«Zamonaviy dunyoda ilm-fan va texnologiya» - это национальная онлайн-конференция с открытым доступом, на которой публикуются обзорные тезисы, относящиеся к различным областям. Главная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу для национальных ученых, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований. Все рукописи должны быть подготовлены на узбекском, английском или русском языках.

Опубликован: 2025-01-06

EMPLOYEE JOB SATISFACTION WITH THEIR RESPECTIVE JOBS IN SRI LANKA – A THEORETICAL REVIEW

Job satisfaction is also an important factor since it determines organization performance as well as employee turnover rate and several other factors that affects workplace. The present study aims at presenting the theoretical analysis of the factors influencing the job satisfaction of the employees of Sri Lanka, the South Asian developing country with unique cultural, economical and social environment. The review also focuses on the impact of the intrinsic motivation by using job contents, organizational recognition, and career advancement opportunities together with the extrinsic motivation by using monetary rewards, work-family balance and work environment of employees. Further, Sri Lankan cultural values, organizational culture and/or economic characteristics that might influence employee satisfaction level are discussed.

Assam SMBM , M.F. Hibathul Careem, A.R.M Arshard, M.S.M Imthiyas, Mohamed Siraju

4-12

2025-01-06

SUG‘URTA KOMPANIYALARI MOLIYAVIY BARQARORLIGINING MOHIYATI VA NAZARIY ASOSLARI

Globallashuv jarayonida sug‘urta bozorining innovatsion rivojlanishi jadal o‘zgarishlar qamrovida kechayotganligi mazkur institut faoliyatini nazariy-amaliy tadqiq etish dolzarb ekanligini anglatadi. Sug‘urta bozori har qanday mamlakat iqtisodiyotining asosiy segmenti hisoblanadi hamda bevosita uning ravnaqiga ham xizmat qiladi. Demak, sug‘urta faoliyati o‘ziga xos tarzda shakllangan va keng qo‘llanilayotgan ijtimoiy hodisa bo‘lib, barqarorlik omili sanaladi. Mamalakat sug‘urta bozori rivojini prognozlash o‘z navbatida, biznes subyektlari va aholi manfaatlari himoyasini kafolatli darajada ta’minlash instituti sifatida sug‘urta faoliyatini rivojlantirish yo‘nalishlarini tadqiq etish zaruratini keltirib chiqardi.

Haqberdiyev Bekzod Uktamovich

13-15

2025-01-06

QASHQADARYO VILOYATIDA TURISTLAR OQIMINI SIMULYATSIYA QILISH ORQALI INFRATUZILMANI RIVOJLANTIRISH

Ushbu maqolada turizm aglomeratsiyani optimal joylashtirishni zamonaviy  modellar asosida takomillashtirish  yo’llari va Qashqadaryo viloyatida turizm aglomeratsiyalarini optimal joylashtirishga ta'sir etuvchi omillar yoritilgan hamda viloyatda turistik aglomeratsiyalarni rivojlantirishda ichki va tashqi sayyohlar talabini o‘rganish zarur. Mahalliy va xalqaro sayyohlar oqimini jalb qilish uchun marketing strategiyasini shakllantirish va turizm xizmatlarini diversifikatsiya qilish jarayonlari yozilgan.

N.J.Toshev

16-19

2025-01-06

ILMIY TАDQIQОTLАR, INNОVАTSIYА VА KАDRLАR PОTЕNSIАLINI RIVОJLАNTIRISH UСHUN XUSUSIY ОLIY TА’LIMDА IJTIMОIY SHЕRIKСHILIK HАMDА DАVLАT-XUSUSIY HАMKОRLIK MОDЕLLАRI

Ijtimоiy shеriklik vа dаvlаt-xususiy shеriklik (DXSh) mоdеllаri xususiy оliy tа’lim muаssаsаlаrini (ОTM) rivоjlаntirishdа tоbоrа muhim rоl о‘ynаmоqdа. Ushbu mоdеllаr ilmiy muаssаsаlаr, sаnоаt mаnfааtdоr tоmоnlаri vа jаmоаt tuzilmаlаri о'rtаsidаgi hаmkоrlikni оsоnlаshtirаdi, ilmiy tаdqiqоtlаrni kuсhаytirаdi, innоvаtsiyаlаrni rаg'bаtlаntirаdi vа rivоjlаnаyоtgаn bоzоr tаlаblаrini qоndirish uсhun insоn rеsurslаrini rivоjlаntirаdi. Ushbu mаqоlа xususiy оliy о'quv yurtlаridа ijtimоiy vа DXSh mоdеllаrining nаzаriy аsоslаri vа аmаliy qо'llаnilishini о'rgаnаdi. Ulаrning tаdqiqоt еkоtizimlаrigа tа'siri, о'quv dаsturlаrigа innоvаtsiyаlаrning intеgrаtsiyаsi vа ishсhi kuсhigа tаyyоr bitiruvсhilаrni rivоjlаntirishgа tа'sirini о'rgаnаdi. Butun dunyо bо'ylаb muvаffаqiyаtli аmаliy tаdqiqоtlаrni qiyоsiy tаhlil qilish оrqаli ushbu mаqоlа hаmkоrlikni оptimаllаshtirish uсhun еng yаxshi аmаliyоtlаr, muаmmоlаr vа strаtеgiyаlаrni аniqlаydi. Аsоsiy tаvsiyаlаr siyоsаtni shаkllаntirish, mоliyаviy rаg'bаtlаntirish vа tа'lim nаtijаlаrini jаmiyаt vа ishlаb сhiqаrish еhtiyоjlаrigа mоslаshtirish uсhun о'zаrо hаmkоrlik mаdаniyаtini rivоjlаntirishgа qаrаtilgаn.

