We are pleased to inform you that the Research Support Center "Innovative Academy RSC" has organized the Republican Conference "Young Scientists". This is a national online conference with open access, where review abstracts related to various fields are published. The main goal is to offer an intellectual platform for national scientists, and it aims to promote interdisciplinary research.
Published: 2025-10-27
Maqolalar
KOMPYUTER O‘YINLARINING BOLALAR TIL RIVOJIGA TA’SIRI: TAJRIBALAR VA KUZATUVLAR
Maqolada kompyuter o‘yinlarining maktabgacha va kichik yoshdagi bolalar til rivojiga ta’siri ilmiy va amaliy jihatdan tahlil qilinadi. Shuningdek, kompyuter o‘yinlari nazoratli va maqsadli foydalanilganda bolalarning so‘z boyligini kengaytirish, talaffuz va eshitish ko‘nikmalarini rivojlantirishda muhim vosita bo‘la oladi.
2025-10-27
INTELLEKTUAL MULK SOHASIDAGI NIZOLARNI MUQOBIL HAL ETISHNI USULLARINING INSTITUTLASHUV: O'ZBEKISTON VA XORIJIY DAVLATLAR TAJRIBASI
Zamonaviy dunyoda intellektual mulk nizolarni muqobil hal etish usullari muhim ahamiyatga ega hisoblanib intellektual mulk huquqi innovatsion rivojlanish va iqtisodiy o'sish muhim omil sifatida tan olanadi. Intellektual mulk huquqlarini himoya qilish va ular bilan bog'liq nizolarni samarali hal etish mexanizmlari har qanday davlat innovatsion boshqaruvini belgilov omil hisoblanadi. Ushbu mavzuni tahlil qilish davomida institutsiyalashuvi tushunchasiga tarafib berish o’rinili hisoblandi. intellektual mulk sohasidagi nizolarni muqobil hal etishning institutsiyalashuvi deganda, tegishli intellektual mulk obyekti ustida tuzilgan shartnoma predmetidan kelib chiqib, nizolarni muqobil hal etishning vositachilik, muzokara, mediatsiya yoki arbitraj usullaridan birini tomonlarning ixtiyoriy tanlovi asosida hal etish tushuniladi. Ya`ni, nizolarni muqobil hal etishning institutsiyalashuvi bu – nizo predmetini qaysi institutda (mediatsiya instituti, arbitraj instituti, muzokara instituti) hal qilishga aytiladi. Shu kunlarda ADR tizimi mahalliy va xalqaro nizolarda ommaviy va xususiy ravishda qo’llanilmoqda.
2025-10-27
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDIDA DORIXONALARDA NEYROLEPTIK VOSITALARNING TAHLILI
Zamonaviy tibbiyot tizimida ruhiy kasalliklarni davolash inson salomatligi va jamiyat barqarorligining muhim omillaridan biridir. So‘nggi yillarda aholining turmush tarzi, stress omillari va iqtisodiy bosimlar ruhiy holatga salbiy ta’sir etib, shizofreniya, maniya, depressiya, psixoz kabi holatlar sonining ortishiga sabab bo‘lmoqda. Shu boisdan, neyroleptik vositalarga — markaziy asab tizimi faoliyatiga ta’sir etuvchi psixotrop preparatlarga — bo‘lgan talab yil sayin oshib bormoqda.O‘zbekiston Respublikasida farmatsevtika sohasini modernizatsiya qilish, dori vositalarining sifatini nazorat qilish va mahalliy ishlab chiqarishni kengaytirish yo‘nalishida olib borilayotgan islohotlar natijasida psixotrop dorilar, jumladan, neyroleptik vositalar bozori jadal rivojlanmoqda. Ushbu mavzuning dolzarbligi shundaki, dorixonalar tarmog‘ida ushbu dori vositalarining tahlili, ularning narx dinamikasi, import va mahalliy ishlab chiqaruvchilarning ulushi hamda iste’molchilar orasidagi talabni o‘rganish farmatsevtika siyosatini takomillashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
2025-10-27
O‘ZBEKISTON HUDUDIDAGI DORIXONALARDA MARKETINGNING AHAMIYATI VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI
Mazkur ilmiy ishning asosiy maqsadi — O‘zbekiston hududidagi dorixonalar faoliyatida marketingning tutgan o‘rni, uning samaradorligini oshirish yo‘llari, iste’molchilar bilan o‘zaro aloqalarni rivojlantirish hamda raqamli texnologiyalar asosida farmatsevtika marketingini takomillashtirish yo‘nalishlarini o‘rganishdan iborat.
