Innovative Academy
  • Register
  • Login
  • En
  • Ўз
  • Ру

Innovative Academy

  • Journals
    • Eurasian Journal of Academic Research
    • Eurasian Journal of Medical and Natural Sciences
    • Eurasian Journal of Social Sciences, Philosophy and Culture
    • Eurasian Journal of Law, Finance and Applied Sciences
    • Eurasian Journal of Mathematical Theory and Computer Sciences
  • New Journals
    • Central Asian Journal of Education and Innovation
    • Eurasian Journal of Technology and Innovation
    • Bulletin of pedagogs of new Uzbekistan
    • Bulletin of students of new Uzbekistan
  • Conferences
    • Science and technology in the modern world
    • Applied Sciences in the modern world: problems and solutions
    • Natural Sciences in the modern world: theoretical and practical research
    • Innovative research in the modern world: theory and practice
    • Pedagogy and psychology in the modern world: theoretical and practical research
    • Social Sciences in the modern world: theoretical and practical research
  • Announcements
    • Ilmiy maqola qanday yoziladi?
    • Questions and answers to doctoral studies
    • «Eng yaxshi ilmiy maqola» tanlovi
    • What is the Hirsch index and how to increase it?
    • atm

Search

Advanced filters

Search Results

YANGI O'ZBЕKISTONDA DAVLAT VA DIN MUNOSABATLARI

Ushbu maqolada O'zbеkistonda diniy bag'rikеnglik, hamjihatlik va o'zaro totuvlik muhitini yaratish va fuqarolar orasida mеhr-oqibat tuyg'ularini mustahkamlash hamda vijdon erkinligi masalalari aniq hayotiy misollar bilan yoritilgan. Maqolada din va davlat munosabatlari, mamlakatimizda turli millat va elat hamda konfеssiya vakillari o'zaro tinch-totuv yashab, o'z diniy rasm-rusumlarini emin-erkin ado etayotgan, bag'rikеng diyor ekanligi hamda mamlakatimizning ushbu yo'nalishda olib borayotgan izchil siyosati xalqimiz va jahon hamjamiyati tomonidan haqli ravishda e'tirof etilayotgani batafsil ko'rsatilgan. Millatlararo totuvlik diniy bagʻrikenglik.

Dilbaroy Komilova

43-46

2024-05-13

TARAQQIYOT STRATEGIYASI DINIY BAG‘RIKENGLIKNI TA’MINLASH OMILI

Mazkur maqolada mustaqillik yillarida diniy bag‘rikenglik, vijdon erkinligi, diniy mafkuralarning sobiq sovet tuzumi davrida taqib ostiga olinishiga qarshi olib borilgan islohotlar, yangilanishlar bosqichma bosqich O‘zbekistonning o‘ziga xos taraqqiyot  yo‘lida analga oshirilayotganligi qayd etilgan.

Muhammadaziz Umarov

245-247

2023-04-29

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA DINIY TASHKILOTLAR VA BIRLASHMALAR FAOLIYATINING TASHKILIY-HUQUQIY ASOSLARINI TAKOMILLASHTIRISH

Bizga ma’lumki, diniy birlashmalar faoliyatini tartibga solish masalasi davlat uchun muhim ahamiyatga ega. Turli dinlarga mansub diniy muassasalarning davlat hokimiyati va boshqalarga mansub bo’lganlarni ta’qib qilish, hattoki o’tgan yillar davomida dinni butunlay yo’q qilishga urinish holatlari ham tarixdan barchaga ma’lum. Diniy birlashmalarning maqomini davlat huquqiy siyosatining ajralmas elementi sifatida huquqiy tartibga solishni yanada rivojlantirish mexanizmlarini ishlab chiqish o’zini keng qamrovliligi va shiddati bo’yicha milliy tarixda misli ko’rilmagan konstitutsiyaviy islohotlarni boshidan kechirayotgan, vijdon erkinligi huquqini va davlatning dunyoviyligi e’lon qilgan davlat oldida turgan birlamchi vazifalardan biridir.

Farangiz G’ulom qizi G’ofirova

24-31

2022-05-10

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASIDA BAĢRIKENGLIK ĢOYASI

Ushbu maqolada Konstitutsiyada yurtimizda yashovchi har bir fuqaroning manfaatlari, huquq va burchlari qonun asosida belgilab qo'yilganligi haqida fikr mulohazalar keltirilgan. Asosiy qomusimiz O'zbekistonda istiqomat qilayotgan barcha fuqarosini millati, irqi va dinidan qat'i nazar teng huquqli deb bilishi, shuningdek, ularning vijdon erkinligini, urf-odatlari, milliy an'analarining hurmat qilinishini kafolatlanishi to’g’risida yoritilgan.

Mahliyoxon Sayfiddinova

638-640

2022-10-18

DINIY MAZMUNDAGI MATERIALLARNI TARQATGANLIK UCHUN JAVOBGARLIKNING HUQUQIY VA INSON HUQUQLARI NUQTAI NAZARIDAN TAHLILI

Mazkur maqolada diniy mazmundagi materiallar uchun javobgarlikning huquqiy asoslari, ularning ma’muriy va jinoiy turlari o‘rtasidagi farqlanish hamda amaliyotdagi muammolar tahlil qilingan. Globallashuv sharoitida diniy mazmundagi materiallarning Internet orqali tez tarqalishi davlat xavfsizligiga tahdid soluvchi holatlar bilan bog‘lanayotganligi ko‘rsatib o‘tilgan. Shu munosabat bilan, muallif Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 184²-moddasi va Jinoyat kodeksining 244¹-moddasi o‘rtasidagi normativ chegaralarning noaniqligini, ularni qo‘llashda proportsionallik va adolat tamoyillari buzilishini ilmiy asosda yoritadi.

