"Yangi O'zbekiston ilmiy tadqiqotlar jurnali" - это рецензируемый международный журнал с открытым доступом, в котором публикуются оригинальные исследования и обзорные статьи, относящиеся к различным областям. Основная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу для международных ученых, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований в прикладных науках. Все рукописи должны быть подготовлены на узбекском, английском или русском языках и пройти тщательную рецензию.
Nashr qilingan: 2025-12-04
Maqolalar
ANGREN QO‘NGIR KO‘MIR KONINING GEOLOGIK SHAKLLANISH TARIXI HAQIDA
Maqolada Angren depressiyasi va unda hosil bo‘lgan O‘rta Osiyoning quyi mezozoy kaolin-qo‘ngir ko‘mir konlarining provinsiyasidagi hozirgi tuzilish xususiyatlari shakllangan davrlari ko‘rib chiqiladi. Hududning geologik rivojlanish tarixi keyingi paleozoydan to mezo-kaynazoygacha bo‘lgan davrlarni qamrab oladi. Geologik rivojlanish tarixidagi katta o‘zgarishlar Gersin tektonik sikli davrida yuz bergan. Tektonik harakatlar davrida va paleo-vulqonlarning faoliyati natijasida hududda yirik, planda izometrik shakldagi depressiya cho‘kmasi hosil bo‘lgan. Bu chuqurlikning qadimiy rivojlanishi qalin ko‘mir qatlamining hosil bo‘lishiga va konning saqlanib qolishi uchun geologik shart-sharoitlar yaratilishiga yordam berdi. Eng katta cho‘kish chuqurlikning markaziy qismida yuz bergan bo‘lib, bu yerda 20–70 metrgacha umumiy qalinlikka ega bo‘lgan ko‘mir qatlamlari to‘plangan.
2025-12-05
KOGNITIV PEDAGOGIKA NAZARIYALARI VA ULARNING AMALIY QO'LLANILISHI PEDAGOGIK SHART-SHAROITLARI
Maqolada kognitiv pedagogika nazariyalarining zamonaviy ta'lim jarayonida qo'llanilishi pedagogik shart-sharoitlari tahlil qilingan. Adabiyotlar tahlili natijasida kognitiv yondashuvning samarali amalga oshirilishi uchun zarur bo'lgan pedagogik shart-sharoitlar aniqlangan va ularning o'zaro bog'liqligi ko'rsatilgan.
2025-12-05
BOSHLANGʻICH SINF OʻQITUVCHILARI TAYYORGARLIGINI TAKOMILLASHTIRISHDA INNOVATSION YONDASHUVLARNING NAZARIY ASOSLARI
Ushbu maqolada boshlangʻich sinf oʻqituvchilari tayyorgarligini takomillashtirishda innovatsion yondashuvlarning nazariy asoslari tahlil qilingan. Zamonaviy ta'lim tizimida pedagog kadrlar tayyorlashning yangi tamoyillari, raqamli texnologiyalar integratsiyasi, kompetensiyaviy yondashuv va refleksiv amaliyot kabi innovatsion metodlar tadqiq etilgan.
2025-12-05
AMERIKA QO‘SHMA SHTATLARIDA POLITSIYA XIZMATLARINI BLOGERLAR BILAN HAMKORLIGINING O‘ZIGA XOS JIHATLARI
Ushbu maqolada Amerika Qo‘shma Shtatlarida politsiya xizmatlarining blogerlar, inflyuyenserlar va raqamli kontent yaratuvchilar bilan hamkorlik mexanizmlari, uning ahamiyati va o‘ziga xos jihatlari tahlil qilinadi. Jamoat xavfsizligini ta’minlashda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, ijtimoiy tarmoqlar va raqamli media vositalaridan foydalanishning afzalliklari yoritiladi. Politsiya faoliyatida aholi bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, fuqarolar ishonchini mustahkamlash, jinoyatchilikka qarshi kurashda profilaktik targ‘ibotni kuchaytirishda blogerlar hamkorligining o‘rni ilmiy asosda ko‘rsatiladi. Maqolada AQSHda blogerlar bilan hamkorlikning huquqiy, tashkiliy va axloqiy asoslari, amaliyotdagi muvaffaqiyatli keyslar hamda mazkur tajribani mahalliy sharoitga moslashtirish bo‘yicha takliflar berilgan.
2025-12-05
МАҲАЛЛАЛАРИДА ХАВФСИЗ МУҲИТНИ ЯРАТИШ ВА ҲУҚУҚБУЗАРЛИКЛАРНИНГ БАРВАҚТ ОЛДИНИ ОЛИШ ФАОЛИЯТИНИНГ ЎЗИГА ХОС ЖИҲАТЛАРИ
Ушбу мақолада маҳаллаларда хавфсиз муҳитни шакллантириш, фуқароларнинг ҳаёти ва мулки дахлсизлигини таъминлаш, шунингдек, ҳуқуқбузарликларнинг барвақт олдини олишга қаратилган тизимли чора-тадбирларнинг мазмун-моҳияти таҳлил қилинади. Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2025 йил 3 январдаги ПҚ–1-сон қарорида белгиланган вазифалар маҳаллий худудларда ҳуқуқ-тартиботни мутлақо янги босқичга кўтаришга хизмат қилаётгани асослаб берилади. Мақолада маҳалла институтининг ҳуқуқбузарликлар профилактикасини амалга оширишдаги ўрни, профилактика инспекторлари, ёшлар ва хотин-қизлар масалалари бўйича махалла мутасаддилари ўртасидаги ўзаро ҳамкорликнинг самарали механизмлари илмий жиҳатдан ёритилади. Шу билан бирга, профилактик фаолиятда рақамли технологиялардан фойдаланиш, аҳоли билан мулоқотни кучайтириш ва хавфсизликни таъминлашда фуқароларнинг ижтимоий фаоллигини оширишга қаратилган таклиф ва тавсиялар ишлаб чиқилади.
