Innovative Academy
  • Register
  • Login
  • En
  • Ўз
  • Ру

Innovative Academy

  • Journals
    • Eurasian Journal of Academic Research
    • Eurasian Journal of Medical and Natural Sciences
    • Eurasian Journal of Social Sciences, Philosophy and Culture
    • Eurasian Journal of Law, Finance and Applied Sciences
    • Eurasian Journal of Mathematical Theory and Computer Sciences
  • New Journals
    • Central Asian Journal of Education and Innovation
    • Eurasian Journal of Technology and Innovation
    • Bulletin of pedagogs of new Uzbekistan
    • Bulletin of students of new Uzbekistan
  • Conferences
    • Science and technology in the modern world
    • Applied Sciences in the modern world: problems and solutions
    • Natural Sciences in the modern world: theoretical and practical research
    • Innovative research in the modern world: theory and practice
    • Pedagogy and psychology in the modern world: theoretical and practical research
    • Social Sciences in the modern world: theoretical and practical research
  • Announcements
    • Ilmiy maqola qanday yoziladi?
    • Questions and answers to doctoral studies
    • «Eng yaxshi ilmiy maqola» tanlovi
    • What is the Hirsch index and how to increase it?
    • atm

Search

Advanced filters

Search Results

YOSHLAR HUQUQBUZARLIGI PROFILAKTIKASI MASALALARI

Ushbu maqola yoshlar huquqbuzarligining oldini olish, profilaktikasi va uni kamaytirish yo'nalishidagi ilmiy taajribalarni o'rganishga bag’ishlangan. Yoshlar huquqbuzarligining sabablari va kamaytirish choralarini tadqiq etilgan. Yoshlarga huquqiy bilimlarni berish, ularni sport, ijodiy va ilmiy faoliyat bilan band qilish yoshlar huquqbuzarligiga qarshi kurashni mustahkamlashga yordam beradi. Yoshlarning ong va dunyoqarashini shakllantirishda qadriyatlarga asoslangan tarbiyadan foydalanish, ularga mehnatga oid ko'nikmalar berish muhim rol o'ynaydi. Maqolada yoshlar huquqbuzarligining oldini olishda ijtimoiy-psixologik amaliyot, o‘quv qo'llanmalar va dasturlar, ularning samaradorligi tahlil etilgan. Yoshlar huquqbuzarligining oldini olish masalalari dolzarb muammo sifatida o'rganilib, uni hal qilish yo'nalishlariga takliflar berilgan.

Akmaljon Axmadjonov

65-69

2023-06-10

SIYOSIY PARTIYALAR FAOLIYATIDA YOSHLAR QANOTI FAOLIYATINING O‘ZIGA XOS JIHATLARI

This article analyzes the unique aspects of the youth wing in the activities of political parties. The youth wing, as an important component of political parties, performs the tasks of involving young people in political processes, expressing their interests and educating them. The article highlights aspects of the youth wing, such as innovative ideas, use of social networks, social responsibility and participation in the decision-making process within the party. The youth wing plays an important role in taking into account the opinions of young people in solving contemporary social and political problems and including them in the party policy. The article also includes suggestions and recommendations for increasing the influence of the youth wing in political parties and developing their activities. Strengthening the activity of the youth wing is seen as an important factor in ensuring social and political stability in the future. This article provides important scientific and practical information for political parties, political scientists, youth and the general public, and serves to further increase the role and importance of the youth wing in political life.

Bozorboyev Eldorbek

100-107

2024-09-30

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI YOSHLAR ISHLARI AGENTLIGINING VA UNING HUDUDIY BO‘LINMALARINING HUQUQBUZARLIKLAR PROFILAKTIKASI SOHASIDAGI VAKOLATLARI (ILG‘OR XORIJIY DAVLATLAR TAJRIBASI MISOLIDA)

Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi va uning hududiy bo‘linmalarining huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasidagi vakolatlari ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Agentlikning yoshlar o‘rtasida huquqiy madaniyatni yuksaltirish, ijtimoiy faollikni oshirish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olishga qaratilgan davlat siyosatini amalga oshirishdagi o‘rni o‘rganiladi. Maqolada ilg‘or xorijiy davlatlar — Janubiy Koreya, Yaponiya, Germaniya, Finlyandiya, Singapur kabi mamlakatlarda yoshlar siyosatini amalga oshiruvchi davlat organlarining profilaktika mexanizmlari, jamoatchilik bilan hamkorlik tizimi, davlat dasturlari va intervensiya modellari qiyosiy tahlil qilinadi. Shuningdek, O‘zbekistondagi yoshlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish, profilaktikaning innovatsion yo‘nalishlarini joriy etish, xalqaro tajribalarni milliy amaliyotga implementatsiya qilish bo‘yicha takliflar ilgari suriladi..

