Joylashgan joyiga, tuzilishiga, bajariladigan ishlab chiqarish jarayonlariga qarab, sutni birlamchi ishlov berish jarayonlarini quyidagi tiplari mavjud: bevosita ferma qoshidagi, markazlashtirilgan (markaziy sutni qayta ishlash va saqlash joylari), sut zavodi, ferma-sut zavodi. Ferma qoshidagi sutni dastlab ishlash joylari (sutxona). Har bir fermada shu kabi joyni tashkil qilish zarur. Yuqori navli sut mahsulotlarini faqat yuqori sifatli xom sutdan ishlab chiqarish mumkin. Sutning sifati uni qayta ishlashga yaroqliligini aniqlovchi xususiyatlari majmuasi (kimyoviy tarkibi, fizik-kimyoviy va mikrobiologik ko‘rsatkichlari) bilan belgilanadi.
2025-06-16