2025-12-05
MUSIQА VА PSIXIK BАRQАRОRLIK: MАKTАB О‘QUVCHILАRIDА STRESSNI KАMАYTIRISH MEXАNIZMLАRI
Ushbu mаqоlаdа musiqа tа’limining mаktаb о‘quvchilаri psixik bаrqаrоrligini shаkllаntirishdаgi о‘rni, stress dаrаjаsini pаsаytirishdаgi psixоlоgik vа fiziоlоgik mexаnizmlаri ilmiy аsоsdа yоritilаdi. Tаdqiqоtdа musiqаning miyа fаоliyаtigа, emоtsiоnаl hоlаtgа, ijtimоiy mоslаshuv jаrаyоnigа hаmdа о‘quvchining о‘zini о‘zi bоshqаrish kоmpetensiyаsigа tа’siri tаhlil qilinаdi. О‘quvchilаrdа stressni kаmаytirishgа xizmаt qiluvchi musiqiy mаshg‘ulоtlаr, musiqа terаpiyаsi elementlаri, ritm vа melоdiyа оrqаli psixik yengillik hоsil qilish mexаnizmlаri keng yоritilgаn. Mаqоlа mаktаb аmаliyоtigа tаtbiq etilishi mumkin bо‘lgаn tаvsiyаlаr bilаn bоyitilgаn.
2025-12-05
OLMANI QURITISH TEXNOLOGIYASI
Ushbu maqolada olmani quritishning an’anaviy va zamonaviy texnologiyalari, quritish jarayonining bosqichlari, mahsulot sifatiga ta’sir etuvchi omillar hamda sanoat miqyosida qo‘llaniladigan usullar keng yoritilgan. Quritilgan olma mahsulotining saqlanish muddati, vitaminlar tarkibining saqlanishi va gigiyenik talablar ilmiy asosda bayon qilingan.
2025-12-05
POMIDORNI QURITISH TEXNOLOGIYASI
Ushbu maqolada pomidorlarni quritish texnologiyasining zamonaviy usullari, jarayon bosqichlari va ularni qayta ishlash samaradorligini oshirish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar yoritiladi. Tadqiqotda quyoshda, konveksion quritgichlarda hamda infratovushli va vakuumli quritish usullarining afzalliklari solishtirilib, har bir texnologiyaning energiya sarfi, mahsulot sifati va saqlanish muddati jihatlari o‘rganiladi.
2025-12-05
ABAY QO‘NONBOYEV IJODIDA REALIZM VA TANQIDIY RUH
Ushbu maqolada buyuk qozoq mutafakkiri va shoiri Abay Qo‘nonboyev ijodida realizm va tanqidiy ruhning shakllanishi, badiiy-estetik xususiyatlari hamda ijtimoiy-ma’naviy ahamiyati ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqot jarayonida Abay asarlarida jamiyat hayotining real manzarasi, inson tabiatidagi salbiy va ijobiy jihatlarning haqqoniy tasviri, shoirning tanqidiy tafakkuri va ma’rifiy g‘oyalarining o‘zaro uyg‘unligi ochib beriladi. Shuningdek, Abay realizmining qozoq yozma adabiyotidagi tutgan o‘rni va keyingi adabiy jarayonlarga ko‘rsatgan ta’siri asoslab beriladi. Maqola natijalari Abay merosining nafaqat tarixiy-badiiy, balki zamonaviy ma’naviy taraqqiyot uchun ham muhim manba ekanini ko‘rsatadi.
2025-12-05
THE INFLUENCE OF SOCIAL MEDIA ON TEENAGERS’ COMMUNICATION SKILLS
This study explores the growing influence of social media on the communication skills of teenagers in the digital age. As teenagers increasingly rely on platforms such as Instagram, TikTok, and Telegram, their communication patterns undergo significant transformation. Social media encourages creativity, self-expression, and global connectivity; however, it may also weaken important interpersonal abilities such as face-to-face conversation, emotional expression, and academic writing proficiency. Drawing on previous research and a small-scale survey, this paper highlights both the benefits and drawbacks of social media usage among teenagers, emphasizing the need for balanced digital habits.
2025-12-05
SUD ISHLARINI YURITISHNI AVTOMATLASHTIRISH: ELEKTRON ODIL SUDLOV VA UNING CHEGARALARI: TURLI MAMLAKATLARDA e-Court,my-sud va AI-SUDYALARNI JORIY ETISHNING IJOBIY VA SALBIY TOMONLARI
e-Court, my-sud va AI-Sudlar turli mamlakatlarda sudyalarning ishini yengillashtirishi va ularning ishni yanada samarali,tez bajarishi shu bilan birga uning kamchilik hamda hatolari haqida yanada chuqurroq bilib olamiz.O’zbekistonga ham shu kabi e-Court, my-sud va AI-Sudlar kirib kelishi. O’zbekiston hududida samarali qo’llash uchun nimalarga etibor berishimiz kerakligi haqida ko’rib chiqamiz shu bilan birga inson omilisiz AI-Sudlar kelajakda muhim qarorlarni va suda jarayonlarini ti’liq boshqaraolishi hamda barcha yuridik sohalarda suniy intelekt muhim o’rin egallashi mumkinligi haqida ko’rib chiqamiz.