Hamdamov G’iyosbek Abduvaliyevich

20-22

2025-01-06

CHOSON DAVLATİNİNG İNQİROZİ VA İMPERİYANİNG E’LON QİLİNİSHİ

Dunyo mustamlakachilik siyosatida Koreya yarimoroli ham XVIII asr va XIX asr o’rtalarigacha dunyoning gigant mustamlakachi davlatlarining e’tiborini tortib keldi.  Koreys hukumatining o’zida kechgan turli xil saroy ichidagi fitnalar davlatning o’zga davlatlar tomonidan egallanishiga keng imkoniyatlar yaratib berdi.

Urunov Xasan Rayimovich

23-25

2025-01-06

MAMLAKATIMIZDA XIZMAT KO‘RSATISH SOHASINI RIVOJLANTIRISHDA OLIB BORILAYOTGAN ISLOHATLAR

Mamlakatimizning xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirishning o‘ziga xos xususiyati shundaki xizmatlar sohasini rivojlantirish hududlarning nisbiy ustunliklarini hisobga olgan holda amalga oshiriladi, bunda aholi soni, geografik joylashuvi, iqtisodiy salohiyatidan kelib chiqqan holda rivojlantirish tendensiyalari ishlab chiqiladi.

Shonazarov Kamoladdin, Alisher Usmanov

26-28

2025-01-06

AHOLI BANDLIGINI OSHIRISH SAMARADORLIGINI BAHOLASH USULLARI

Aholi bandligini oshirish iqtisodiy taraqqiyotning eng muhim omillaridan biridir. Bandlik darajasini oshirish orqali nafaqat aholining ijtimoiy holati yaxshilanadi, balki iqtisodiy faollik ham kuchayadi. Shu sababli, bandlik siyosati samaradorligini baholash muhim masala hisoblanadi. Mazkur tezisda aholi bandligini oshirish samaradorligini baholash usullari tahlil qilinadi va ularning ahamiyati yoritiladi.

Sapabayeva Mehriniso Umidbekovna

29-30

2025-01-06

“O`ZBEKISTON TARAQQIYOTIGA TO`SIQ MAHALLIYCHILIK NIGOHIDA”

O‘zbekiston davlatining mustaqillikka erishganidan keyingi davrida turli iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy sohalarda muhim o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Biroq, bu jarayonda mahalliychilik tushunchasi davlat taraqqiyotiga jiddiy to‘siq bo‘lib kelmoqda. Ushbu maqolaning maqsadi O‘zbekistonda mahalliychilikning davlat taraqqiyotiga ta’sirini har tomonlama o‘rganish, uning iqtisodiyot, siyosat va ijtimoiy hayotga keltiradigan salbiy oqibatlarini aniqlash hamda uni bartaraf etish yo‘llarini taklif qilishdan iborat. Maqolada mahalliychilik fenomeni keng tahlil qilinib, mahalliychilik va taraqqiyot o‘rtasidagi bog‘liqlik va qarama-qarshiliklar ko‘rib chiqiladi. O‘zbek jamiyatida mahalliychilikning ijtimoiy-siyosiy muhitga ta’siri va uning oqibatlarini yumshatish uchun strategik tavsiyalar beriladi.

Asadov Farrux Ilyos o`g`li

31-37

2025-01-07

BALET SAN’ATINING O‘LMAS OQQUSHI

Rus balet san’atini Anna Pavlovasiz tasavvur qilib bo‘lmaydi, yosh Anna sahnaga chiqganida, tanqidchilar uni yangi Mariya Talyoni deb atashdi.

Zakirova Sabina

38-39

2025-01-07

MAMLAKATIMIZDA TA’LIM TIZIMI OBYEKTIV ZARURAT SIFATIDA

Sifatli ta’lim – kelajak poydevoridir. Bugungi kunda insonlarning eng asosiy ma’naviy ehtiyoji bo‘lgan turli darajadagi va shakldagi bilimlar kundan kunga texnologiyalar ta’sirida boyib bormoqda. Ushbu yangi bilimlar jamiyat tomonidan kech qabul qilinishi yoki ba’zi qatlamlar tomonidan o‘zlashtirilmasligi natijasida har xil iqtisodiy-texnologik, axloqiy, huquqiy, ijtimoiy-psixologik, ekologik va boshqa muammolar yuzaga kelmoqda. Rivojlangan mamlakatlarda bunday muammolarning oldini olish, turli holatlarda (vaziyatlarda) mas’uliyat hissi bilan mustaqil ravishda qaror qabul qila oladigan, hamkorlik qilishga qodir, tashabbuskor insonlarni tarbiyalash uchun ilm-ma’rifat, ta’lim taraqqiyotiga katta e’tibor berilib, sarmoya kiritilmoqda

