O‘zbekiston bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida bo‘lib, jamiyatda bozor
munosabatlari, tuzilmalari, infratuzilmasi shakllanib kelayotgan, ijtimoiy-iqtisodiy tizim bozor
iqtisodiyoti qonunlari, tamoyillari, talablariga moslashtirib qayta qurilayotgan bir paytda
tadbirkorlik sohasi shakllanib, rivojlanib kelmoqda. Shu bois, mazkur maqola O'zbekistonda
tadbirkorlik faoliyati, uning ahamiyati va shuningdek, tadbirkorlik faoliyatini yuritish turlarini
tahlil qiladi