«Zamonaviy dunyoda ilm-fan va texnologiya» is a national online conference with open access, where review abstracts related to various fields are published. The main goal is to offer an intellectual platform for national scientists, and it aims to promote interdisciplinary research. All manuscripts should be prepared in Uzbek, English or Russian.

Published: 2025-12-18

БОЛАЛАРДА ЮҚОРИ ЖАҒ ТОРЛИГИНИНГ МОРФОФУНКЦИОНАЛ ХУСУСИЯТЛАРИ

Турли тадқиқотлар натижаларига кўра, юқори жағ торлиги болалар популяциясининг 8–20% гачада қайд этилган бўлиб, унинг тарқалиши нафақат туғма, балки орттирилган омилларга ҳам боғлиқ экани кўрсатилган. Америка Ортодонтлар Ассоциациясининг маълумотларига кўра, максилляр экспансияга муҳтож бўлган беморларнинг 30–40% ида юқори жағнинг анатомик торлиги аниқланади ва уларда чаплашган окклюзия, пастки жагнинг орқага чекиниш ҳолатлари, ҳамда гипербаланд танглай шакллари қайд этилган. Шунингдек, Европа аҳолисининг болалар гуруҳида ўтказилган сефалометрик таҳлиллар натижасида маълум бўлишича, назофарингеал обструкция билан боғлиқ ҳолатларда юқори жағ торлиги 2,5 баравар кўпроқ учрайди ва оғиз орқали нафас олувчи болаларда 70% ҳолатда Юқори жағ арка юқори ва тор бўлади [2,3,5].

М.Ш. Рабиева

4-5

2025-12-17

ПОТРЕБИТЕЛЬ КАК ОБЪЕКТ ПРАВОВОЙ ЗАЩИТЫ

Статья посвящена исследованию потребителя как объекта правовой защиты в современных социально-экономических условиях. Рассматриваются конституционные и законодательные основы прав потребителей, а также факторы, повышающие их уязвимость в договорных отношениях.

Зульфира Ажимуратова

6-9

2025-12-17

ABDULLA ORIPOV QALAMIGA MANSUB “SOHIBQIRON”SHE’RIY DRAMASIDA DAVLAT VA INSON MASALALARI

Ushbu maqolada “Sohibqiron” dramasida davlat va inson masalasi badiiy-falsafiy nuqtayi nazardan tahlil qilinadi. Asarda Amir Temur timsoli orqali davlat boshqaruvi, adolat, vijdon va insoniy mas’uliyat g‘oyalari o‘zaro uyg‘unlikda talqin etilgan. Muallif dramaturgning tarixiy shaxsni sahnada qayta yaratish jarayonida davlat qudrati bilan insoniylik mohiyatini qanday muvozanatlashtirganini tahlil qiladi. Shuningdek, maqolada “Sohibqiron” dramasi orqali davlat va shaxs munosabatining milliy tafakkurdagi o‘rni, uning zamonaviy ijtimoiy-ma’naviy mazmun bilan bog‘liqligi yoritiladi. Tadqiqot davomida asarning badiiy vositalari, dramatik konflikt va xarakter yaratish tamoyillari orqali inson va davlat o‘rtasidagi murakkab falsafiy aloqalar ochib beriladi.

Aziza O’roqova , Farıda Hakımova

10-13

2025-12-17

АҚТЎБЕ МИНТАҚАСИНИНГ ТАРИХИЙ ВА МЕЪМОРИЙ ЁДГОРЛИКЛАРИ ТАРИХНИНГ СУКУТЛИ ГУВОҲЛАРИ

Ақтўбе шаҳридаги тарихий-меъморий ёдгорликлар Ўрта асрларнинг иқтисодий ва маданий ҳаёти ҳақида муҳим маълумотларни беради. Ушбу ёдгорликлар, масжидлар, мақбаралар, ва бошқа меъморий объектлар ўша пайтда мавжуд бўлган ижтимоий тизим, иқтисодий муносабатлар ва маданий алоқаларни акс эттиради. Шунингдек, Ақтўбе шаҳридаги ёдгорликлар Буюк Ипак йўлида жойлашган бўлиб, улар турли халқлар ва маданиятларнинг бирлашиши ва алмашинуви учун муҳим жой ҳисобланади. Буларнинг барчаси Ақтўбенинг тарихий аҳамиятини янада кучайтиради, шунингдек уларни сақлаш, таъмирлаш ва янги авлодларга етказиш зарурлигини таъкидлайди. Ақтўбе шаҳрида жойлашган ўрта аср ёдгорликлари Қозоғистон тарихий-маданий меросининг ажралмас қисмидир. ХI-ХVIII асрларда барпо етилган ушбу меъморий объектлар маданият, дин, ҳунармандчилик ва жамият тузилишининг бевосита гувоҳидир. Уларнинг аҳамияти бир неча тарихий, маданий, маърифий, илмий ва иқтисодий соҳаларни қамраб олади. Бу ёдгорликлар минг йиллик тарихнинг сукутли гувоҳлари бўлиб, тарихчилар ва археологлар учун тенгсиз ҳисобланади.

