«Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar: Nazariy va amaliy izlanishlar» - это национальная онлайн-конференция с открытым доступом, на которой публикуются обзорные тезисы, относящиеся к различным областям. Главная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу для национальных ученых, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований. Все рукописи должны быть подготовлены на узбекском, английском или русском языках.
Опубликован: 2025-10-30
Статьи
SHAYBONIY HUKMDOR ABDULLAXON II DAVRIDA KARMANA NUFUZINING ORTISHI
Ushbu maqolada Shayboniylar sulolasi vakillaridan biri bo'lmish Abdullaxon II ning Buxoro xonligida, xususan, Karmanadagi faoliyati va uning davrida amalga oshirilgan ishlar to'g'risida qisqacha ma'lumotlar keltirib o'tiladi. Shuningdek, uning oqilona siyosatı xalqning hurmatiga, mamlakat obodligi va farovonligiga xizmat qiladi. Karmana shayboniylar davrida muhim hudud hisoblanib, o'sha davrning yirik shaharlari bo'lmish Samarqand va Buxoroni bog'lab turganligi ham uning nechog'lik muhimligidan dalolat beradi. Abdullaxon XVI asrdagi qurilishlar, mamlakat rivojidagi sa'y-harakatlar tashabbuskori ekanligi maqolada aks ettirilgan.a
2025-10-30
TABIIY RESURSLARDAN MAXSUS FOYDALANISHNI HUQUQIY TA’MINLASHNI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI
O‘zbekiston Respublikasining tabiiy boyliklari mamlakatning barqaror rivojlanishining asosi bo‘lib, ularni asrash va oqilona foydalanish bugungi kunda eng muhim vazifalardan biridir. Aholi sonining ortib borishi hamda sanoat va qishloq xo‘jaligi faoliyatining kengayishi natijasida tabiiy resurslarga bo‘lgan ehtiyoj keskin oshmoqda. Buning oqibatida resurslarning kamayishi ekologik muvozanatning buzilishiga, inson hayoti va sog‘lig‘iga jiddiy tahdid tug‘dirishga sabab bo‘lmoqda. Shu bois, tabiiy resurslardan oqilona foydalanishni ta’minlash uchun huquqiy tartibga solish mexanizmlarini takomillashtirish zarurati kundan-kunga ortib bormoqda.
2025-10-30
ZAMONAVIY O‘ZBEK TILI LEKSIKASIDA RAQAMLI MADANIYATNING TA’SIRI VA NEOLOGIZM SO‘ZLAR INTEGRATSIYASI
Tezisda zamonaviy raqamli madaniyat ta’sirida o‘zbek tilida yuzaga kelayotgan leksik o‘zgarishlar tahlil qilinadi. Neologizmlar tizimi va ularning o‘zbek tili grammatik tuzilmasiga integratsiyasi lingvokulturologik nuqtai nazardan yoritiladi. Raqamli kommunikatsiya, internet, marketing va axborot texnologiyalariga oid yangi birliklarning morfologik, semantik va uslubiy xususiyatlari misollar asosida tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, raqamli madaniyat o‘zbek tili leksikasida yangi semantik qatlamni shakllantirgan, bunda tilning milliy xususiyatlari bilan global innovatsiyalar o‘zaro uyg‘unlashgan.
2025-10-30
O‘QUVCHILARGA TA’LIM BERISHDA INTERAKTIV METODLARNING ROLI VA AHAMIYATI
Ushbu maqolada o‘quvchilarga ta’lim berishda interaktiv metodlarning roli va ahamiyati tahlil qilinadi. Interaktiv o‘qitishning asosiy tamoyillari, uning afzalliklari va amaliy qo‘llanilish holatlari o‘rganiladi. Shuningdek, interaktiv metodlarning o‘quvchilarning faolligini oshirish, ijodiy fikrlashni rivojlantirish va o‘qituvchi–o‘quvchi o‘rtasidagi samarali muloqotni shakllantirishdagi o‘rni yoritilgan. Tadqiqotda interaktiv ta’lim vositalaridan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.
