Мы рады сообщить вам, что Центр поддержки исследований «Innovative  Academy» организовал Республиканская конференция «Наука и инновация». Это национальная онлайн-конференция с открытым доступом, на которой публикуются обзорные тезисы, относящиеся к различным областям. Главная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу для национальных ученых, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований.

Nashr qilingan: 2025-11-07

TA’LIM MUASSASALARIDA RAQAMLI LOYIHALARNI MOLIYALASHTIRISHNING INNOVATSION MEXANIZMLARI

Ushbu maqolada ta’lim muassasalarida raqamli loyihalarni moliyalashtirishning innovatsion mexanizmlari nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda raqamli transformatsiya sharoitida ta’lim tizimini modernizatsiya qilish uchun zarur bo‘lgan moliyaviy manbalar — davlat byudjeti, grantlar, venchur kapital, kraudfanding va davlat-xususiy sheriklik (DXSh) kabi mexanizmlar o‘rganilgan. Xususan, HEMIS, Moodle, LMS kabi tizimlarni joriy etish tajribasi misolida raqamli loyihalarning iqtisodiy samaradorligi baholangan. Maqola natijalari O‘zbekiston ta’lim tizimida innovatsion moliyalashtirish mexanizmlarini kengaytirish, raqamli infratuzilmani barqaror rivojlantirish va xalqaro tajribalarni milliy modelga integratsiya qilish uchun amaliy tavsiyalar ishlab chiqishni nazarda tutadi.

Gulnoza Maxmudova

4-6

2025-11-06

TURLI JUFTLASH VARIANTIDAN OLINGAN QORAQALPOQ SUR QORAKO‘L QO‘ZILARINING RANGBARANGLIK KO‘RSATKICHLARI VA GUL TIPLARI

Maqolada qoraqalpoq sur qorako‘l qo‘zilarining rangbarangligi va gul tiplarini o‘rganish borasidagi tadqiqotlar natijalari keltirilgan.

D.Yu. Abduzoirova

7-9

2025-11-07

MULTIMEDIA ALOQA TARMOQLARIDA TRAFIK TURLARI VA ULARNI BOSHQARISH MASALALARI

Hozirgi davrda multimedia xizmatlarining jadal rivojlanishi — internet, kabel/IP-televideniye, VoIP va talabga binoan video xizmatlari — tarmoqlarda katta hajmdagi turli trafiklarni keltirib chiqarmoqda. Tarmoq resurslari cheklangan sharoitda bir vaqtning o‘zida bir necha turdagi trafik ishlashi xizmat sifatini taʼminlash uchun trafikni toʻgʻri tasniflash va samarali boshqarishni talab etadi. Ushbu maqolada asosiy trafik turlari (keskin, interaktiv, kechikishga sezgir, real-vaqtga bog‘liq bo‘lmagan) tavsifi, ular uchun dolzarb boshqaruv usullari va operator tarmoqlaridan olingan amaliy kuzatuvlarga asoslangan qisqacha tavsiyalar keltiriladi. Trafikni tasniflash aloqa operatorlari uchun xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

Axrorbek Inomjonov , Mirkomil Bo’riboyev

10-15

2025-11-07

GAZ HAYDASH AGREGATLARNING SARFI VA BOSIMI, GAZLARNI BOSQICHLI SIQISh

Magistral gaz quvurlari boshqarmalarida va gaz qazib chiqarish korxonalarida tabiy gazning bosimini meyorlashtirish hamda bir bosimda saqlash jarayonlarida gaz haydash agregatlari turli konsruktsiyada ishlatilib kelinmoqda agregatning konstruktsiyasini va yuritmasini to‘g‘ri tanlash bu ham iqtisodiy ham texnologik samaradorlik ko‘rsatgichdir.

Abdurahim Ochilov, Alixan Umarov

16-18

2025-11-07

PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL FOUNDATIONS OF CONTINUOUS INCLUSIVE EDUCATION

This article explores the pedagogical and psychological foundations of continuous inclusive education. It analyzes teachers’ professional competence, individual approach, psychological environment, and students’ integration in inclusive learning. The research results show that to ensure continuity in an inclusive environment, pedagogical approaches, psychological support, and cooperation with parents play a crucial role.

