«Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya: Nazariy va amaliy izlanishlar» - это национальная онлайн-конференция с открытым доступом, на которой публикуются обзорные тезисы, относящиеся к различным областям. Главная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу для национальных ученых, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований. Все рукописи должны быть подготовлены на узбекском, английском или русском языках.
Опубликован: 2025-06-07
Статьи
PEDAGOGIK TA’LIM SOHASIDA YOSHLARNING DUNYOQARASHI VA XULQ –ATVORIGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR
Ushbu maqolada hozirgi zamon yoshlariga talim berish jarayonida yosh avloda ta’sir ko‘rsatuvchi omillar va uning sabablari haqida bo‘lib,yoshlarning jamiyaga moslashuvidagi umumbashariy qadryatlarning o‘rni haqida fikr yuritilgan.
2025-06-07
PEDAGOGIKA, MEDIA VA TEXNOLOGIYA TUTASHGAN NUQTADA: SUN’IY INTELLEKTNING ROLI
Ushbu maqolada pedagogika, media va texnologiya sohalarining tutashgan nuqtasida sun’iy intellekt (SI)ning o‘rni va roli tahlil qilinib, SI texnologiyalarining ta’limdagi imkoniyatlari, cheklovlari va istiqbollari muhokama qilinib, uning media va pedagogika bilan o‘zaro ta’siri yoritiladi. SI pedagogik jarayonlarni yanada samarali va individualizatsiyalangan qilishda, media vositalarini boyitishda, shuningdek, ta’lim texnologiyalarini rivojlantirishda muhim omil sifatida ko‘rib chiqiladi. Natijada, sun’iy intellektning zamonaviy ta’lim tizimlaridagi integratsiyasi, yangi o‘qitish usullari va o‘quvchilarning qobiliyatlarini rivojlantirishga qo‘shayotgan hissasi haqida umumiy tasavvur hosil qilinadi.
2025-06-07
HAYOTIY KOMPETENSIYALAR VA O‘QUVCHILARNING SHAXSIY RIVOJLANISHI: O‘ZARO BOG‘LIQLIK TAHLILI
Ushbu tezisda hayotiy kompetensiyalar tushunchasi, ularning mazmun-mohiyati hamda zamonaviy ta'lim jarayonida o‘quvchilarning shaxsiy rivojlanishi bilan uzviy bog‘liqligi tahlil qilinadi. Muallif hayotiy kompetensiyalarni shakllantirish o‘quvchilarda nafaqat bilim va ko‘nikmalarni, balki tanqidiy fikrlash, muammolarni hal qilish, ijtimoiy-emotsional barqarorlik kabi shaxsiy xususiyatlarni rivojlantirish bilan chambarchas bog‘liq ekanligini asoslaydi. Tezisda ilg‘or xorijiy va milliy tajribalarga tayanilgan holda, umumta’lim muassasalarida hayotiy kompetensiyalarni rivojlantirish orqali o‘quvchilarning shaxsiy taraqqiyotiga erishish yo‘llari yoritiladi. Tadqiqot natijalari hayotiy kompetensiyalarni ta’limning mazmuniy asosi sifatida qarash zarurligini ko‘rsatadi.
2025-06-07
OILAVIY IJTIMOIY-IQTISODIY HOLAT VA BOLALARDA INTERNETDAN FOYDALANISH INTENSIVLIGI O'RTASIDAGI BOG'LIQLIK
Ushbu maqolada oilaviy ijtimoiy-iqtisodiy holat va maktabgacha yoshdagi bolalarda internetdan foydalanish intensivligi o'rtasidagi bog'liqlik o'rganilgan. Adabiyotlar tahlili natijasida oilaning ijtimoiy-iqtisodiy darajasi, ota-onalarning ta'lim saviyasi va moddiy ahvoli bolalarda internet foydalanish naqshlarini bevosita belgilashi aniqlangan. Tadqiqot natijalari shuni ko'rsatadiki, yuqori ijtimoiy-iqtisodiy holatga ega oilalarda bolalar internetdan ko'proq, ammo sifatli foydalanadilar, past darajadagi oilalarda esa nazoratsiz va ko'pincha zararli kontentga kirish holatlari ko'proq kuzatiladi. Maqolada ijtimoiy tengsizlik va raqamli ajralish masalalari tahlil qilingan.