Махамбет Пиримжаров

14-19

2025-12-17

“RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VA INNOVATSION YONDASHUVLAR YORDAMIDA IQTISODIY KOMPETENSIYALARNI RIVOJLANTIRISH VA GLOBAL MEHNAT BOZORIDA RAQOBATBARDOSHLIKNI OSHIRISH”

Ushbu maqolada zamonaviy raqamli texnologiyalar sharoitida innovatsion tafakkur va global kompetensiyalarni shakllantirishga qaratilgan zamonaviy ta’limiy va texnologik yondashuvlar tahlil qilinadi. Raqamlashtirish jarayonlari ta’lim, iqtisodiyot va ijtimoiy hayotning barcha sohalariga kirib borayotgani, raqamli savodxonlik, kreativ fikrlash, muammolarni yechish, media va axborot madaniyatini rivojlantirishning dolzarbligi asoslab beriladi. Shuningdek, sun’iy intellekt, big data, bulutli texnologiyalar, AR/VR, IoT kabi raqamli vositalarning shaxs kompetensiyalarini kengaytirishdagi roli yoritiladi. Maqolada innovatsion ta’lim metodlari — loyiha asosida o‘qitish, STEAM yondashuvi, onlayn-ta’lim platformalari va real vaqtli interaktiv muhitlarning samaradorligi tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari raqamli texnologiyalar integratsiyasi orqali yoshlarning global mehnat bozorida raqobatbardosh bo‘lishi, ijodkorlik, moslashuvchanlik va kommunikativ ko‘nikmalarining rivojlanishiga erishish mumkinligini ko‘rsatadi. 

Mukaddas Umarova , Muhammadqodir Nuraliyev

20-22

2025-12-17

ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALAR YORDAMIDA CHORVACHILIKNI RIVOJLANTIRISH YO’LLARI

Ushbu maqolada zamonaviy texnologiyalarning chorvachilik tarmog‘ini rivojlantirishdagi o‘rni va ahamiyati yoritilgan. Jumladan, sun’iy urug‘lantirish, genetik seleksiya, raqamli monitoring tizimlari (smart farming), biotexnologiyalar, robotlashtirilgan sog‘ish uskunalari va avtomatlashtirilgan ozuqa berish tizimlarining qo‘llanilishi haqida batafsil ma’lumotlar keltirilgan. Shuningdek, ushbu texnologiyalar yordamida mahsuldorlikni oshirish, hayvonlarning sog‘lig‘ini yaxshilash va ekologik xavfsiz mahsulotlar yetishtirish imkoniyatlari tahlil qilingan. Maqolada O‘zbekiston sharoitida bu texnologiyalarni joriy etishning dolzarbligi va istiqbollari ham ko‘rsatib o‘tilgan.

Farrux Raxmatov

23-29

2025-12-17

XALQARO MUNOSABATLARDA ZAMONAVIY DUNYONING IKKIQUTIBLILIK, BIRQUTIBLILIK VA KO'PQUTIBLILIK SIFATI

Sovuq urush tugaganidan beri dunyo tartibini rivojlanishidagi markaziy savol birqutiblilik va ko’pqutiblilik o'rtasidagi tanlov bo'lib kelgan. Bipolyarlik nazariyasining paydo bo'lishi bilan ko'p qutblilik va unipolyarlik tushunchalari global tartibning yagona mumkin bo'lgan modellari bo'lishdan to'xtadi. Bipolyarlikning ko'p qutblilik va unipolyarlik bilan qanday bog'liqligi tahlilning yangi mavzusi bo'lib, uning ahamiyati doimiy ravishda oshib bormoqda.

Davron Nishanov

30-33

2025-12-17

КРЕДИТ МУНОСАБАТЛАРИНИ ТАРТИБГА СОЛИШДА МЕДИАЦИЯ ИНСТИТУТИ

Мақолада медиация институтининг ҳозирги ривожланаётган муносабатларда ўрни ва айнан кредит шартномаларидан келиб чиқадиган низоларини ҳал қилишда медиатив келишувлар тузиш ҳамда медиациянинг роли ва аҳамияти ҳақида сўз боради.

Адиба Ҳайитова

34-36

2025-12-18

XALQARO TAJRIBADA KORPORATIV BOSHQARUV MODELLARI VA ULARNING XUSUSIYATLARI

Ushbu tezisda xalqaro amaliyotda shakllangan korporativ boshqaruv modellari, ularning institutsional xususiyatlari hamda kompaniyalar faoliyati samaradorligiga ta’siri umumlashtirilgan holda tahlil qilinadi. Anglo-amerika, yevropa (nemis) va yapon korporativ boshqaruv modellari qiyosiy jihatdan ko‘rib chiqilib, ularning afzalliklari va cheklovlari ochib beriladi. Shuningdek, rivojlanayotgan mamlakatlar sharoitida korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirishning dolzarbligi asoslab beriladi.