Zakir Umarov

169-172

2025-11-30

YOSHLAR MADANIYATIDA MEMLARNING O‘RNI

Ushbu tezisda yoshlar madaniyatida memlarning o‘rni va ularning ijtimoiy, psixologik va madaniy ta’siriga oid tahlil amalga oshirilgan. Memlar, internetning rivojlanishi bilan yoshlar o‘rtasida tez tarqaladigan kommunikatsion vositalar sifatida, nafaqat kulgili kontent sifatida, balki jamiyatdagi ijtimoiy muammolarni aks ettiruvchi, fikrlar almashish va yangi normativlar yaratish vositasi sifatida ko‘riladi. Yoshlar memlardan o‘zlarining ijtimoiy identifikatsiyalarini shakllantirishda va global madaniyatga integratsiya qilishda foydalanadi. Ushbu tadqiqot memlarning yoshlar madaniyatidagi rolini o‘rganib, ular qanday qilib yoshlar o‘rtasida o‘zaro aloqalar, guruhlararo birlashuv va ijtimoiy faollikni kuchaytirishini ko‘rsatadi. Tadqiqotda, shuningdek, memlarning salbiy ta’siri ham e’tiborga olinadi, chunki ular ba’zan stereotiplarni mustahkamlash va ijtimoiy ziddiyatlarni kuchaytirishi mumkin.

Raximaxon Muxtorova

82-84

2025-10-31

YOSHLAR TADBIRKORLIGI VA UNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Yoshlar tadbirkorligi ham iste’mol talabini oshirish, aholi daromadlarini oshirish, ishlab chiqarilayotgan mahsulot va xizmatlar hajmini oshirish, ish o‘rinlari yaratishdan manfaatdor. Rivojlangan mamlakatlar yoshlarga sarmoya kiritish raqobatbardosh iqtisodiyotning zaruriy sharti ekanligini amalda isbotladi. Vaholanki, sog‘lom, bilimli, yuksak ma’naviyatli, moddiy jihatdan ta’minlangan, baxtli yoshlargina mamlakatga maksimal foyda keltira oladilar, shuning uchun ham yoshlarga munosib shart-sharoit yaratish, ularning yanada kamol topishi uchun katta mas’uliyat yuklanadi. Maskur maqolada yoshlar tadbirkorligi va uning o‘ziga xos xususiyatlari bo‘yicha fikrlarni bildiriladi.

Feruza Raxmatullayeva

98-102

2025-01-31

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA YOSHLAR ORASIDA HARBIY VATANPARVARLIK HARAKATINING RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI

O‘zbekiston Respublikasida yoshlar orasida harbiy vatanparvarlik harakatining rivojlanish istiqbollarini muhim masaladir. Yosh avlodning vatanparvarlik ruhini shakllantirishda harbiy xizmatning, ta’lim tizimi va madaniy tadbirlarning roli tahlil qilinadi. Shuningdek, maqolada, harbiy vatanparvarlikni rivojlantirish uchun davlat siyosatining ahamiyati va yoshlar uchun mo‘ljallangan maxsus dasturlar, klub va tashkilotlar haqida ma'lumot berilgan. Maqolada, shuningdek, yoshlar o‘rtasida harbiy vatanparvarlikni targ‘ib qilishning samarali yo‘llari va istiqbollari haqida fikrlar bildiriladi.