2025-10-30
ФИЛОСОФСКИЕ И СОЦИОЛОГИЧЕСКИЕ ПЕРСПЕКТИВЫ ИСКУССТВЕННОГО ИНТЕЛЛЕКТА
Статья посвящена анализу искусственного интеллекта (ИИ) в качестве потенциального социального актора. Рассматриваются философские основания агентности, а также социологические подходы к пониманию акторства в контексте взаимодействия человека и технологий. Показано, что традиционные концепции социального действия, основанные на субъективности и намеренности, сталкиваются с вызовами в условиях распространения автономных ИИ-систем. В то же время теории акторно-сетевой природы (ANT) и постгуманистические подходы открывают возможность расширения понятия актора за пределы человеческого.
2025-10-30
UMUMIY O'RTA TA'LIM TASHKILOTLARIDA INKLYUZIV TA'LIMNI TASHKIL ETISH MEXANIZMLARI
Mazkur tezisda umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida inklyuziv ta’limni tashkil etish mexanizmlarining mazmun-mohiyati, amaliy va metodik jihatlari tahlil etilgan. Inklyuziv ta’limning ijtimoiy, psixologik, tashkiliy va pedagogik asoslari, shuningdek, o‘qituvchilarning kasbiy tayyorgarligi va o‘quv muhitini moslashtirish omillari yoritilgan.
2025-10-30
INGLIZ TILI O‘QITISH JARAYONIDA VIRTUAL REALLIK (VR) TEXNOLOGIYALARINING INNOVATSION IMKONIYATLARI
Ushbu maqolada ingliz tili o‘qitish jarayonida virtual reallik (VR) texnologiyalarining innovatsion imkoniyatlari tahlil qilinadi. Maqolada VR texnologiyalarining o‘quvchilarda kommunikativ, lingvistik va madaniy kompetensiyalarni rivojlantirishdagi roli, shuningdek, o‘qituvchining yangi pedagogik roli yoritilgan. Virtual muhitda tashkil etilgan darslar o‘quvchilarning motivatsiyasini oshirishi, ularni faol ishtirokchiga aylantirishi va tilni real muloqot muhiti orqali o‘zlashtirishiga yordam berishi ilmiy asosda ko‘rsatib berilgan. Shuningdek, maqolada VR texnologiyalarini joriy etishdagi muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar keltirilgan.
2025-10-30
O‘ZBEK VA INGLIZ TILLARIDA ARGO HAMDA JARGONLAR TARJIMASINING O'ZIGA XOS TOMONLARI
Mazkur maqolada o‘zbek va ingliz tillaridagi argo hamda jargonlarning tarjima jarayonida namoyon bo‘ladigan o‘ziga xos jihatlar tahlil qilinadi. Tadqiqotda har ikki tildagi argo va jargonlarning semantik, madaniy hamda stilistik tafovutlari, ularni tarjima qilishda uchraydigan muammolar va ularni hal etishning lingvokulturologik usullari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, kontekstual ekvivalentlik, madaniy adaptatsiya va emotsional effektni saqlash tamoyillari asosida tarjima strategiyalari yoritiladi. Tahlil natijalari shuni ko‘rsatadiki, argo va jargonlarning tarjimasi faqat til masalasi emas, balki madaniyatlararo kommunikatsiya jarayonining muhim tarkibiy qismidir.
2025-10-31
O‘ZBEK VA INGLIZ TILLARIDA SO‘Z O‘YININING PRAGMATIK VA MADANIY XUSUSIYATLARI
Ushbu maqolada o‘zbek va ingliz tillarida so‘z o‘yinining lingvopragmatik va madaniy jihatlari tahlil qilinadi. Maqolada so‘z o‘yinlarining kommunikativ maqsadi, ularning madaniy konnotatsiyalari, auditoriyaga psixologik ta’siri hamda tarjimada yuzaga keladigan qiyinchiliklar ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, har ikki tilda so‘z o‘yinlarining milliy tafakkur bilan bog‘liqligi va til estetikasi nuqtai nazaridan ahamiyati ochib beriladi.