Jabborov Jamshid Azimovich, Ilhomov Sulaymon Shovkat o‘g‘li

40-44

2025-01-08

ATROF-MUHIT O‘ZGARISHLARI VA YURAK-QON TOMIR KASALLIKLARI XAVFINING ORTISHI

So‘nggi yillarda atrof-muhitning tezkor o‘zgarishi inson salomatligiga, xususan, yurak-qon tomir tizimiga katta ta’sir ko‘rsatmoqda. Urbanizatsiya, sanoat rivojlanishi va iqlim o‘zgarishlari tufayli havo, suv va tuproqning ifloslanishi ortib bormoqda. Atmosfera havosidagi zararli moddalar, ekstremal haroratlar va toksik kimyoviy moddalar yurak-qon tomir tizimi kasalliklari xavfini oshiruvchi asosiy omillar sifatida e’tirof etilmoqda. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ma’lumotlariga ko‘ra, yurak-qon tomir kasalliklari global o‘lim sabablari orasida yetakchi o‘rinni egallaydi.

Abdullaev Nodirbek Uroyimjonovich

45-47

2025-01-08

ОБЩЕСТВО С ОГРАНИЧЕННОЙ ОТВЕТСТВЕННОСТЬЮ: ПРАВОВАЯ ПРИРОДА, ПРЕИМУЩЕСТВА И НЕДОСТАТКИ

В данной статье рассматриваются правовая сущность, признаки обществ с ограниченной ответственностью, закреплённые в законодательстве Республики Узбекистан, критерии выбора организационно-правовой формы для ведения предпринимательской деятельности, преимущества и недостатки общества с ограниченной ответственностью как одной из организационно-правовых форм ведения бизнеса.

Шадиева Сайёра Арифовна, Тоирова Маржона

48-56

2025-01-09

COMPREHENSIVE EXAMINATION OF WOMEN 3 YEARS AFTER AKI AGAINST THE BACKGROUND OF PREECLAMPSIA

In numerous works devoted to acute renal failure (ARF), not all aspects have been sufficiently covered. This is especially true for ARF of obstetric etiology, which is given undeservedly little attention, because in most countries with a high birth rate, ARF caused by pathology of pregnancy and childbirth occurs in 50 - 70% of cases in the structure of all etiological factors leading to this complication. A few works by domestic authors clearly show the high frequency of development (50 - 70%) of ARF of obstetric etiology, the severity of its clinical course and the stability of high mortality rates within (30 - 40%). Numerous features of the development, course and outcomes of ARF caused by pathology of pregnancy in various regions of the Republic of Uzbekistan are shown, many unresolved issues, which directly or indirectly cause such disappointing results.

R.K. Radjabov

57-58

2025-01-10

ОСОБЕННОСТИ КОМПЛЕКСНОГО ОБСЛЕДОВАНИЯ ЖЕНЩИН ЧЕРЕЗ 3 ГОДА ПОСЛЕ ПЕРЕНЕСЕННОЙ ОПН НА ФОНЕ ПРЕЭКЛАМПСИИ И АНЕМИИ

В многочисленных работах, посвящённых острой почечной недостаточности (ОПН) не все аспекты нашли достаточное освещение. Особенно это относится к ОПН акушерской этиологии, которой отводится незаслуженно мало внимания, ибо в большинстве стран с высокой рождаемостью ОПН, вызванная патологией беременности и родов, встречается в 50 – 70% случаев в структуре всех этиологических факторов, приводящих к данному осложнению. Немногочисленными работами отечественных авторов наглядно показана высокая частота развития (50 – 70%) ОПН акушерской этиологии, тяжесть её клинического течения и стабильность высоких процентов летальности в пределах (30 – 40%). Показаны многочисленные особенности развития, течения и исходов ОПН, вызванной патологией беременности в различных регионах Республики Узбекистан, множество нерешенных вопросов, что прямо или косвенно служит причиной столь неутешительных результатов.

Раджабов Р.К.

59-60

2025-01-10

OMMAVIY ONLAYN OCHIQ KURSLARI

Bugungi kunda taʻlim sohasida innovatsiyalar, ayniqsa onlayn taʻlim platformalari yordamida, keng tarqalmoqda. Ommaviy onlayn ochiq kurslar (MOOC) - bu talabalar va oʻquvchilarga dunyoning istalgan burchagidan turib, yuqori sifatli taʻlim olish imkonini beruvchi platformalardir. Ushbu kurslar ilmiy va kasbiy malaka oshirishni osonlashtirib, bir vaqtning oʻzida dunyo boʻylab millionlab oʻquvchilarga xizmat qiladi. MOOC konsepti 2008-yilda AQShda taʻlim texnologiyalari mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan boʻlib, tez orada global taʻlim tarmogʻining ajralmas qismiga aylandi. “Massive Open Online Course” deb ataladigan bu tizimda kurslar barcha uchun bepul yoki arzon narxlarda mavjud, shu bilan birga, ishtirokchilar darslar va materiallar bilan onlayn tanishish, ular ustida ishlash va baholashni amalga oshirish imkoniga ega. Ommaviy onlayn ochiq kurslarning asosiy afzalliklaridan biri shundaki, ular har qanday yoshdagi va malakaga ega insonlarga oʻz bilimlarini yangilash yoki yangi sohalarda oʻqish imkoniyatini yaratadi.