2025-12-08
HUQUQSHUNOSLIKNING RAQAMLI TRANSFORMATSIYADA HUQUQIY AXBOROT TIZIMLARINI O’RNI: LEX.UZ, NORMA.UZ, WESTLAW VA HEINONLINE KABI XALQARO PLATFORMALARNI TAQQOSLASH
Raqamli transformatsiya va huquqshunoslik sohasidagi texnologik o’suv, huquqiy axborot tizimlarining ahamiyatini oshirdi. Ushbu maqolada O’zbekiston milliy qonunchilik platformalari- Lex.uz va Norma.uz hamda xalqaro ikkita yirik ilmiy va sud pretsedentlari bazalari- Westlaw va HeinOnline taqqoslanadi. Maqolada ularning tuzilishi, ma’lumot bazalari hajmi, funsional imkoniyatlari, foydalanuvchilari, shuningdek ustun va kamchiliklari ni tahlil qilamiz va rivojlantirish istiqbollarini ko’rib chiqamiz.
2025-12-09
INTERROGATIVE SENTENCES AS A MEANS OF EXPRESSING PSYCHOLOGICAL STATES
This study explores the role of interrogative sentences as instruments for expressing human psychological and emotional states. Interrogatives are not only grammatical tools for obtaining information but also convey a wide spectrum of emotions such as curiosity, doubt, surprise, anger, empathy, and anxiety. The research examines linguistic structures, intonation, prosody, and contextual usage to demonstrate how these elements shape the emotional and psychological meaning of questions. Psycholinguistic analysis reveals that question formation reflects both cognitive processes and affective states, highlighting the dynamic interaction between language, thought, and emotion. Furthermore, the study investigates the use of interrogative sentences in literary discourse, demonstrating their stylistic and narrative functions in conveying character psychology. Cross-linguistic and cross-cultural comparisons emphasize the variations in emotional expression, influenced by specific linguistic tools, intonational patterns, and cultural communication norms. The findings have theoretical and practical significance for linguistics, psycholinguistics, education, intercultural communication, and artificial intelligence applications, where understanding emotional questioning can enhance human interaction and emotional intelligence.
2025-12-09
НАСЛЕДИЕ Г.Р.ДЕРЖАВИНА: ВЛИЯНИЕ ЕГО ОД НА РАЗВИТИЕ РУССКОЙ ПОЭЗИИ
В статье рассматриваются наследие Г.Р.Державина и влияние его од на развитие русской поэзии. Цель статьи - определить новаторские оссобености державинской одической поэтики и показать её значение доя творчества А.С. Пушкина и М.Ю. Лермонтова. Анализируются художественные особенности од Державина, его гражданские и философские идеи. Делается вывод о важной роли поэта как реформатора русского литературного процесса.
2025-12-09
ЖЕНСКИЕ ОБРАЗЫ В РУССКОЙ ЛИТЕРАТУРЕ XVIII ВЕКА: КЛАССИЦИЗМ И СЕНТИМЕНТАЛИЗМ
Статья посвящена анализу женских образов в русской литературе XVIII века в контексте перехода от классицизма к сентиментализму. Рассматриваются особенности изображения женщины в рамках двух художественных систем, выявляются отличия между типизированными, нормативными героинями классицизма и психологически индивидуализированными персонажами сентиментализма. Особое внимание уделяется изменению представлений о женственности, роли женщины в обществе и художественных задачах авторов. На материале произведений А.П.Сумарокова и Н.М.Карамзина показано, как трансформация эстетических и культурных установок эпохи привела к формированию нового типа женского персонажа, ориентированного на эмоциональность, нравственную чувствительность и индивидуальный внутренний
2025-12-09
XORIJIY MAMLAKATLARNING HUKUMATNI IXCHAMLASHTIRISHGA OID TAJRIBASI, QIYOSIY-HUQUQIY TAHLIL: GERMANIYA FEDERATIV RESPUBLIKASI VA FINLANDIYA RESPUBLIKASI MISOLIDA
Ushbu maqolada Finlandiya va Germaniya davlatlarining ijro etuvchi hokimiyatni tashkil etish amaliyoti, vakolatlar taqsimoti, hukumatning ichki tuzilishi hamda markazlashuv darajasi tahlil qilinadi. Xususan, Finlandiya konstitutsion respublika sifatida ijro hokimiyati vakolatlarini Prezident va Bosh vazir o‘rtasida taqsimlagani, uning nomarkazlashgan boshqaruv modeli, vazirliklar tizimi va Adliya kanslerining nazorat funksiyalari batafsil o‘rganiladi. Shuningdek, Germaniyada federativ boshqaruv, federal kansler instituti, vazirlarning avtonomiyasi, Kollegial javobgarlik prinsipi hamda “ijro etuvchi federalizm” tizimi ilmiy jihatdan tahlil etiladi.
