Mazkur tezisda tafakkur fenomenining falsafiy-gnoseologik asoslari tarixiy-pedagogik nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Antik davr mutafakkirlari Suqrot va Aristotel, Sharq allomalari Abu Nasr Forobiy va Abu Ali ibn Sino, shuningdek turkiy mutafakkir Yusuf Xos Hojibning tafakkurga doir qarashlari qiyosiy o'rganilgan. Tadqiqot natijalariga ko'ra, tafakkur rivoji bosqichma-bosqich xarakterga ega bo'lib, uning asosini mantiqiy dalillash va refleksiya tashkil etadi. Ushbu tarixiy meros zamonaviy pedagogikada tanqidiy va ijodiy tafakkurni shakllantirishning nazariy-metodologik asosi sifatida xizmat qiladi.
2026-02-28