Sayyora Kambarova

37-39

2025-12-18

РУССКИЙ ЯЗЫК КАК ЯЗЫК МЕЖДУНАРОДНОГО ОБЩЕНИЯ

Данная работа посвящена всестороннему изучению русского языка как важного средства международного общения. В исследовании рассматриваются исторические предпосылки формирования русского языка в качестве межнационального коммуникативного инструмента, начиная с эпохи расширения культурных и политических связей России и заканчивая современным периодом глобальных интеграционных процессов. Особое внимание уделяется роли русского языка в международных организациях, включая его статус как одного из официальных языков ООН, что значительно расширяет сферу его применения в дипломатической и правовой практике.

Nazira Irisova , Zulxumor Sultonova

40-43

2025-12-18

AMMIAKNI ZARARSIZLANTIRILISHI; ALOHIDA AMINAKISLOTALAR ALMASHINUVI VA NASLIY BUZILISHLAR BILAN BOGʻLIQLIGI

Ushbu maqolada inson organizmida oqsillar va aminokislotalar almashinuvi jarayonida hosil bo'ladigan ammiakning zararsizlantirilish mexanizmlari keng yoritilgan. Asosiy e'tibor jigarda kechadigan urea (ornitin) sikliga, ammiakni glutamin va alanin orqali bog'lash hamda buyraklar orqali chiqarilish jarayonlariga qaratilgan. Shuningdek, aminokislotalar almashinuvidagi nasliy buzilishlar, xususan, giperammonemiya, fenilketonuriya, tirozinemiya, alkaptonuriya, albinizm, Xartnup kasalligi va Parkinson kasalligining biokimyoviy asoslari tahlil qilingan. Ushbu kasalliklarning patogenezi, klinik belgilari hamda diagnostika tamoyillari yoritilib, ammiakning markaziy asab tizimiga toksik ta'siri asoslab berilgan. Maqola tibbiyot amaliyoti va biokimyo fanini o'rganishda muhim nazariy va amaliy ahamiyatga ega.

Farzona Xolmatova, Shaxnoza Odilova

44-47

2025-12-18

MA’NAVIY-AXLOQIY TARBIYADA RAQAMLI DARSLAR VA AN’ANAVIY METODLAR INTEGRATSIYASI

Mazkur maqolada zamonaviy ta’lim jarayonida ma’naviy-axloqiy tarbiyani samarali tashkil etish masalalari tahlil qilinadi hamda raqamli darslar va an’anaviy pedagogik metodlar integratsiyasining nazariy va amaliy jihatlari yoritiladi. Maqolada xorijiy va mahalliy olimlarning ilmiy qarashlari tahlili asosida integratsiyalashgan yondashuvning pedagogik samaradorligi asoslanadi. Raqamli taqdimotlar, videodarslar, interaktiv topshiriqlar va onlayn muhokamalarni an’anaviy suhbat, munozara va ibrat ko‘rsatish metodlari bilan uyg‘unlashtirish orqali o‘quvchilarda axloqiy tafakkur, mustaqil fikrlash va ijtimoiy mas’uliyatni shakllantirish imkoniyatlari ko‘rsatib beriladi.

Oybek Ne’matov , Dilshoda Hatamova

48-51

2025-12-18

КОМПЛЕКСНАЯ ПСИХОЛОГИЧЕСКАЯ И СОЦИАЛЬНАЯ РЕАБИЛИТАЦИЯ ПАЦИЕНТОВ ПОСЛЕ ЧЕЛЮСТНО-ЛИЦЕВЫХ ОПЕРАЦИЙ

По данным ВОЗ 30 челюстно-лицевой области (ЧЛО) по частоте занимают седьмое место среди всех других новообразований, и 2 место среди опухолей головы и шеи (ОГ и Ш) по СНГ, России и других государств, при этом в структуре 03 Узбекистана -- рак верхней челюсти (в/ч) занимает 8-место. Также, по-прежнему остаётся большое количество пациентов, перенёсших обширные резекции тканей ЧЛО по поводу злокачественных новообразований (ЗНО) и получивших большие суммарные дозы облучения при проведении лучевой терапии.

Гайратшер Каюмов

52-53

2025-12-18

ЮЗ-ЖАҒ СОҲАСИ ТЎҚИМАЛАРИДАГИ ОНКОЛОГИК ОПЕРАЦИЯДАН КЕЙИНГИ НУҚСОНЛАРНИ ОРТОПЕДИК ПРОТЕЗЛАШНИНГ КЛИНИК САМАРАДОРЛИГИ

Ретроспектив ва перспектив маълумот тахлиллари, юз-жағ соҳасининг (ЮЖС) хавфли ўсмалари (ХЎ) ташхисли беморларнинг 24,4% - 31-40 ёшда; ўсма жойлашиши ва структурасида; 36,8% юқори жағ (ю/ж) ўнг томонида; 35,2% - ю/ж чап томонда; 8,9% ғалвирсимон суяк лабиринт ҳужайраларида; 10% ю/ж нинг ўнг ва чап томонида; 5,6% пастки жағ (п/ж) ва 3,6% бурун терисида жойлашганини, ХУ жарроҳлик оператсияларидан сўнг ЮЖС нуқсонларини тиклашда рақамли технология (РТ), индивидуал титан ва мономерсиз "Vertex ThermoSens" хомашёлари билан комбинацияли акрил протезларидан фойдаланиш самарадорлиги қайд этилган.