2025-12-10
MIS BOYITISH FABRIKASI TEXNOGEN CHIQINDILARIDAN QURILISH MATERIALLARINI ISHLAB CHIQISH
Sanoatda mis boyitish jarayonlaridan hosil bo‘ladigan texnogen chiqindilar — xususan, mis shlaki (copper slag) — ekologik muammo va chiqindilarni boshqarish zarurati tufayli katta ahamiyat kasb etadi. Ushbu maqolada mis shlakining kimyoviy va fizik xossalari, uning an’anaviy up-qum (fine aggregate) o‘rnini egallash salohiyati, beton va boshqa qurilish materiallarida qo‘llash imkoniyatlari hamda atrof-muhit va iqtisodiy jihatlardan foydalari tahlil qilinadi. Ko‘rib chiqilgan adabiyotlar bazasida mis shlakidan beton, geopolimer va boshqa maxsus materiallar ishlab chiqarishda foydalanish istiqbollari ko‘rsatiladi. Natijalar sanoat chiqindilarini aylana iqtisodiyotga jalb qilish va qurilishda tabiiy resurslardan foydalanishni kamaytirishga yo‘naltirilgan strategiyalarni asoslashga xizmat qiladi.
2025-12-10
O‘ZBEKISTONDA KIBERJINOYATCHILIKKA QARSHI KURASH: ZARARNI KAMAYTIRISHGA YO‘NALTIRILGAN YONDASHUVNING ILMIY-HUQUQIY TAHLILI
Maqolada O‘zbekistonda kiberjinoyatchilikka qarshi kurashning zararlarni kamaytirishga yo‘naltirilgan yondashuvi ilmiy-huquqiy tahlil qilinadi. Tadqiqotda onlayn firibgarlik va moliyaviy zararlarni real vaqt rejimida bloklash mexanizmlari yetarli darajada shakllanmaganligi aniqlanadi. Muallif uch ustunli harm-reduction modelini taklif qiladi: Markazlashgan Kiberxavf Ma’lumotlari Bazasi, milliy miqyosdagi Computer Emergency Response Team (CERT-Uzbekistan) va banklar hamda to‘lov tizimlarida majburiy regulyativ mexanizmlar. Mazkur yondashuv jabrlanuvchilarga yetkazilgan moliyaviy zararlarni maksimal darajada kamaytirishga qaratilgan yangi huquqiy-texnologik paradigmaga asoslanadi.
2025-12-11
ИНТЕРАКТИВНАЯ ВИЗУАЛИЗАЦИЯ КАК ДОМИНИРУЮЩЕЕ НАПРАВЛЕНИЕ РАЗВИТИЯ НАГЛЯДНЫХ СРЕДСТВ В СОВРЕМЕННОМ ОБРАЗОВАНИИ: АКТУАЛЬНЫЕ ТЕНДЕНЦИИ И ПЕРСПЕКТИВЫ ПРИМЕНЕНИЯ
Интерактивная визуализация как доминирующее направление развития наглядных средств в
образовании: актуальные тенденции и перспективы применения. В докладе рассмотрены ключевые аспекты эволюции наглядных средств в условиях цифровизации образования. Обоснована методическая ценность интерактивных визуальных ресурсов для повышения познавательной активности учащихся начальной школы. Проанализированы преимущества динамичных моделей по сравнению со статичными формами наглядности, возможности их интеграции в современные образовательные технологии. Представлены результаты научных исследований, подтверждающие рост эффективности обучения и развитие критического мышления.
2025-12-11
BOʻLAJAK TEXNOLOGIYA TAʼLIM OʻQITUVCHILARIGA ZARDOʻZLIK SANʼATINI OʻQITISH METODIKASI
Ushbu maqola zarduzlik san’ati va uning zamonaviy ta’lim tizimida qo‘llanilishi bo‘yicha yangi metodni ishlab chiqishga bag‘ishlangan. An’anaviy zarduzlik amaliyoti bilan interfaol va modulyar yondashuvni birlashtirgan “Modulyar interaktiv zarduzlik metod” taklif qilinadi. Metod orqali talabalar nafaqat zarduzlik texnikasini o‘rganadi, balki ranglar, naqshlar va materiallar bilan eksperimental ishlash orqali amaliy ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Maqola natijalari shuni ko‘rsatadiki, yangi metod o‘quv jarayonini samarali qiladi va san’at asarlarini yaratishda ijodiy fikrlashni oshiradi.
2025-12-11
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA HISSIY VA IJTIMOIY KUNIKMALARNING SHAKILLANTIRISHNING SAMARALI USULLARI
Mazkur maqola maktabgacha yoshdagi bolalarda hissiy va ijtimoiy ko‘nikmalarni shakllantirishning pedagogik va psixologik asoslarini kompleks tarzda o‘rganishga qaratilgan. Tadqiqotda bolalarning hissiy rivojlanishi, o‘z-o‘zini boshqarish, empatiya, kommunikativ kompetensiyalar hamda ijtimoiy moslashuv jarayonlarining yoshga xos xususiyatlari tahlil qilinadi. Hissiy va ijtimoiy ko‘nikmalarni shakllantirishda o‘yin faoliyati, dramatizatsiya, guruhiy mashg‘ulotlar, muhitni tashkil etish va interaktiv pedagogik texnologiyalarining samaradorligi ilmiy-nazariy va amaliy mezonlar asosida baholanadi. Natijalar maktabgacha ta’lim muassasasi, oila va pedagogning uzviy aloqasi bolalarning ijtimoiy-hissiy rivojlanishida muhim omil ekanligini ko‘rsatadi.
