Ushbu maqolada shoshilinch tibbiy yordam tizimlarida bemorlarni qabul qilish va navbatlarni boshqarish jarayonini raqamlashtirish masalalari tadqiq etilgan. Tadqiqot doirasida C# dasturlash tilining tartiblangan to‘plamlari asosida bemorlarni klinik holatining og‘irlik darajasiga ko‘ra avtomatik saralovchi dasturiy model ishlab chiqildi. Tajriba natijalari taklif etilgan algoritmik yechim an’anaviy tizimlarga nisbatan yuqori ishlash tezligiga ega ekanligini va shoshilinch holatlarda qaror qabul qilish jarayonini optimallashtirish imkonini berishini ko‘rsatdi.
2026-01-06