Мы рады сообщить вам, что Центр поддержки исследований «Innovative Academy» организовал Республиканская конференция «Молодые ученые». Это национальная онлайн-конференция с открытым доступом, на которой публикуются обзорные тезисы, относящиеся к различным областям. Главная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу для национальных ученых, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований.
Опубликован: 2026-03-27
Статьи
KARAM O'SIMLIGINING XALQ TABOBATI VA ZAMONAVIY TIBBIYOTDAGI AHAMIYATI
Ushbu maqolada karam o‘simligining xalq tabobati va zamonaviy tibbiyotdagi ahamiyati batafsil yoritiladi. Karam tarkibida mavjud bo‘lgan vitaminlar (A, B, C, K), minerallar hamda biologik faol moddalar inson organizmiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi ilmiy jihatdan asoslab beriladi. Xalq tabobatida karam barglari va sharbati turli kasalliklarni, jumladan, shamollash, yallig‘lanish, oshqozon-ichak muammolari hamda teri kasalliklarini davolashda keng qo‘llaniladi. Uning yara bitkazuvchi, og‘riq qoldiruvchi va yallig‘lanishga qarshi xususiyatlari alohida ta’kidlanadi. Zamonaviy tibbiyotda esa karamning antioksidant xususiyatlari, saraton kasalliklarining oldini olishdagi roli, immunitetni mustahkamlashga qo‘shadigan hissasi ilmiy tadqiqotlar asosida ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, maqolada karamni ratsionga kiritishning ahamiyati va undan samarali foydalanish usullari haqida ma’lumotlar beriladi.
2026-03-26
UNIVERSITET TALABALARIDA KOMMUNIKATIV O‘Z-O‘ZIGA SAMARADORLIKNI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK MEXANIZMLARI
Mazkur maqolada universitet talabalarida kommunikativ o‘z-o‘ziga samaradorlikni rivojlantirishning pedagogik mexanizmlari va shart-sharoitlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda kommunikativ o‘z-o‘ziga samaradorlik mezonlari, darajalari va ularni rivojlantirishga qaratilgan metodlar aniqlangan. Xususan, orientatsiya strategiyasi asosida pedagogik usullar tizimi ishlab chiqilgan bo‘lib, u talabalarning kommunikativ o‘ziga ishonchini oshirishga xizmat qiladi. Tadqiqot davomida pedagogik eksperiment, kuzatuv, diagnostika va tahlil metodlari qo‘llanildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, professional yo‘naltirilgan kommunikativ vazifalar, reflektiv faoliyat va interaktiv metodlar talabalarning kommunikativ kompetensiyasini samarali rivojlantiradi. Taklif etilgan model oliy ta’lim tizimida kommunikativ o‘z-o‘ziga samaradorlikni shakllantirish uchun metodik asos bo‘lib xizmat qiladi.
2026-03-26
ISLOM FALSAFASINING VUJUDGA KELISHI VA RIVOJLANISH BOSQICHLARI
“Islom falsafasi” deganda, bu fikrni arab tilini ko‘p ishlatgan va Islom dinini qabul qilgan Sharq xalqlarining falsafiy ta’limotlari majmuasi sifatida tushunish kerak. Bu ma’noda fanda “arab falsafasi”, “musulmon falsafasi”, “arab-musulmon falsafasi”, “Arab Sharq falsafasi” kabi atamalar ham ishlatiladi. O‘tgan asrda “Islom falsafasi” tushunchasi asosan “Arab-musulmon falsafasi” shaklida qo‘llanildi. Ushbu atama ostida Arab xalifaligi tarkibiga kirgan turli xalqlarning falsafasi tushunildi. Holbuki, bu falsafaning bir qismi nafaqat arab, balki fors tilida ham yaratilgan va bu falsafaga forsiyzabon xalqlar, shuningdek, turkiy va boshqa xalqlar ham katta hissa qo‘shgan.
2026-03-26
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI ESTETIK TARBIYALASHNING AHAMIYATI
Ushbu maqolada estetik tarbiya, estetik rivojlanish, estetik madaniyat, estetik idrokning izohi berilgan. Estetik tarbiyaning boshqa mehnat turlari bilan bog‘liqligi hamda estetik tarbiyaning nazariy asoslari bayon etilgan. Estetik tarbiya tamoyillari va maktabgacha tashkilotlarda bolalarning estetik rivojlanishi imkoniyatlari, estetik tarbiya vazifalari haqida ma’lumotlar berilgan.
2026-03-26
MAKTABGACHA TA'LIM VA TARBIYA DAVLAT STANDARTINI MAZMUN MOHIYATI VA TARBIYCHI ISH FAOLIYATIDA TUTGAN O‘RNI
Ushbu maqolada maktabgacha ta'lim va tarbiya davlat standartining mazmun mohiyati, tuzilishi, uning maktabgacha ta'lim tashkilotlari uchun ahamiyati haqida fikrlar keltirilgan.