Feruza Nematova

19-21

2025-11-07

PROFILAKTIKA INSPEKTORINING OILADAGI ZOʻRAVONLIK BILAN BOGʻLIQ HUQUQBUZARLIKLAR PROFILAKTIKASI BOʻYICHA FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISH

Ushbu maqolada profilaktika inspektorlarining oilaviy zoʻravonlikni erta aniqlash va barvaqt profilaktika choralarini amalga oshirishdagi roli, ushbu faoliyatning ijtimoiy-psixologik, maʼmuriy-huquqiy hamda pedagogik omillari tahlil qilinadi. Oiladagi taranglik holatlarini oldindan aniqlash, xavf guruhidagi shaxslar bilan tizimli ishlash, mediatsiya va psixologik ko‘makni joriy etish masalalari ilmiy asosda yoritilgan. Tadqiqot natijalarida profilaktika inspektorlari uchun ko‘nikmalarni mustahkamlash, hamkorlik institutlarini kengaytirish va zamonaviy kommunikativ yondashuvlarni qo‘llash bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi.

Fayyozbek Rustamov

22-23

2025-11-07

NISHON TUMANIDA QISHLOQ XO‘JALIGI VA PAXTACHILIK SOHASINDA ERISHILGAN NATIJALAR

Ushbu maqolada 1991-yildan boshlab Nishon tumanida — keng ma’noda Qashqadaryo viloyatining agrar salohiyatiga asoslangan holda — qishloq xo‘jaligi, ayniqsa paxtachilik sohasida amalga oshirilgan islohotlar, ekin maydonlari va hosil hajmining o‘zgarishi, infratuzilma yangilanishi, paxta tozalash sanoati va klasterlashtirish siyosatlari, hamda bu jarayonning ijtimoiy-iqtisodiy ta’sirlari tahlil qilinadi. Maqolada tarixiy bosqichlarga (1991–2005, 2006–2015, 2016–hozirga) bo‘linib, har bosqichdagi tarkibiy o‘zgarishlar, hududiy ixtisoslashuv, davlat siyosati va mahalliy amaliyotlar o‘rganiladi.

Amir Musurmonov

24-26

2025-11-10

OʻQUVCHILARNING OGʻZAKI VA YOZMA MULOQOT KOMPETENSIYALARINI SHAKLLANTIRISH

Ushbu tezisda o‘quvchilarning og‘zaki va yozma muloqot kompetensiyalarini shakllantirish masalalari o‘rganilgan. Zamonaviy ta’lim jarayonida kommunikativ kompetensiyalar o‘quvchilarning muloqot madaniyati, fikrini aniq ifodalash qobiliyati va ijtimoiy faoliyatdagi muvaffaqiyati bilan bevosita bog‘liq. Tadqiqotda og‘zaki va yozma muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirishning didaktik va metodik jihatlari, samarali usullar va o‘quvchilarni baholash mexanizmlari tahlil qilingan. Shu bilan birga, pedagogik amaliyotdagi misollar va adabiyotlar asosida muloqot kompetensiyasini shakllantirish strategiyalari ko‘rib chiqilgan.

Moxinur Xolmatjonova

30-32

2025-11-10

TALABALARDA KO‘NGILLI FAOLIYAT SIFATI: MANSUBLIK HISSI VA RUHIY-HISSIY CHARCHASHNING TA’SIRI

Mazkur tezisda talabalarning ko‘ngilli (ixtiyoriy) faoliyati sifati bilan mansublik hissi va ruhiy-hissiy charchash o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik psixologik nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Tadqiqotning maqsadi – ko‘ngilli faoliyatda sifatni belgilovchi ichki psixologik omillarni aniqlash hamda ularning o‘zaro ta’sirini tushuntirishdir. Nazariy va amaliy natijalar O‘zbekiston talaba-yoshlarida ijtimoiy faollikni kuchaytirish, charchashning oldini olish va jamoaviy mas’uliyatni oshirishga yo‘naltirilgan takliflarni o‘z ichiga oladi.

Muslima Abdumannobova

33-36

2025-11-10

OʻZBEK TILIDA “BOSH” LEKSEMASINING MA’NO TARAQQIYOTI

Tildagi soʻzlar birdan ortiq ma’no anglatish xususiyatiga ega . Birdan ortiq ma’no anglatish xususiyatiga ega boʻlgan soʻzlar koʻp ma’noli soʻzlar hisoblanadi. Koʻp ma’nolilik semantik hodisa boʻlib, tilimizdagi soʻz tejash qonuniyati, umumiylik, oʻxshashlik va aloqadorlik tamoyillari asosida yuzaga keladi. Demak, qiyoslash, solishtirish, taqqoslash orqali yuzaga keladigan aksariyat koʻchma ma’nolar asosida somatizmlar, ya’ni tana a’zolari nomlari yotadi. Tana a’zolari nomlarining keng doirada qoʻllanishi majoziy ma'nolarning murakkab tizimini shakllantirish imkonini beradi. Ma'lumki, dunyodagi barcha odamlar, har qanday millat, tanadagi bosh, ko'z, quloq va oyoq kabi qismlarni yaxshi biladi va tana a’zolari nomlarini ifodalovchi bunday soʻzlar har qanday narsada zaruriy qatorni tashkil qiladi. Somatik birliklarsiz insonni, insoniy munosabatlarni, jamiyatni tasavvur qilib boʻlmaydi.  Somatik birliklar juda koʻp qoʻllanishiga, va polisemantik xususiyatiga koʻra boshqa birliklardan ajralib turadi. Oʻzbek tilidagi aksariyat tana a’zolari nomlari koʻp ma’noli hisoblanadi.