2025-12-11
O'QUVCHILARDA STRESSNI BOSHQARISHDA MAKTAB PSIXOLOGINING ROLI VA AHAMIYATI
Mazkur maqolada o'quvchilarda stressni boshqarishda maktab psixologining o'rni va ahamiyati o'rganiladi. Maktab psixologi, o'quvchilarning ruhiy salomatligini ta'minlash, stressni boshqarish va uning salbiy oqibatlarini oldini olish borasida muhim rol o'ynaydi. Ta'lim jarayonida o'quvchilarning psixologik holatini aniqlash, stressni kamaytirish bo'yicha metodik yondoshuvlarni qo'llash va individual yondoshuvni amalga oshirish orqali psixolog o'quvchilarni nafaqat akademik, balki emotsional jihatdan ham qo'llab-quvvatlaydi. Ushbu maqolada maktab psixologining stressni boshqarishdagi metodlari va pedagogik roli tahlil qilinadi.
2025-12-11
SOVXOZ VA KOLXOZ QURILISHI: URUSH VA URUSHDAN KEYINGI YILLARDA ROSSIYALIK MUHANDIS-TEXNIK XODIMLAR VA AGRONOMLARNING IRRIGATSIYA SOHASIDAGI ROLI (1920-1990-YILLAR)
Ushbu maqola 1920-1990-yillarda Surxondaryo viloyatiga markazdan yuborilgan mutaxassislar siyosati va uning mahalliy kadrlar tayyorlash tizimiga ko'rsatgan ta'sirini tahlil qiladi. Maqolada arxiv materiallari va statistik ma'lumotlar asosida markazdan yuborilgan mutaxassislar faoliyatining ijobiy va salbiy jihatlari, mahalliy sharoitga moslashish muammolari, mahalliy mutaxassislar tayyorlash tizimining sekin rivojlanishiga olib kelgan omillar yoritilgan. Shuningdek, bu siyosatning uzoq muddatli oqibatlari, jumladan mahalliy ilmiy-tadqiqot maktablarining shakllanishiga ta'siri, mahalliy kadrlarning rahbarlik lavozimlariga ko'tarilishidagi cheklovlar va boshqa masalalar ham tadqiq etilgan. Maqola sovet davrida Surxondaryoda kadrlar siyosati borasida olib borilgan islohotlarning xolisona baholanishiga xizmat qiladi.
2025-12-11
ЭКСТРЕМИЗМ БАШАРИЯТ ДУШМАНИ
Мазкур мақолада экстремизм тушунчаси қонунчилик асосилари экстремизмини келтириб чиқарувчи омиллар унинг турлари унинг бугуни формаси ва ижтимоий тармоқлардаги салбий оқибатлар ёртитилган.
2025-12-11
O‘ZBEKISTONDA YASHIL IQTISODIY O‘SISH MODELINI SHAKLLANTIRISHDA BIZNES SUBYEKTLARINING ROLI: RAG‘BATLAR VA TO‘SIQLAR TAHLILI
So‘nggi yillarda O‘zbekiston iqtisodiy rivojlanishni ekologik barqarorlik bilan uyg‘unlashtirishga alohida e’tibor qaratmoqda. Bunda eng muhim omillardan biri – mamlakatimizdada bosqichma-bosqich yashil iqtisodiy o‘sish modelini shakllantirish va uni biznes subyektlar faoliyatiga tatbiq etishdir. Chunki iqtisodiyotning aksariyat tarmoqlarida resurslardan asosiy foydalanuvchilar aynan korxonalar hisoblanadi. Shuning uchun ham ularning ekologik yondashuvga o‘tishi umummilliy strategiyaning muvaffaqiyatini belgilab beradi.
2025-12-11
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA TERMIK KUYISHLARNING TARQALISHIDA GIGIYENIK VA TIBBIY-IJTIMOIY OMILLARNING TA’SIRI
Maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarda termik kuyishlarning tarqalishiga ta’sir etuvchi gigiyenik va tibbiy-ijtimoiy omillar o‘rganildi. Tadqiqot uy sharoiti, ota-onalarning tibbiy savodxonligi, ijtimoiy-iqtisodiy holat va bolalar xavfsizligini ta’minlashga oid chora-tadbirlarni tahlil qilishga qaratilgan. Olingan natijalar kuyishlar profilaktikasi, ota-onalarni ma’rifiy o‘qitish va maktabgacha ta’lim muassasalarida xavfsizlikni oshirish strategiyalarini ishlab chiqishda muhim ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi.
2025-12-11
EKSPONATLARNI SAQLASH VA RESTAVRATSIYA USULLARI: MUZEYLARDA ILMIY YONDOSHUV
Ushbu maqola muzeylarda eksponatlarni saqlash va restavratsiya qilishning ilmiy asoslarini tahlil qiladi. Unda eksponatlarning turli materiallari uchun saqlash shartlari, restavratsiya usullari (fizik, kimyoviy va raqamli), shuningdek, ilmiy tadqiqot va konservatsiyaning ahamiyati yoritilgan. Maqola muzey mutaxassislari va ilmiy tadqiqotchilar uchun foydali manba hisoblanadi.
2025-12-11
MUZEYLARDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH
Ushbu maqola muzeylarda sun’iy intellekt (SI) texnologiyalarining rivojlanishi va qo‘llanilishini tahlil qiladi. Mazkur tadqiqot SI yordamida muzey faoliyatini interaktiv va shaxsiylashtirilgan tajribaga aylantirish, eksponatlarni saqlash va restavratsiya qilish, ma’lumotlarni tahlil qilish hamda global auditoriyaga ochish imkoniyatlarini ko‘rsatadi. Shuningdek, maqolada SI texnologiyalarining kelajak istiqbollari, tashrif buyuruvchi bilan muloqot va o‘quv jarayonidagi roli ham yoritilgan.