2026-03-26
TILLAR VA ULARNING TASNIFI VA TAVSIFI
Ushbu maqolada dunyo tillarining ilmiy tasnifi, ularning tuzilishi, kelib chiqishi va asosiy xususiyatlari haqida keng qamrovli ma’lumot beriladi. Tillar insoniyatning madaniy merosi va ijtimoiy taraqqiyotidagi asosiy vosita sifatida ko‘rib chiqiladi. Dunyo tillarini o‘rganish lingvistika fanida muhim yo‘nalish bo‘lib, ular genealogik, tipologik va geografik mezonlar asosida guruhlarga ajratiladi.Avvalo genealogik tasnif — tillarning kelib chiqishiga ko‘ra bo‘linishi sharhlanadi. Bu tasnifga ko‘ra tillar hind-yevropa, oltoy, afroosiyoiy, dravid, xitoy-tibet, ural, yapon-koreys va boshqa oilalarga ajratiladi, har bir oilaning o‘ziga xos tarixiy ildizlari, fonetik va grammatik belgilari ko‘rsatib o‘tiladi. Shuningdek, o‘zbek tili kiruvchi turkiy tillar oilasining shakllanishi, qadimgi turkiy yodgorliklar va zamonaviy turkiy tillarning o‘zaro munosabatlari haqida fikr yuritiladi.Maqolada tipologik tasnif — tillarning tuzilish xususiyatlariga ko‘ra tasniflanishi ham yoritiladi. Analitik, sintetik, polisintetik, agglutinativ va flektiv tillarning grammatik qurilishi, so‘z yasalishi va gap tuzilishidagi farqlari ilmiy misollar asosida tushuntiriladi. Masalan, turkiy tillarning agglutinativligi yoki ingliz tilining analitik xususiyati kabi jihatlar keltiriladi.Geografik tasnif bo‘limida esa tillarning dunyo mintaqalari bo‘yicha tarqalishi, yirik til hududlari, til-atlaslar va mintaqaviy til kontaktlari haqida umumiy ma’lumot beriladi. Tillar o‘rtasidagi tarixiy aloqa, kontakt lingvistika, pidjin va kreol tillarining paydo bo‘lishi ham qisqacha yoritiladi.Yakunda dunyo tillarining xilma-xilligi, til siyosati, yo‘qolib borayotgan tillar muammosi, global tillar (ingliz, ispan, arab)ning kommunikativ ahamiyati va ularni o‘rganishning zamonaviy ahamiyati haqida mulohazalar beriladi.
2026-03-26
KELAJAK HAYOTINI BELGILOVCHI TO’G’RI KASB TANLASH
Har bir inson hayotida eng muhim qarorlardan biri bu — kasb tanlashdir. Chunki inson tanlagan kasbi uning kelajakdagi hayot yo‘lini belgilaydi. To‘g‘ri tanlangan kasb insonni muvaffaqiyatlarga yetkazadi, noto‘g‘ri tanlov esa qiyinchiliklarga yo’naltiradiShuning uchun yoshlar kasb tanlashda shoshilmasligi kerak. Eng avvalo, o‘zining nimaga qiziqishini, nimalarga qobiliyati borligini bilib olishi zarur. Inson o‘zi yoqtirgan kasbni tanlasa, u ishni zavq bilan bajaradi va charchamaydi.
2026-03-26
INGLIZ TILINI SPORT TALABALARIGA INTERAKTIV O‘YINLAR ORQALI O‘QITISH: ADABIYOTLAR TAHLILI ASOSIDA
Ushbu maqola sport yo‘nalishidagi talabalarga ingliz tilini interaktiv o‘yinlar orqali o‘qitish metodikasining nazariy asoslarini va amaliy imkoniyatlarini o‘rganadi. So‘nggi yillarda til o‘qitishda o‘yinlashtirish (gamification) va o‘yinga asoslangan ta'lim (game-based learning) tobora ommalashib bormoqda. Ayniqsa, jismoniy faollik bilan til o‘rganishni uyg‘unlashtirish talabalarning motivatsiyasini oshirish va til ko‘nikmalarini tezroq egallashga xizmat qilmoqda. Mazkur tadqiqotda mavzuga oid xalqaro ilmiy manbalar tahlil qilinib, sport kontekstida ingliz tilini o‘qitishning samarali usullari yoritilgan.
2026-03-26
KIMYO SANOATIDA SUVNING UNIVERSAL ERITUVCHI SIFATIDAGI ROLI
Mazkur tezisda suvning fizik-kimyoviy xossalari asosida uning universal erituvchi sifatidagi ahamiyati yoritilgan. Kimyo sanoatida suvning erituvchi, reaksion muhit va texnologik jarayonlarda ishtiroki tahlil qilinadi. Shuningdek, suvdan samarali foydalanish va uni tozalash muammolari ham ko‘rib chiqiladi.