Roʻzimurodova Shahzoda Islom qizi, Nurullayeva Malika Baxtiyor qizi , Yaxiyaxonova Muxiba Maxmudjonovna

61-65

2025-01-13

CANVINDA INFOGRAFIKANI YARATISH TEXNOLOGIYALARI

Ushbu maqola “Canvinda infografikani yaratish texnologiyalari” mavzusini oʻz ichiga oladi va infografika yaratish jarayonida Canva platformasining rolini tahlil qiladi. Hozirgi kunda axborotning ortib borayotgan hajmi va murakkabligi sharoitida, infografika sifatida maʻlumotlarni vizual tarzda taqdim etishning ahamiyati oshib bormoqda. Canva platformasi foydalanuvchilarga infografikalarni oson, tez va samarali yaratish imkoniyatini beradi. Maqolada infografika tushunchasi, uning ahamiyati, qoʻllanilish sohalari va yaratilish jarayonidagi asosiy qoidalar haqida soʻz boradi. Ushbu maqola infografikalarni yaratuvchilar, taʻlimchilar, marketologlar va mahsulotlar dizaynerlari uchun zarur bilim va koʻnikmalarni taklif etadi. Maqola davomida infografikalarni yaratishga doir texnikalar, eng yaxshi amaliyotlar va vizual kommunikatsiyaning tamoyillari muhokama qilinadi. Bu jarayonda Canva imkoniyatlari va boshqa variantlar orqali ijodiy va samarali infografikalarni yaratish uchun foydalanuvchilarga zarur koʻnikmalar beradi.

Roʻziqulova Goʻzal Zokirjon qizi, Nurullayeva Malika Baxtiyor qizi, Yaxiyaxonova Muxiba Maxmudjonovna

66-71

2025-01-13

LMS (LEARNING MANAGAMENT SYSTEM)-TAʻLIMNI BOSHQARUV TIZIMLARI

LMS (Learning Management System) — taʻlimni boshqarish tizimlari bugungi kunda taʻlim jarayonlarini soddalashtirish va optimallashtirishda muhim vosita sifatida xizmat qilmoqda. Ushbu annotatsiyada LMSlarning asosiy tushunchalari, funktsiyalari va taʻlim sohasidagi ahamiyati batafsil koʻrib chiqiladi. LMS - bu onlayn platforma boʻlib, oʻqituvchilar va oʻquvchilar oʻrtasidagi aloqani kuchaytirish, oʻquv materiallarini taqdim etish va baholash jarayonlarini boshqarish imkonini beradi. Taʻlim muassasalari va korporativ taʻlimda keng qoʻllanilayotgan ushbu tizimlar, oʻquvchilarga qulay sharoit yaratish, ularning bilim va koʻnikmalarini baholashda samarali vositalarni taklif etadi. LMSʻlarning asosiy funktsiyalari orasida kurslarni yaratish va boshqarish, oʻquvchilarni roʻyxatdan oʻtkazish, materiallarni yuklash, test va topshiriqlarni tayyorlash hamda baholash jarayonini avtomatlashtirish kabilar mavjud.

Qarshiyeva Eʻzoza Soat qizi, Nurullayeva Malika Baxtiyor qizi , Yaxiyaxonova Muxiba Maxmudjonovna

72-77

2025-01-13

SSM PLATFORMALAR BILAN TANISHISH. FACEBOOK TARMOGʻI

Ushbu maqolada “SSM platformalar bilan tanishish. Facebook tarmogʻI” mavzusi oʻrganiladi. Facebook, ijtimoiy media marketingi (SSM) sohasida eng koʻp ishlatiladigan platformalardan biri boʻlib, brendlar va bizneslar uchun keng imkoniyatlar yaratadi. Maqolada Facebookning marketing strategiyalaridagi roli, maqsadli reklama imkoniyatlari, mijozlar bilan muloqot qilish usullari va yaratuvchan kontentning ahamiyati tahlil etiladi. Shuningdek, maqolada brendlar uchun Facebookda muvaffaqiyatga erishish uchun bir qancha takliflar keltiriladi, jumladan, maqsadli auditoriya tahlili, innovatsion kontent yaratish va reklamalarni samarali tahlil qilish. Ushbu annotatsiya, Facebook tarmogʻining marketingdagi ahamiyatini tushunishga va brendlar uchun ushbu platformadan maksimal darajada foydalanish boʻyicha yoʻl-yoʻriqlar taqdim etishga qaratilgan.

Sadriddinova Sabrina Savriddinovna, Nurullayeva Malika Baxtiyor qizi, Yaxiyaxonova Muxiba Maxmudjonovna

78-83

2025-01-13

ТУҒМА БРОНХ АНОМАЛИЯЛАРИНИ ҚЎЗҒАТУВЧИ МУТАЦИЯЛАР: МОЛЕКУЛЯР ТАҲЛИЛ ВА КЛИНИК АСОРАТЛАР

Туғма бронх аномалиялари (ТБА) нафас олиш йўлларининг ривожланишидаги тўлиқ шаклланмаслик ёки морфологик бузилишларни ўз ичига олади. Ушбу патология кўп ҳолларда нафас олиш қийинчилиги, қайталанувчи инфекциялар ва респиратор дисфункция билан намоён бўлади.