Гайратшер Каюмов

54-55

2025-12-18

TOSHKENT SHAHRIDA QUYOSH VA SHAMOL ENERGIYASINING IQTISODIY SAMARADORLIGI VA ULUSHINI O'SISHINI STATISTIK TAHMIN QILISH

Ushbu tadqiqotda 2020–2030 yillarda Toshkent shahrida quyosh va shamol energiyasining iqtisodiy samaradorligi va energiya balansidagi ulushini prognoz qilish o‘rganiladi. Rasmiy statistik va xalqaro ma'lumotlar asosida vaqt qatorlari tahlili va ARIMA modellari qo‘llangan. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, quyosh energiyasining samaradorligi shamol energiyasiga nisbatan yuqori, uning narxi 2020–2024 yillarda sezilarli darajada pasaygan. 2030 yilga kelib qayta tiklanadigan energiya ulushi 20% ga yetishi, asosan quyosh energiyasi hissasiga to‘g‘ri kelishi prognoz qilinadi. Tadqiqot energiya siyosatini shakllantirish uchun amaliy tavsiyalar bilan yakunlanadi.

Nigora Shakirova, Murodjon Boqiyev

56-61

2025-12-18

XORIJIY TILLARNI O‘ZLASHTIRISHNING O‘ZIGA XOS PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI

Ushbu maqolada xorijiy tillarni o‘zlashtirishning  o‘ziga xos psixologik xususiyatlari batafsil yoritilgan. Psixolog olimlar tomonidan olib borilgan tadqiqotlar natijalari keltirilgan.

Muattar Miliyeva

62-65

2025-12-18

MAKTABGACHA YOSHDAGI BОLALARDA IJTIMОIY-HISSIY KО‘NIKMALARINI RIVОJLANTIRISHNING PEDAGОGIK-PSIXОLОGIK XUSUSIYATLARI

Ushbu maqolada maktabgacha yosh davridagi bоlalarda ijtimоiy-hissiy kо‘nikmalarini rivоjlantirishning pedagоgik-psixоlоgik xususiyatlari batafsil yoritilgan. Turli pedagog va psixolog olimlarning ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari tahjlil qilingan.

Zulayho Rashidova

66-69

2025-12-18

ИННОВАЦИЯЛАРНИНГ ОЛИЙ ТАЪЛИМ ТИЗИМИ ВА УЛАРНИНГ ИҚТИСОДИЙ РИВОЖЛАНИШДАГИ АҲАМИЯТИ

Республиканинг инновацион ривожланиш стратегияси ва унинг кейинги тараққиёти фан, таълим ва ишлаб чиқариш ўртасидаги яқин ҳамкорлик даражасига боғлиқ; баҳолаш эса ушбу ўзаро боғланиш қандай самарали йўлга қўйилганига қараб амалга оширилади. Шу сабабли фан, таълим ва ишлаб чиқариш интеграциясини тизимли мувофиқлаштириш биринчи даражали аҳамият касб этади. Глобаллашув шароитида шиддатли ўсишга йўналтирилган кўплаб ёндашувлар келишилган жамоавий ҳамкорликни талаб қилади; таълим–фан–ишлаб чиқаришнинг самарали уйғунлиги ва инновацион жараёнларсиз ривожланишни тасаввур этиш қийин.

Қутлибика Раҳимова

70-73

2025-12-18

SUT BEZI SARATONI: EPIDEMIOLOGIYA, MOLEKULYAR XUSUSIYATLAR VA GENETIK ASOSLAR

Sut bezi saratoni global miqyosda ayollar orasida eng ko‘p uchraydigan onkologik kasalliklardan biri bo‘lib, uning rivojlanishi epidemiologik, biologik va genetik omillarning murakkab o‘zaro ta’siri bilan tavsiflanadi. Ushbu tezisda sut bezi saratonining global va mintaqaviy epidemiologiyasi, yoshga bog‘liq xususiyatlari, molekulyar subtiplari hamda irsiy moyillik bilan bog‘liq asosiy genetik omillar tahlil qilindi. Xususan, BRCA1 va BRCA2 genlaridagi patogen variantlarning kasallik patogenezidagi o‘rni, klinik ahamiyati va davolash strategiyalarini tanlashdagi roli yoritildi. Shuningdek, keyingi avlod sekvenslash (NGS) texnologiyalarining aniqlik tibbiyotidagi ahamiyati, sut bezi saratonini tashxislash, prognozlash va individual davolash yondashuvlarini shakllantirishdagi imkoniyatlari muhokama qilindi. Ushbu sharh natijalari populyatsion genomika va molekulyar diagnostikani klinik amaliyotga keng joriy etish sut bezi saratoni bilan bog‘liq kasallanish va o‘lim ko‘rsatkichlarini kamaytirishga xizmat qilishi mumkinligini ko‘rsatadi.