2025-12-11
“LINGVOMADANIYATSHUNOSLIKDA KONSEPT TUSHUNCHASI VA UNING MILLIY XUSUSIYATLARI”
Ushbu maqolada lingvomadaniyatshunoslikdagi konsept tushunchasi va uning milliy xususiyatlari ilmiy tahlil qilinadi. Maqolada konseptning lingvistik va madaniy aspektlari, til orqali ifodalanuvchi milliy identitet va mentalitet o‘rganiladi. Shuningdek, turli tillardagi konseptual tizimlar o‘rtasidagi farqlar va umumiyliklar ham ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijalari konseptologiya va lingvomadaniyatshunoslik sohasidagi ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirishga xizmat qiladi.
2025-12-11
BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARINI INKLYUZIV TA’LIMDA ISHLASHGA TAYYORLАSHNING PEDAGOGIK SHART-SHAROITLARI.
Ushbu maqola boshlangan ilmiy izlanishda boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini inklyuziv ta’lim jarayoniga tayyorlash uchun talab qilinadigan pedagogik shartsharoitlar tahlil qilinadi. Maqolada tayyorgarlik jarayoni, nazariypedagogik asoslar, kasbiy kompetensiyalarni shakllantirish, amaliy ko‘nikmalar va innovatsion yondashuvlar asosiy e’tibor markazida turadi. Shu bilan birga, nazariy tadqiqotlar va amaliy tadbirlar orqali samarali sharoitlar aniqlanadi va ularning samaradorligi baholanadi.
2025-12-13
ADABIYOT DARSLARIDA BAG‘RIKENGLIK VA INSONPARVARLIK G‘OYALARINI SHAKLLANTIRISH TEXNOLOGIYALARI
Ushbu maqolada adabiyot darslarida bag‘rikenglik va insonparvarlik g‘oyalarini shakllantirish texnologiyalarining nazariy asoslari, amaliy metodlari va samaradorligi tahlil qilinadi. Zamonaviy pedagogik yondashuvlar (dialogik o‘rganish, interfaol metodlar, multimodal ta’lim vositalari) orqali o‘quvchilarda tolerantlik, insoniy qadriyatlar va madaniyatlararo hurmatni mustahkamlash mexanizmlari yoritiladi. Maqola ilmiy va amaliy kontekstda pedagogik texnologiyalar samaradorligini baholaydi hamda adabiyot darslarida insonparvarlik ideallarini o‘rgatish bo‘yicha tavsiyalar beradi.
2025-12-13
BOSHLANG`ICH TA’LIMDA INKLYUZIV TA’LIM JARAYONINI TASHKIL ETISHNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK ASOSLARI
Ta’lim-mamlakat taraqqiyotini ta’minlab beruvchi omillardan biri bo‘lib, u bilim berish, malaka va ko’nikmalar hosil qilish jarayoni, insonni hayotga va mehnatga tayyorlashning asosiy vositasi hisoblanadi. Ta’lim va tarbiya esa har bir millat taraqqiyotini va rivojlanishini ta’minlovchi omildir Ta’lim jarayonida bilimlar egallanadi, tarbiya amalga oshiriladi va bu katta ahamiyatga ega.
2025-12-13
TALABALARDA NAQSH KOMPOZITSIYASINI LOYIHALASH KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH METODIKASI
Ushbu maqola oliy taʼlim muassasalarida sanʼat va dizayn yoʻnalishi talabalarining naqsh kompozitsiyasini loyihalash kompetentligini rivojlantirishning nazariy-pedagogik asoslarini tahlil qilishga bagʻishlangan. Tadqiqotning asosiy maqsadi — bu kompetentlikning ilmiy mazmunini ochib berish, uning tarkibiy komponentlari va rivojlanish bosqichlarini nazariy jihatdan asoslash, shuningdek, uni oʻqitishning hozirgi holatini diagnostik tahlil qilishdan iborat. Maqolada avvalo, naqsh va naqsh kompozitsiyasiga sanʼatshunoslik va pedagogik nuqtai nazardan taʼrif beriladi. Tahlil natijalari OTMlardagi mavjud oʻquv dasturlarida integratsiyaning sustligi, nazariy va amaliy modullar oʻrtasidagi oʻzaro bogʻliqlikning yetishmasligi, hamda loyihaga asoslangan taʼlim kabi innovatsion metodlarning yetarli darajada qoʻllanilmayotgani kabi dolzarb muammolarni aniqladi. Xulosa qilib aytganda, maqola ushbu kompetentlikni rivojlantirish uchun fanlararo integratsiyani kuchaytirish va amaliyotga yoʻnaltirilgan pedagogik texnologiyalarni joriy etish zarurligini taʼkidlaydi.
2025-12-13
O‘ZBEKISTON TASVIRIY SAN’ATIDA MANZARA JANRINING RIVOJLANISHI VA O‘QITISHDAGI O‘RNI
Mazkur maqolada O‘zbekiston tasviriy san’atida manzara janrining shakllanishi va taraqqiyoti, uning milliy badiiy an’analar tizimidagi o‘rni hamda oliy ta’limda manzara kompozitsiyasini o‘qitishning didaktik imkoniyatlari tahlil etiladi. Tadqiqotda tarixiy-madaniy manbalar, dastur va o‘quv rejalari hamda amaliy mashg‘ulotlar materiali asosida manzara janrining san’atshunoslik va pedagogik jihatlari yoritilgan. Shuningdek, talabalar tasviriy savodxonligini, makon va rangni idrok etish malakalarini, badiiy-ijodiy fikrlashini shakllantirishda manzara janrining o‘rni ilmiy asosda ochib beriladi. Tadqiqot natijalari manzara janrini o‘qitish metodikasini takomillashtirish, dars jarayoniga hududiy manzaralar, plein-air mashg‘ulotlari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini integratsiyalash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishga xizmat qiladi.
