«Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya: Nazariy va amaliy izlanishlar» - это национальная онлайн-конференция с открытым доступом, на которой публикуются обзорные тезисы, относящиеся к различным областям. Главная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу для национальных ученых, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований. Все рукописи должны быть подготовлены на узбекском, английском или русском языках.
Опубликован: 2025-01-06
Статьи
DIFFERENT APPROACHES TO THE ANALYSIS OF THE IMPERSONAL SENTENCES IN ENGLISH
This study provides a comparative linguistic analysis of impersonal sentence structures focusing on their formation, usage, and extension. Impersonal sentences, which lack a specific grammatical subject, serve unique functions in conveying general truths, atmospheric conditions, and existential statements across different languages. Despite their prevalence, the construction and use of impersonal sentences can vary significantly between languages due to differences in grammatical rules, syntactic structures, and cultural contexts.
2025-01-06
BО‘LАJАK PEDАGОGLАRGА INTERFАОL RАG‘BАTLАNTIRISH USULLАRINI О‘RGАTISHNING PEDАGОGIK IMKОNIYАTLАRI
Ushbu mаqоlаdа bо‘lаjаk pedаgоglаrgа interfаоl rаg‘bаtlаntirish usullаrini о‘rgаtishning pedаgоgik imkоniyаtlаri yоritilgаn. Xususаn, “Sаmоviy yulduzlаr burchаgi” metоdining аmаliy аhаmiyаti, ushbu metоdni qо’llаshni tаlаbаlаrgа о’rgаtishdа innоvаtsiоn yоndаshuvlаr vа ulаrning оliy tа’lim hаmdа umumiy о‘rtа tа’limgа tа’siri yоritilgаn. Zаmоnаviy texnоlоgiyаlаr, jumlаdаn, Kаhооt, Mentimeter vа ClаssDоjо kаbi plаtfоrmаlаrning rаg‘bаtlаntirish tizimidаgi о‘rni muhоkаmа qilinаdi.
2025-01-06
TALABALAR O‘RTASIDA AKADEMIK MOBILLIKNI RIVOJLANTIRISH
Ushbu maqolada globallashuv davrida akademik mobillikning ahamiyati, afzalliklari va uni rivojlantirish yo‘llari ko‘rib chiqilgan. Akademik mobillik talabalar uchun yangi bilimlar va tajribalar olish imkoniyatini taqdim etib, ularning madaniy va shaxsiy rivojlanishiga hissa qo‘shadi. Tadqiqotda xalqaro hamkorlikni kengaytirish, grant va stipendiya dasturlarini qo‘llab-quvvatlash, axborot kampaniyalarini tashkil etish kabi chora-tadbirlar tavsiya qilingan. Ushbu maqola ta’lim muassasalari va siyosatshunoslar uchun amaliy ahamiyatga ega.
2025-01-07
ALOHIDA TA’LIMGA EHTIYOJMAND BOLALAR PSIXOLOGIYASI
Ushbu maqolada alohida ta’limga ehtiyojmand bolalar psixologiyasi va ularga ta’lim berish shakllari yoritib o‘tilgan.
2025-01-07
OILADAGI IJTIMOIY NIZOLARNI BARTARAF ETISHNING PEDAGOGIK ASOSLARI
Oiladagi ijtimoiy nizolar shaxsiy farovonlik va jamiyat barqarorligiga sezilarli ta'sir ko'rsatadigan umumiy hodisadir. Ushbu nizolar ko'pincha aloqa to'siqlari, turli qadriyatlar, quvvat nomutanosibligi va qondirilmagan ehtiyojlar tufayli yuzaga keladi. Ushbu maqola oiladagi ijtimoiy ziddiyatlarni bartaraf etishning pedagogik asoslarini o'rganadi, nizolarni hal qilishni osonlashtiradigan va uyg'un munosabatlarni rivojlantirishga yordam beradigan asosiy strategiya va yondashuvlarni ta'kidlaydi. Oilaviy ta'lim, muloqot nazariyasi va psixologik rivojlanish tamoyillariga tayangan holda, ushbu maqola oilaviy nizolarni konstruktiv va tarbiyaviy tarzda hal qilish uchun keng qamrovli asos yaratishga qaratilgan.
2025-01-07
LACUNA AS A LINGUOCULTURAL PHENOMENON IN UZBEK AND ENGLISH LANGUAGES
The article discusses the concept of lacuna, its classification, its manifestations in intercultural communication, and its role in translation studies. It also emphasizes the issue of achieving balance in translation with the example of English-Uzbek and Uzbek-English comparisons. Approaching the term “lacuna” from the linguocultural point of view is highly supported in the article. It is proved that the study of lacuna in the linguocultural aspect has a number of advantages. This approach can help to understand the lacuna in integrity, in all its beauty, to see deeper foundations of the lacuna, and to open up new perspectives and opportunities for understanding intercultural communication. In particular, we stand for the use of linguocultural analyses in Uzbek-English translation fiction, the languages, which are distant from each other, because in prose works there are many lexical units with a clear linguocultural component, and in most cases they are given the decisive roles as expressing the literary value and idea of the work. Deep background knowledge is required to properly understand and translate these lexical units. Insufficient understanding and incorrect translation can lead to misunderstandings and cultural errors in communication. In this context, this paper aims to show the benefits of a deeper and combined study of the lacuna in linguistic and cultural aspects.