2026-03-27
SUVNING KIMYOVIY XOSSALARI VA ULARNING SANOATDA QO’LLANISHI
Mazkur ishda suvning kimyoviy xossalari chuqur tahlil qilinadi hamda uning sanoatdagi o‘rni keng yoritiladi. Suvning amfoterligi, erituvchanlik xususiyati, elektroliz jarayonidagi roli, oksidlanish-qaytarilish reaksiyalaridagi ishtiroki ilmiy asosda bayon etilgan. Shuningdek, suvning energetika, kimyo, metallurgiya, oziq-ovqat va farmatsevtika sanoatlarida qo‘llanilishi misollar bilan tushuntirilgan.
2026-03-27
HARBIY FAOLIYATDA AFFEKT HOLATI: PSIXOLOGIK XAVF VA UNI BOSHQARISH MEXANIZMLARI
Zamonaviy harbiy xizmat bugungi kunda faqat jismoniy kuch yoki texnik tayyorgarlik bilan cheklanmaydi. U, avvalo, insonning ruhiy barqarorligi, tezkor fikrlashi va keskin vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qila olish qobiliyati bilan belgilanadi. Harbiy xizmatchi har daqiqada o‘zgarib turadigan, ba’zan hayot va o‘lim o‘rtasidagi juda qisqa masofaga teng bo‘lgan vaziyatlarda harakat qiladi.
2026-03-27
ALISHER NAVOIY NASRIY ASARLARIDA ARABIY ONOMASTIK QOLIPLARNING FUNKSIONAL-SEMANTIK TADQIQI
Alisher Navoiy nafaqat turkiy tilning asoschisi, balki Sharq onomastikasining buyuk bilimdonidir. Uning nasriy asarlarida, xususan, "Munshaot" va "Tarixi anbiyo va hukamo"da qo‘llangan arabcha atoqli otlar shunchaki nomlash vazifasini emas, balki chuqur ijtimoiy-siyosiy va lisoniy yuklamani o‘z zimmasiga olgan. Tadqiqotimizning dolzarbligi Navoiy asarlaridagi onomastik birliklarning (ismlar, laqablar, kunyalar) tizimli xarakterini ochib berish va ularning bugungi kundagi transkripsiya masalalarini ilmiy asoslashdan iboratdir.
2026-03-27
XITOY TILINI O‘RGANISH VA O‘QITISHDA SODDA METODIKALARDAN FOYDALANISH HAMDA TILNI TAHLIL QILISHNING ASOSIY TAMOYILLARI
Xitoy tili dunyoning eng qadimiy va murakkab tillaridan biri bo‘lib, uning o‘ziga xos xususiyatlari ta’lim jarayonida maxsus yondashuvlarni talab qiladi. Hozirgi kunda xitoy tilini o‘rganishga bo‘lgan qiziqish tobora ortib bormoqda, bu esa samarali o‘qitish metodikalarini ishlab chiqish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Mazkur maqolada xitoy tilini o‘rganish va o‘qitishda qo‘llaniladigan sodda metodikalar hamda tilni tahlil qilishning asosiy tamoyillari ko'rib chiqiladi.
2026-03-27
AMUDARYONING O'NG SOHILI SHAHARLARIDA TEATR TARIXI
Amudaryoning o'ng sohili — qadimgi Baqtriya va Sug'diyona chegara hududi — miloddan avvalgi IV asrdan milodiy IV asrgacha davom etgan ko'p asrlik davrda siyosiy, iqtisodiy va madaniy taraqqiyotning geopolitik markaziga aylangan. Tarmita, Kampirtepa, Xalchayan va Dalvarzintepa kabi yodgorliklar arxeologik qazilmalar natijasida sahna san'ati tarixi bo'yicha boy manba bazasiga aylangan. Mazkur maqolada o'ng sohil shaharlari misoli orqali teatr va sahnaviy san'atning vujudga kelishi, rivojlanishi va o'ziga xos xususiyatlari ilmiy-tarixiy metodlar yordamida tahlil etiladi. Amudaryoning o'ng sohili, antik manbalar tilida Oks daryosining shimoliy-sharqiy qirg'og'i, Baqtriyaning markaziy va shimoliy tumanlari bilan geografik jihatdan mos tushadi. Mil. av. IV asrdan mil. IV asrigacha bo'lgan sakkiz asrlik davr ichida ushbu hudud ketma-ket to'rtta yirik siyosiy tuzum — Ahmoniylar saltanatining so'nggi davri, Iskandar imperiyasi va Selevkiylar hukmronligi, Yunon-Baqtriya podsholigi va nihoyat Kushon imperiyasi — ta'sirida bo'ldi. Har bir siyosiy tuzum o'ziga xos teatr-tomosha madaniyatini olib keldi: ellinistik davrda yunon tragediyasi va komediyasi institutlashgan shakllarda yoyilgan bo'lsa, kushon davrida buddaviy marosimlar bilan uyg'unlashgan mahalliy sahnaviy an'analar gullab-yashnadi. [1, B. 3-18]
2026-03-27
ОЦЕНКА ЭФФЕКТИВНОСТИ ТЕРАПИИ НИЗКИМИ ДОЗАМИ ИЗОТРЕТИНОИНА ПРИ РАЗЛИЧНЫХ ФОРМАХ АКНЕ
Акне (acne vulgaris) представляет собой хроническое воспалительное заболевание кожи мультифакторной природы, в патогенезе которого участвуют гиперсекреция кожного сала, фолликулярный гиперкератоз, дисбиотические изменения микробиоты кожи с преобладанием Cutibacterium acnes, а также активация врождённого и адаптивного иммунного ответа. Заболевание характеризуется высокой распространённостью и оказывает значительное влияние на психоэмоциональное состояние пациентов.