2025-06-07
PSYCHOLOGICAL CHARACTERISTICS OF THE IMPACT OF SOCIAL NETWORKS ON THE PSYCHE OF ADOLESCENTS
The widespread use of social networks has significantly influenced the psychological development and well-being of adolescents. This paper examines the key psychological characteristics of this impact, including both positive and negative effects. Social networks serve as platforms for identity exploration, peer interaction, and self-expression, offering opportunities for personal growth and social connection. However, they also expose adolescents to risks such as cyberbullying, social comparison, and excessive screen time, which can contribute to anxiety, depression, and diminished self-esteem. The phenomenon of Fear of Missing Out (FOMO) and the constant need for validation further intensify the emotional and psychological challenges faced by adolescents. Additionally, the interplay between social media addiction and its effects on attention span and emotional regulation is analyzed. By understanding these dynamics, this study aims to highlight the importance of fostering healthy digital habits and promoting resilience among adolescents in the context of social media use.
2025-06-07
BO‘LAJAK SPORT MURABBIYLARIDA KOGNITIV QOBILIYATLARNI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK YONDASHUVI
Maqolada bo‘lajak sport murabbiylarining kognitiv qobiliyatlarini shakllantirish va rivojlantirishning pedagogik-psixologik asoslari yoritilgan. Kognitiv qobiliyatlar sport murabbiyligidagi muhim psixik jarayonlar – analitik fikrlash, muammoni hal qilish, diqqatni boshqarish kabi jihatlar bilan bog‘liq holda tahlil qilingan. Shuningdek, ushbu qobiliyatlarni rivojlantirish uchun samarali pedagogik texnologiyalar va psixologik yondashuvlar bayon etilgan. Maqolada amaliy tavsiyalar ham berilgan.
2025-06-09
BILINGUALISM AND ITS EFFECT ON FOREIGN LANGUAGE LEARNING
In this article explores the relationship between bilingualism and foreign language achievement. we pay special attention to factors that affect this relationship, namely background factors, varying bilingual profiles and differential patterns of grow.
2025-06-09
JAHON VA O‘ZBEK TILSHUNOSLIGIDA LINGVOKULTUROLOGIK TADQIQOTLAR
Ushbu maqolada jahon va o‘zbek tilshunosligida lingvokulturologik tadqiqotlarning nazariy va metodologik asoslari, shuningdek, ularning rivojlanish tendensiyalari tahlil qilinadi. Til va madaniyat o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikning lingvokulturologiya orqali o‘rganilishi jahon tilshunosligida muhim ilmiy yo‘nalish sifatida shakllangan. O‘zbek tilshunosligida esa lingvokulturologik yondashuvlar yangi imkoniyatlar ochmoqda. Tadqiqotda korpus lingvistikasi, matnshunoslik, so‘rovnoma va intervyu metodlari qo‘llanilib, madaniyatning til orqali ifodalanishi, madaniy kodlar va metaforalarning shakllanishi o‘rganildi. Natijalar til va madaniyatning murakkab o‘zaro ta’sirini, milliy madaniyatning lingvistik aks etishini ko‘rsatadi hamda lingvokulturologiyaning kelajakdagi rivojlanish istiqbollarini belgilaydi.
2025-06-09
ХОРИЖ ПСИXОЛОГЛАРИ ТАДҚИҚОТЛАРИДА МОТИВ ВА МОТИВАЦИЯ МУАММОСИ
Мотив ва мотивация билан боғлиқ муаммолар хориж психологлари Э.Торндайк, З.Фрейд, У.Макдауголл, У.Кеннеди, Г.Виллкот, С.Томпсон, Г.Ханникатт, Р. Вудвордс, Ж.Брунер, Э.Кейрон, Д.Аткинсон, А.Маслоу, Г.Оллпорт, К.Роджерс, Г.Хекхаузен, Г.Келли, В.Вундт, Дж.Роттер, Э.Левалд, Г.Розенфельд, Г.Холл, К.Мадсен тадқиқотларида ўз ифодасини топди.
2025-06-09
ШАРҚ АЛЛОМАЛАРИ АСАРЛАРИДА БИЛИШГА ҚИЗИҚИШНИ ШАКЛЛАНТИРИШ МАСАЛАЛАРИ
Юксак тафаккур намоёндаларининг асарларида билим олишга кенг ўрин берилган бўлиб, ўтмишда ҳам, ҳозирда ҳам, қаерда таълим соҳасига эътибор юқори бўлса, ўша ерда тараққиёт доимо илгарилаб борганлиги яққол кўринади.