Feruza Rahmatova

37-43

2025-11-10

MORPHOLOGICAL DEVELOPMENTS FROM THE 12TH TO THE 15TH CENTURIES

This article examines the major morphological developments that occurred in the English language between the 12th and 15th centuries, a period marking the transition from Middle English to Early Modern English. During these centuries, English underwent significant simplification and restructuring in its grammatical and morphological system. The study highlights key changes such as the reduction of inflectional endings, the leveling of case distinctions, and the gradual disappearance of grammatical gender. These transformations were influenced by both internal linguistic evolution and external factors such as the Norman Conquest, which introduced extensive contact with French and Latin. As a result, English morphology became more analytic, relying increasingly on word order and prepositions instead of inflection to express grammatical relationships.

Diyoraxon Valijonova , Gulyora Ismoilova

44-50

2025-11-10

BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARIDA KREATIVLIKNI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK ASOSLARI

Ushbu maqolada boshlang'ich sinf o'quvchilarida kreativlikni rivojlantirishning pedagogik asoslari va nazariy-metodologik jihatlari tahlil qilingan. Maqolada kreativlik tushunchasining pedagogik talqini, uning boshlang'ich ta'lim jarayonidagi o'rni va ahamiyati, shuningdek, kreativ fikrlashni shakllantirish uchun zarur bo'lgan pedagogik shartlar ko'rib chiqilgan. Natijalar va muhokama qismida kreativlikni rivojlantirishning pedagogik strategiyalari, o'qituvchining roli va ta'lim muhitining ta'siri tahlil qilingan. Xulosa qismida boshlang'ich ta'lim tizimida kreativlikni rivojlantirishning istiqbollari belgilab berilgan.

Sarvinoz G'anijonova, Zulfiya Ortiqova

51-54

2025-11-10

KATTA MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING ALOHIDA TA’LIM EHTIYOJLARINI INOBATGA OLGAN HOLDA O‘QUV-KOGNITIV FAOLIYATINI NAZORAT QILISHNI TASHKIL ETISH

Mazkur maqolada maktabgacha katta yoshdagi bolalarda o‘quv-kognitiv faoliyatni monitoring va nazorat qilishning pedagogik-psixologik asoslari, alohida ta’lim ehtiyojlariga (ATE) ega bolalar bilan ishlashning o‘ziga xos yondashuvlari hamda adaptiv baholash vositalaridan foydalanish masalalari tahlil qilingan. Shuningdek, inkluziv ta’lim sharoitida kuzatish, tashxis, rivojlantiruvchi nazorat va individual ta’lim trayektoriyalarini yaratish mexanizmlari yoritilgan.

Durdona Ahmadjonova

55-57

2025-11-10

INVESTITSIYALARNING IQTISODIY RIVOJLANISHDAGI O‘RNI VA SAMARADORLIGINI OSHIRISH YO‘LLARI

Ushbu maqolada investitsiyalarning mamlakat iqtisodiy rivojlanishidagi nazariy va amaliy o‘rni, ularning turlari hamda samaradorligini oshirish mexanizmlari tahlil etilgan. Xususan, ichki va tashqi investitsiyalarning iqtisodiy jarayonlardagi ahamiyati, kapital qo‘yilmalar va innovatsion loyihalarga yo‘naltirilgan mablag‘larning milliy iqtisodiyot barqarorligiga ta’siri ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, qulay investitsion muhit yaratish, huquqiy va institutsional kafolatlarni mustahkamlash, davlat-xususiy sheriklik asosida loyihalarni rivojlantirish va inson kapitaliga investitsiya kiritishning nazariy asoslari ham yoritiladi. Maqolada xalqaro tajribalar tahlili asosida O‘zbekiston sharoitida investitsion siyosatni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy xulosalar va tavsiyalar berilgan.