2025-10-27
TUPROQNING OG‘IR METALLAR BILAN IFLOSLANISHI
Mazkur tezisda tuproqning og‘ir metallar bilan ifloslanishi, uning manbalari, ta’siri va bartaraf etish choralari ilmiy nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Tadqiqotda og‘ir metallar (qo‘rg‘oshin, kadmiy, simob va boshqalar)ning biosferadagi roli, ularning tuproq unumdorligi hamda inson salomatligiga ta’siri yoritilgan. Shuningdek, fitoremediatsiya, kimyoviy va biotexnologik tozalash usullari haqida ma’lumotlar keltirilgan.
2025-10-27
ДЕЙСТВУЮЩИЕ ПРОБЛЕМЫ ПРАВОВОЙ ОЦЕНКИ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ ОРГАНИЗАЦИИ ПРОСТОЛОВ
В данной статье анализируются вопросы правовой оценки деятельности притонов, проблемы, возникающие при применении норм действующего законодательства, и пути их решения. Автором исследованы сложности, существующие в следственной и судебной практике по преступлениям, связанным с содержанием притонов, а также различные трактовки вопроса квалификации. В статье также изучен практический опыт стран СНГ и выдвинуты конкретные предложения по совершенствованию национального законодательства.
2025-10-27
PAXTA TOZALASH KORXONALARINING MOLIYAVIY BARQARORLIGINI BAHOLASH MEZONLARI VA ULARNI TAKOMILLASHTIRISH YOʻNALISHLARI
Mazkur maqolada paxta tozalash korxonalarining moliyaviy barqarorligini baholash mezonlari hamda ularni takomillashtirish yoʻnalishlari yoritilgan. Tadqiqotda korxonaning yashash sikllari — tashkil etish, reorganizatsiya, restrukturizatsiya, sanatsiya, bankrotlik va tugatish bosqichlari tahlil qilinib, ularning moliyaviy barqarorlikka taʼsiri ilmiy asosda oʻrganilgan. Muallif tomonidan ishlab chiqilgan integratsiyalashgan moliyaviy koʻrsatkichlar jadvali asosida paxta tozalash korxonasining har bir bosqichidagi rentabellik, likvidlik, kapital mustaqilligi va risk darajasi oʻrtasidagi bogʻliqlik aniqlangan. Natijalar shuni koʻrsatadiki, moliyaviy boshqaruv mexanizmlarini takomillashtirish — paxta tozalash sanoatida iqtisodiy xavfsizlikni mustahkamlash, investitsion muhitni yaxshilash va ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning muhim omilidir.
2025-10-27
O‘T PUFAGIDA TOSH HOSIL BO’LISHINI OLDINI OLISH
Ushbu maqolada o’t pufagida tosh hosil bo’lishi [xolelitiaz] jarayonini sabablari, xavf omillari hamda uni oldini olishning zamonaviy yondashuvlari yoritilgan. Tadqiqotda ovqatlanish tartibi, jismoniy faollig, gormonal o’zgarishlar jigar faoliyatini buzilishi va genetik moyillik kabi asosiy omillar tahlil qilingan.
2025-10-27
BANDLIK QONUNCHILIGINI AVTOMATLASHTIRISH: ISHGA OLISH, ISHDAN BOʻSHATISH VA KAMSITISHNI KAMAYTIRISH STRATEGIYALARIDA SUNʼIY INTELLEKTNING HUQUQIY OQIBATLARINI BAHOLASH
Bugungi globallashuv va raqamlashtirish jarayonlari natijasida sun’iy intellekt (AI) texnologiyalari mehnat munosabatlariga chuqur kirib bormoqda. Ishga qabul qilish, baholash va ishdan bo‘shatish jarayonlarida avtomatlashtirish, katta ma’lumotlarni tahlil qilish va algoritmik qarorlar qabul qilish amaliyoti kengaymoqda. Shu bilan birga, bu jarayonlar kamsitish, shaffoflikning yetishmasligi hamda xodimlarning shaxsiy ma’lumotlarini himoya qilish kabi yangi huquqiy muammolarni yuzaga keltirmoqda.