Шевкетова Л.Ш., Маҳкамов Н.Ж.

84-85

2025-01-13

TEST METODINI YUTUQ VA KAMCHILIKLARI

Test metodi bu o'quvchilarning bilim darajasi, ko'nikmalari va kompetensiyalarini aniqlash uchun ishlatiladigan o'qitish va baholash usulidir. Testlar yordamida o'quvchilarning o'zlashtirishi, o'rgangan bilimlari va ma'lumotlarini qanchalik yaxshi anglanganini aniqlash mumkin. Ular turli formatlarda bo'lishi mumkin: yopiq va ochiq savollar, test savollari, misollar va boshqalar. Hozirgi davrda testlar quyidagi turlarga ajratiladi: maqsadga erishuv testlari (bilimlarni oʻlchashga qaratilgan); aqliy testlar (zehn, aql-idroq, aql-zakovat, isteʼdodni aniqlashga yoʻnaltirilgan); ijodiyot testlari (ijodkorlik, bunyod etishlik darajalarini tekshiruvchi); mezoniy moʻljal testlari (oʻquv yoki kasbiy bilimlar va topshiriqlarni qaysi koʻnikma, malaka, xatti-harakat tizimi orqali oʻlchash mumkinligi); shaxsga oid testlar (xususiyat, bezovtalanish, sifat, fazilat, xislatlarni oʻlchashga aloqador); proyeksiyaviy testlar (tashqi taʼsirsiz shaxs oʻzini oʻzi oshkor qilishiga moʻljallangan) va boshqalar.

Akbaraliyeva Asilaxon Tojiddin qizi, Quvondiqova Maftuna Farhod qizi

86-93

2025-01-15

YOSHLARGA TA’LIM BERISHDA SAN’ATNING ROLI

San'at ta'limi yoshlarning emotsional, kognitiv va ijtimoiy rivojlanishini rag'batlantirishda kuchli vosita sifatida tan olingan. Ushbu maqola san'atning yoshlar ta'limidagi ko'p qirrali rolini o'rganadi, uning ijodiy fikrlash, emotsional ifoda, ijtimoiy inklyuziya va kognitiv rivojlanishni qanday yaxshilashiga e'tibor qaratadi. Tadqiqot mavjud adabiyotlarni ko'rib chiqadi, empirik misollarni taqdim etadi va san'atning akademik muvaffaqiyat va shaxsiy o'sishga ijobiy ta'sirini ko'rsatadi.

Abdullayeva Xusnida

94-96

2025-01-15

ОLIY TА'LIM MUАSSАSАLАRIDА KОRPОRАTIV MАDАNIYАTNI RIVОJLАNTIRISHDА PRОFЕSSОR-О'QITUVCHILАRNING О'RNI

Prоfеssоr-о'qituvchilаr оliy о'quv yurtlаrining kоrpоrаtiv mаdаniyаtini shаkllаntirish vа qо'llаb-quvvаtlаshdа muhim rоl о'ynаydi. Аkаdеmik rаhbаrlаr vа murаbbiylаr sifаtidа ulаr institutsiоnаl аxlоqni bеlgilаydigаn qаdriyаtlаr, аmаliyоtlаr vа xаtti-hаrаkаtlаrgа tа'sir qilаdi. Ushbu mаqоlаdа prоfеssоrlаrning kоrpоrаtiv mаdаniyаtgа qо'shgаn kо'p qirrаli hissаlаri kо'rib chiqilаdi, ulаrning о'qituvchi, hаmkаsb vа rаhbаr sifаtidаgi rоllаrigа е'tibоr qаrаtilаdi. Ulаrning tа'sirini kuchаytirish strаtеgiyаlаrigа kаsbiy rivоjlаnish, ishtirоk еtuvchi bоshqаruv vа inklyuziv аkаdеmik muhitni rivоjlаntirish kirаdi. Prоfеssоrlаrning hissаlаrini institutsiоnаl mаqsаdlаrgа mоslаshtirish оrqаli оliy о'quv yurtlаri yаxlit vа ilg'оr kоrpоrаtiv mаdаniyаtni rivоjlаntirishi mumkin.

Nishоnоv Xаyrullа Xоlmirzаеvich

97-99

2025-01-15

INGLIZ TILINI O'QITISHDAGI TOPSHIRIQLAR TIPOLOGIYASI (1-2-SINF DARSLIKLARI MISOLIDA)

Mazkur maqolada ingliz tilini o'qitishda foydalaniladigan 1-2-sinf darsliklarida grammatik topshiriqlar turli metodologik yondashuvlar va ta'lim usullariga asoslanishi yoritilgan. Shuningdek, darsliklar o`quvchilarga tilni o'rganishda yordam berish uchun turli mavzular, grammatika qoidalari, leksika, gapirish, tinglash, o'qish va yozish ko'nikmalarini rivojlantiradigan topshiriqlar va materiallar taqdim etilishi bayon etilgan.