A.K. Aymuxammedova

58-62

2025-11-10

BUGUNGI KUNDA BOSHQARUVNING MOHIYATI VA TIZIMINING O‘ZIGA XOSLIGI

Boshqaruv subyektining boshqaruvni amalga oshirish imkoniyati, birinchidan  tashkiliy-texnik jihatlar bilan xodimlarda aloqa va axborotlarni  uzatishning kerakli kanallari,  boshqaruvning talab qilishidagi texnikasi va h.k. mavjudligi  bilan, ikkinchidan, boshqaruv subyektida  boshqaruv obyektiga ta’sir ko‘rsatishning, uning yordamida buyruqlarni bajarishga undovchi dastaklarning mavjudligi bilan, ya’ni boshqaruv obektining boshqaruv buyruqlarini bajarishga imkoniyati va tayyorligi bilan asoslanadi.

Feruza Odilova

63-66

2025-11-10

PROFILAKTIKA INSPEKTORINING MAʼMURIY HUDUDDA HUQUQBUZARLIKLARNING BARVAQT PROFILAKTIKASINI TAʼMINLASHDA JAMOATCHILIK PATRUL GURUHLARI BILAN OʻZARO HAMKORLIGINI TAKOMILLASHTIRISH

Ushbu maqolada profilaktika inspektorining ma’muriy hududlarda huquqbuzarliklarning barvaqt profilaktikasini amalga oshirishda jamoatchilik patrul guruhlari bilan hamkorlik faoliyatini takomillashtirish masalalari tahlil qilinadi. Jamoatchilik nazoratining samarali yo‘lga qo‘yilishi, aholi bilan bevosita muloqotning kuchaytirilishi va fuqarolarning huquqiy madaniyatini oshirish orqali jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini mustahkamlash yo‘llari ko‘rsatib o‘tiladi.

O.R. Boltaboyev, Umid Baxrinov

67-68

2025-11-10

HIKOYALARDA BADIIY DETALNING G‘OYAVIY-ESTETIK FUNKSIYASI

Maqolada detalning badiiy asarlardagi funksiyasi,turlari va O‘tkir Hoshimovning “Urushning so‘nggi qurboni” hikoyasida qo‘llangan detallar tahlil qilinadi.

Gavharoy Abduboqiyeva

71-72

2025-11-10

PARLAMENT NAZORATI INSTITUTINING KONSTITUTSIYAVIY-HUQUQIY ASOSLARI

Ushbu tezisda “Parlament nazorati institutining konstitutsiyaviy-huquqiy asoslari” mavzusi doirasida parlamentning davlat hokimiyati tizimidagi o‘rni, uning nazorat funksiyasi va huquqiy mexanizmlari tahlil qilinadi. Ishda parlament nazoratining tushunchasi, maqsadi va vazifalari hamda ularning konstitutsiyaviy asoslari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, deputatlarning so‘rovlar berish huquqi, qo‘mitalar faoliyati, ijro organlarining javobgarligi va nazorat mexanizmlarining samaradorligi masalalari tahlil qilinadi. Ishda mavjud muammolar, jumladan ijro organlarining parlamentga o‘z vaqtida va to‘liq axborot bermasligi, so‘rovlar javoblarining rasmiy va umumiy bo‘lib qolishi hamda raqamli nazorat mexanizmlarining to‘liq shakllanmaganligi ko‘rsatiladi.

Saidakbar Xalilov

73-75

2025-11-10

HISTORICAL-CULTURAL BASIS AND SCIENTIFIC-THEORETICAL ANALYSIS OF KHANAQOHS ARCHITECTURE

This article provides a scientific and theoretical analysis of the formation of the architecture of khanaqohs, their socio-cultural significance, and architectural solutions. The historical schools of khanaqohs that formed in Central Asia, particularly in Uzbekistan, their role as religious and spiritual centers, and the issues of restoration of their surviving examples are covered.

Ilxom Maxmatqulov , Mirabbos Mahamatov

76-84

2025-11-10

HUQUQIY DAVLAT QURISHDA HUQUQ USTUVORLIGINING ROLI

Mazkur ishda huquqiy davlatni shakllantirish jarayonida huquq ustuvorligining o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. Tadqiqotda huquq ustuvorligi tushunchasining nazariy asoslari, uning huquqiy davlat tamoyillari bilan o‘zaro bog‘liqligi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida ushbu tamoyilni amalga oshirish bo‘yicha olib borilayotgan islohotlar yoritilgan.