2025-10-27
LIRIK KECHINMA VA POETIK OBRAZ MASALASI
Mazkur maqolada lirik kechinma va poetik obrazning o‘zaro bog‘liqligi, ularning badiiy matn strukturasi va estetik ta’sir kuchini shakllantirishdagi o‘rni tahlil etilgan. Lirik kechinma shoirning ichki ruhiy holatini, subyektiv dunyoqarashini aks ettiruvchi estetik kategoriya sifatida yoritiladi. Poetik obraz esa ana shu kechinmaning badiiy ifoda shakli bo‘lib, o‘quvchida ma’naviy rezonans uyg‘otuvchi vosita sifatida qaraladi. Maqolada o‘zbek lirikasida bu tushunchalarning uyg‘unlashuvi Alisher Navoiy, Abdulla Oripov va Erkin Vohidov kabi shoirlar ijodi misolida tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, poetik obraz lirik kechinmani ifoda etishning asosiy estetik mexanizmi sifatida namoyon bo‘ladi.
2025-10-27
ҚАШҚАДАРЁ ВИЛОЯТИ ШАҲАР МАНЗИЛГОҲЛАРИ ШАКЛЛАНИШИГА ТАЪСИР КЎРСАТУВЧИ ГЕОГРАФИК ОМИЛЛАР
Ушбу мақолада асосий эътибор шаҳар аҳоли манзилгоҳлари, жумладан, шаҳар манзилгоҳларининг таркиб топишига таъсир кўрсатувчи табиий шароит, табиий ресурс, иқтисодий-ижтимоий инфратузилма каби географик омилларнинг тутган ўрни ва роли, мазмун моҳияти, назарий-услубий масалалари ҳамда илмий амалий аҳамиятига қаратилган. Бунда, табиий шароитни шаҳарсозлик нуқтаи назаридан ўрганишнинг илмий-услубий асослари, шаҳар манзилгоҳларида ишлаб чиқариш кучларини жойлаштиришда табиий шароит ва ресурслардан оқилона фойдаланишнинг амалий аҳамияти, шаҳар манзилгоҳлари шаклланишига таъсир кўрсатган географик омиллар, табиий географик шаҳарсозлик нуқтаи назардан районлаштиришнинг назарий-услубий жиҳатлари вилоят мисолида батафсил ёритиб берилган.
2025-10-27
ЮРАК ИШЕМИК КАСАЛЛИГИ ВА АРТЕРИАЛ ГИПЕРТЕНЗИЯНИНГ КЛИНИК КЕЧИШИНИНГ УЗИГА ХОС ХУСУСИЯТЛАРИ
Мазкур тезисда аҳоли ўртасида юрак қон томир асоратлари хавфи билан артериал гипертензиянинг авж олиши, унинг клиник кечишининг узига хос хусусиятлари кечишини ўрганиш гипертония касаллигининг хавф омилларини ва коморбид ҳолатларни вақтида аниқлаш ва бартараф этишга имкон яратади, яратилган даво муолажаларини белгилаш қиска вақтда самарали натижа беради.
2025-10-27
1D VA 2D SIGNALLARNI QAYTA ISHLASHDA FLYNN METODLARI (SISD, SIMD, MISD, MIMD) ASOSIDA PARALLEL ALGORITMLAR
1D (vaqt qatori, audio, biomedikal) va 2D (tasvir) signallarni real vaqtga yaqin qayta ishlashda hisoblash yuki asosan konvolyutsiya, korrelyatsiya, spektral tahlil (FFT), gradient va morfologik operatorlarga to‘g‘ri keladi. Maqolada Flynn tasnifi (SISD, SIMD, MISD, MIMD) asosida 1D/2D signal ishlov algoritmlari ishlab chiqilib, ularning samaradorligi nazariy va amaliy modellar bilan tahlil qilinadi.
2025-10-27
ИННОВАЦИОННЫЕ ПОДХОДЫ К РАЗВИТИЮ ТУРИЗМА В РЕГИОНАХ НА ОСНОВЕ КРЕАТИВНЫХ ИНДУСТРИЙ (НА ПРИМЕРЕ КАРАКАЛПАКСТАНА)
Креативные индустрии, являясь культурно укоренёнными, играют ключевую роль в устойчивой модернизации туристической инфраструктуры Республики Каракалпакстан, однако их организационная конфигурация остаётся относительно малоизученной в региональной литературе, посвящённой креативной экономике и развитию туризма. На основе анализа операционных моделей креативных кластеров в Нукусе и периферийных районах выявлена и систематизирована форма гибридной, но территориально адаптивной структуры управления. Эта концептуальная рамка подчёркивает значение институциональной связности в региональной креативной экосистеме для более глубокого понимания того, каким образом креативные предприятия и создаваемые ими синергии способствуют инклюзивному росту туризма и развитию культурного предпринимательства.