2025-12-13
O‘ZBEKISTON SUD TIZIMI SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA LEGALTECH PLATFORMALARI VA SUN’IY INTELLEKTNING ROLI
Ushbu tadqiqot O‘zbekiston sud tizimining samaradorligini oshirishda LegalTech platformalari va sun’iy intellekt (SI) texnologiyalarining potensial rolini har tomonlama o‘rganadi. Maqolada O‘zbekistondagi sud-huquq islohotlarining hozirgi holati tahlil qilinib, mavjud raqamlashtirish tashabbuslari va ularning samaradorligini oshirish zaruriyati ko‘rsatiladi. LegalTech va SI ning huquqiy sohadagi nazariy asoslari va qo‘llanish sohalari atroflicha yoritiladi. Shuningdek, ushbu texnologiyalarni milliy sud tizimiga integratsiya qilishning afzalliklari, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan to‘siqlar (huquqiy, texnik, kadrlar bilan bog‘liq) va ularni bartaraf etish yo‘llari muhokama qilinadi. Xorijiy tajribalar tahlili asosida O‘zbekiston uchun adaptatsiya mexanizmlari taklif etiladi. Tadqiqot sud tizimini raqamlashtirish orqali adolatga erishishni soddalashtirish, shaffoflikni oshirish va sud mustaqilligini mustahkamlash bo‘yicha strategik tavsiyalar va siyosiy choralar bilan yakunlanadi.
2025-12-13
THE LINGUISTIC STUDY OF ECO-LEXICON EXPRESSIONS IN ENGLISH AND UZBEK LANGUAGES
This thesis explores the linguistic features of eco-lexicon expressions in English and Uzbek from structural, semantic, and cultural perspectives. Eco-lexicon as a part of Eco linguistics reflects ecological knowledge, environmental consciousness, and human attitudes toward nature. The study examines how compounding, metaphorization, and affixation are used in both languages to create ecological terminology using descriptive and comparative linguistic techniques. The results demonstrate that whereas Uzbek eco-lexicon retains culturally embedded, context-based interpretations of ecological ideas, English eco-lexicon is more standardized, scientific, and globally unified as a result of international environmental discourse. In addition to offering insights for environmental education and translation studies, the findings support cross-cultural Eco linguistic research.
2025-12-13
PEDAGOGIK MAHORATNI RIVOJLANTIRISHNING SAMARALI USLUBLARI VA ULARNING PEDAGOGIK IMKONIYATLARI
Ushbu maqolada pedagogik mahoratni rivojlantirishning zamonaviy uslublari va ularning pedagogik imkoniyatlari tahlil qilingan. Natijalar shuni ko'rsatadiki, pedagogik mahoratni rivojlantirish kompleks jarayon bo'lib, u pedagogning shaxsiy-kasbiy sifatlarini, metodologik kompetensiyalarini va innovatsion faoliyatga tayyorligini o'z ichiga oladi.
2025-12-13
OQSAROY MAJMUASIDAGI BITILGAN BITIKLAR HAQIDA FIKR VA MULOHAZALAR
Markazny Osiyoning madaniyati tarixida Temur va temuriylarning hukmronlik davri XIV asrning ikkinchn yarmidan XVI asrning boshlarigacha bo‘lgan davr so‘nggi umumiy tarixiy rivojlanishga juda katta ta’sir ko‘rsatgan nihoyatda yorqin, sermazmun, samarali davr hisoblanadi. Bu davrda Movarounnahr va Xuroson ijtimoin taraqqiyotning barcha sohalarida: iqtisodda, siyosatda, madannyatda, ma’naviy hayotda butun Yaqin va O‘rta Sharqda markaziy o‘rnnni mustahkam egallab turish, yuqori mavqega ega bo‘lish darajasiga ko‘tarildi.
2025-12-13
SU’NIY INTELLEKT VA KATTA MA’LUMOTLARDAN FOYDALANGAN HOLDA O’ZBEKISTON QONUNCHILIGINI TAKOMILLASHTIRISH
Ushbu akademik maqola Sun'iy intellekt (SI) va katta ma'lumotlar (KM) texnologiyalaridan foydalangan holda O'zbekiston qonunchiligini takomillashtirish masalasini chuqur tahlil qiladi. Maqolada O'zbekiston qonunchilik tizimining hozirgi holati, modernizatsiya ehtiyojlari hamda SI va KMning ushbu jarayondagi potentsiali ko'rib chiqiladi. Xalqaro tajribalar asosida mazkur texnologiyalarni qonunchilikka joriy etish mexanizmlari, shuningdek, O'zbekistonda yuzaga kelishi mumkin bo'lgan muammolar, axloqiy va huquqiy masalalar muhokama qilinadi. Nihoyat, SI va KMga asoslangan qonunchilikni rivojlantirish bo'yicha amaliy tavsiyalar va istiqbollar ilgari suriladi, bu esa mamlakatning raqamli transformatsiya yo'lidagi intilishlarini qo'llab-quvvatlaydi.