Xayrullo Ikromov

90-92

2025-05-20

PROFILAKTIKA INSPEKTORINING GʻAYRI IJTIMOIY XULQ-ATVORLI YOSHLARNI ANIQLASH VA ULARGA NISBATAN IJTIMOIY PROFILAKTIKA CHORA-TADBIRLARINI QOʻLLASHDA YOSHLAR YETAKCHILARI BILAN OʻZARO HAMKORLIGINI TAKOMILLASHTIRISH

Ushbu ilmiy maqolada profilaktika inspektorlarining g‘ayri ijtimoiy xulq-atvorli yoshlarni aniqlash jarayonida yoshlar yetakchilari bilan olib boradigan hamkorlik faoliyati, uning tashkiliy-huquqiy asoslari va amaliy samaradorligi keng tahlil qilinadi. Tadqiqotda profilaktika inspektorlari faoliyatining zamonaviy yo‘nalishlari, yoshlar yetakchilarining yoshlar muammolarini aniqlashdagi roli, xavf guruhidagi yoshlar bilan ishlash tizimi hamda ijtimoiy yordamni tashkil etish mexanizmlari o‘rganildi. Maqola, shuningdek, hamkorlikni takomillashtirishning amaliy va institutsional yechimlariga qaratilgan takliflarni ham o‘z ichiga oladi.

A.A. Abdulxayev, Shahridin Bahronov

36-38

2025-11-19

GLOBALLASHUV SHAROITIDA YOSHLAR MA’NAVIYATI

Globallashuv jarayoni tobora tezlashib borayotgan bir paytda yoshlarning ma’naviy dunyosi ham ko’zga ko’rinmas darajada o’zgarib bormoqda. Axborot, madaniyat va yot g’oyalar oqimi orasida yoshlar ongida muhim qadriyatlar sekin astalik bilan yo’qolmoqda, qaysidir an’analar esa mustahkamlanib bormoqda. Yoshlar ma’naviy jihatdan mustahkamlash, milliy o’zlikni asrash va zamonaviylik bilan uyg’un rivojlanish masalalariga yangicha nigoh bilan qarashlari lozim.

Dildoraxon Mahammadjonova , Otabek Po’latov

6-9

2025-12-31

YOSHLAR VA VOYAGA YETMAGANLAR ORASIDA JINOYATCHILKA QARSHI KURASHISH

Ushbu maqolada yoshlar o’rtasidagi jinoyatchilikning oldini olish va unga qarshi kurashish chora-tadbirlari tahlil etilgan.Yoshlar jinoyatchiligining xususiyati aniqlanadi va uning sabablari ochib beriladi. So’ngi yillardagi yoshlar o’rtasidagi jinoyatchilikni statistikasiga to’xtalib o’tiladi. Yoshlar o’rtasidagi huquqbuzarliklarning oldini olish yo’nalishlariga alohida to’xtalib o’tiladi. Yoshlar jinoyatchiligiga qarshi kurashishning dolzarb muammolari ochib beriladi.

SHahlo Safarova

85-88

2024-03-31

O‘ZBEKISTON KONSTITUTSIYASI VA YOSHLARNING HUQUQLARI

Mazkur maqola O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida yoshlarning huquqlari va erkinliklari ta’minlanishiga alohida e’tibor qaratadi. Maqolada Konstitutsiyaning 36-42-moddalarida yoshlarning huquqlari, ta’lim olish, sog‘liqni saqlash, mehnat qilish, ijtimoiy himoya va davlat tomonidan yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar tahlil etiladi. Bundan tashqari, yoshlar siyosatidagi yangi yondashuvlar, 21-asrda yoshlar huquqlari masalalaridagi o‘zgarishlar va ularning jamiyat rivojiga qo‘shayotgan hissasi ham ko‘rib chiqiladi. Maqola yoshlar huquqlarini himoya qilishda Konstitutsiyaning roli va uning jamiyatdagi ahamiyatini o‘rganadi.