2025-10-27
BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNI TARIXIY MATERIALLAR VOSITASIDA VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASH
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-sonli “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistoning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni [1] xalqimiz farovonligi va farzandlarimiz kelajagi uchun mustahkam asos bo‘lib xizmat qiladi. Ushbu hujjatning to‘rtinchi yunalishida adolatli siyosat yuritib va inson kapitalini rivojlantirish zarurligiga alohida axamiyat berilgan.
2025-10-27
ЎЗБЕКИСТОН ТУРАР ЖОЙЛАРИДА ХАЛҚ МЕЪМОРИЙ САНЪАТИНИНГ БАДИИЙ ЕЧИМИ
Ўзбекистон турар жойларидаги халк бадиий санъатини урганиш бадиий хунармандчилик билан тулган нодир меъморчиликни очиб берaди. Қадимги усталар иштирокида ўтказилган тадқиқот иши уларнинг фақат амалиётини эмас, балки Ўзбекистоннинг синчли ва махобатли биноларидаги қурилиш санъатининг назариясини хам аниқлаш имконини берди. Қадимги усталар меъморчилигининг дунё дурдоналарини бунёд этган аждодларидан олган меъморчилик анъаналари хали хам сақланмокда. Ҳозирги пайтда меъморчилик республикада янги ижтимоий ва иқтисодий вазифаларига мувофиқ ривожланяпти. Ўзбекистон халқлари тарихида шахарлар ва қишлоқ жойларида биринчи бор ажойиб кутубхона, театрлар, касалхоналар, мактаблар бинолари бунёд этиляпти.
2025-10-27
SAID AHMADNING “JIMJITLIK” ASARIDAGI KRIMINALLIK MOTIVINING BADIY TALQINI
Ushbu maqolada o‘zbek adabiyotining yirik namoyandalaridan biri Said Ahmadning “Jimjitlik” asarida ifodalangan kriminalik motivlar va ularning badiiy talqini tahlil qilinadi. Adib jamiyatda ildiz otib borayotgan axloqiy inqiroz, nohalollik va adolatsizlik muammolarini o‘tkir syujetlar hamda yetarli darajadagi mukammal xarakterlar orqali ochib berishga harakat qilgan va buni uddasidan chiqgan. Turli xil kriminal kechinmalar orqali insonning ma’naviyati, ichki kurash va ijtimoiy beqarorliklari ko‘rsatilgan. Maqolada asar syujetidan olingan konkret epizodlar va qahramonlar orqali kriminal motivning qanday badiiy maqsadlarga xizmat qilgani ochib beriladi.
2025-10-27
ОПРЕДЕЛЕНИЕ РОДСТВЕННЫХ ПРИМЕСЕЙ КАПСУЛ АЗИТРОМИЦИНА
В данной работе приведена оптимизированная валидированная методика определения родственных примесей в капсулах азитромицина методом ВЭЖХ. Метод определения примесей в капсулах заключался в анализе пиков хроматограмм, полученной на жидкостном хроматографе высокого давления с УФ-спектрофотометрическим детектором.
2025-10-27
OʻZBEKISTON IQTISODIY RIVOJLANISHIDA GʻAZNACHILIK TIZIMINI MODERNIZATSIYA QILISHNING STRATEGIK AHAMIYATI
Mazkur tezisda Oʻzbekistonda gʻaznachilik tizimini modernizatsiya qilish jarayonlari va ularning milliy iqtisodiyot rivojiga ta’siri tahlil etiladi. Davlat moliyasini boshqarish tizimida raqamlashtirish, ochiqlik, shaffoflik va natijadorlikni ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlarning strategik ahamiyati yoritiladi. Shuningdek, xalqaro amaliyotdagi ilg‘or tajribalar tahlili orqali Oʻzbekiston sharoitida gʻaznachilik tizimini takomillashtirish yo‘nalishlari asoslab berilgan.