Turakulova Lola Xamidjanovna

100-104

2025-01-15

МЕТОДЫ ОБЕСПЕЧЕНИЯ СЕМАНТИЧЕСКОЙ И ФУНКЦИОНАЛЬНОЙ СОВМЕСТИМОСТИ ПРИ ПЕРЕВОДЕ СЕМАНТИКО-ФУНКЦИОНАЛЬНЫХ КОНФИГУРАЦИЙ ТЕОЛИНГВИСТИЧЕСКИХ ЛЕКСЕМ

В данной тезис исследуются методы обеспечения семантической и функциональной совместимости в процессе перевода семантико-функциональных конфигураций богословских лексем. Теологические лексемы – это лексические единицы, отражающие религиозные понятия, обычаи и традиции. Их перевод требует сложного процесса, включающего не только правильный перевод слов, но и их значения, коннотации и культурный контекст. Основная цель дипломной работы – выявить сложность процесса перевода путем изучения семантико-функциональных конфигураций богословских лексем и определить эффективные методы обеспечения семантической и функциональной совместимости в этом процессе. В результате это исследование будет иметь важное значение для понимания взаимопонимания религиозных и культурных концепций.

Нарзуллаева Дильфуза Бафоевна

105-110

2025-01-16

REFLECTIONS ON HABITUALITY ACROSS OTHER GRAMMATICAL CATEGORIES

The observation that habituality may with evidentiality is typologically not surprising. In the Yukaghir languages mentioned above, a distinction between future and non-future tense is made. Correspondingly, the use of a particular evidential expression strongly depends on tense and aspect values. For example, if a verb is marked for the continuous aspect and if it occurs with an inferential evidential marker, the embedded proposition is anchored in the past. This restriction disappears as soon as a direct realis marker is attached to verb stem. In this case, both past and present tense anchoring is possible. What is interesting in this context is that no temporal-evidential restrictions arise when the speaker quantifies habitually over embedded proposition; see also Huber and Cahlon, this issue, for similar (diachronic) observations on Shumcho and Quzco Quechua, respectively. Why habituality appears to be compatible with both types of evidential expressions and overwrites temporal restrictions observerd for the aspectual values still remains an open issue.

Liliya Xabibullina

111-112

2025-01-16

ГЕСТАЦИОННАЯ ГИПЕРТЕНЗИЯ У БЕРЕМЕННЫХ: ПРОФИЛАКТИКА ПЕРИНАТАЛЬНЫХ ОСЛОЖНЕНИЙ

Гестационная гипертензия (ГГ) является одной из наиболее частых патологий беременности, встречающейся у 5–8% беременных женщин. Ее развитие связано с различными факторами, включая возраст матери, ожирение, хронические заболевания, генетическую предрасположенность и множественную беременность. Основные осложнения ГГ включают:

Шокирова Ч.Т., Насирова Ф.Ж.

113-115

2025-01-16

INNOVATSION MAKON MUAMMOLARI KONTEKSTIDA BO‘LAJAK O‘QITUVCHINING SHAXSIYATI VA O‘QITUVCHI IMIDJINING AKS ETTIRILISHI

Universitetdagi ta’lim davri yetuk mutaxassis bo‘lish bosqichida rivojlanishning ijtimoiy holatining o‘ziga xos xususiyatlari tufayli kasbiy muvaffaqiyat va samaradorlikka e’tiborni shakllantirishda o‘ziga xos rol o‘ynaydi. Talaba sifatida inson turli xil ijtimoiy-psixologik rollarni o‘zlashtirish imkoniyatiga ega bo‘ladi, kasbiy mahorat namunalarining xilma-xil palitrasiga ega, haqiqatan ham muvaffaqiyatli mutaxassislar bilan muloqot qiladi. Biroq, bu erda o‘qituvchi bilan muloqot kontekstida dastlabki martaba va hayot rejalarini tuzatish, kasbga dinamik munosabatlarni rivojlantirish, kelajakdagi kasbiy faoliyat subyekti sifatida o‘ziga bo‘lgan munosabatni murakkablashtiradi va chuqurlashtiradi, resurslarni sinovdan o‘tkazadi, xavflarni aniqlaydi, belgilangan maqsadlar, kelajakdagi rejalarni belgilaydi, kasbda rivojlanishning individual traektoriyasini yaratadi, bilimlarni to‘playdi va kompetensiyalarni shakllantiradi.

Djumanazarova Zamira Kojabayevna

116-122

2025-01-17

O‘ZBEKISTON SANOAT TARMOQLARIDA INVESTITSION SALOHIYATNI TAKOMILLASHTIRISH BORASIDA SHART-SHAROITLARI TAHLILI

Bugungi kunda mamlakatimizda sanoat korxonalari faoliyatini jadal rivojlantirish  va modernizatsiya qilish izchil ravishda davom ettirilib, bunda milliy iqtisodiyotni rivojlantirishning muhim omili hisoblangan xorijiy investitsiyalarga juda katta e’tibor qaratilmoqda. Chunki mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirishda eng muhim omillardan biri  bu investitsiyalardir. So‘nggi olti yilda yurtimizga xorijdan qariyb 50 milliard dollar investitsiya kirgan. O‘tgan yili yalpi ichki mahsulot ham, sanoat ham 6 foizga o‘sgan. So‘nggi olti yilda mamlakatimiz sanoatiga jalb qilingan investitsiyalar hajmi 7 barobar oshgan. Yoki so‘nggi uch yilda xorijdan 14 milliard dollarlik asbob-uskunalar olib kelingan. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligiga bu loyihalarni alohida nazoratga olib, jadallashtirish bo‘yicha ko‘rsatma berildi.

