Yangi trendlar audiovizual jurnalistikada hamisha amalda bо‘lgan. Buni radio tarixida madaniy-ma’rifiy dasturlarni hamma davrlarda zamonasining eng taniqli, ziyoli vakillari tayyorlagani misolida kо‘rish mumkin. Ushbu ilmiy maqolada radio tarixida madaniy-ma’rifiy, musiqiy- kо‘ngilochar dasturlarning yetakchi о‘rinda turgani, hozirgi kunda ham radiokanallarda madaniy-ma’rifiy dasturlarning mavqei balandligi va muxlislar tomonidan e’tirof etilayotgani ifodalangan. An’analar asosida tayyorlanayotgan madaniy-ma’rifiy radiodasturlarning yangi terndlarda ommalashtirish tadqiq etilgan.
2026-03-30