2025-10-27
IQTISODIYOTNI MODERNIZATSIYALASH SHAROITIDA SANOAT KORXONALARINI INVESTITSIYA FAOLIYATINI MOLIYALASHTIRISHGA XORIJIY INVESTITSIYALARNI JALB ETISHNI TAKOMILLASHTIRISH
Ushbu bobda iqtisodiyotni modernizatsiya qilish jarayonida sanoat korxonalarining investitsiya faoliyatini moliyalashtirishda xorijiy to'g'ridan-to'g'ri investitsiyalar (XTIX) ning roli nazariy jihatdan o'rganiladi. Modernizatsiya nazariyasiga ko'ra (Schumpeter, 1934), innovatsiyalar va texnologik yangilanish orqali iqtisodiy o'sish ta'minlanadi, bunda XTIX sanoat sektorini rivojlantirishning asosiy vositasi sifatida ko'riladi. Xalqaro tajribada, masalan, Janubiy Koreyada 1960-1980-yillarda sanoatga jalb etilgan XTIX YaIMning 5-7% ini tashkil etgan bo'lib, bu mamlakatning sanoat inqilobiga zamin yaratgan (World Bank, 2020).
2025-10-28
INGLIZ VA QORAQALPOQ TILLARIDA SHAXS VA SON KATEGORIYALARINING GRAMMATIK IFODALANISHI
Ushbu maqolada ingliz va qoraqalpoq tillarida shaxs va son kategoriyalarining grammatik ifodalanish xususiyatlari chuqur tahlil qilinadi. Xususan, fe’lning shaxs va son bilan moslashuvi, shuningdek, zamon, birlik va ko‘plik shakllarida shaxs-son kategoriyasining morfologik ko‘rsatkichlari solishtirilib o‘rganiladi. Ingliz tili analitik, qoraqalpoq tili esa agglutinativ tizimga mansub bo‘lganligi sababli, ularning morfologik va sintaktik tizimida sezilarli farqlar mavjudligi ko‘rsatib beriladi.
2025-10-28
MODERN PEDAGOGIES OF TEACHING ENGLISH SPEAKING SKILLS IN UZBEKISTAN
This paper explores modern pedagogical approaches in teaching English speaking skills in Uzbekistan, focusing on secondary schools in the Syrdarya region. It examines how communicative, task-based, and technology-supported methods influence students’ speaking competence. Data were collected from 15 English teachers and 15 eleventh-grade pupils through questionnaires and classroom observations. The study found that teachers are gradually adopting modern pedagogies, though challenges such as limited training, time, and resources remain. The results contribute to understanding how global teaching practices can be adapted to local educational contexts in Uzbekistan.
2025-10-28
RAQAMLI MARKETING STRATEGIYALARINING ASOSIY YO‘NALISHLARI VA AHAMIYATI
Raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanishi hamda bizneslarning iqtisodiy va kommunikativ ta’sirini kuchaytirishga bo‘lgan yuqori talabi tufayli, raqamli marketing, ta’lim va chakana savdo kabi ko‘plab sohalarda tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bitta marketing kanali ustunligining ortishi muvozanatning buzilishiga va to‘yinganlikka olib keladi, bu esa korxonaning umumiy raqobatbardoshligiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Tadqiqotning maqsadi — korxonalar tomonidan barqaror ilgari surish vositasi sifatida foydalanilishi mumkin bo‘lgan samarali raqamli marketing strategiyalarini aniqlashdir. Ishlab chiqilgan metodologiya to‘plangan ma’lumotlarni tahlil qilish asosida shakllanib, uzluksiz baholashning aniqligini oshirishda chiziqli bo‘lmagan modellashtirishning afzalliklarini ko‘rsatadi. Bu — chiziqli bo‘lmagan bog‘liqlikka (U-shaklli: guruhlar taqqoslanishi) ega yangi modelning dolzarbligini empirik tasdiqlashdan so‘ng baholash uchun qo‘llaniladigan birinchi integratsiyalashgan doira (umumiy statistika, korrelyatsiya, regressiya va baholash) hisoblanadi. A guruhning o‘rtacha natijasi 0,72 ± 0,06, B guruhning natijasi esa 0,65 ± 0,05 ni tashkil etdi. Korrelyatsiya va regressiya egri chiziqlari shuni ko‘rsatdiki, raqamli marketingni takomillashtirishning chegaraviy darajasi chiziqli bo‘lmagan ta’sirlar qo‘llanganda yuqoriroq bo‘ladi.