2025-06-09
ПСИХОЛОГИЯДА ҚЎРҚУВ МУАММОСИНИНГ ИЛМИЙ ТАДҚИҚ ЭТИЛИШИ
Инсонлар кўпинча қўрқув ҳолатини хавф- хатар вақтида, баъзан бирор бир шахс олдида, муҳим иш ва муҳим учрашувлардан олдин, низоли вазиятларда, ўқиш ва ишда муваффақиясизликка дуч келганда, жамоа олдида сўзга чиққанда, кутилмаганда содир бўладиган чўчитувчи вазиятларни бошдан кечирадилар.
2025-06-09
ЎҚИШ, БИЛИМ ВА БАҲО МОТИВЛАРИНИНГ ШАКЛЛАНИШ ХУСУСИЯТЛАРИ
Ўқув мотивларини шакллантириш жараёнида шахсга йўналтирилган дидактик тамойилининг моҳияти шундаки, ўқувчи таълимнинг шахсий моделини, яъни борлиқни ўрганишнинг фақат ўзи учунгина маҳсулдор бўлган усулларини намоён қила оладиган шароитдагина юксак маҳсулдорликка эришиши мумкин. Ўқувчи ўқув фаолиятининг омилкор усулларини танлай олмаган тақдирда, унга бу муаммони ҳал қилишга катталар ёрдамини жалб этиш мақсадга мувофиқ. Катталар томонидан ўқувчига тавсия этилаётган таълим моделида ўқув фаолиятининг шахсий усулини танлаш имконияти пайдо бўлишига улар жавобгардирлар.
2025-06-09
RAQAMLI PEDAGOGIKA SHAROYITIDA BO‘LAJAK QORAQALPOQ TILI O‘QITUVCHILARINING KOMMUNIKATIV KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH
Bugungi kunda raqamli texnologiyalar jamiyatning barcha soxalariga, shu jumladan ta’lim tizimiga ham chuqur kirib kelmoqda. Shu jumladan, pedagogika va uning atrofidagi ta’limga oid ko‘plap terminlar raqamlashtirilib, ularni qayta o‘rganish va mohiyatini tushintirishning ilmiy-amaliy ahamiyati ortib bormoqda.
2025-06-09
BO‘LAJAK TEXNOLOGIYA O‘QITUVCHILARINING KASBIY KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHNING ILMIY-ASOSIY YO‘NALISHLARI
XXI asr – innovatsiyalar, axborot kommunikatsiya tizimlari va raqamli texnologiyalar asri bo‘lib, bu jarayon ta’lim tizimiga ham katta ta’sir qilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev ilgari surgan “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning Harakatlar strategiyasi”da ijtimoiy sohalarni rivojlantirishga doir yo‘nalishida ta’lim sohasiga ham muhim vazifalarni belgilab berdi. Umumta’lim maktablaridagi “Mehnat ta’limi” fani “Texnologiya” fani deb o‘zgartirilib, ushbu fan mazmuni kengaytirildi, ya’ni innovatsion texnologiyalar, ulardan samarali foydalanish kabi vazifalar yuzasidan fan tarmog‘ida o‘rgatilishi kerak bo‘lgan mavzular zamonaviylashtirildi va takomillashtirildi. Bunday sharoyitta texnologiya fani orqali o‘quvchilarda texnik tafakkur va ijodiy yondashuvni, amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun, bo‘lajak texnologiya fani o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini rivojlantirish ta’lim sifatini oshirishning ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
2025-06-09
INKLYUZIV VA BIRGALIKDA O'QITISH: ULARNING ASOSIY FARQLARINI ASOSLASH
Ushbu maqolada “inklyuziv ta’lim” va “birgalikda o‘qitish” tushunchalari o‘rtasidagi asosiy farqlar, ularning mazmun-mohiyati, qo‘llanilish sohasi va ta’lim jarayonidagi roliga oid ilmiy-nazariy tahlil berilgan. Mazkur yondashuvlar ko‘p hollarda sinonim sifatida ishlatilsa-da, ularning pedagogik va metodik jihatdan farqli tamoyillarga asoslanganligi asoslab beriladi. Inklyuziv ta’lim – barcha o‘quvchilar uchun ta’limda teng imkoniyatlar yaratishga qaratilgan tizimiy yondashuv bo‘lsa, birgalikda o‘qitish esa o‘qituvchilar hamkorligiga asoslangan metodik uslubdir. Maqola davomida har ikki modelning afzalliklari, cheklovlari va qo‘llanilish shartlari tahlil qilinadi.