Zumrad Kurbonova , Munojatoy Turobova

74-76

2025-12-18

ФАКТОРЫ РИСКА РАЗВИТИЯ МИОМЫ МАТКИ

В развитие миомы матки важное значение имеет ряд эндогенных и экзогенных факторов риска, основными из которых являются образ жизни, ожирение, число беременностей и абортов, применение контрацепции, своевременное лечение сопутствующих заболеваний. Углубленное изучение факторов риска, их стратификация и возможность устранения рисков может быть важным звеном в организации профилактики и индувидуальном ведении больных.

Ш.С. Бадриддинова

77-79

2025-12-18

РОЛЬ ПРОГЕСТЕРОНА В ПОДДЕРЖАНИИ ПЕРВОГО ТРИМЕСТРА БЕРЕМЕННОСТИ

Дефицит прогестерона во время беременности является основным фактором, приводящим к выкидышу. Уровень прогестерона в сыворотке крови может быть предиктором сохранения беременности. Однократное измерение уровня прогестерона помогает оценить жизнеспособность угрожающей беременности и прогноз беременности.

М.Э. Бозорова

80-82

2025-12-18

RAQAMLI INFRATUZILMANING MARKAZIY OSIYO DAVLATLARI EKSPORT DIVERSIFIKATSIYASIGA TA’SIRI

Ushbu tadqiqot ishi raqamlashtirishning Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun eksportni diversifikatsiya qilishda qanday ta’sir qilishini empirik jihatdan baholaydi. Tadqiqot OLS, Tasodifiy ta’sir (RE) va Fiksirlangan ta’sir (FE) modellaridan foydalanilgan bo‘lib, kelib chiqqan natijalardan shuni aytish mumkinki, davlatlarning raqamli infratuzilma darajasini yaxshilashlari mamlakat eksport diversifikatsiyasini oshirishiga va eksport konsentratsiyasini esa kamayishiga olib keladi. Undan tashqari tadqiqotning nazorat o‘zgaruvchilari sifatida kiritilgan bir nechta mustaqil o‘zgaruvchilar ichidan yalpi asosiy kapital hajmi, inson kapitali va ishsizlik darajalari ko‘rsatkichlari ham eksportni diversifikatsiya qilishda juda muhim ahamiyatga ega ekanligi isbotlandi. Umuman olganda, ushbu tadqiqot Markaziy Osiyoda Axborot Kommunikatsiya va Texnologiyalari (AKT) ya’ni raqamli infratuzilmani yangilash eksportni diversifikatsiya qilishda va iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etishi mumkinligini ko‘rsatdi.

Ulug‘bek Sadriddinov

83-88

2025-12-18

СТЕНТИРОВАНИЕ СЛОЖНЫХ ФОРМ КОАРКТАЦИИ АОРТЫ С ИСПОЛЬЗОВАНИЕМ СТЕНТОВ «CP» С ПОКРЫТИЕМ EPTFE

Коарктация аорты является врождённым пороком сердечно-сосудистой системы, сопровождающимся выраженными гемодинамическими нарушениями и высоким риском развития артериальной гипертензии и тяжёлых осложнений. В последние годы всё большее значение приобретают эндоваскулярные методы лечения, особенно при сложных формах заболевания. В работе рассмотрены возможности стентирования коарктации аорты с использованием покрытых стентов «CP» с материалом ePTFE, а также представлены клинические результаты применения данной методики.

Бердибек Турсунов

89-90

2025-12-18

KUYDIRGI KASALLIGIDA PASSIV IMMUNOTERAPIYA: ZAMONAVIY YONDASHUVLAR VA GIPERIMMUN POLIKLONAL ZARDOBLARNING ISTIQBOLLARI

Kuydirgi (Bacillus anthracis) yuqori o‘lim ko‘rsatkichiga ega bo‘lgan, biologik xavfli infeksion kasalliklardan biri hisoblanadi. Kasallikni davolashda antibiotiklar asosiy o‘rin tutishiga qaramay, bakteriyaning vegetativ shakli tomonidan ishlab chiqariladigan letal va shish toksinlari mikroorganizmlar yo‘q qilingandan so‘ng ham patogenezni davom ettiradi. Shu sababli toksinlarni neytrallashga qaratilgan passiv immunoterapiya kuydirgini davolash va oldini olishda muhim qo‘shimcha strategiya sifatida qaralmoqda. Ushbu ishda kuydirgida qo‘llanilayotgan zamonaviy passiv immunoterapiya vositalari, xususan monoklonal antitanalar va inson plazmasidan olingan immunoglobulinlar tahlil qilindi. Shuningdek, tarixiy va zamonaviy ma’lumotlar asosida ot asosida olingan giperimmun poliklonal zardobning samaradorligi, iqtisodiy va texnologik afzalliklari baholandi.