2025-10-31
PRINCIPLES OF DESIGNING AND SYSTEMATIZING GRAMMATICAL LEARNING MATERIALS FOR FOREIGNERS
This article examines the principles of designing and systematizing grammatical learning materials for foreigners, focusing on creating a structured and communicative framework for effective grammar instruction. It emphasizes defining clear levels of grammatical competence, ensuring curriculum consistency, and balancing explicit explanation with implicit acquisition. The study also highlights the importance of assessment, feedback, and teacher support materials in maintaining coherence and improving learning outcomes.
2025-10-31
YOLG‘ON GUVOHLIK BERISHNING JINOIY-HUQUQIY XUSUSIYATLARI
Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 238-moddasi bo‘yicha yolg‘on guvohlik berish jinoiy huquqbuzarligi nazariy va amaliy jihatdan o‘rganiladi. Tadqiqot davomida yolg‘on guvohlik berishning tushunchasi, uning obyektiv va subyektiv belgilari hamda jinoiy javobgarlikka tortish shartlari batafsil tahlil qilinadi. Maqolada sud-tergov faoliyatiga yetkaziladigan salbiy oqibatlar ko‘rsatilgan bo‘lib, xorijiy mamlakatlar tajribasi bilan qiyosiy tahlil amalga oshiriladi. Natijada milliy qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha amaliy takliflar ishlab chiqiladi.
2025-10-31
NAVO MAQOMINING O‘ZIGA XOS NOLA VA QOCHIRIMLARI
Ushbu maqolada Navo maqomining musiqiy tuzilmasi, ohang tizimi va uning o‘ziga xos nola hamda qochirim uslublari tahlil qilinadi. Maqom san’ati – Sharq musiqiy madaniyatining yuksak namunasi sifatida inson his-tuyg‘ularini chuqur ifodalash vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Navo maqomi o‘zining lirizmga boy ohanglari, nozik pardaviy o‘tishlari va ruhiy holatni aks ettiruvchi nola va qochirimlari bilan ajralib turadi. Tadqiqotda ushbu ohangiy xususiyatlarning estetik, musiqashunoslik va ijrochilik jihatlari yoritiladi.
2025-10-31
OLIY TA’LIM TIZIMINING MASOFAVIY TA’LIM JARAYONLARIDA PEDAGOGIK DASTURIY VOSITALARNING AHAMIYATI
Ushbu maqolada oliy ta’lim tizimida masofaviy ta’lim orqali ta’lim olayotgan talabalar pedagoik dasturiy vositalardan foydalanishning ahamiyatli masalalari ko’rib chiqiladi. Masofaviy ta’lim jarayonlarini tashkil etishda pedagoik dasturiy vositalar, ayniqsa, o’quv jarayonini boshqarish tizimlar (Learning Management Systems, LMS) ata o’rin tutadi. LMS platformalari talabalarga o’quv materiallarini samarali taqdim etish, talabalarning faoliyatini nazorat qilish va ularning o’zlashtirish darajasini baholash imkonini beradi. LMS tizimlari o’quv jarayonini har tomonlama qo’llab-quvvatlash, muayyan topshiriqlar, sinovlar va testlarni tashkil etish, hamda natijalarni baholash imkoniyatlarini beradi.
2025-10-31
CREATING POSITIVE ATMOSPHERE TOWARDS ENGLISH AS A FOREIGN LANGUAGE
A positive classroom atmosphere plays a vital role in students’ motivation and success in learning English as a foreign language (EFL). This paper explores the importance of emotional, social, and psychological factors in creating a supportive environment for EFL learners. The research highlights the role of teachers in promoting motivation, reducing anxiety, and fostering cooperative learning through modern communicative and student-centered approaches. The study concludes that a positive learning atmosphere not only enhances language acquisition but also builds learners’ confidence and autonomy.