2025-06-10
PSYCHOLOGICAL FEATURES OF THE INTERNET ON THE RELATIONSHIP BETWEEN PEOPLE
The internet has transformed how people form, maintain, and experience relationships, influencing social dynamics on a psychological level. This paper explores the psychological features of the internet that impact human relationships, including increased accessibility, anonymity, immediacy, and the availability of vast social networks. These elements can foster a sense of connection and belonging but may also contribute to isolation, superficial interactions, and dependency on online validation. The internet enables individuals to present idealized versions of themselves, which may lead to increased self-consciousness and identity fragmentation. Anonymity can encourage self-expression but can also fuel negative behaviors, including cyberbullying and disinhibition, affecting trust and interpersonal closeness. Additionally, the ease of maintaining multiple relationships online can result in diluted intimacy and reduced social accountability. This paper aims to analyze how these factors shape relationships by examining empirical studies and theoretical perspectives on digital socialization. Understanding the psychological influences of the internet on human connections provides insight into both the potential benefits and challenges that digital platforms introduce into social life.
2025-06-10
MAGISTRATURA BOSQICHIDA KOGNITIV LINGVISTIKANI O‘QITISH: MAQSADLAR, YONDASHUVLAR VA TAJRIBALAR
Ushbu maqolada magistratura bosqichida kognitiv lingvistikani o‘qitishning maqsadlari, yondashuvlari va amaliy tajribalari tahlil qilinadi. Kognitiv lingvistikaning nazariy asoslari, o‘qitish metodlari va innovatsion texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Maqola ta’lim jarayonida yuzaga keladigan qiyinchiliklar va ularni bartaraf etish yo‘llarini ham o‘z ichiga oladi. Tadqiqot natijalari magistrantlarning bilim va ko‘nikmalarini chuqurlashtirishga qaratilgan samarali ta’lim tizimini shakllantirishga yordam beradi.
2025-06-11
MAXSUS SPORT MAKTABLARIDA CHET TILINI O‘QITISHNING SAMARALI METODLARI VA SPORT TERMINOLOGIYASIDAN FOYDALANISHNING O‘RNI (ISPAN TILI MISOLIDA)
Ushbu maqolada maxsus sport maktablarida ispan tilini o‘qitishning samarali metodlari va sport terminologiyasidan foydalanish imkoniyatlari tahlil qilingan. Maqolada ESP va CLIL metodikasiga asoslangan yondashuvlar, o‘quvchilarning til kompetensiyalarini rivojlantirishdagi roli hamda amaliy tavsiyalar keltirilgan.
2025-06-11
TALABALARNING MUSTAQIL TA’LIMINI TASHKIL ETISHNING METODIK ASOSLARI
Ushbu maqola “O'zbek tilining amaliy uslubiyati” fani bo'yicha filologiya yo'nalishi talabalarining mustaqil ta'limini tashkil etishga mo'ljallangan. Maqolada uslubiyat fanining nazariy asoslari, turli uslubdagi matnlarni tahlil qilish, nutq madaniyatini yuksaltirish masalalari yoritilgan. Mustaqil ta'limning maqsadi, vazifalari, shakllari, baholash mezonlari, mavzular ro'yxati, ilmiy tadqiqot olib borish malakasini oshirish kabi masalalar o'z ifodasini topgan.
2025-06-11
TEXNIKA TА’LIM YO‘NALISHLARIDA OLIY MATEMATIKA FANINI O‘QITISHNING XUSUSIYATLARI
Ushbu maqolada oliy ta’lim muassasalari talabalarini oliy matematika fanini o‘qitishning maqsad va vazifalari, zamonaviy metodlari hamda muammo, kamchiliklar xususida so‘z yuritilgan. Shuningdek, maqolada oliy matematika fanini o‘qitishning turli maqsadlari haqida fikr yuritilib, ularning talaba shaxsida oliy matematik fanini rivojlantirish yo‘llari ko‘rsatib berilgan. Bunda talabalarining dunyoqarashi, mantiqiy fikrlash qobiliyati, ijodiy faoliyatini shakllantirish, aqliy rivojlanishi, oʼz-oʼzini anglash, intellektual salohiyat oʼsishining rivojlanishiga bogʼliqdir.
2025-06-12
TALABALARDA LIDERLIK FAZILATLARINI SHAKLLANGANGILINI ANIQLASH USULLARI VA UNI YANADA TAKOMILLASHTIRUVCHI METODLAR
Ushbu maqolada talabalardagi liderlik sifatlari va bu sifatlarni kelgusi pedagogik jarayonda qo’llashga o’rgatish metodlari haqida so’z boradi.