2025-10-28
UMUMIY PEDAGOGIKA DARSLARIDA FORMATIF BAHOLASHNI TASHKIL ETISHDA O‘QITUVCHINING ROLI VA MALAKASI
Ushbu tezisda umumiy pedagogika fanini o‘qitishda formatif baholashni samarali tashkil etishda o‘qituvchining roli va malakasi ilmiy nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Formatif baholash tushunchasi, uning ta’lim jarayonidagi pedagogik ahamiyati va o‘quvchilarning tafakkurini rivojlantirishdagi roli tezisda keng yoritiladi. Shu bilan birga, o‘qituvchining metodik tayyorgarligi, pedagogik kompetensiyalari va innovatsion yondashuvlarni amaliyotga tatbiq etish malakasi formatif baholashning samaradorligini ta’minlashdagi asosiy omillar sifatida ko‘rib chiqiladi. Tezisda shuningdek, o‘qituvchining professional rivojlanishi, metakognitiv va refleksiv yondashuvlarni qo‘llash, shuningdek, o‘quvchilarning o‘z-o‘zini baholash va faol tafakkurini rag‘batlantirishdagi roli ilmiy jihatdan tahlil qilinadi.
2025-10-28
ADABIY TA’LIMDA O‘QISH TURLARI VA O‘QISHNING TA’LIMDAGI AHAMIYATI
Ushbu tezisda ta’lim jarayonida o‘qishning ahamiyati hamda uning turlari haqida ma’lumotlar berilgan. Shuningdek, o‘qish savodxonligini rivojlantirish jarayonida foydalanish mumkin bo‘lgan samarali texnologiyalar ham ko‘rsatilgan.
2025-10-28
NAQSHBANDIYAGA DOIR MANBALAR TAHLILI VA ULARNING XUSUSIYATLARI
Naqshbandiya ta’limotiga doir asosiy manbalar «Manoqib», «Maqomot», «Tazkira» va risolalardir. Bahouddin Naqshband hayoti va ta’limoti haqida asosiy yozma manbalarning eng muhimlaridan biri Salohiddin ibn Muborak al Buxoriyning «Anis at-tolibin va uddat us-solikin» asaridir. Buxoro davlat muzeyi qo‘riqxonasi fondida bu asarning qo‘lyozma nusxasi 27772/11 tartib raqami bilan saqlanmoqda. «Anis at-tolibin»ning Buxoro muzeyi nusxasi muqaddima va to‘rt qismdan iborat. Asarning birinchi qismi valiy va valoyatga bag‘ishlangan bo‘lib, Naqshbandiyaning Hakim Termiziy g‘oyalaridan bahramand bo‘lganligi masalasi asoslangan. Muhammad Boqirning «Maqomoti Hazrat Xoja Naqshband» asarida Bahouddin Naqshbandning Hakim Termiziydan 22 yil ta’lim olganligi yozilgan. Bahouddin Naqshbandning ikkinchi shogirdi Muhammad Porsoning «Risolai qudsiya» asarida Bahouddin Naqshbandning aytgan hikmatli so‘zlari jamlangan va sharhlangan. Bu manba Naqshbandiya va Hakimiya ta’limotidagi vorisiylik hamda umumiy va xususiy tomonlarni aniqlashga xizmat qiladi. Bahouddin Naqshbandning to‘rtinchi shogirdlari Ya’qubi Charxiyning «Risolayi unsiya» asari ham qimmatli manbadir. Bu manbalar asosida yozilgan. Abdurahmon Jomiyning «Nafahot ul-uns» va Alisher Navoiyning «Nasoyim ul muhabbat» tazkiralarning o‘rni kattadir. Bu manbalar jamlangan holda nashrdan chiqqan [1].
2025-10-28
ПУНКТУАЦИЯ КАК СРЕДСТВО ПЕРЕДАЧИ АВТОРСКОГО СТИЛЯ В МЕЖЪЯЗЫКОВОМ ПЕРЕВОДЕ: ПРОБЛЕМЫ ПЕРЕДАЧИ ЭМОЦИОНАЛЬНО-ИНТОНАЦИОННЫХ НЮАНСОВ В УЗБЕКСКИХ ПЕРЕВОДАХ ПРОИЗВЕДЕНИЙ ДОСТОЕВСКОГО
Современное переводоведение всё чаще рассматривает перевод не только как процесс межъязыкового взаимодействия, но и как сложный механизм межкультурной коммуникации (Комиссаров, 1990; Венути, 1995). Переводчик становится посредником между культурами, задачей которого является не просто передача информации, а реконструкция смыслового и эмоционального пространства оригинала.