2026-03-30
SHUKUR XOLMIRZAYEV ASARLARIDA TIL TASVIRIY VOSITALARIDAN FOYDALANISH MAHORATI
Ma’lumki, uslub va til tasviriy vositalarini o‘rganish tilshunoslikning dolzarb va muhim masalalaridan biri bo‘lib qoldi. Chunki har bir lingvistik vosita nutq jarayonida nominativ vazifani bajarish bilan birgalikda, uslubiy vosita ham bo‘lishi mumkin. Odatda bunday vositalar badiiy tilning ham, har tomonlama uslubiy jihatdan ta’sirchan bo‘lishi uchun keng imkoniyatlar yaratadi. Yozuvchi ijodida ana shunday uslubiy vositalardan keng ishlatiladigani perifrazadir.
2026-03-30
“FAYNBERG – QALBI O’ZBEK SHOIR”
Mazkur maqolada Aleksandr Arkadyevich Faynbergning hayoti, ijodiy faoliyati va oʻzbek adabiyotidagi oʻrni tahlil qilinadi. Shoirning lirik-falsafiy she'rlari, insonparvarlik g'oyalari. Vatanga muhabbat ruhidagi asarlari hamda tarjimonlik faoliyati keng yoritilgan. Shuningdek, uning oʻzbek va rus adabiy aloqalarini mustahkamlashdagi xizmatlari ko'rsatib berilgan. Maqolada Faynberg ijodining g'oyaviy-badiiy xususiyatlari va zamonaviy adabiy jarayondagi ahamiyati ilmiy-uslubda bayon etiladi.
2026-03-30
SAMARALI MULOQOTDA TALAFFUZNING AHAMIYATI
Mazkur maqolada samarali muloqot jarayonida talaffuzning o‘rni, uning nutq ravonligi va tushunarliligiga ta’siri ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Talaffuz fonetik tizimning muhim elementi sifatida kommunikativ kompetensiyaning ajralmas qismi hisoblanadi. Tadqiqotlar asosida to‘g‘ri talaffuzning muloqot samaradorligini oshirishi, noto‘g‘ri talaffuz esa kommunikativ to‘siqlarni yuzaga keltirishi asoslab beriladi. Shuningdek, maqolada intonatsiya, urg‘u va ritmning nutqdagi roli hamda xorijiy til o‘rganishda talaffuzni rivojlantirish metodlari ko‘rib chiqiladi.
2026-03-30
CHET TILINI TEZ O‘RGANISH USULLARI: ILMIY ASOSLAR, ZAMONAVIY METODLAR VA SAMARALI STRATEGIYALAR
Mazkur maqolada chet tilini tez o‘rganishning nazariy va amaliy asoslari chuqur tahlil qilinadi. Kognitiv psixologiya, lingvistika va pedagogika nuqtai nazaridan til o‘rganish jarayoni o‘rganilib, samaradorlikni oshiruvchi asosiy metodlar — immersiya, interval takrorlash (spaced repetition), aktiv muloqot va texnologiyalardan foydalanish keng yoritiladi. Shuningdek, individual o‘rganish uslublari, motivatsiya va neyropsixologik omillarning ta’siri ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijalari til o‘rganishda kompleks yondashuv eng samarali ekanligini ko‘rsatadi.
2026-03-30
ISHNI SUDGA QADAR YURITISHDA TERGOVGA QADAR TEKSHIRUV TUSHUNCHASI VA UNING JINOYAT ISHINI TERGOV QILISHDAN FARQLI JIHATLARI
Dunyoning barcha mamlakatlarida shaxsning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish, uning shaʼni va qadr-qimmatini hurmat qilish, jinoyatlarni tez va toʻliq ochish, jinoyatdan jabr chekkan shaxslarga yetkazilgan zararni qoplash, aybsiz insonlar javobgarlikka tortilmasligini taʼminlash, jismoniy va yuridik shaxslarning jinoyatlarga doir murojaatlarini oʻz vaqtida roʻyxatga olish va qonunda belgilangan tartibda hal etish, tergovga qadar tekshiruv amaliyotida shaxsga nisbatan qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, gʻayriinsoniy yoki qadr qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qoʻllash bilan bogʻliq qilmishlar sodir etilishining oldini olishboʻyicha samarali mexanizmlarni joriy qilish hamda ushbu sohada xalqaro standartlar va ilgʻor xorijiy tajribani joriy etish obyektiv zaruratga aylanmoqda.