2025-06-12
BOSHLANG‘İCH SİNF O‘QUVCHİLARİNİ O‘QİTİSHDA ZAMONAVİY İNNOVATSİON TEXNOLOGİYALARDAN FOYDALANİSHNİNG ZARURİY AHAMİYATİ
Mazkur maqoladi boshlang’ich sinf o’quvchilarida zamonaviy innovatsion texnologiyalardan foydalanish usullar va ularning zarurligi haqida hamda zamonaviy o’qitish usullaridan foydalanish haiqda ma’lumot berilgan.
2025-06-12
BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARIDA ATROF OLAMGA NISBATAN MAS’ULIYATLIKLIKNI TAKOMILLASHTIRISH MEXANIZMI
Mazkur maqolada boshlang’ich sinf o’quvchilarini atrof olamga nisbatan mas’ulyatlilikni shakllantirish, boshlang’ich sinf o’quvchilarini atrof olam bilan tanishtirish usullari hamda shakllari bayon etilgan.
2025-06-12
YANGI O’ZBEKISTONDA YANGI BAHOLASH TIZIMINING MAKTAB HAYOTIDAGI O’RNI
Ushbu maqolada Yangi O‘zbekiston sharoitida ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar doirasida yangi baholash tizimining joriy etilishi, uning mazmun-mohiyati, maktab hayotidagi amaliy o‘rni va ta’lim sifati hamda o‘quvchilarning shaxsiy rivojlanishiga ta’siri tahlil qilinadi.
2025-06-12
ШАРҚ АЛЛОМАЛАРИ АСАРЛАРИДА БИЛИШГА ҚИЗИҚИШНИ ШАКЛЛАНТИРИШ МАСАЛАЛАРИ
Юксак тафаккур намоёндаларининг асарларида билим олишга кенг ўрин берилган бўлиб, ўтмишда ҳам, ҳозирда ҳам, қаерда таълим соҳасига эътибор юқори бўлса, ўша ерда тараққиёт доимо илгарилаб борганлиги яққол кўринади.
2025-06-12
KOREYS TILI TA'LIMIDA MAMLAKATSHUNOSLIK MATNLARI ORQALI TALABALARDA MADANIYATLARARO MULOQOT KO'NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH USULLARI
Madaniyatlararo muloqot ko'nikmalari zamonaviy globallashuv sharoitida koreys tili ta'limining muhim tarkibiy qismi sifatida talabalarga koreys madaniyatini chuqur anglash, madaniy farqlarni hurmat qilish va samarali muloqot qilish imkonini beradi. Ushbu maqola koreys tili ta'limida mamlakatshunoslikka oid matnlar orqali talabalarda madaniyatlararo muloqot ko'nikmalarini shakllantirish usullarini o'rganadi. Matnlarni tanlash mezonlari, masalan, autentiklik, zamonaviylik, madaniy ahamiyat, til murakkabligi va o'quv dasturiga moslik kabi asoslarni amaliy strategiyalar bilan bog'lash orqali maqola talabalarda madaniyatlararo muloqot kompetensiyasini rivojlantirish uchun yo'l-yo'riq taqdim etadi. Amaliy strategiyalar uch bosqichli matn bilan ishlash tizimi, madaniy realiyalarni tahlil qilish, qiyosiy tahlil, loyiha ishlari, rolli o'yinlar va vizual materiallardan foydalanishni o'z ichiga oladi. Ushbu yondashuvlar talabalarning koreys madaniyati haqidagi bilimlarini kengaytiradi, madaniyatlararo sezgirlikni oshiradi va samarali muloqot ko'nikmalarini shakllantiradi. Maqola madaniyatlararo muloqotga qodir, mulohazali va madaniy jihatdan sezgir shaxslar tayyorlashga xizmat qiluvchi ta'lim metodologiyalarini rivojlantirishga hissa qo'shadi.
2025-06-12
MEDIASAVODXONLIK EVOLYUTSIYASI VA AXBOROT XAVFSIZLIGI
Mediasavodxonlik, evolyutsiya, mediata’lim, axborot xavfsizligi, ommaviy axborot, xabarlarni tahlil qilish haqida so‘z yuritiladi.
2025-06-13
BILGAMISH VA TURKIY EPOSLAR
Turkiy xalqlarga oid dostonlarning dunyoning boshqa epik asarlariga o‘xshash va farqli tomonlari, o‘zaro aloqasi haqida mutaxassislar tomonidan ko‘plab fikrlar bildirilgan. Hanuzga qadar bu mavzuda munozaralar davom etadi.