2025-10-28
VETILIGO
Vetiligo - melaninning parchalanishi fonida derma tabiiy kelib chiqishli pigmentatsiyasini yo’qotishi bilan tavsiflanadigan teri kasalligining bir turi. Ushbu jarayon natijasida terining ayrim joylari rangini yo’qotadi, bu oq dog’lar hosil bo’lishi bilan namoyon bo’ladi. Kasallik uzoq vaqtdan buyon ma’lum, xalq orasida u ko’proq «pes» deb nomlanadi.
2025-10-28
XALQ OG'ZAKI IJODI NA'MUNALARI ASOSIDA O'QUVCHILARNING NUTQ MADANIYATINI SHAKLLANTIRISH
Mazkur maqolada umumiy xalq og’zaki ijodi na’munalari vositasida o’quvchi-yoshlarning nutq madaniyatini rivojlantirish borasida fikr-mulohazalar yurutilgan.
2025-10-28
FITRAT ASARLARIDA MILLIY TARBIYA G‘OYALARI: “IMOM G‘AZZOLIY” HIKOYASI MISOLIDA
Mazkur maqolada umumiy xalq og’zaki ijodi na’munalari vositasida o’quvchi-yoshlarning nutq madaniyatini rivojlantirish borasida fikr-mulohazalar yurutilgan.
2025-10-28
ALISHER NAVOIYNING TARBIYA ISHIGA YONDASHUVLARI
Maqolada o‘zbek mumtoz adabiyotining atoqli namoyandasi Alisher Navoiy ijodining o‘ziga xos jihatlari, xususan, shoir asarlarida farzand tarbiyasi to‘g‘risidagi mulohazalar o‘z ifodasini topgan.
2025-10-28
TA’LIM JARAYONIDA GRAFIK DASTURIY VOSITALARDAN FOYDALANISHNING DIDAKTIK IMKONIYATLARINI OSHIRISH
Ushbu maqolada ta’lim jarayonida grafik dasturiy vositalardan foydalanishning ahamiyati, ularning didaktik imkoniyatlari hamda o‘qitish samaradorligini oshirishdagi o‘rni tahlil qilingan. Grafik dasturlar yordamida o‘quvchilarning vizual tafakkurini rivojlantirish, axborotni tez idrok etish, mustaqil fikrlash va ijodiy yondashuvni shakllantirish imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, zamonaviy grafik vositalarni dars jarayoniga integratsiya qilish bo‘yicha metodik tavsiyalar ham berilgan. Maqolada Adobe Photoshop, CorelDRAW, AutoCAD, Canva, va boshqa grafik ilovalar misolida ularning didaktik salohiyati yoritilgan.
2025-10-28
YOMG‘IR VA SHAMOL SADOLARI: ALEKSANDR FAYNBERG SHE’RIYATIDA INSON QALBI
Mazkur maqolada Aleksandr Faynbergning “Yomg‘ir va shamol” she’ri publitsistik nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Asarda tabiat hodisalari — yomg‘ir va shamol orqali inson qalbidagi iztirob, dard va umumbashariy tashvishlar ifodalangan. She’rning poetik mohiyati, badiiy vositalari hamda falsafiy mazmuni yoritiladi.
2025-10-28
OVOZ REJISSORLIGI SOHASI RIVOJLANISH TARIXIDAN
Maqolada ovoz rerjissorligi sohasida amalga oshirilgan chet el tadqiqotlari haqida ma’lumot berilgan. Ovoz yozish tahlili jarayon holatidan yo‘nalish sifatida yuzaga kelgunga qadar bosgan jarayonlarga to‘xtalingan, ovoz rejissorlari ish uslubi tahlili yoritilgan.