To‘lqin Ramazonov

85-87

2025-11-10

ҲУҚУҚБУЗАРЛИКЛАР ПРОФИЛАКТИКАСИ СОҲАСИДАГИ ТАШКИЛИЙ ТИЗИМНИНГ БУГУНГИ КУНДАГИ ФАОЛИЯТИГА ОИД МАУММОЛАР ВА УЛАРНИНГ ЕЧИМЛАРИ

Ушбу мақолада Ўзбекистон Республикасида ҳуқуқбузарликлар профилактикаси соҳасидаги ташкилий тизимнинг ҳозирги ҳолати таҳлил қилинган. Таҳлил жараёнида ҳуқуқбузарликларни олдини олишдаги қонунчилик асослари, ҳудудий ҳамкорлик механизмлари, ижтимоий соҳалар билан интеграция, ҳуқуқий тарғибот ишлари, замонавий ахборот технологиялари, жамоатчилик иштирокининг аҳамияти ва соҳадаги муаммо ва камчиликлар кўриб чиқилди. Шунингдек, Германия, Япония, Корея ва Литва каби ривожланган давлатлардаги ҳуқуқбузарликлар профилактикаси соҳасидаги илғор ташкилий моделлар таҳлил қилинган ва уларни Ўзбекистон шароитида қўллаш бўйича тавсиялар берилган. Мақолада ҳуқуқбузарликлар профилактикасини самарали ташкил этиш учун субъектлар ўртасида ваколатлар тақсимотини аниқлаш, мувофиқлаштириш механизмларини такомиллаштириш, ресурслар ва кадр салоҳиятини ошириш, жамоатчилик иштирокини кенгайтириш ва рақамли технологиялардан фойдаланиш муҳимлиги таъкидланади.

Икром Тиллаев

88-94

2025-11-10

ПЕРЛОКУТИВ АКТНИНГ ОНГДА АКС ЭТИШИ

ушбу мақолада нутқий таъсирни юзага чиқарувчи омиллар  натижасида содир бўладиган  перлокуция ҳодисаси дастлаб инсон онгида акс этиши ва натижада адресат томонидан бирор хатти-ҳаракат содир этилиши ёки фикрни ўзгартириши хусусида сўз юритилган.

Зиёда Мадумарова

95-96

2025-11-10

IQTISODIYOTNING TURLI TARMOQLARIDA XODIMLARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH VA RAG‘BATLANTIRISH MEXANIZMI

Zamonaviy iqtisodiyot sharoitida korxonalarning barqaror rivojlanishi va raqobatbardoshligini ta’minlashda inson resurslarini boshqarish tizimi alohida o‘rin tutadi. Mehnat jarayonining samaradorligi ko‘p jihatdan xodimlarning qoniqish darajasi, motivatsiyasi va ularni rag‘batlantirish mexanizmlariga bog‘liq. Shu sababli, xodimlarni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish tizimlarini o‘rganish, ularning turli tarmoqlardagi amaliyotini tahlil qilish dolzarb ilmiy masalalardan biri hisoblanadi.

Madina Norova

97-98

2025-11-10

MODIFIKATSIYALANGAN SUYUQ SHISHANING QOVUSHQOQLIK, ADGEZION VA OLOVBARDOSHLILIK XOSSALARI TAHLILI

Respublikamizda so‘nggi yillarda kimyoviy texnologiya sohasiga alohida e’tibor qaratila boshlandi. Noorganik birikmalar ishlab chiqarish borasida xususiy sektorning o‘rni alohida ahamiyat kasb etadi. Bugungi kunda kimyoviy materiallar turlari juda xilma-xildir. Bunda modifikatsiyalangan birikmalar alohida o’rin va ahamiyatiga egadir. O‘zbekiston Republikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasida «Kimyo sanoati korxonalarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash» vazifalari belgilab berilgan. Bu borada suyuq shisha asosida olingan kompozitsiyalarning tuzilishini, fizik-mexanik, kolloid-kimyoviy, texnologik va ekspluatatsion xossalarini yaxshilashga yo‘naltirilgan ilmiy tadqiqotlar muhim ahamiyat kasb etadi.

Zaynura Kamolova

99-102

2025-11-11

SUNIY INTELLEKT YORDAMIDA PSIXOLOGIK DIAGNOSTIKANING YANGI YOʻNALISHLARI

Ushbu maqola suniy intellekt (SI) texnologiyalarining psixologik diagnostikada qoʻllanilishi va uning yangi yoʻnalishlarini koʻrib chiqadi. SI ning mashina oʻrganishi va chuqur oʻrganish modellari ruhiy kasalliklarni erta aniqlash, shaxsiy davolash rejalari va virtual terapiyalarda muhim rol oʻynaydi. Adabiyotlar tahlili asosida SI ning diagnostika aniqligini 85% gacha oshirishi va ruhiy salomatlik xizmatlarini yanada samarali qilishi koʻrsatilgan. Muhokama qismida etik muammolar, maʼlumotlar sifati va kelajak istiqbollari muhokama qilinadi. Maqola ruhiy salomatlik sohasidagi mutaxassislar va tadqiqotchilar uchun tavsiya etiladi.