2025-10-31
SUN’IY INTELLEKT VOSITALARI YORDAMIDA INGLIZ TILI TA’LIMIDA SHAXSGA YO‘NALTIRILGAN O‘QITISHNING PEDAGOGIK ASOSLARI
Ushbu maqolada ingliz tili ta’limida sun’iy intellekt (AI) vositalari yordamida shaxsga yo‘naltirilgan o‘qitishning pedagogik asoslari tahlil qilingan. Tadqiqotda shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim konsepsiyasining mohiyati, uning zamonaviy pedagogik tamoyillari hamda AI texnologiyalarining o‘qitish jarayonidagi roli yoritiladi. Shuningdek, AI asosida shaxsga yo‘naltirilgan o‘qitish modelining nazariy asoslari, o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi interaktiv hamkorlik, hamda ta’lim samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi pedagogik shart-sharoitlar tahlil etilgan.
2025-10-31
NAQSHBANDIYA TA’LIMIDAGI “DIL BA YORU, DAST BA KOR” TAMOYILINING ZAMONAVIY TARBIYA NAZARIYASIDAGI TALQINI
Ushbu tadqiqotda Jaloliddin Bahouddin Naqshbandiya ta’limotida markaziy o‘rin tutuvchi “dil ba yoru, dast ba kor” tamoyilining mazmun-mohiyati pedagogik nuqtayi nazardan sharhlanadi va uning zamonaviy tarbiya nazariyasida, xususan shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim, ma’naviy-axloqiy tarbiya hamda faoliyatga asoslangan o‘qitish konsepsiyalari bilan uyg‘unlashish imkoniyatlari yoritiladi. Naqshbandiya maktabida ko‘ngilning Yaratganga bog‘langan holda jismoniy mehnat, kasb va ijtimoiy faoliyat bilan band bo‘lishi tarbiyaning ikki tomonlama: ichki poklanish va tashqi foydalilikdan iborat murakkab jarayon ekanini ko‘rsatadi. Bugungi kunda tarbiya jarayonida ma’naviyatni amaliyotdan uzib qo‘ymaslik, o‘quvchini real ijtimoiy mehnat, xizmat, hamkorlik, loyihaviy faoliyatga jalb etish orqali uning qalbiy ehtiyojlarini uyg‘otish dolzarb bo‘lib, naqshbandiy tamoyili aynan shu uyg‘unlikni ta’minlovchi nazariy asos sifatida talqin etilishi mumkin. Tadqiqotda tasavvuf manbalari tahlili, qiyosiy-pedagogik yondashuv va interpretativ sharhlash usullaridan foydalanildi.
2025-10-31
THE PSYCHOLOGY OF ALBER CAMUS' MERSO IN THE CONTEXT OF A PARANORMAL PERSON
This article analyzes the psychological state and emotional reactions of the main character Meursault in Albert Camus's work "The Stranger." The interpretation of Meursault as a "paranormal person" is based on his indifference to the environment, limited emotions, denial of the meaning of life, and distance from social and religious values. In the study, Merso's spiritual experiences are compared with religious beliefs, human feelings, and norms established by society. The author's emotional coldness of the image is evaluated as a consequence of the philosophy of absurdism, and the role of spirituality and faith in human life is revealed in a conclusive way.
2025-10-31
“EKALOGIYA XAVFLARI VA ULARNING ATROF MUHITGA TASIRI” MAQOLASI HAQIDA
maqola; ushbu maqola ayni paytda juda dolzarb hisoblangan ekalogiya tushunchasi va uni muhofaza qilish zarurati haqida batafsil so;z yuritib ,yurtimizda bu bo’yicha qilingan ishlar va qabuk qilingan qarorlar orqali asosiy fikrni tasdiqlaydi. Shuningdk ta’biat v sanoa korxonalaeining bir -biri bilan o’zaro aloqadorligi haqida ham aytib o’tiladi.