Raxmonqulova Gulira'no Murod qizi

123-125

2025-01-17

DISCLOSURE OF ANDIJAN TOPONYMICS IN WORKS

this article provides a detailed description of the history of the origin of Andijan toponymy, Ibrat’s thoughts about the region in his work “History of Ferghana”, and comments on the toponym Asaka.

Isroiljon Usmonaliev

126-127

2025-01-17

MOLIYAVIY XISOBOTLAR TUZISH VA TAXLIL QILISH

Mazkur maqolada moliyaviy xisobotlar tuzish va taxlil qilish ko’rib chiqilgan. Moliyaviy hisobot berish buxgalteriya hisobining yakuniy bosqichidir. Moliyaviy hisobotda buxgalteriya ob'ektlarini ularning iqtisodiy tarkibiga mos keladigan turlari bo'yicha kengaytirilgan guruhlanishi tufayli korxona moliyaviy-xo'jalik faoliyatini tavsiflovchi ko'rsatkichlar tizimi mavjud. Moliyaviy tahlil jarayonida bir qator maxsus usullar qo'llaniladi.

Mirzayev Umidjon Mirzaxmedovich

128-130

2025-01-17

TEXNOLOGIK O'ZGARISHLAR SHAROITIDA TA'LIMNING KELAJAGI

Bugungi kunda texnologiyaning tezkor rivojlanishi insoniyat hayotining barcha sohalariga, xususan, ta'lim tizimiga ulkan ta'sir ko'rsatmoqda. Xalqaro miqyosda yangi texnologiyalar ta'lim jarayonini yanada samarali va interaktiv qilish uchun foydalanilmoqda. Global miqyosda integratsiyalashgan raqamli vositalar va platformalar ta'lim metodikasini yangilashga yordam bermoqda. Shu nuqtai nazardan, texnologik o'zgarishlar sharoitida ta'limning kelajagi qanday bo'lishi, uning yangi imkoniyatlari, muammolari va istiqbollari ilmiy muhokama qilishni talab etadi.

Shirinova Shahlola Umarovna

131-133

2025-01-17

ETNOSPORT O‘YINLARI TARIXI (MILLIY KURASH MISOLIDA)

Ushbu maqolada etnosport o‘yinlari tarixi va unda milliy kurashning ahamiyati bilan bog’liq ma’lumotlar aks etgan.

Yuldashov Behzod Furqat o‘g’li

134-135

2025-01-20

EPITHELIAL ENDOCRINE CELLS OF THE COLON MUCOSA OF MAMMALS

The structure of the intestines of mammals and humans is very similar. The large intestine consists of the colon, cecum, sigmoid colon and rectum. The structure of the intestinal wall (regardless of the section) is usually divided into mucosal, submucosal, muscular and serous layers. The intestinal mucosa consists of single-layer columnar epithelium of the intestinal type. In mammals, the length of the colon varies and is mainly species-specific, reaching up to 1.4 meters in humans. In rats it is 35-47 cm.

Elyor Choriev , Jurat Bahronov

136-138

2025-01-20

ОСОБЕННОСТИ ХИРУРГИЧЕСКОЙ КОРРЕКЦИИ ИНТРАОПЕРАЦИОННЫХ ПОВРЕЖДЕНИЙ КИШЕЧНИКА

Интраоперационные повреждения кишечника являются одной из распространённых и серьёзных проблем в абдоминальной хирургии, приводящей к высоким рискам развития перитонита, сепсиса и увеличению летальности. Изучение и совершенствование подходов к их коррекции позволяет снизить частоту осложнений и улучшить исходы хирургического лечения.

Нарзиев Йулдош Курбанович

139

2025-01-20

QURITISHGA MOS OLXO‘RI NAVLARINI AJRATISH VA QURITISH USULLARINING QURITILGAN MAHSULOT SIFATIGA TA’SIRI

Hozirda mevalarni quritishda energiya resurslari sarfini tejovchi, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish va uning unumdorligini oshirishga asoslangan yuqori samaradorlikka ega texnologiyalar, shu bilan birga mevalarni quritishda turli-xil dastlabki ishlov berishlar natijasida qisqa muddatda sifatli quritilgan mahsulot olish imkonini beruvchi texnologik jarayonlarga katta e’tibor qaratilmoqda. Olxo‘ri mevalarini quritish jarayonida boshlang‘ich massadan 75-78% gacha suvni meva tarkibidan chiqarib yuborish talab etiladi, ya’ni qayta ishlash jarayoni ko‘p energiya resurslarini talab etadi.