Roziya Sobirjonova

103-107

2025-11-11

OILA PSIXOLOGIYASI FANIDA OTA-ONALIK USTANOVKALARI VA TARBIYA SHAKLLARI

Ushbu ilmiy maqolada ota-onalik ustanovkalari va tarbiya shakllari psixologik jihatdan keng tahlil qilinadi. Maqolada ota-onalarning farzandlariga bo‘lgan munosabati, tarbiyaviy yondashuvlari va ularning bola psixikasiga ta’siri xalqaro va milliy adabiyotlar asosida o‘rganilgan. Turli tarbiya uslublari, ularning ijobiy va salbiy jihatlari, shuningdek, ijtimoiy-madaniy omillarning ta’siri ko‘rib chiqiladi.

Dildora Muminova

108-111

2025-11-11

“YANGI O’ZBEKISTONDA OILAVIY QADRIYOTALAR VA PSIXOLOGIK BARQARORLIK: ILMIY-AMALIY YONDASHUVLAR”

Mazkur ilmiy maqolada Yangi O‘zbekiston davrida oilaviy qadriyatlarning zamonaviy talqini, psixologik barqarorlikning mazmuni va uning oila muhitidagi aks etishi haqida so‘z yuritiladi. Mavzuga ilmiy-amaliy yondashuvlar asosida yondashilib, davlat siyosatidagi islohotlar, psixologik yordam tizimlari, ta’lim va sotsiologik tadqiqotlar kontekstida chuqur tahlil qilingan. Psixologik barqarorlikni ta’minlashda oilaviy kommunikatsiyaning, emotsional qo‘llab-quvvatlashning va zamonaviy tarbiya metodlarining ahamiyati ko‘rsatib berilgan. Xalqaro tajriba va milliy model uyg‘unligida istiqbolli yo‘nalishlar belgilangan.     

Dildora Muminova

112-115

2025-11-11

UZLUKSIZ TА’LIM TIZIMIDА KLАSTЕR VОSITАSIDА TА’LIM MUАSSАSАLАRI HАMKОRLIGINI TАSHKIL ЕTISH MЕTОDLАRI

Maqolada uzluksiz tа`lim tizimidа kаsbgа tаyyоrlаshni sаmаrаdоrlik dаrаjаlаrini belgilash, ularni baholash mezonlari va ko`rsatkichlarini aniqlash bo`yicha tajriba-sinov ishlarini tashkil etish masalalari keltirilgan.

Saida Xodjayeva

116-117

2025-11-11

PROFILAKTIKA INSPEKTORINING MAʼMURIY HUDUDDA HUQUQBUZARLIKLARNING BARVAQT PROFILAKTIKASINI TAʼMINLASHDAFUQAROLAR BILAN OʻZARO HAMKORLIGINI TAKOMILLASHTIRISH

Ushbu maqolada profilaktika inspektorining ma’muriy hududlarda huquqbuzarliklarning barvaqt profilaktikasini ta’minlashdagi faoliyati hamda fuqarolar bilan o‘zaro hamkorlik mexanizmlarini takomillashtirish masalalari yoritilgan. Aholi ishtirokini kengaytirish, huquqiy madaniyatni oshirish, ijtimoiy muammolarning erta aniqlanishi va barvaqt profilaktika tizimini mustahkamlashga qaratilgan takliflar ilgari surilgan.

Sh.Z. Narziyev, Umid Baxrinov

69-70

2025-11-10

TIL O‘QITISHDA NEYROLINGVISTIKA VA KOGNITIV PRAGMATIKA INTEGRATSIYASI: NEYROMETODIK YONDASHUV SARI

ushbu maqola neyrolingvistika va kognitiv pragmatika integratsiyasi asosida til o‘rgatishning neyrometodik modelini taklif etadi. Unda pragmatik kompetensiyaning miyada qanday shakllanishi, xususan ijrovi funksiyalar, mentalizatsiya va kontekstual modellashtirish orqali yuzaga kelishi tahlil qilinadi. O‘zbek va ingliz tillari misolida olib borilgan taqqoslama natijalar bilingvlarda yuqori kognitiv yuklama va frontal aktivlikni ko‘rsatadi. Topilmalar individual neyroprofilga mos ta’lim strategiyalarini ishlab chiqish zarurligini ko‘rsatadi.