2025-10-31
IBRATLI UMR
Shari’at va tariqatga birdek amal qilgan. O‘z zamonasining yetuk ulamosi. Xalifalar xizmatida bo‘lgan ulug‘ustoz Imom Suhravardiydir. Bu zotning asos solgan ilm yo‘li hozirgi kunda ham talabalarga dasturul amal bo‘lib xizmat qilmoqdadir. Muborak maqbaralari Hozirgi kunda Bag‘dod ko‘rkiga ko‘rk qo‘shmoqdadir.
2025-10-31
РАҲБАРНИНГ БАҒРИКЕНГЛИГИ – ИЖТИМОИЙ ҚИЁФАСИНИ АСОСИ СИФАТИДА
Социологияда бағрикенглик шахснинг ижтимоий муҳитда шаклланган ўзига хос хусусиятларидан бири деб таъриф берилади. Бағрикенглик шахс хусусияти сифатида шахснинг турли вазият ва ҳолатларга нисбатан қабул қиладиган қарори ҳамда амалга оширадиган ҳатти-ҳаракатларида намоён бўлади.
2025-10-31
PRAGMATIKA VA PRAGMALINGVISTIKANING NAZARIY ASOSLARI: ASOSIY FARQLAR VA O‘XSHASHLIKLAR
Mazkur maqolada tilshunoslikning zamonaviy tarmoqlaridan biri bo‘lgan pragmatika va uning amaliy yo‘nalishi hisoblangan pragmalingvistikaning nazariy asoslari yoritiladi. Ularning o‘zaro farqli va umumiy jihatlari, shuningdek, til birliklarining muloqotdagi maqsadga yo‘naltirilganligi, kontekst bilan bog‘liqligi hamda kommunikativ strategiyalardagi o‘rni tahlil qilinadi.
2025-10-31
ЁШЛАР МОҲИЯТИ ВА ЁШЛАР СИЁСАТИГА ОИД ТАДҚИҚОТЛАРНИНГ МЕТОДОЛОГИК ВА КОНЦЕПТУАЛ АСОСЛАРИ
Ёшлар сиёсати – бу ҳар бир давлат алоҳида эътибор берадиган, келажак учун пойдевор сифатида қарайдиган муҳим соҳадир. Ҳозирда Янги Ўзбекистонда олиб борилаётган ёшларга оид давлат сиёсатининг натижадорлиги ҳақида гап кетганда, бу борада бир қатор илмий тадқиқотларда кўтарилган муаммоларга дуч келиш мумкин. Боиси, ушбу соҳадаги сиёсат назария ва амалиёт борасидаги мураккабликка эга ҳисобланади. Шундан келиб чиққан ҳолда, ёшлар сиёсатига оид тадқиқотларнинг методологик ва концептуал асосларини таҳлил қилиш, тадқиқот йўналишларини аниқлаш ҳар қандай муаммога ечим топиш учун “калит” вазифасини бажара олади. Ушбу мақолада айнан шу масалага мурожаат қилинган ҳамда “ёшлар сиёсати” илмий тадқиқотнинг маркази сифатида баҳоланган.
2025-10-31
EPISTEMIK ISHONCHSIZLIK, CHUQUR KELISHMOVCHILIKLAR VA ZAMONAVIY DEMOKRATIYANING EPISTEMIK INQIROZI
Ushbu maqola zamonaviy demokratiyalarda tobora kuchayib borayotgan siyosiy qutblanishning falsafiy va epistemologik ildizlarini tahlil qiladi. Biz epistemik ishonchsizlik (ma'lumot manbalari va guruhlarning ishonchliligi haqidagi shubha) va partizan epistemologiya kabi tushunchalarni ko'rib chiqamiz. Maqola shuni ta`kidlaydiki, qutblanishning eng chuqur shakli faktlar emas, balki chuqur kelishmovchiliklar (fundamental epistemik va axloqiy prinsiplardagi tafovut) bilan belgilanadi. Asosiy tezis shundan iboratki, epistemik ishonchsizlik siyosiy qutblanishning natijasi emas, balki uning asosiy sababchilaridan biri bo‘lib, bu jarayon demokratik muhokamaning epistemik salohiyatiga jiddiy xavf tug`diradi.
