Ushbu maqolada fazoda berilgan to‘g‘ri chiziqning tekislikka ortogonal proyeksiyasini aniqlashda vektor farq operatoridan foydalanishning yangi analitik yondashuvi taklif etiladi. Tadqiqotda chiziqning yo‘naltiruvchi vektori va tekislikning normal vektori yordamida proyeksiya yo‘nalishi aniqlanadi, so‘ngra nuqtaning tekislikka perpendikulyar tushirilgan proyeksiyasi vektorlar ayirmasi orqali ifodalanadi. Taklif etilgan usul klassik proyeksiya formulalariga tayanadi, biroq uni vektor operatorlari asosida umumlashtirilgan va invariant ko‘rinishda ifodalash imkonini beradi. Natijada, chiziq va uning tekislikdagi proyeksiyasi orasidagi bog‘lanish aniq matematik model orqali asoslab beriladi.
2025-11-24