Isteʼdodli yozuvchi, xalqimiz mehrini qozongan O'tkir Hoshimovning asarlarida insonning xarakter va xususiyatlari o'zgacha ruhda ifodalangan. Ijodkorning qalamiga mansub "Nur borki, soya bor", " Ikki eshik orasi ", " Tushda kechgan umrlar ", " Bahor qaytmaydi", "Dunyoning ishlari" kabi roman va qissalarida muallif bir- biriga o'xshamagan insonlarning qiyofasini mahorat bilan yaratgan. Ushbu maqolada asarlardagi qahramonlarning psixologik holati, ruhiy kechinmalari tahlil qilingan.