2025-10-31
BOLALARGA MUMTOZ ADABIYOT NAMUNALARINI OʻQITISHDA MULTIMEDIA VOSITALARINI QOʻLLASH USULLARI
Bolalarga mumtoz adabiyot namunalarini oʻqitishda multimedia vositalarini qoʻllash mavzusi dolzarbdir. Oʻquv vositalarini toʻgʻri qoʻllagan holda mumtoz adabiyot namunalarini ham bolalarga samarali oʻrgatish mumkin. Bu usul oʻzbek milliy metodika tizimida yoʻlga qoʻyilmagan boʻlsa-da G‘arb adabiyoti ta’limida ayniqsa bolalar va o‘smirlar uchun mumtoz adabiyot namunalarini o‘qitishda qoʻllanib kelmoqda. Bunda asarlarni soddalashtirish, tilini osonlashtirish va moslashtirish orqali qiyin kitoblar ham bolalar saviyasi uchun moslanadi. Bu jarayonga ular taʼlimda adaptatsiya deb nom berganlar. Maqolada ushbu metodik yondashuvlar qanday amalga oshirilgani haqida soʻz boradi.
2025-10-31
USMON AZIM PUBLITSISTIKASINING BADIYIY-ESTETIK XUSUSIYATLARI (“SO‘NG SO‘ZLAR” KITOBI ASOSIDA)
Ushbu tezisda o‘zbek publitsistikasining yirik vakillaridan biri Usmon Azim ijodining o‘ziga xos jihatlari, xususan, “So‘ng so‘zlar” to‘plami asosida yozuvchining badiiy-estetik dunyoqarashi tahlil qilinadi. Asarda muallifning publitsistik uslubi, obraz yaratish mahorati, til va uslubdagi individual xususiyatlar hamda jamiyat va inson ruhiyati haqidagi falsafiy mushohadalar yoritilgan. Usmon Azim publitsistikasining asosiy mohiyati so‘z san’ati orqali milliy ruh, ma’naviyat va tafakkurni yuksaltirishga qaratilgani ilmiy jihatdan asoslanadi.
2025-10-31
МАКОН ВА ЗАМОН ТУШУНЧАЛАРИНИНГ НАВОИЙ ВА ШЕКСПИР АСАРЛАРИДАГИ БАДИИЙ ИНЪИКОСИ
Мақолада ўзбек мумтоз адабиёти намуналари асосида бадиий тафаккурнинг шаклланиши доирасида муҳим категория бўлган макон ва замон тушунчаларининг ассоциацияси очиб берилган.
2025-10-31
FRANSUZCHA VA O‘ZBEKCHA POSTPOZITSIYA VA PREDLOGLARNING SEMANTIK-PRAGMATIK TAHLILI
Ushbu maqolada fransuz tilidagi predloglar va o‘zbek tilidagi postpozitsiyalarning semantik-pragmatik xususiyatlari tahlil qilingan. Tadqiqotda ularning joy, vaqt, sabab, maqsad kabi ma’nolarni ifodalashdagi o‘rni hamda nutqdagi kommunikativ funksiyalari o‘rganilgan. Shuningdek, predlog va postpozitsiyalarning kontekstual ma’noda o‘zgarish holatlari ham tahlil qilinadi. Tahlil natijalari shuni ko‘rsatadiki, fransuz tili sintaktik vositalar orqali ma’no nozikliklarini ifodalasa, o‘zbek tili morfologik birliklarga tayanadi.
