil qilinadi. Ong- insonning atrof-muhitni anglash, fikrlash va maqsadli faoliyat yuritish qobilyatidir. U bilim olish, tahlil qilish va qaror qabul qilish jarayonlarida muhim rol o‘ynaydi. Ongsizlik esa inson ongidan tashqarida bo‘lib, instinktlar, sezgilar va avtomatik xatti-harakatlar bilan bog‘liq holatni o‘z ichiga oladi.