2026-03-30
ИНТЕРЬЕР КАК ФОРМА РЕПРЕЗЕНТАЦИИ ЭКЗЕСТЕНЦИАЛЬНОГО КРИЗИСА В ТВОРЧЕСТВЕ Ф.М. ДОСТОЕВСКОГО
Фёдор Михайлович Достоевский яркий представитель русской диаспоры 19 века. В своих произведениях «Преступление и наказание», «Записки из подполья» он ярко раскрывает тему одиночества главных героев. Сам интерьер их комнаты создаёт картину отчуждённости и появляется вопрос интерьер как «гроб» или «шкаф».
2026-03-30
WHY TRADITIONAL ENGLISH LEARNING FAILS AND HOW SPEAKING PRACTICE CHANGES EVERYTHING
In many countries, students spend years learning English but still struggle to speak confidently. This article explores why traditional methods of learning English often fail and how speaking practice can completely transform language acquisition. It argues that focusing too much on grammar and memorization limits real communication skills, while active speaking practice builds fluency, confidence, and real-life language use. In today’s globalized world, English proficiency is crucial for academic success and career opportunities. Students who cannot communicate effectively in English often miss out on scholarships, internships, and professional growth. The study highlights the importance of modern, communication-based approaches in English education.
2026-03-30
ПСИХОЛОГИЧЕСКИЕ МЕХАНИЗМЫ РАННЕГО ВЫЯВЛЕНИЯ ЗАВИСИМОСТИ СТУДЕНТОВ ОТ КОМПЬЮТЕРНЫХ ИГР НА ОСНОВЕ ИСКУССТВЕННОГО ИНТЕЛЛЕКТА
Данная статья посвящена изучению психологических механизмов раннего выявления зависимости студентов от компьютерных игр (Internet Gaming Disorder – IGD) на основе технологий искусственного интеллекта (ИИ). Исследование опирается на психологические теории — модель двойного процесса (dual processing model), теорию базовых психологических потребностей и нейробиологические основы, а также анализирует механизмы прогнозирования зависимости и раннего вмешательства с использованием инструментов ИИ (машинное обучение, обработка естественного языка — NLP).
2026-03-30
ВЫЯВЛЕНИЕ СОЦИАЛЬНО-ПСИХОЛОГИЧЕСКОЙ АДАПТАЦИИ УЧАЩИХСЯ, ВОСПИТЫВАЮЩИХСЯ В НЕПОЛНЫХ СЕМЬЯХ, НА ОСНОВЕ ИСКУССТВЕННОГО ИНТЕЛЛЕКТА
Данная статья посвящена изучению теоретических основ выявления социально-психологической адаптации учащихся, воспитывающихся в неполных семьях, на основе технологий искусственного интеллекта (ИИ). Исследование опирается на психологические теории — теорию привязанности, концепцию резильентности и копинг-механизмов, а также анализирует трудности социальной адаптации детей из неполных семей и возможности их раннего выявления с использованием инструментов ИИ (машинное обучение, эмоциональный анализ).
2026-03-30
MOLIYAVIY BARQARORLIKNING IQTISODIYOTGA TA'SIRI
Moliyaviy barqarorlik iqtisodiyotning barqaror va uzluksiz rivojlanishi uchun zaruriy omildir. Ushbu maqolada moliyaviy barqarorlikning iqtisodiy o'sish, inflyatsiya, va xalqaro savdo kabi iqtisodiy ko'rsatkichlarga ta'siri o'rganiladi. Jahon miqyosida moliyaviy barqarorlikning ahamiyati tobora oshib bormoqda, ayniqsa, global inqirozlar va moliyaviy bozorlarning notinchligi sharoitida. Tadqiqotda iqtisodiy o'sish va moliyaviy barqarorlik o'rtasidagi bog'liqlikni o'rganish va bu jarayonda raqamli iqtisodiyotning o'rnini tahlil qilish maqsad qilingan. Moliyaviy barqarorlikning ta'minlanishi iqtisodiyotda xavf-xatarlarga qarshi mustahkam himoya yaratadi, ishlab chiqarish va xizmatlar sektorlarining o'sishiga xizmat qiladi. Tadqiqotda ekonometrik tahlil va global iqtisodiyotdagi o'zgarishlarga asoslangan statistik ma'lumotlar yordamida moliyaviy barqarorlikning iqtisodiy o'sishga ta'siri va raqamli iqtisodiyotning o'zgaruvchilarga qo'shgan hissasi ko'rsatilgan.