2025-10-31
ШАХСНИНГ КАСБ ЮЗАСИДАН ЎЗ ВАЗИФАЛАРИНИ БАЖАРМАГАНЛИГИ ЁКИ ЛОЗИМ ДАРАЖАДА БАЖАРМАГАНЛИГИ ОҚИБАТИДА БОШҚА ШАХСГА ОИВНИ ЮҚТИРИШ ЖИНОЯТИНИ АНИҚЛАШНИНГ ЎЗИГА ХОС ХУСУСИЯТЛАРИ
Таносил касаллиги ёки ОИВни юқтириш жиноятлари бўйича ишни судга қадар юритишнинг асосий босқичи бу – терговга қадар текширув ҳисобланади. Мазкур турдаги жиноятлар бўйича терговга қадар текширувда кечиктириб бўлмас тергов ва процессуал ҳаракатлар ҳамда тезкор қидирув тадбирларининг ўз вақтида ўтказилиши келгусида мураккаб тергов вазиятларининг олдини олишга, иш ҳолатларини ҳар томонлама, тўла ва холисона кўриб чиқишга ҳамда ҳақиқатни аниқлаш ва адолатли қарор қабул қилишга замин яратади.
2025-10-31
ПОЛИЦИЯ КАДРЛАРИНИ ТАЙЁРЛАЙДИГАН ТАЪЛИМ МУАССАСАЛАРИНИНГ ФУҚАРОВИЙ-ҲУҚУҚИЙ МАҚОМИНИ АНИҚЛАШНИНГ ДОКТРИНАЛ МУАММОЛАРИ: МИЛЛИЙ ВА ХОРИЖИЙ ТАЖРИБА
Дунёда профессионал ва инсонпарвар миллий полиция тизимини яратишда барча давлатлар асосий эътиборларини кадрларни ўқитиш ҳамда касбга тайёрлашга қаратмоқдалар. БМТ таҳлилига кўра дунё бўйлаб ҳар 100 минг кишига 368,9 нафар полиция ходими тўғри келади [1]. Бу кўрсаткич Туркияда 521,5, Россия Федерациясида 404,4, Италияда 408,6 нафарни, Ўзбекистонда эса 285,7 нафарни ташкил этмоқда.
2025-10-31
ПРЕПОДАВАНИЯ РУССКОГО ЯЗЫКА: СРАВНИТЕЛЬНЫЙ АНАЛИЗ ОПЫТА РОССИИ И УЗБЕКИСТАНА
В статье рассматриваются особенности преподавания русского языка в России и Узбекистане, проводится сравнительный анализ методических подходов, образовательных стандартов и современных тенденций развития обучения. Подчёркивается, что, несмотря на общие цели — формирование коммуникативной компетенции и развитие языковой личности, — в каждой стране существуют свои культурно-педагогические особенности, влияющие на методы и результаты обучения. Рассматриваются проблемы, вызовы и перспективы сотрудничества России и Узбекистана в сфере преподавания русского языка.
2025-10-31
MUSTAQILLIK DAVRIDA O‘ZBEKISTONDA AHOLI MIGRATSIYA JARAYONLARINING TARIXIY TAHLILI
Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganidan so‘ng mamlakatda kechgan aholi migratsiyasi jarayonlari, ularning iqtisodiy, ijtimoiy va demografik omillar bilan bog‘liqligi tahlil qilinadi. Shuningdek, migratsiya siyosatining shakllanish bosqichlari, mehnat migratsiyasining sabablari, tashqi va ichki migratsiya oqimlarining o‘ziga xos jihatlari yoritiladi. Maqolada mustaqillik yillarida qabul qilingan qonunlar, hukumat qarorlari hamda xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik natijalari asosida tahliliy xulosalar beriladi.
2025-10-31
TOSHKENTNING ROSSIYA TOMONIDAN BOSIB OLINISHI
Ushbu maqolada Rossiya imperiyasining Toshkentni bosib olish yo‘lidagi uzoq muddatli rejasi, siyosiy va harbiy harakatlari tarixiy manbalar asosida tahlil qilindi. XIX asrdagi bosqinchilik jarayonlarini, jumladan, Chernyaev boshchiligidagi rus harbiy qismlarining harakatlarini, mahalliy aholining qahramonlik ko‘rsatgan harakatlarini va shahar mudofaasiga oid muhim voqealarni batafsil yoritib berildi.
2025-10-31