Xudayberdiyeva Laylo Abdisamatovna

140-147

2025-01-20

BODRING KO‘CHATLARIGA O‘STIRUVCHI MODDALARNI QO‘LLASHNING SAMARADORLIGI

Ilmiy maqolada asosiy ekin sifatida bodring yetishtirishda bodring urug‘larni dala unuvchanligiga barcha sinalgan ishlovlarning ta’siri asoslanmadi. Urug‘larni to‘liq unib chiqishi barcha variantlarda bir vaqtni o‘zida, ya’ni ekilgandan 10 kun o‘tgach sodir bo‘ldi. Faqat faollashtirilgan suvda ivitilgan urug‘ 1 kun erta unib chiqdi. Vaxolanki, hosilni birinchi terimi tajribaning barcha variantlarida bir vaqtni o‘zida o‘tkazildi, fenologik kuzatuvlarda ayrim otalik va onalik gullarni gullash fazalarini 2,3,4 variantlarda   o‘stiruvchi modda qo‘llanganda tezlashganligi ma’lum bo‘ldi.

Isaqova Kamila Isamiddinovna

148-150

2025-01-20

ТЕПЛОПРОВОДНОСТЬ И ЭЛЕКТРОПРОВОДНОСТЬ КОМПОЗИЦИОННЫХ ПОЛИМЕРНЫХ МАТЕРИАЛОВ, СОДЕРЖАЩИХ МИКРОДИСПЕРСНЫЕ ЧАСТИЦЫ МЕТАЛЛОВ

Эффект резкого изменения проводимости с температурой, который связан с тепловым расширением композиционных полимерных материалов широко используется в электронной технике: терморезисторы [1], нагревательные элементы [2]. Однако описание основной характеристики таких материалов - зависимость электропроводности (s) от температуры (Т) с учетом теплового расширения материала до сих пор находится на уровне предположений. 

Боймуратов Фахриддин Тогаймурадович

151-153

2025-01-20

TIBBIY VA BIOLOGIK FIZIKA FANIGA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNI JORIY QILISHNING AMALIY ASOSLARI

Mamlakatimizning fan-texnika sohasida rivojlanayotgan bosqichida axborotlarning keskin ko‘payib borayotganligi va ulardan o‘qitish jarayonida etarlicha foydalanish uchun vaqtning chegaralanganligi hamda o‘quvchi yoshlarni etuk barkamol shaxs sifatida tayyorlashdek vazifasini o‘z oldiga maqsad qilgan ta’lim tizimiga ilg‘or pedagogik texnologiyalarni  joriy qilishning vaqti keldi. Hozirgi kunga qadar ta’lim muassalarida an’anaviy tarzda ta’lim berishning davom etishi va ta’lim berishda pedagogik texnologiya elementlaridan foydalanmaslik oqibatida talabalar ma’ruzaning passiv eshituvchisiga aylanib qolayotganligi achinarli holdir. O‘qituvchi darslarni to‘g‘ri tashkil eta olmasligi, dars jarayonida talaba va o‘qituvchi hamkorligining ta’minlanmayotganligi, ilg‘or pedagogik texnologiya elementlaridan iborat turli metod va usullarni to‘liq va o‘z o‘rnida qo‘llay olmasligi, o‘rganiladigan yangi mavzuni darslikdagi ma’lumotlar bilan cheklanib qolishlik oqibatida ta’lim tizimi oldidagi maqsad va vazifalar etarlicha amalga oshirilmayapti, degan fikrga kelindi.

Boymurotov Faxriddin Tog‘aymuradovich

154-155

2025-01-20

TERMIZ VA WINCHESTER SHAHARLARI MIKROTOPONIMLARINING TAHLILI

Ushbu maqola Termiz va Winchester shaharlari mikrotoponimlarining tahliliga bag'ishlangan. Mikrotoponimlar – bu kichik hududlarda, masalan, shaharlar, qishloqlar, ko‘chalar va maydonlarning nomlari bo‘lib, ularning shakllanishi va qo‘llanilishiga tarixiy, madaniy va tabiiy omillar ta’sir qiladi. Maqolada Termiz va Winchester shaharlari mikrotoponimlari o‘rtasidagi o‘xshashliklar va farqlar tahlil qilinadi. Termiz shahri mikrotoponimlari turkiy til va madaniyat izlarini, Winchester shahri mikrotoponimlari esa anglosakson madaniyatini aks ettiradi. Maqola mikrotoponimlarni o‘rganishning lingvistik va madaniy ahamiyatini ko‘rsatadi va bu tahlil shaharlarning tarixiy rivojlanishini chuqurroq tushunishga yordam beradi.

Komila Shoyimova

156-157

2025-01-20

AKADEMIK LITSEY O‘QUVCHILARDA UMUMINSONIY QADRIYATLARNI RIVOJLANTIRISHNING AMALIYOTDAGI HOLATI

Ushbu maqolada akademik litsey o‘quvchilarda umuminsoniy qadriyatlarni rivojlantirishning amaliyotdagi holati mazmuni hamda unung nazariy asoslari bo‘yicha ma’lumotlar keltirilgan.

Toshkenboyev Navro‘zbek Qosimjon o‘g‘li

158-160

2025-01-20