Hilola Egamberdiyeva

118-121

2025-11-12

O‘ZBEKISTONDA PALEOLIT¬¬ DAVRI: IJTIMOIY-IQTISODIY TARQQIYOT VA MADANIY RIVOJLANISH

Mazkur maqolada O‘zbekiston hududida paleolit davri yuz bergan ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy jarayonlar ilmiy manbalar asosida tahlil qilinadi. Zarafshon vohasidagi Qo‘tirbuloq makoni,  Toshkent vohasining Xo‘jakent, Ko‘lbuloq makoni, Farg‘ona  vodiysidagi Bo‘ribuloq, Tomchisuv yodgorliklari, Zarafshon vohasidagi Omonqo‘ton, Qo‘tirbuloq kabi makonlar xususida so‘z yuritilgan.

Xayrulloxon Madiyev , Buxajal Yunusova

122-125

2025-11-12

BOSHLANG‘ICH UMUMIY TA’LIM PEDAGOGLARI VA PSIXOLOGLARNING HAMKORLIKDAGI TAYYORGARLIK TEXNOLOGIYASINI SHAKLLANTIRISHDA INTEGRATIV YONDASHUV

Maqolada boshlang‘ich umumiy ta’lim pedagoglari va psixologlarning hamkorlikdagi tayyorgarlik texnologiyasini shakllantirish jarayonida integrativ yondashuvning nazariy-metodik asoslari yoritilgan. Integrativ yondashuv ta’limning turli komponentlarini yagona tizimda birlashtirgan holda, o‘qituvchi va psixologning o‘zaro faoliyatini uyg‘unlashtirishni nazarda tutadi. Tadqiqotning maqsadi – boshlang‘ich ta’limda pedagogik va psixologik kompetensiyalarni integratsiyalashgan holda shakllantirishning samarali texnologiyasini ishlab chiqishdir.

Mirjalol Turg‘unov

126-127

2025-11-12

УЗБЕКИСТАН СТРЕМИТСЯ К УСТОЙЧИВОМУ ЭКОНОМИЧЕСКОМУ РОСТУ, ВНЕДРЯЯ ПРИНЦИПЫ "ЗЕЛЁНОЙ" ЭКОНОМИКИ

Экономические проблемы, возникшие в начале XXI века, выявили необходимость пересмотра существующей модели экономического развития. Стремление к экономическому росту любой ценой, без учета экологических и социальных последствий, ведет к загрязнению окружающей среды, истощению природных ресурсов, нарушению биосферы и изменению климата, что требует срочных мер для обеспечения устойчивого будущего.

Гулнора Сагдуллаева

128-132

2025-11-12

KORXONALARNI DAROMADLARI VA XARAJATLARINI BOSHKARISHNI TAKOMILLASHTIRISH

Ushbu tezisda korxonalarning daromadlari va xarajatlarini boshqarishni takomillashtirish masalalari tahlil qilinadi. Daromad va xarajatlarni nazorat qilish, monitoring mexanizmlari hamda byudjetlash va moliyaviy hisobot tizimlari orqali korxonalarning moliyaviy barqarorligini oshirishga qaratilgan amaliy yechimlar taqdim etiladi. Shu bilan birga, zamonaviy tadqiqotlardan olingan ma’lumotlar asosida daromad-xarajat boshqaruvi jarayonida yuzaga keladigan muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot korxonalar rahbarlari, moliyaviy bo‘lim mutaxassislari va biznes menejerlari uchun amaliy jihatdan foydali bo‘lishi maqsad qilingan.

Amina Aymuxammedova

133-136

2025-11-12

BOSHQARUV USULLARIGA QO‘YILADIGAN TALABLAR

Boshqaruvning ijtimoiy-psixologik usullari boshqaruvga jamoadagi ijtimoiy-psixologik jarayonlarni, xodimlar salomatligi va jamoadagi yaxshi ahloqiy-psixologik muhitni saqlab qolish, qonunlar va me’yoriy xujjatlar talablariga rioya qilish sifatida qo‘yilgan maqsadlarga erishish uchun qaratilgan.