2026-03-30
"SUN’IY INTELLEKT DAVRIDA RAQAMLI DEVORLAR: GLOBAL TENGSIZLIKNING YANGI QIYOFASI"
Sun'iy intellekt (SI) texnologiyalarining jadal rivojlanishi global jamiyat uchun ulkan imkoniyatlar yaratish bilan birga, mavjud ijtimoiy-iqtisodiy tengsizliklarni chuqurlashtirish xavfini ham tug'dirmoqda. Ushbu maqola SI davrida shakllanib borayotgan "raqamli devorlar" fenomenini, ya'ni texnologik infratuzilma, ma'lumotlarga kirish, malaka va siyosiy boshqaruvdagi tafovutlarni tahlil qiladi. Tadqiqot global miqyosdagi raqamli bo'linishning yangi ko'rinishlarini, xususan, rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar o'rtasidagi farqlarning kuchayishini o'rganadi. Maqola SI texnologiyalaridan adolatli foydalanishni ta'minlash va global tengsizlikni kamaytirish bo'yicha siyosiy choralar zarurligini ta'kidlaydi.
2026-03-30
THE ROLE OF WOMEN SCIENTISTS IN MODERN SCIENCE: PEDAGOGICAL APPROACH AND GENDER EQUALITY ISSUES
This article analyzes the role of women scientists in the development of modern science from a pedagogical point of view. The study covers the participation of women in scientific activity, their leading role in the education system, issues of gender equality, and their scientific contribution to the pedagogical process. In addition, the factors of developing the scientific potential of women scientists and existing problems are analyzed on a scientific basis, and proposals are put forward to eliminate them.
2026-03-30
BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH TA’LIM O‘QITUVCHILARINING KREATIVLIK QOBILIYATINI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK ASOSLARI
Mazkur tezisda bo‘lajak boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilarining kreativlik qobiliyatini rivojlantirish masalasi nazariy-metodik jihatdan yoritilgan. Tadqiqotda kreativlikning psixologik-pedagogik talqinlari, kreativ kompetensiyaning tarkibi, uning rivojlanish mezonlari va diagnostik vositalari tahlil qilingan. Shuningdek, kreativlikni shakllantirishga xizmat qiluvchi zamonaviy ta’lim texnologiyalari, jumladan, STEAM, loyiha asosidagi ta’lim, muammoli ta’lim va divergent fikrlash metodlari amaliy asosda asoslab berilgan. Tadqiqot natijalari kreativlikni rivojlantirish jarayonida innovatsion metodlarning ahamiyati yuqori ekanligini tasdiqlaydi.
2026-03-30
CHAPAQAYLIKNING O‘QUVCHILAR O‘ZLASHTIRISHIGA TA’SIRI
Mazkur tezisda chapaqaylikning boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘quv faoliyati va o‘zlashtirish darajasiga ta’siri ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida lateralizatsiya jarayonining psixofiziologik asoslari, chapaqay o‘quvchilarning yozuv, o‘qish va idrok etishdagi o‘ziga xos xususiyatlari o‘rganildi. Shuningdek, xalqaro tajribalar asosida moslashtirilgan pedagogik yondashuvlar ishlab chiqildi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, individual yondashuv va maxsus metodlardan foydalanish chapaqay o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasini sezilarli oshiradi.
2026-03-30
THE CONCEPT OF OCCASIONAL WORDS AND THEIR LINGUISTIC FEATURES
This article examines the concept of occasional words (occasionalisms) and their linguistic features within modern discourse. It explores their definitions, structural characteristics, and functional roles from morphological, semantic, pragmatic, and stylistic perspectives. The study highlights the context-dependent nature of occasionalisms, emphasizing their expressive and evaluative functions as products of individual linguistic creativity. Special attention is given to their formation through analogy, their role in literary and journalistic texts, and their position between language norm and speech innovation. The article also differentiates occasionalisms from neologisms and nonce formations, focusing on their degree of lexicalization and communicative purpose. The findings demonstrate that occasional words are not random deviations but systematic, rule-governed innovations that contribute to linguistic development and reflect the dynamic interaction between language structure and usage.