Dilshoda Umaraliyeva

16-20

2024-11-30

YOSHLAR TOMONIDAN SODIR ETILADIGAN RETSIDIV JINOYATCHILIK PROFILAKTIKASINI TAKOMILLASHTIRISH

maqolada yoshlar tomonidan sodir etilayotgan retsidiv jinoyatchilikning profilaktika yo‘llari, yoshlar jinoyatchiligining dolzarb muammolari, shuningdek, mualliflarning yoshlar jinoyatchiligining erta oldini olishga oid zamonaviy yondashuvlari, yoshlarning huquqiy madaniyati va huquqiy ongini oshirish, ta’lim va tarbiya, yoshlarni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash masalalari va yoshlar siyosati haqida fikr, tahlil, taklif va tavsiyalar bayon etilgan. Bundan tashqari, yoshlar jinoyatchiligini erta oldini olishning ayrim yo‘nalishlari ishlab chiqildi, bo‘sh vaqtni samarali tashkil etish bo‘yicha ayrim taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

NODIR BABABEKOV

91-95

2024-10-30

RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA YOSHLAR TADBIRKORLIGINI RIVOJLANTIRISH

Ushbu maqolada tez rivojlanayotgan raqamli iqtisodiyot sharoitida yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish bilan bog'liq muammolar va imkoniyatlar ko'rib chiqiladi. Adabiyotlarni keng qamrovli tahlil qilish orqali maqola yoshlar tadbirkorligining hozirgi holatini o'rganadi, uning o'sishiga to'sqinlik qiladigan asosiy masalalarni aniqlaydi va ushbu muammolarni hal qilish usullarini taklif qiladi. Natijalar bo'limida muvaffaqiyatli tashabbuslar va ularning yoshlar tadbirkorligini rivojlantirishga ta'siri ta'kidlangan bo'lsa, munozara bo'limida siyosat va ta'limga ta'siri tanqidiy ko'rib chiqilgan. Maqola raqamli asrda yoshlar tadbirkorligi uchun qulay muhit yaratish bo'yicha tushuncha va takliflar bilan yakunlanadi.

Umidjon Tolipov

520-522

2024-12-28

KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISHDA ISHSIZ YOSHLAR RAQOBATBARDOSHLIGINI OSHIRISHNING IJTIMOIY-IQTISODIY AHAMIYATI

Ushbu tezisda ishsiz yoshlar raqobatbardoshligini oshirish orqali kambag‘allikni qisqartirishning ijtimoiy va iqtisodiy ahamiyati tahlil qilingan. Mehnat bozori talablariga mos kasbiy ko‘nikmalarni shakllantirish, yoshlarda tadbirkorlik ruhini uyg‘otish va innovatsion salohiyatni rivojlantirish orqali ularni iqtisodiy faol qatlamga jalb etish imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan.

Sarvinoz Komilova

141-143

2025-06-16

SHE‘RIYATDA SO‘Z TANLASH VA YOSHLAR TILINING TA’SIRI

Mazkur maqolada zamonaviy o‘zbek she‘riyatida so‘z tanlash jarayoni va unda yoshlar tilining ta‘siri tahlil qilinadi. Taqdimotda yoshlar nutqiga xos bo‘lgan leksik birliklar sleng va og‘zaki nutq unsurlarining she‘riy matnga kirib kelishi ularning badiiy - estetik vazifasi hamda poetik ifoda imkoniyatlari o'rganiladi. Shuningdek she‘riyat tilini soddalashtirish obrazlilikni kuchaytirish va o‘quvchi bilan yaqin muloqot o‘rnatishdagi o‘rni yoritiladi. She‘riy asarlar misolida so‘z tanlashning badiiy ahamiyati va yoshlar tilining adabiy til rivojiga ta'siri xulosalanadi.

S.X. Jabborova, Ziyoda Xurramova

7-9

2026-01-28

YOSHLAR O‘RTASIDA IJTIMOIY-FALSAFIY YONDASHUVNI MUSTAHKAMLASH ORQALI KIBERJINOYATCHILIKNI OLDINI OLISH

Ushbu maqolada yoshlar o‘rtasida ijtimoiy-falsafiy yondashuvni mustahkamlash orqali kiberjinoyatchilikning oldini olish masalalari tahlil qilinadi. Qolaversa, kiberjinoyatchilikning mohiyati, uning ijtimoiy va ma’naviy ildizlari, yoshlar ongiga ta’siri, shuningdek, bu jarayonda falsafiy tafakkurning o‘rni yoritilgan. Maqolada kiberjinoyat nafaqat texnik, balki ijtimoiy-falsafiy muammo sifatida ko‘rib chiqiladi. Yoshlar orasida axborot madaniyati, raqamli savodxonlik va ma’naviy immunitetni shakllantirishning ahamiyati asoslab beriladi. Shuningdek, ta’lim tizimi, oila, jamiyat va davlat siyosatining bu boradagi roli tahlil etiladi