N.K. Burxanova , A.A. Ashurov , P.O. Sa’dinov

91-92

2025-12-19

ОРГАНОЛЕПТИК КЎРСАТКИЧЛАРНИНГ ЎЗГАРУВЧАНЛИГИНИ ЎРГАНИШ (ОЛМА МЕВАЛАРИ МИСОЛИДА)

Олма меваларида оқ, сариқ ва қора рангли қоғоз қопчалар қўлланилди. Тажрибада олма меваларини органолептик баҳоси берилиб, навлар орасида Старкримсоннинг органолептик хусусиятлари энг яхши деб топилган бўлса, меваларнинг ташқи кўриниши бўйича қоғоз қопчаларга ўралган мевалар юқори баҳоланган, таъм нуқтаи назаридан сариқ ва қора қоғоз қопчалар билан ўралган меваларнинг таъмлари жуда паст даражада бўлган.

Дилноза Ганиева

93-95

2025-12-19

XITOYNING TA’LIM FALSAFASI VA UNING GLOBAL TA’SIRI

Ushbu tezisda Xitoyning “talent-based education” — qobiliyatga yo‘naltirilgan ta’lim falsafasi uning tarixiy ildizlari, Konfutsiy merosidagi g‘oyalari, modernizatsiya jarayonlari va global ta’lim tizimlariga ko‘rsatgan ta’siri bilan birgalikda tahlil qilinadi. Konsepsiyaning epistemologik va antropologik asoslari, meritokratiyaga tayangan tamoyillari, raqamli texnologiyalardan foydalanish strategiyalari hamda ta’lim jarayonida shaxsning tabiiy iste’dodini erta aniqlashga qaratilgan mexanizmlari sharhlanadi. Shuningdek, Xitoy modelining Sharq va G‘arb ta’lim paradigmalari bilan falsafiy qiyoslanishi hamda mazkur yondashuvning XXI asr global ta’lim innovatsiyalaridagi o‘rni ilmiy asosda yoritilgan.

Zafarbek Karimov

96-98

2025-12-19

RAQAMLI VA INNOVATSION IQTISODIYOT

Raqamli va innovatsion iqtisodiyot zamonaviy jamiyat taraqqiyotining muhim omillaridan biri bo‘lib, u axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, sun’iy intellekt, katta ma’lumotlar (Big Data), bulutli hisoblash va raqamli platformalar asosida iqtisodiy faoliyatni tashkil etish va boshqarish jarayonlarini qamrab oladi. Mazkur iqtisodiy modelda innovatsiyalar bilim va texnologiyalarga tayangan holda yaratiladi, ishlab chiqarish samaradorligi oshiriladi hamda xizmatlar sifati yangi bosqichga ko‘tariladi.

Abduraxmat Oribjonov, Xusanjon Axmedov

99-102

2025-12-19

ПУСТОТА, КОТОРУЮ НЕ ЗАПОЛНИТЬ

Эта статья искренне говорит о большой потере и боли, когда уходит очень важный человек. Она показывает, как мир становится пустым и серым, и как сильно не хватает того, кто был светом и опорой. Это напоминание о том, что даже в грусти память о любви и доброте близкого человека остаётся навсегда.

Фироза Шигаева

103-106

2025-12-19

MORTIMER ADLERNING TAʼLIMGA OID FALSAFIY QARASHLARINING YANGI OʻZBEKISTON TAʼLIMIDAGI KONSEPTUAL AHAMIYATI

Mazkur tezisda O‘zbekiston ta’lim tizimining mustaqillikdan keyingi rivojlanish bosqichlari tahlil qilinadi. Xususan, sobiq Sovet Ittifoqi davridan meros bo‘lib qolgan ta’lim muammolari, iqtisodiy inqiroz sharoitida ta’lim tizimining moliyaviy va kadrlar bilan bog‘liq qiyinchiliklari yoritiladi. 1997-yilda qabul qilingan “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning milliy ta’lim tizimini shakllantirishdagi ahamiyati ochib beriladi. Shuningdek, Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida amalga oshirilayotgan ta’lim va kitobxonlik sohasidagi islohotlar, “O‘zbekiston–2030” strategiyasi doirasida belgilangan ustuvor vazifalar tahlil qilinadi. Tezisda ta’lim sifatini oshirish, inson kapitalini rivojlantirish va tanqidiy fikrlashni shakllantirishda Mortimer Adlerning faol o‘qish konsepsiyasining metodologik ahamiyati asoslab beriladi.