2026-03-30
VINT O‘YIQCHALI DETALLARGA ISHLOV BERISHDA KESISH PARAMETRLARINING SIRT SIFATI VA ANIQLIKKA TA’SIRINI TADQIQ ETISH
Ushbu maqolada vint o‘yiqchali detallarga mexanik ishlov berish jarayonida kesish parametrlarining, xususan, kesish tezligi, surish miqdori va kesish chuqurligining sirt sifati hamda o‘lcham aniqligiga ta’siri ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Mashinasozlikda vint o‘yiqchali detallar keng qo‘llanilishi sababli ularni yuqori aniqlikda va talab etilgan sirt tozaligida tayyorlash muhim texnologik vazifa hisoblanadi. Tadqiqotda ishlov berish jarayonining asosiy fizik-mexanik omillari, jumladan, kesish zonasidagi issiqlik ajralishi, tebranishlar, asbob yeyilishi va materialning plastik deformatsiyasi bilan bog‘liq holatlar ko‘rib chiqilgan. Kesish parametrlarining noto‘g‘ri tanlanishi natijasida sirtning g‘adir-budurligi ortishi, geometrik aniqlikning pasayishi, rezba profilining buzilishi va detallarni ekspluatatsiya sharoitida ishonchliligining kamayishi kuzatilishi asoslab berilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, kesish tezligi, surish va kesish chuqurligi o‘rtasidagi optimal nisbatni tanlash orqali vint o‘yiqchali detallarning sirt sifatini yaxshilash, o‘lcham aniqligini oshirish hamda ishlov berish unumdorligini saqlab qolish mumkinligi aniqlangan. Maqolada ishlab chiqarish amaliyoti uchun tegishli tavsiyalar ham ishlab chiqilgan bo‘lib, ular metall kesish jarayonlarini texnologik jihatdan takomillashtirishga xizmat qiladi.
2026-03-30
O'SMIRLIK DAVRIDA SHAXS IDENTIFIKATSIYASI MUAMMOLARI: PSIXOLOGIK TAHLIL VA KORREKSIYA IMKONIYATLARI
Ushbu maqolada 11–17 yoshli o'smirlar (n=60) orasida shaxs identifikatsiyasi muammolari psixologik jihatdan o'rganilgan. Tadqiqot maqsadi — identifikatsiya inqirozining sabablari, ko'rinishlari va uni bartaraf etishning ilmiy asoslangan usullarini aniqlashdir. Erik eriksonning psixososyal rivojlanish nazariyasi va zamonaviy identitet tadqiqotlari metodologiyasiga asoslanib, psixodiagnostik vositalar (marcia identitet maqomi testi, beck depressiya inventari, «qiyinchiliklarga munosabat» so'rovnomasi) qo'llangan. Natijalar shuni ko'rsatadiki, o'smirlarning 63,3% identifikatsiya inqirozini kuchli darajada boshdan kechiradi, oilaviy munosabatlar va ijtimoiy bosim hal qiluvchi omil sifatida namoyon bo'ladi. 12 seans guruh psixologik mashg'ulotlari identifikatsiya inqirozi darajasini 50,8% ga kamaytirdi (p < 0,001). Tadqiqot natijalari maktab psixologlari va ota-onalar uchun amaliy ahamiyatga ega.
2026-03-30
SANOAT ISHLAB CHIQARISHIDA SANITARIYA VA GIGIYENA TALABLARINI TA’MINLASH
Ushbu maqolada sanoat ishlab chiqarishida sanitariya va gigiyena talablarini ta’minlashning ahamiyati, asosiy prinsiplari va amaliy usullari ko‘rib chiqiladi. Sanitariya va gigiyena sohasidagi me’yorlar va qoidalar ishlab chiqarish jarayonlarida ishchilar salomatligini saqlash, kasalliklarning oldini olish va mehnat unumdorligini oshirishda muhim rol o‘ynaydi. Maqolada shuningdek, ishlab chiqarish muhitida sanitariya va gigiyena talablariga rioya etish bo‘yicha mavjud qonun hujjatlari va normativlar tahlil qilinadi. Sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlariga rioya etish davlat idoralari, korxonalar va alohida shaxslarning majburiyati ekanligi ta’kidlanadi.
2026-03-30
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA TA’LIM SOHASIDA AMALGA OSHIRILGAN ISLOHOTLAR
Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasida ta’lim tizimini isloh qilish jarayonlari, ularning asosiy yo‘nalishlari va ahamiyati tahlil qilinadi. Ta’limning barcha bosqichlarida amalga oshirilayotgan yangilanishlar, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etish hamda ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar yoritib beriladi.Shuningdek, maqolada ta’lim tizimini xalqaro standartlarga moslashtirish, o‘qituvchilar malakasini oshirish va raqamli texnologiyalarni keng qo‘llash masalalariga e’tibor qaratiladi. Ushbu islohotlarning jamiyat taraqqiyoti va yosh avlodning bilim salohiyatini oshirishdagi o‘rni ochib beriladi Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasida ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning mazmun-mohiyati, ustuvor yo‘nalishlari va ularning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni atroflicha tahlil etiladi. Xususan, maktabgacha ta’limdan tortib oliy ta’limgacha bo‘lgan barcha bosqichlarda olib borilayotgan tizimli yangilanishlar, zamonaviy pedagogik yondashuvlarning joriy etilishi, ta’lim sifati va samaradorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar yoritib beriladi.