Feruza Odilova

137-140

2025-11-12

XALQARO XUSUSIY HUQUQ NORMALARINI KODIFIKATSIYALASHGA OID MUAMMOLARI HAMDA O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA XALQARO XUSUSIY HUQUQNI KODIFIKATSIYALASHTIRISHNI TAKOMILLASHTIRISH

Ushbu maqola O‘zbekiston Respublikasida xalqaro xususiy huquqni kodifikatsiyalashni takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan bo‘lib, unda mazkur yo‘nalishning nazariy va amaliy jihatlari chuqur tahlil qilingan. Xususan, muallif xalqaro xususiy huquq normalarining milliy huquq tizimidagi o‘rni, ularning fuqarolik, oila va mehnat qonunchiligi bilan o‘zaro uyg‘unlashuv darajasini tahlil etadi. Tadqiqot davomida milliy qonun hujjatlaridagi kollizion normalarning yetarli darajada tizimlashtirilmaganligi va turli soha qonunlari orasida yagona huquqiy mexanizmning mavjud emasligi muhim muammo sifatida ko‘rsatib o‘tilgan. Maqolada xorijiy davlatlar, xususan, Germaniya, Rossiya Federatsiyasi va Fransiya tajribasi o‘rganilib, ularning xalqaro xususiy huquqni kodifikatsiyalash borasidagi yondashuvlari tahlil qilingan. Shu asosda O‘zbekiston uchun mos bo‘lgan huquqiy model ishlab chiqish zarurligi asoslab berilgan. Muallif xalqaro xususiy huquqning umumiy qismini yaratish, unda “avtonomiya irodasi” (party autonomy), “ordre public” va “lex loci contractus” kabi asosiy tamoyillarni mustahkamlashni taklif etadi.

Mavjudaxon Ostanaboyeva

141-149

2025-11-12

ЖЫРДЫҢ ТОЛАССЫЗ БҰЛАҒЫ, ӨШПЕС ӨНЕГЕСІ

«Ертеден келе жатқан мұралардың ең қымбаты – сөз. Сөз күн шалмас қараңғы көңілді шалады,  күн жылытпас суық көңілді жылытады. Асылы адам да,  нәрсе де тозады,  жоғалады.  Асыл сөз мәңгі жасайды» -, халықтың біртуар перзенті Ғабиден  Мұстафин айтқандай ұлттық  мәдениетіміздің ерекше бір көрінісі  ақындар мен шешендердің асыл сөздері тарлан ғасырлардың жемісі. Осындай қасиетті ұлы сөзді шешен тілмен көркемдеп құлпырта жазу, әрі мың құбылта нәрлі де, әрлі сөйлеу асқақ талант иелерінің бәріне ортақ қасиет [5, 41-56]. Әр сөзінен нәзік сезім, өрнек зері құлпырып жарқырап шығатын ақын,  қазақ әдебиетінің  шүғылалы асқар биігі,  ұлы Абай Құнанбаев сөз жібек жіптен өлең өнерін өретін сөздің айтулы шебері.

Насиба Алмағамбетова

150-151

2025-11-12

O’YIN TEXNOLOGIYALARINI OLIY TA’LIM TIZIMIDA QО‘QLLASHNING SAMARADORLIGI

XXI asrning global raqobatbardosh muhitida muvaffaqiyatga erishish uchun talabalarni nafaqat nazariy bilimlar bilan, balki amaliy kо‘nikmalar, ijodiy yondashuv, izlanuvchanlik, tangidiy fikrlash va samarali kommunikatsiya qobiliyatlari bilan qurollantirish zarur. Aynan shu vazifalarni samarali hal qilishga interaktiv ta’lim usullari yordam beradi.

Farangiz Kasimova , Nodira Aliyeva

152-154

2025-11-12

KOLLEKSIYA KO‘CHATZORIDA O‘RGANILGAN SHOLI NAVLARINING FENOLOGIK RIVOJLANISH DAVRLARI VA ULARNING O‘ZGARUVCHANLIK KO‘RSATKICHLARI

Mazkur maqolada kolleksiya ko‘chatzorida o‘rganilgan sholi namunalarining vegetatsiya davri va fenologik rivojlanish bosqichlari tahlil qilingan. Har bir nav va namunada ko‘karib chiqish, tuplash, ro‘vaklash, sut, mum va to‘liq pishish fazalarining davomiyligi aniqlanib, o‘rtacha qiymatlar (X±Sx) hamda variatsiya koeffitsiyenti (V%) hisoblandi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, o‘rganilgan navlar orasida erta pishar (D-69, D-16-1) va kechpishar (D-10, Neyzvestniy2) guruhlar mavjud bo‘lib, vegetatsiya davrining farqi 6–8 kunni tashkil etdi. Variatsiya koeffitsiyentining pastligi (0,5–3,0%) belgilarining genetik barqarorligini bildiradi. Olingan natijalar sholi seleksiyasida erta pishar, suv tejovchi navlarni yaratish uchun muhim ahamiyatga ega.

Miyirbek Kamalov , Guljamal Esemuratova, Duysenbay Utambetov , Fozilbek To‘rayev

155-159

2025-11-12