2025-10-29
ИНВЕНТАРИЗАЦИЯ СЕЛЬСКОХОЗЯЙСТВЕННЫХ ЗЕМЕЛЬ КУЙИ ЧИРЧИКСКОГО РАЙОНА ТАШКЕНТСКОЙ ОБЛАСТИ ПО МАТЕРИАЛАМ КОСМИЧЕСКОЙ СЪЕМКИ
В статье рассматривается инвентаризация сельскохозяйственных земель по материалам космической съемки Куйи Чирчикского района. Целью данной работы является анализ процесса инвентаризации сельскохозяйственных земель, выявление ключевых проблем и предложений по их решению, анализ мониторинга земельного фонда Куйи Чирчикского района, использование спутниковых данных Земли для инвентаризации сельскохозяйственных земель, технология использования данных NDVI. Приведены особенности используемых приборов и программного обеспечения. Подчёркнута значимость точности и соблюдения нормативных требований при выполнении анализа процесса инвентаризации сельскохозяйственных земель.
2025-10-29
УЛУҒБЕК РАСАДХОНАСИ: XIV АСРДА МАРКАЗИЙ ОСИЁ ИЛМИЙ-МАЪРИФИЙ МАРКАЗИ
Maqolada XIV asrda Samarqand shahrida tashkil etilgan Ulug‘bek rasadxonasining ilmiy-ma’rifiy ahamiyati va Markaziy Osiyodagi ilm-fanning rivojidagi o‘rni tahlil qilinadi. Amir Ulug‘bekning ilmiy faoliyati, rasadxona qurilishi va u yerda olib borilgan astronomik tadqiqotlar xalqaro darajadagi ilmiy yutuqlar sifatida baholanadi. Maqolada tarixiy manbalar va arxiv hujjatlari asosida ilmiy qarama-qarshiliklar, mahalliy va jahon ilm-faniga bo‘lgan ta’sirlari ham ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijalari milliy ilmiy merosni saqlash va yosh avlodni ilmiy ma’rifatga kengroq jalb qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.
2025-10-29
THE USE OF PRAGMATIC DEVICES IN SOCIAL MEDIA COMMUNICATION
The article examines the role of pragmatic devices in shaping communication on social media platforms. It discusses how users employ pragmatic strategies such as implicature, speech acts, politeness, and deixis to construct meaning, manage interpersonal relationships, and achieve communicative goals in the digital environment. Drawing on theories of J.L. Austin, J.R. Searle, H.P. Grice, and contemporary digital pragmatics scholars, the paper analyzes the distinctive features of online discourse, where multimodality, brevity, and interactivity reshape traditional pragmatic norms.
2025-10-29
MAHALLIY MODA BRENDINI RIVOJLANTIRISHNING STRATEGIK MASALALARI
Raqamli transformatsiya va iste’molchilarning afzalliklari o‘zgarayotgan sharoitda o‘z modiy brendini rivojlantirish kompaniyalar uchun dolzarb vazifaga aylanmoqda. Bu vazifa ayniqsa to‘yingan bozor sharoitida raqobatbardoshlikni saqlab qolishga intilayotgan kompaniyalar uchun muhimdir.
2025-10-29
ALTERNATIV ENERGIYA MANBALARINI QISHLOQ XO‘JALIGIDA FOYDALANISHNING MATEMATIK MODELI
Bugungi kunda elektr energiyasiga bo‘lgan talab ortib borayotgan sharoitda, energiyani samarali ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash har bir davlat, sanoat korxonasi va hatto fermer xo‘jaligi uchun ham strategik zarurat hisoblanadi. O‘zbekistonda ham ushbu yo‘nalishda keng ko‘lamli davlat dasturlari amalga oshirilmoqda. Qishloq xo‘jaligi sohasi energiyaning eng yirik iste’molchilaridan biridir. Sug‘orish tizimlari va nasos stansiyalari, issiqxonalarni isitish va yoritish, qishloq xo‘jaligi texnikalari hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash korxonalari katta miqdorda elektr energiyasini talab qiladi. Shuning uchun qayta tiklanuvchi energiya manbalarini ushbu sohada qo‘llash muhim ahamiyatga ega.
2025-10-29
RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR YORDAMIDA O‘QUVCHILARDA MATEMATIK TAFAKKURNI RIVOJLANTIRISH METODIKASI
Mazkur maqolada matematika ta’lim jarayonida raqamli texnologiyalardan samarali foydalanish orqali o‘quvchilarda matematik tafakkurni rivojlantirish masalalari yoritilgan. Shuningdek, zamonaviy raqamli vositalar, xususan, GeoGebra dasturi yordamida vizual modellashtirish asosida mustaqil fikrlash va tahliliy ko‘nikmalarni shakllantirish metodikasi tahlil qilinadi.
2025-10-29