Noila Suyunova

107-110

2025-12-22

NEYRON MASHINA TARJIMASINING IDIOMALAR VA METAFORALARNI TOʻGʻRI TALQIN QILINISHI

Ushbu maqolada so‘nggi yillarda neyron mashinali tarjima (Neural Machine Translation – NMT) tizimlari tarjima sifatini sezilarli darajada oshirilganini va shunga qaramay, ushbu tizimlar hali ham tilning ko‘chma ma’noli birliklarini, xususan idiomalar va metaforalarni to‘g‘ri talqin qilishda muayyan qiyinchiliklarga duch kelayotganini taxlil qilamiz. Idioma va metaforalar tilning madaniy va pragmatik qatlamiga mansub bo‘lib, ularning ma’nosi alohida so‘zlarning yig‘indisidan kelib chiqmaydi. Shu sababli NMT tizimlarida bu birliklar ko‘pincha lug‘aviy (literal) tarzda tarjima qilinadi.

Jasmina Xaitbayeva , Mohinaxon Xamidova

111-113

2025-12-22

MAKTABGACHA YOSHDAGI KO‘RISHIDA NUQSONI BO‘LGAN BOLALARNI SAVODGA O‘RGATISH HOLATINI O‘RGANISH NATIJALARI

Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan bolalarni savodga o‘rgatish jarayonining amaliy holati va uning samaradorligi o‘rganilgan. Tadqiqot davomida bolalarning vizual imkoniyatlari cheklanganligi hisobga olinib, maxsus didaktik materiallar, multimodal o‘quv vositalari va individual pedagogik yondashuvlar qo‘llanilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, sensor imkoniyatlarni qo‘shimcha ravishda rivojlantirish va moslashtirilgan ta’lim texnologiyalarini qo‘llash bolalarning yozish va o‘qish ko‘nikmalarini sezilarli darajada oshiradi.

Nafisa Saxatova

114-117

2025-12-22

MILLIY VA UMUMINSONIY QADRIYATLARNI INTERAKTIV VA KREATIV METODLAR ORQALI O‘QUVCHILARDA SHAKLLANTIRISHNING INNOVATSION MODELI

Ushbu tezisda milliy va umuminsoniy qadriyatlarni interaktiv va kreativ metodlar asosida o‘quvchilarda shakllantirishga qaratilgan innovatsion modelning pedagogik mohiyati yoritiladi. Tadqiqotda shaxsga yo‘naltirilgan va kompetensiyaviy yondashuvlarga tayangan holda, ta’lim jarayonida rol o‘yinlari, loyiha metodi, muammoli vaziyatlar, ijodiy topshiriqlar hamda refleksiv mashg‘ulotlardan foydalanish imkoniyatlari tahlil qilinadi. Mazkur model o‘quvchilarning ma’naviy-axloqiy rivojlanishi, ijtimoiy faolligi va kreativ fikrlashini ta’minlashga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

Madina Akbarova , Zulfiya Ortiqova

118-120

2025-12-22

ХОРАЗМ ВИЛОЯТИДА ЕТИШТИРИЛГАН ҚОВОҚ НАВ НАМУНАЛАРИНИНГ ҲОСИЛДОРЛИК КЎРСАТКИЧЛАРИТАНЛАШ

Хоразм вилояти шўрланган тупроқ-иқлим шароитида қовоқнинг (C.maxima турига мансуб 21 та, C.maschata турига мансуб 9 та) янги 30 дан ортиқ нав-намуналари тўплами ўрганилиб, қимматли хўжалик белгилари бўйича комплекс баҳоланган, тадқиқотлар натижасида, селекционерлар учун келажакда қовоқ селекцияда фойдаланиш учун бирламчи манбаалар ажратилган. Шунингдек, шўрланган майдонларда етиштириш учун, ҳосилдорлик кўрсаткичи энг юқори - Изящная (63,5 т/га), Эстамп (63,2 т/га), Витаминная (69,6 т/га) ва Японская (61,9 т/га) намуналари аниқланган.

Алишер Шокиров , Мақсад Матякубов

121-126

2025-12-22

THE ROLE OF COMPARATIVE TYPOLOGY IN MODERN LINGUISTIC RESEARCH

Comparative typology plays a crucial role in modern linguistic research by systematically analyzing similarities and differences among languages. This field contributes significantly to understanding language universals, structural diversity, and cognitive aspects of human language. In the context of globalization and multilingual communication, comparative typology has become increasingly relevant for translation studies, language teaching, corpus linguistics, and artificial intelligence. This article explores the theoretical foundations of comparative typology, its methodological approaches, and its practical significance in contemporary linguistic research.

Boboqulov Shokirjon, Xolmurodov Abbos

127-129

2025-12-22

АНАЛИЗ ФУНКЦИОНИРОВАНИЯ ИНТЕЛЛЕКТУАЛЬНЫХ СЕТЕЙ

В данной работе рассматривается понятие интеллектуальных сетей как современного этапа развития телекоммуникационных и компьютерных систем. Раскрываются основные характеристики интеллектуальных сетей, такие как самообучаемость, адаптивность, автономность, масштабируемость и отказоустойчивость. Описывается многоуровневая архитектура интеллектуальных сетей и принципы их функционирования. Особое внимание уделяется областям практического применения интеллектуальных сетей, включая телекоммуникации, энергетику, транспорт, медицину и концепцию «умных городов». Показана значимость интеллектуальных сетей для повышения эффективности управления ресурсами, качества обслуживания и устойчивого развития цифрового общества.

