Pahlavonquli Ravnaq XVIII asrda yetishgan atoqli so‘z san'atkorlaridan biridir. Navoiy va Fuzuliy kabi ustoz so‘z san'atkorlaridan ta'lim olgan, ularning g‘azallariga muxammaslar bitgan Ravnaq o‘z davrining yetuk shoirlaridan biri bo‘lib yetishdi, zamondoshlari va keyingi davrda o‘tgan bir qator adabiyot ahllarining ijodiyotiga samarali ta’sir etdi.
2025-09-29