Mazkur tezis Mamatqul Hazratqulov ijodidagi qissalarning struktur va semiotik xususiyatlarini tahlil etishga bag‘ishlangan. Ijodkorning qissalaridagi sarlavha, ilk jumla va epigraf kabi muhim badiiy elementlar tadqiq qilingan. Shuningdek, “Ko‘kko‘l”, “Intizor”, “Eshiklar ochiq”, “Chiroq o‘chmagan kecha” hamda “Bir tilim qovun” kabi qissalardagi ramziy ma’nolar, ruhiy-emotsional kayfiyat va g‘oyaviy qatlamlar yoritilgan. Muallif sarlavha va ilk jumlaning kitobxon tasavvurida hosil qiladigan dastlabki taassurotini, shuningdek, epigrafning badiiy mazmunni chuqurlashtirishdagi ahamiyatini ko‘rsatib bergani haqida ilmiy-nazariy xulosalar chiqarilgan.