Azizbek Zokirjonov

130-133

2025-10-31

ZAMONAVIY YOSHLAR YETAKCHISI

Bugungi globallashuv va raqamli texnologiyalar asrida har bir jamiyatning taraqqiyoti, avvalo, yoshlarning faolligi, tashabbuskorligi va yetakchilik salohiyatiga bevosita bogʻliqdir. Yurtimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar, yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar natijasida yangi avlod vakillari orasida zamonaviy dunyoqarashga, yangilik yaratishga va jamiyatni rivojlantirishga qodir yoshlar yetakchilari shakllanmoqda. Zamonaviy yoshlar yetakchisi - bu shunchaki tashkilotchilik qobiliyatiga ega inson emas, balki o‘z zamonasining talablari, raqamli dunyo jarayonlari va inson qadri konsepsiyasini chuqur anglagan, yoshlar bilan ishlashda yangi yondashuvlarni qo‘llay oladigan lider shaxsdir.

Xondamir Mirzaumarov

125-126

2025-10-31

O‘ZBEKISTONDA INTERNET MADANIYATI VA YOSHLAR MEDIA SAVODXONLIGI DARAJASINING IT PLATFORMALAR ORQALI TAHLILI

Ushbu ilmiy maqolada O‘zbekistonda internet madaniyati va yoshlar mediya savodxonligi darajasi zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari hamda IT platformalar misolida tahlil qilingan. Tadqiqot jarayonida yoshlarning internetdan foydalanish madaniyati, axborotni qabul qilish va tanqidiy baholash ko‘nikmalari, ijtimoiy tarmoqlarning ta’siri hamda dezinformatsiya muammolari o‘rganildi. Shuningdek, IT platformalarning yoshlar mediya savodxonligini shakllantirishdagi o‘rni, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi. Maqola natijalari yoshlar orasida sog‘lom axborot muhitini shakllantirish zarurligini asoslab beradi.

Nastarinbonu Qodirova , Sardor Nurmatov

9-10

2025-12-26

ZAMONAVIY MAUGLI SINDROMINING KLINIK DIAGNOSTIKASI VA PSIXOKORREKSIYA IMKONIYATLARI YOSHLAR PSIXOLOGIYASIDA

Ushbu maqola zamonaviy yoshlar orasida kuzatilayotgan “Maugli sindromi”ning psixologik-psixiatrik tabiatini klinik nuqtayi nazardan tahlil qilishga bag‘ishlangan. Internetga haddan tashqari qaramlik, ijtimoiy izolyatsiya va oilaviy-emotsional beqarorlik natijasida shakllanayotgan mazkur sindrom, shaxsning identiteti, ijtimoiy rol va axloqiy qadriyatlarni qabul qilishida jiddiy buzilishlarga olib kelmoqda. Maqolada ushbu sindromning klinik simptomatikasi, diagnostika mezonlari, psixodinamik va nevropsixologik yondashuvlar asosida tavsifi beriladi. Shuningdek, yoshlar psixologiyasida bu holatga nisbatan qo‘llanilayotgan zamonaviy psixokorrektsion metodlar – kognitiv-xulqiy terapiya, art-terapiya va interaktiv guruh mashg‘ulotlari samaradorligi tajriba asosida baholanadi. Muallif, yoshlar ongida ijtimoiy moslashuv va axloqiy qadriyatlarni qayta shakllantirish orqali Maugli sindromini yumshatish, shaxsiy identitetni mustahkamlash va psixologik reabilitatsiya yo‘llarini asoslashga harakat qiladi. Mazkur tadqiqot psixologiya va ta’lim sohasi mutaxassislari, ijtimoiy ishchilar hamda ota-onalar uchun amaliy va nazariy ahamiyatga ega.