2025-12-13
MIKROTOPONIMLAR LINGVISTIK BIRLIKLAR: O'ZBEK VA INGLIZ TILLARIDA ERTAKLARDAN MISOLLAR
Olam lisoniy manzarasi ertaklar matnida o‘ziga xos tarzda ifoda etiladi. Ushbu tavsifda toponimlar, mikrotoponimlarning o‘ziga xos o‘rni bor. Xususan, mikrotoponim sanalmish oronim va oykonimlar har bir xalq ertaklari matnida o‘ziga xos tarzda ifodalanib, millatning madaniyati, urf-odati, maishiy turmush sharoiti tavsiflanadi. Mikrotoponim mundarijasi olamning idroki sharoitida shakllanib, u obyektiv voqelikning subyektiv obrazidan iboratdir. Mikrotoponimlar motivlashuvida olamni bilish uchun zarur bo‘lgan holatlar, ramziy belgilar muhim rol o‘taydi.
2025-12-13
AYOLLAR NUTQIDA ODOB-AXLOQ VA ESTETIK NUTQ STRATEGIYALARI: INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARINI QIYOSIY TAHLILI
Ushbu maqola ayollarning nutqida noziklik va estetik nutq strategiyalarini ingliz va o‘zbek tillarini qiyosiy tahlili orqali o‘rganadi.Taxlillar jarayonida ayollarning nutqi ko‘pincha madaniy va ijtimoiy jihatdan shartlangan, bilvosita ifodalar, noziklik va emosional sezgirlikka bo‘lgan afzalliklarni aks ettiradi, degan fikrlar asosida olib borilgan.Taxliliy yondashuvdan foydalangan holda, tadqiqot ingliz va o‘zbek adabiy matnlaridan hamda kundalik og‘zaki nutqdan olingan misollarni tahlil qiladi. Tahlil leksik yumshatish, metaforik va eufemistik ifodalar, bilvosita nutq harakatlari va muloyim murojaat shakllari kabi lingvistik mexanizmlarga qaratilgan. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, ingliz va o‘zbek tillari o‘rtasidagi tuzilma va madaniy farqlarga qaramay, har ikkala til jamoasidagi ayollar ijtimoiy uyg‘unlikni saqlash, yuzni yo‘qotuvchi harakatlarni kamaytirish va muloqotda estetik ifodani oshirish uchun o‘xshash strategiyalardan foydalanadilar.
2025-12-13
SUD HUJJATLARINI TAHLIL QILISHDA SUN’IY INTELLEKTDAN FOYDALANISH(FAKTLARNI AVTOMATIK RAVISHDA AJRATIB OLISH VA ISH BO’YICHA ARGUMENTATSIYA TUZISH)
Ushbu maqolada sud hujjatlarini tahlil qilish jarayonida sun’iy intellekt texnologiyalaridan,xususan tabiiy tilni qayta ishlash (NLP) va mashinaviy o’qitish algoritmlaridan foydalanishning nazariy va amaliy jihatlari yoritiladi.Tadqiqot sud hujjatlaridan faktlarni avtomatik ravishda ajratib olish, ularni semantik jihatdan tasniflash hamda ish bo’yicha huquqiy argumentatsiyani shakllantirish imkoniyatlarini tahlil qilishga qaratilgan. Metodologiya sifatida matnni strukturalash, ma’lumotlar ekstraksiyasi, dalillar va pretsedent hujjatlar bilan solishtirish, texnikalari qo’llaniladi. Olingan natijalar sun’iy intellekt sud hujjatlarini qayta ishlash jarayonini sezilarli darajada tezlashtirishi, aniqlikni oshirishi hamda huquqshunoslar uchun analitik jarayonlarni yengillashtirishi mumkinligini ko’rsatdi. Shu bilan birga, ma’lumotlar xavfsizligi, kontekstual talqin aniqligi va etik cheklovlar kabi muammolar mavjudligi ham qayd etilgan. Tadqiqot natijalari sun’iy intellektning sud-huquq amaliyotidagi qo’llanilish istiqbollari va cheklovlarini ilmiy asosda baholashga xizmat qiladi
2025-12-13
BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARINI LISONIY TAHLILGA O‘RGATISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH
Ushbu maqolada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida lisoniy tahlil ko‘nikmalarini shakllantirishning nazariy asoslari, metodik muammolar va zamonaviy yondashuvlar tahlil qilinadi.Lisoniy tahlilni o‘rgatishning samarali metod va vositalari, shuningdek, bo‘lajak o‘qituvchilarga amaliy tayyorgarlikni oshirish bo‘yicha takliflar keltirilgan.
2025-12-13
MAHALLIY BRENDLARNI RIVOJLANTIRISH: SOTUV VA REKLAMA STRATEGIYALARI
Ushbu maqolada O‘zbekistondagi mahalliy brendlarning rivojlanishi, ularning bozorda qanday sotuv va reklama usullaridan foydalanayotgani haqida so‘z yuritiladi. Mahalliy brendlar raqobatbardosh bo‘lishi uchun zamonaviy marketing, onlayn reklama va sotuvni oshirishga yordam beradigan vositalarning ahamiyati ko‘rib chiqiladi.
Shuningdek, kelajakda iqtisodiyot rivojida avtomatlashtirilgan savdo tizimlarining o‘rni va yangi texnologiyalar mahalliy brendlarni qo‘llab-quvvatlashda qanday foyda berishi mumkinligi haqida fikrlar beriladi.
2025-12-13
