Ushbu maqolada sanoat ishlab chiqarishida sanitariya va gigiyena talablarini ta’minlashning ahamiyati, asosiy prinsiplari va amaliy usullari ko‘rib chiqiladi. Sanitariya va gigiyena sohasidagi me’yorlar va qoidalar ishlab chiqarish jarayonlarida ishchilar salomatligini saqlash, kasalliklarning oldini olish va mehnat unumdorligini oshirishda muhim rol o‘ynaydi. Maqolada shuningdek, ishlab chiqarish muhitida sanitariya va gigiyena talablariga rioya etish bo‘yicha mavjud qonun hujjatlari va normativlar tahlil qilinadi. Sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlariga rioya etish davlat idoralari, korxonalar va alohida shaxslarning majburiyati ekanligi ta’kidlanadi.
2026-03-30