Mazkur maqolada samarali muloqot jarayonida talaffuzning o‘rni, uning nutq ravonligi va tushunarliligiga ta’siri ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Talaffuz fonetik tizimning muhim elementi sifatida kommunikativ kompetensiyaning ajralmas qismi hisoblanadi. Tadqiqotlar asosida to‘g‘ri talaffuzning muloqot samaradorligini oshirishi, noto‘g‘ri talaffuz esa kommunikativ to‘siqlarni yuzaga keltirishi asoslab beriladi. Shuningdek, maqolada intonatsiya, urg‘u va ritmning nutqdagi roli hamda xorijiy til o‘rganishda talaffuzni rivojlantirish metodlari ko‘rib chiqiladi.