Rasulbek Polvanov

17-22

2025-08-05

YANGI O‘ZBEKISTONDA YOSHLAR DUNYOQARASHIGA MILLIY VA UMUMINSONIY QADRIYATLAR BIRLIGIGA ERISHISHDAGI MUAMMOLAR

Yoshlar – har qanday jamiyatning kelajagi hisoblanadi va ularning dunyoqarashini   shakllantirishda   milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarning birligi muhim ahamiyat kasb etadi. Bugungi globallashuv jarayonlarida milliy qadriyatlar bilan umuminsoniy qadriyatlarning muvozanatini topish va bu jarayonda yuzaga kelayotgan muammolarga yechim topish – jamiyatning barqaror rivojlanishi uchun zarurdir. Shuningdek, maqolada yoshlar orasida globallashuvning ta’siri, ularning milliy o‘zligini saqlab qolish muammolari hamda umuminsoniy qadriyatlarga nisbatan munosabatlari tahlil qilinadi. Milliy qadriyatlarning yoshlar ongida mustahkam o‘rnatilishi uchun ta’lim va tarbiyaning o‘rni, oila, jamoatchilikning roli ham muhokama qilinadi

Muhammadali Ahmadov

140-144

2024-11-25

YOSHLAR VA ZAMONAVIY TEXNALOGIYALAR: KELAJAK ISH BOZORIDAGI O‘RNI

Ushbu maqola yoshlar va zamonaviy texnologiyalar o‘rtasidagi bog‘liqlikni, kelajak ish bozorida texnologik kompetensiyaning rolini tahlil qiladi. Hozirgi kunda sun’iy intellekt, robototexnika, big data va avtomatlashtirish kabi texnologiyalar ish jarayonlarini tubdan o‘zgartirmoqda. Maqolada yoshlar “digital native” avlod sifatida texnologiyalarni o‘zlashtirishining ahamiyati, global va O‘zbekistondagi startaplar, onlayn ta’lim platformalari va masofadan ishlash imkoniyatlari tahlil qilinadi. Shuningdek, maqolada yoshlar kelajak ish bozorida raqobatbardosh bo‘lishi uchun zarur bo‘lgan kreativ, analitik va texnologik ko‘nikmalar ko‘rsatib o‘tiladi.

Nargiza Nasimova

67-69

2026-01-07

AXBOROT MAKONI VA MADANIY PARADIGMANING YOSHLAR TAFAKKURIGA INTEGRATSION TA’SIRI

Tezisda zamonaviy axborot makonining globallashuvi va madaniy paradigmalarning o‘zaro ta’siri natijasida yoshlar tafakkurida yuzaga kelayotgan integratsion jarayonlar tahlil qilinadi. Tadqiqot doirasida axborot texnologiyalari vositasida uzatilayotgan g‘arbona, sharqona va transmilliy madaniy kodlarning yoshlar ongiga kirib borish mexanizmlari, ularning tafakkur, identitet va qadriyat tizimiga ko‘rsatgan ijtimoiy-falsafiy ta’siri chuqur o‘rganiladi. Shuningdek, tezisda milliy axborot suvereniteti, madaniy identifikatsiya va yoshlarning kognitiv ijtimoiylashuvi jarayonidagi madaniy diversifikatsiyaning roli tahlil etiladi. Statistik ma’lumotlar asosida axborot iste’moli tarkibi, yoshlarning asosiy madaniy orientatsiyalari va ongiy transformatsiyalari baholanadi.

Humoyunmirzo Umarov

110-115

2025-11-30

YANGI O‘ZBEKISTON SHAROITIDA TALABA YOSHLARNING IJTIMOIY FAOLLIGINI OSHIRISHDA INSTITUTSIONAL TIZIMLARNING AHAMIYATI

Ushbu maqolada Yangi O‘zbekiston sharoitida talaba yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirishda institutsional tizimlarning ahamiyati tadqiq etilgan. Zamonaviy sharoitda ijtimoiy faollik jamiyat taraqqiyoti va mamlakat kelajagi uchun muhim omillardan biri sifatida qaraladi. Maqolada yangi institutsional yondashuvlar asosida yoshlarning ijtimoiy tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish mexanizmlari tahlil qilingan. Institutsional tizimlarning rolini baholashda ta’lim muassasalari, yoshlar tashkilotlari, davlat va jamiyat institutlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarga alohida e’tibor qaratilgan. Tadqiqot natijasida talaba yoshlar o‘rtasida ijtimoiy faollikning shakllanishiga ta’sir etuvchi asosiy omillar, jumladan, ta’lim tizimi, yoshlar siyosatini qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari va ijtimoiy ta’limotlarning o‘rni aniqlangan. Shuningdek, maqolada yangi institutsional yondashuvlar asosida talaba yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirishga qaratilgan innovatsion g‘oya va dasturlar taklif qilingan.