2025-06-14
PEDAGOGIKADA SCAMPER TEXNIKASINI QO‘LLASH TAJRIBALARI VA ULARDAN FOYDALANISH
Maqolada SCAMPER texnikasini bosqichma-bosqich o’rgatish metodikasi yoritilgan bo’lib, bu borada bolada intellektual va ijodiy fikrlashning o’rni haqida so’z yuritiladi.
2025-06-14
MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARIDA PEDAGOG TARBIYACHI VA OTA-ONALAR O'RTASIDAGI HAMKORLIK
Bu maqola maktabgacha ta'lim tashkilotlarida pedagog tarbiyachilar va ota-onalar o'rtasidagi hamkorlik masalasini o'rganishga qaratilgan. Tadqiqot adabiyotlar tahlili va nazariy yondashuvlar asosida olib borilgan. Maqolada hamkorlikning ahamiyati, mavjud muammolar va yechim yo'llari ko'rib chiqilgan. Natijalar shuni ko'rsatadiki, samarali hamkorlik bolaning har tomonlama rivojlanishini ta'minlashda muhim rol o'ynaydi.
2025-06-16
BOLALAR TUG‘MA NUSQONLARI SABABLARI, ULARNI OLDINI OLISH VA DAVOLASH YO‘LLARI
ushbu maqolada bolalarni tug‘ma nuqson bilan tug‘ilish sabablari va ayrim joylarda nuqson bilan tug‘ilish darajasi yuqoriligi sabablari yozilgan, shuningdek tug‘ma nuqson bilan tug‘ilishni oldini va ularni davolash chora tadbirlari haqida bayonot keltirilgan.
2025-06-16
MASOFAVIY TA’LIM JARAYONIDA TALABALARDA KOMMUNIKATIV KOMPETENTSIYANI RIVOJLANTIRISH
Kommunikativ kompetentsiya, ya’ni samarali muloqot qilish, fikrlarni aniq ifodalash va boshqalar bilan faol aloqada bo‘lish qobiliyati, zamonaviy ta’lim jarayonida katta ahamiyatga ega. Shuningdek, kommunikativ kompetentsiyaning talimdagi ahamiyati va unig talimdagi muvaffaqiyatlarga ta’siri haqida fikr yuritiladi.
2025-06-16
INGLIZ TILIDA YOZMA NUTQ KOMPETENSIYASINI SHAKLLANTIRISHDA METODIK YONDOSHUVLAR
Ushbu maqolada ingliz tili o’rganuvchilarining yozma nutq kompetensiyasini shakllantirish va rivojlantirishda qo’llaniladigan yondoshuvlar, metodlar va ularga to’liq izohlar berilgan. Yozma nutqni rivojlantirishda kompetensiya asosidagi yondashuvlar muhim o‘rin tutadi.
2025-06-16
STEAM YONDASHUVI ASOSIDA BIOLOGIYANI O‘QITISH: TEXNOLOGIYA BILAN UYG‘UNLIKDA O‘RGANISH
Mazkur tezisda biologiya fanini STEAM yondashuvi asosida texnologiyalar bilan uyg‘unlikda o‘qitishning samaradorligi, o‘quvchilarda amaliy va ijodiy ko‘nikmalarni shakllantirishdagi o‘rni tahlil qilingan. STEAM komponentlarining biologiya fanidagi integratsiyasi, zamonaviy raqamli vositalar va innovatsion texnologiyalar yordamida o‘quvchilarda kompleks tafakkurni rivojlantirish usullari yoritilgan.
2025-06-16
“TO‘Y” NING QADRIYAT DOMINANTALARI VA ULARNING O‘ZBEK LINGVOMADANIYATIDA IFODALANISH USULLARI
Ushbu maqolada “to‘y” marosimining qadriyat dominantalari va ularning lingvistik madaniyatda ifodalanish usullari tahlil qilinadi. To‘y orqali oilaviy qadriyatlar, jamiyat bilan bog‘lanish, an’anaviylik va yaxshilik tilash kabi asosiy g‘oyalar o‘z ifodasini topadi. Maqolada to‘y bilan bog‘liq leksik birliklar, frazeologizmlar, marosimiy nutq va qo‘shiqlardagi qadriyatlarning lingvistik yondoshuvlari ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijalari to‘y mavzusidagi madaniy va lingvistik elementlarning jamiyatdagi o‘rni va ahamiyatini ochib beradi.
2025-06-16