Sayyora Xalillayeva

141-144

2025-10-21

O`ZBEKISTONDA ISLOM SVILIZATSIYASI

Mazkur maqolada Vatanimizda va Markaziy Osiyo mintaqasida  islom dinini keng miqyosda yoyilishi, turli xil diniy tashkilotlar , vijdon erkinligi va din to`g`risida farmon va qarorlar shuningdek Prezidentimiz Shavkat Mirziyiyevning tashabbuslari bilan ochilgan qadamjo va tarixiy joylar haqida so`z yuritiladi.

Umurzoq Ochildiyev , O`g`iloy Axmedova

31-32

2023-07-10

DINNING SIYOSAT BILAN ARALASHUVI: MUAMMOLAR VA YECHIMLAR

Ushbu maqolada din va siyosat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning tarixiy ildizlari hamda zamonaviy ko‘rinishlari keng tahlil qilingan. Ayniqsa, diniy qadriyatlarning siyosiy jarayonlarda vosita sifatida ishlatilishi, buning jamiyat barqarorligiga, millatlararo totuvlik va bag‘rikenglikka ta’siri yoritiladi. Dinning siyosat bilan aralashuvi natijasida yuzaga keladigan salbiy oqibatlar – ekstremizm, diniy radikalizm, ijtimoiy ziddiyatlar hamda din nomidan siyosiy manipulyatsiya kabi holatlar ilmiy manbalar asosida tahlil etiladi. Shu bilan birga, maqolada din va siyosat o‘rtasida sog‘lom muvozanatni saqlash, diniy tashkilotlarning siyosatdan mustaqilligini ta’minlash, shuningdek, diniy erkinlik va dunyoviylik tamoyillarini mustahkamlash zarurligi asoslab beriladi.

Sabina Yusupova

73-76

2025-10-20

YOSHLARNI UMUMINSONIY VA MILLIY QADRIYATLARGA HURMAT , VATANGA SADOQAT RUHIDA TARBIYALASH

Vatan... Bu biz tug'ilib o'zgan zamin, kindik qonimiz tomgan tuproq. Dunyoda qanchadan-qancha millat va elatlar bor . Bugungi Yangi O'zbekistonimizda ham, din bo'yicha ham qator ijobiy ishlar amalga oshirildi. Bunga misol qilib aytishimiz mumkinki: "Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har kim xohlagan dinga e'tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e'tiqod qilmaslik huquqiga ega.   

Diyora Umarqulova

28-30

2023-07-10

O‘ZBEKISTON JAMIYATIDA DINIY QADRIYATLAR VA MILLIY O‘ZLIKNI ANGLASH JARAYONINING SOTSIOLOGIK TAHLILI

Mazkur maqolada O‘zbekiston jamiyatida diniy qadriyatlarning milliy o‘zlikni anglash jarayonidagi o‘rni sotsiologik yondashuv asosida tahlil qilinadi. Tadqiqotda diniy qadriyatlarning ijtimoiy institut sifatidagi vazifalari, ularning milliy identitet, ijtimoiy barqarorlik va ma’naviy yangilanish jarayonlariga ta’siri, shuningdek, globallashuv sharoitida bu qadriyatlarning qayta talqin qilinishi masalalari yoritilgan. O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan so‘ng, diniy qadriyatlarni tiklash, ularni milliy mafkura bilan uyg‘unlashtirish bo‘yicha amalga oshirilgan siyosiy, madaniy va ijtimoiy islohotlar tahlil qilinadi. Maqola sotsiologik nazariyalar asosida yozilgan bo‘lib, diniy qadriyatlarning jamiyat barqarorligidagi o‘rni va yoshlar ongiga ta’sirini ilmiy asosda ochib beradi.

Dilnavoz Qodirjonova

54-56

2025-10-13

DINIY TАSHKILOTLАR VА BIRLАSHMАLАR FАOLIYATINING NАZАRIY-HUQUQIY TАHLILI

Turli jamiyatlarda dinning jamiyat hayotidagi oʼrni va rolini qayta-qayta koʼrib chiqish, uning davlat hayotiga aloqasi va taʼsirini baholagan holatda huquqiy tartibga solish mexanizmlarini ishlab chiqish masalasi har qanday davrda dolzarb.

Farangiz G’ofirova

103-106

2022-05-10

YOSHLARDA DINIY BAGʻRIKENGLIK GʻOYALARINI SHAKLLANTIRISHNING HUQUQIY ASOSLARI

Mazkur tezisda yoshlar ongida diniy bag‘rikenglik g‘oyalarini shakllantirishning dolzarbligi, bu jarayonning huquqiy asoslari va ularning amaliy ahamiyati tahlil etiladi. O‘zbekiston Respublikasida diniy erkinlik, vijdon erkinligi va turli konfessiyalar o‘rtasida tinch-totuvlikni ta’minlash borasida yaratilgan qonuniy-me’yoriy baza yoritiladi. Shuningdek, yosh avlodda diniy bag‘rikenglikni rivojlantirishda ta’lim tizimi, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyati institutlarining o‘rni ham ko‘rib chiqiladi. Maqolada mavjud qonunlar, davlat dasturlari hamda xalqaro tajribalar asosida muammoning dolzarb jihatlari va istiqbollari tahlil qilingan.

Jahongir Bastamov

34-37

2025-11-07

1 - 11 of 11 items

Indexing

butom

Requirements Editorial Board Politics Send the material

Language

  • English
  • Uzbek (latin)
  • Русский

Developed By

Open Journal Systems

CONTACT

Republic of Uzbekistan, Tashkent, st. Shirin 53, 100131


(+998) 935692306


info@in-academy.uz


© Copyright 2021-2023 «Innovative Academy RSC» LLC. All Rights Reserved

Innovative Academy