Asila Abdullayeva

110-113

2025-01-27

OʻTKIR HOSHIMOV HIKOYALARIDA YOSHLAR TARBIYASINING DIDAKTIK JIHATLARI ("BAHOR QAYTMAYDI", "IKKI ESHIK ORASI" ASARLARI MISOLIDA)

Ushbu tadqiqot O'tkir Hoshimovning "Bahor qaytmaydi" qissasi va "Ikki eshik orasi" romanida yoshlar ma'naviy-axloqiy tarbiyasining didaktik jihatlarini tahlil qilishga bag'ishlangan. Maqolada yozuvchining asarlarida aks etgan tarbiyaviy g'oyalar, axloqiy qadriyatlar va ularning zamonaviy yoshlar ta'limiga qo'llash imkoniyatlari o'rganilgan. Adabiyot tahlili usulidan foydalanib, asarlardagi didaktik elementlar, pedagogik tamoyillar va tarbiyaviy vositalar sistemali tahlil qilingan. Natijalar shuni ko'rsatdiki, O'tkir Hoshimov asarlarida yoshlarning shaxsiy rivojlanishi, ijtimoiy mas'uliyat, vatanparvarlik, insonparvarlik kabi tarbiyaviy masalalar chuqur badiiy shaklda ifodalangan. Tadqiqot O'zbek adabiyotining yoshlar tarbiyasidagi ahamiyatini va badiiy asarlarning didaktik salohiyatini namoyish etadi.

Shahrizoda Sharipova

59-62

2025-09-18

YOSHLAR TADBIRKORLIGINI QO‘LLAB-QUVVATLASH VOSITALARINI TAKOMILLASHTIRISH YO‘NALISHLARI

Yoshlar tadbirkorligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash davlat hokimiyati organlari tomonidan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy va yuridik shaxslar uchun zarur huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy shart-sharoitlar hamda rag‘batlantirish vositalarini yaratish bo‘yicha ko‘riladigan chora-tadbirlar majmuini o‘z ichiga oladi. Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash sohasidagi davlat siyosati amalga oshiriladi. Buning uchun ular tеgishli vositalardan foydalanadilar. Mavjud adabiyotlar har tomonlama ko‘rib chiqish orqali ushbu maqolada O‘zbekistondagi yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash vositalarini  takomillashtirish yo‘nalishlari haqida tushuncha berilgan va kelajakdagi siyosat yo‘nalishlari bo‘yicha fikrlarni bildiriladi.

Feruza Raxmatullayeva

204-208

2025-01-31

YOSHLAR – KELAJAK POYDEVORI: VILOYAT HOKIMINING YOSHLARGA QARATGAN E’TIBORI

Mazkur maqolada Qashqadaryo viloyati misolida yoshlar siyosatini amalga oshirish jarayonlari, xususan, viloyat hokimining yoshlar bilan ishlash borasidagi amaliy faoliyati tahlil qilinadi. Yoshlarga qaratilayotgan e’tibor, ularni qo‘llab-quvvatlash dasturlari, “Yoshlar daftari” orqali ijtimoiy yordam ko‘rsatish tizimi, ta’lim, bandlik, tadbirkorlik va ijtimoiy faollik sohalaridagi tashabbuslarning natijalari yoritiladi. Maqolada viloyat hokimiyatining yoshlarni jamiyat hayotiga faol jalb etishdagi tutgan o‘rni va bu boradagi ijobiy tajriba tahlil asosida ko‘rib chiqiladi.

Aziza Bozorova

76-77

2025-07-31

1 - 25 of 500 items 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 > >> 

Indexing

butom

Requirements Editorial Board Politics Send the material

Language

  • English
  • Uzbek (latin)
  • Русский

Developed By

Open Journal Systems

CONTACT

Republic of Uzbekistan, Tashkent, st. Shirin 53, 100131


(+998) 935692306


info@in-academy.uz


© Copyright 2021-2023 «Innovative Academy RSC» LLC. All Rights Reserved

Innovative Academy