2026-03-30
SUN'IY INTELLEKT ALGORITMLARI ASOSIDA SANOAT KORXONALARIDA ISHCHILAR XAVFSIZLIGINI TA'MINLASH TIZIMI
Maqola O‘zbekiston sanoat korxonalarida ishchilar xavfsizligini sun'iy intellekt va kompyuter ko‘rish texnologiyalari yordamida oshirish masalalarini tahlil qiladi. YOLO algoritmlari, LSTM tarmoqlari, IoT sensorlari va fuzzy mantiq tizimlari orqali real vaqt monitoringi, xavfni bashorat qilish va avtomatik ogohlantirish taklif etiladi. Tadqiqot natijalari tizim samaradorligini tasdiqlaydi va ishchilar xavfsizligini sezilarli darajada yaxshilashini ko‘rsatadi.
2026-03-30
DEMOGRAFIK PORTLASH VA AHOLI SONINING ORTISHI MUAMMOSI
Ushbu maqola demografik portlash hodisasi va uning aholi sonining tez ortishiga olib keluvchi sabablarini tahlil qiladi. Tibbiyotdagi yutuqlar va o'lim darajasining pasayishi natijasida yuzaga kelgan ushbu global muammo resurslarning cheklanishi, atrof-muhitga bosim va ijtimoiy-iqtisodiy tengsizlik kabi jiddiy oqibatlarga olib kelmoqda. Tadqiqotda aholi o'sishining barqaror rivojlanishga ta'siri ko'rib chiqilib, kelajak avlodlar uchun yechimlar topish zarurati ta'kidlanadi. Maqola ushbu murakkab muammoni hal etishda samarali siyosat va strategiyalarni ishlab chiqish muhimligini asoslaydi.
2026-03-30
JISMONIY TARBIYA O'QITUVCHILARINI KASBIY KAMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHDA XORIJIY DAVLATLAR TAJRIBASI
Mazkur tezisda jismoniy tarbiya o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini rivojlantirish masalasi xorijiy davlatlar tajribasi asosida tahlil qilingan. Tadqiqotda kasbiy kompetentlikning mazmun-mohiyati, uning tarkibiy komponentlari hamda uni rivojlantirishning zamonaviy pedagogik yondashuvlari yoritilgan. Shuningdek, rivojlangan mamlakatlarda jismoniy tarbiya o‘qituvchilarini tayyorlash va malakasini oshirish tizimi o‘rganilib, ularning samarali jihatlari aniqlangan. Xorijiy tajribalarni milliy ta’lim tizimiga moslashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
2026-03-30
TAX MONITORING AND ITS IMPORTANCE
This article offers an in-depth examination of tax monitoring and its critical role in ensuring the stability. It investigates the economic nature of tax monitoring, its function in strengthening revenue collection processes, and its contribution to maintaining fiscal discipline. Particular emphasis is placed on enhancing the effectiveness of monitoring mechanisms, improving tax administration practices, and ensuring compliance through systematic oversight. Using the example of ongoing reforms in the Republic of Uzbekistan, the study highlights practical approaches to optimizing tax monitoring systems and increasing budget reliability. The findings indicate that the continuous improvement of tax monitoring serves as a key instrument in reinforcing the financial sustainability and accountability of the state.
2026-03-30
PRETEXTING VA BAITING SSENARIYLARINI YARATISH
Mazkur maqolada ijtimoiy muhandislik (social engineering) hujumlarining keng tarqalgan turlaridan biri hisoblangan pretexting va baiting usullarining nazariy asoslari, ularning ishlash mexanizmlari hamda ushbu usullar asosida ssenariylar yaratish jarayonining muhim bosqichlari tahlil qilinadi. Shuningdek, maqolada pretexting va baiting hujumlarining amalga oshirish jarayonida qo‘llaniladigan psixologik ta’sir usullari, foydalanuvchi xatti-harakatlariga ta’siri va tashkilotlar axborot xavfsizligiga yetkazishi mumkin bo‘lgan xavflar yoritib berilgan. Bundan tashqari, ushbu turdagi tahdidlarni oldindan aniqlash, ularning oldini olish hamda foydalanuvchilarni xabardor qilish orqali samarali himoya choralarini tashkil etish masalalariga ham alohida e’tibor qaratilgan. Maqola axborot xavfsizligi sohasida tahsil olayotgan talabalar hamda amaliyotchi mutaxassislar uchun metodik ahamiyatga ega.
2026-03-30
JAHON IQTISODIYOTIDAGI INQIROZLAR VA ULARNING SABABLARI
Jahon iqtisodiyotidagi inqirozlar davriy tusga ega bo'lib, global rivojlanishga jiddiy ta'sir ko'rsatadi. Ushbu maqola jahon iqtisodiyotidagi inqirozlarning mohiyati, ularning kelib chiqish sabablari va oqibatlarini chuqur tahlil qilishga qaratilgan. Tahlil moliyaviy nomutanosibliklar, geosiyosiy keskinliklar, texnologik o'zgarishlar va global pandemiyalar kabi asosiy omillarni qamrab oladi. Inqirozlarning ildiz sabablarini tushunish barqaror iqtisodiy o'sish va kelajakdagi shoklarga qarshi samarali siyosat ishlab chiqish uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
2026-03-30
