G‘o‘za navlari morfobiologik va xo‘jalik xususiyatlari bilan bir-biridan farq qiladi. Shuning uchun, bugungi kunga kelib, genetik va seleksioner olimlar tomonidan ayrim qimmatli xo‘jalik belgilarini o‘zida mujassam qilgan (tezpishar, hosildor, tolasi sifati, kasallik va zararkunandalarga chidamli) navlar yaratilgan va yaratilmoqda. Lekin, yaratilgan navlarning nav tozaligi talab darajasida bo‘lmagani bois ishlab chiqarishga keng tadbiq etilmayapdi. Chunki, nav tozaligining pasayishiga nafaqat mexanik, balki biologik ifloslanish ham ta’sir ko‘rsatadi.