Холисахон Давлетова

130-132

2025-12-22

NEMIS TILIDAGI SOMATIK FRAZEOLOGIZMLAR VA ULARNING O‘QITISH JARAYONIDA QO‘LLANILISHI

Ushbu tezisda nemis tilidagi somatik frazeologizmlar va ularning o‘qitish jarayonidagi o‘rni o‘rganiladi. Somatik frazeologizmlar inson organizmining turli qismlari bilan bog‘liq bo‘lgan iboralardir, ular tildagi boylik va izohlash imkoniyatlarini kengaytiradi. Ushbu ishda bu frazeologizmlarning tilda qanday ishlatilishi, o‘qitish jarayonida ularning ta'siri va metodik qo‘llanilishi ko‘rib chiqiladi. Nemis tilini o‘rgatishda somatik frazeologizmlarning o‘rni, talabalar uchun interaktiv va madaniy yondashuvlarning afzalliklari tahlil qilinadi.

Maxmudjon Mirzakarimov

133-137

2025-12-22

MALAKA OSHIRISH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISHNING ZAMONAVIY YONDASHUVLARI

Ushbu maqolada zamonaviy malaka oshirish tizimini takomillashtirish bo'yicha ilg'or xalqaro tajribalar va yondashuvlar tahlil qilingan. Scopus va Web of Science bazalaridan olingan tadqiqotlar asosida malaka oshirish dasturlarining yangi formatlarni, jumladan onlayn va aralash ta'lim, kasbiy o'rganish jamoalari, texnologiya integratsiyasi va shaxsga yo'naltirilgan yondashuvlarni qo'llash samaradorligi ko'rsatilgan. Maqolada o'qituvchilarning uzluksiz kasbiy rivojlanishi uchun zarur bo'lgan sharoitlar, to'siqlar va ularni bartaraf etish yo'llari muhokama qilinadi. Tadqiqot natijalari shuni ko'rsatadiki, samarali malaka oshirish tizimlari hamkorlikka asoslangan, amaliyotga yo'naltirilgan, moslashuvchan va doimiy qo'llab-quvvatlashni ta'minlagan bo'lishi kerak.

X.N. Agaliyeva

138-141

2025-12-22

XORAZM VILOYATINING TUPROQ-IQLIM SHAROITLARIDA SULI NAVLARINING ADAPTATSIYA XUSUSIYATLARI

tezis Xorazm viloyatining o‘ziga xos tuproq-iqlim sharoitlarida turli (NS Yadar, uspex, uzbekskiy) suli navlarining adaptatsiya qobiliyatini baholash va mahalliy sharoitlarga eng mos navlarni aniqlashdan iborat. Dalali tajribalar 2024-2025 yillarda Xorazm viloyati Urganch tumani sharoitida olib borildi.

Gulhayo Sabirova

142-144

2025-12-22

O‘ZBEKISTON MINTAQALARI O‘RTASIDAGI IQTISODIY TENGSIZLIKLARNI KAMAYTIRISHNING STRATEGIK ISLOHOTLARI VA YO’NALISHLARI

Mintaqalar o‘rtasidagi iqtisodiy nomutanosibliklar har qanday milliy iqtisodiyotning barqaror rivojlanishida muhim omil hisoblanadi. Hududlarning sanoat salohiyati, tabiiy resurslari, infratuzilma ta’minoti, aholi zichligi, mehnat bozori imkoniyatlari hamda investitsiya oqimi bir-biridan farq qilgani sababli iqtisodiy o‘sish sur’atlari ham hududlar bo‘yicha teng taqsimlanmaydi. Ushbu tafovutlar vaqt o‘tishi bilan kuchayib borishi esa hududlararo iqtisodiy integratsiyani susaytiradi, ichki bozorning muvozanatlashtirilgan ishlashiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi hamda aholi farovonligida sezilarli farqlar paydo bo‘lishiga olib keladi.

Qaхramon Madraximov , Kamil Sharipov

145-148

2025-12-22

KOGNITIV TILSHUNOSLIK: KONSEPTUAL TUZILMALAR VA TILNING KOGNITIV TABIATI

Ushbu maqola kognitiv tilshunoslikning shakllanishi, asosiy tushunchalari va nazariy tamoyillari haqida fikr yuritadi. Unda konsept, konseptualizatsiya, freym, ssenariy va skript kabi mental birliklarning til sistemasidagi ahamiyati tahlil qilinadi hamda kognitiv yondashuvning zamonaviy lingvistik paradigmadagi o‘rni ko‘rib chiqiladi.

Odina Bahramova

149-150

2025-12-22