2025-01-08
TRANSLATING ENGLISH PROVERBS INTO UZBEK
Translating English proverbs into Uzbek involves specific challenges due to linguistic and cultural differences. Uzbek, as a Turkic language, has a rich tradition of proverbs (maqollar) that are often used in daily communication. While many English proverbs have parallels in Uzbek, direct translations can face various challenges. Below are examples of English proverbs, their literal translations, and culturally appropriate Uzbek equivalents.
2025-01-08
O‘SMIRLARDA DAXLDORLIK FAZILATLARINI RIVOJLANTIRUVCHI IJTIMOIY-PSIXOTRENING DASTURI
Ushbu maqola o‘smir yoshdagilar uchun ijtimoiy-psixotrening dasturini ishlab chiqishga bag‘ishlangan bo‘lib, daxldorlik, empatiya va ijtimoiy mas‘uliyat kabi fazilatlarni rivojlantirishga qaratilgan. Dasturda ijtimoiy-psixologik yondashuvlar va amaliy mashg‘ulotlar orqali o‘smirlarning o‘zaro munosabatlarni yaxshilash va ijtimoiy muhitga moslashish qobiliyatlari oshiriladi. Maqolada treningning tuzilishi, maqsadlari va asosiy mashg‘ulotlari haqida batafsil ma‘lumot beriladi.
2025-01-08
PEDAGOGLARDA BADIIY-TARIXIY ASARLAR VOSITASIDA SHAXSIY SIFATLARNI RIVOJLANTIRISHDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARNING AHAMIYATI
Bugungi kunda bo‘lajak o‘qituvchilarni pedagogik mahoratini shakllantirish uchun uzoq davrlar mobaynida yaratilgan pedagogik merosning muhim jihatlariga e’tibor qaratgan holda saralash va ta’lim-tarbiya mazmuniga tadbiq etish lozim. Ta’lim mazmuniga buyuk mutaffakkirlar merosidan talabalarning o‘quv-bilish faoliyatini rivojlantirishga xizmat qiladigan yondashuvlarni ajratib olib, singdirish taqozo qilinmoqda.
2025-01-08
MAKTABGA TAYYORLOV JARAYONINING BOLALAR PSIXOLOGIK RIVOJLANISHIGA TA'SIRI
Maktabga tayyorlov jarayoni bolalarning psixologik rivojlanishida muhim o‘rin tutadi. Ushbu maqolada mazkur jarayonning bolaning kognitiv rivojlanishi, emotsional barqarorligi, ijtimoiy moslashuvchanligi va o‘z-o‘zini boshqarish qobiliyatlariga ta'siri tahlil qilinadi. Maktabgacha tayyorlov dasturlarining ilmiy asoslangan statistik ma'lumotlari orqali bolaning akademik va shaxsiy muvaffaqiyatga erishish ehtimoli oshirilishi ko‘rsatilgan.
2025-01-08
ПРАВИЛА ОСУЩЕСТВЛЕНИЯ УЧЕБНО-ВОСПИТАТЕЛЬНОГО ПРОЦЕССА В ДЖАДИДСКИХ ШКОЛАХ БУХАРЫ
В данной статье проанализируются принципы воспитания в произведениях туркестанских джадидов согласно трудам мыслителей конца XIX века - начала XX-века.
2025-01-10
DESTRUKTIV XULQ ATVOR TUSHUNCHASI VA KO‘RINISHLARI
Ushbu maqolada shaxs og‘ishgan xulqining ko‘rinishlari hamda ularning tavsiflari, turlari, xulqiy-og‘ishlarning salbiy oqibatlari va ijtimoiy me’yor ko‘rinishlari kabi yetakchi mezonlar ochib berishga harakat qilingan.
2025-01-13
O‘SMIRLARDA AGRESSIV HULQ-ATVOR NAMOYON BO‘LISHINING NAZARIY ASOSLARI
O‘smirlik davri o‘ziga xos murakkab davr bo‘lib, aksar yoshlar agressiv xulq- atvorga berilib qolishi tabiiy holatga aylangan. Agressiyaning maqsadi xususan jabrlanuvchiga azob yetkazish hamda agressiyani boshqa maqsadlarga erishish vositasi sifatida qo‘llash hisoblanadi. O‘smirlik davrida agressiv xulq ko‘rinishlarining tasnifi, korreksion imkoniyatlari yoritib berilgan .
2025-01-13
YOSHLARDA HARBIY-VATANPARVARLIK TUYG‘USINI TAKOMILLASHTIRISHNING PSIXOLOGIK HUSUSIYATLARI
Ushbu maqolada yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, vatanparvarlik tushunchasini psixolog-pedagog olimlar tomonidan o‘rganilishi, vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirishga ta'sir qiluvchi eng muhim omillar, vatanparvarlikning tarkibiy komponentlari yoritib berilgan.
2025-01-13
BOSHLANG‘ICH SINF ONA TILI VA O'QISH SAVODXONLIGINI O'QITISH JARAYONIDA XALQARO BAHOLASH DASTURLARIDAN FOYDALANISH IJTIMOIY ZARURAT SIFATIDA
Mazkur maqolada PIRLS xalqaro tadqiqotida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining matnni o‘qib tushunish darajasi va sifati taqqoslanadi. Shuningdek Respublikada amalga oshirilayotgan islohatlar va o‘quvchilarning o‘qish savodxonligini aniqlashga qaratilgan metodik tavsiyalar keltirilgan. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarni metodik tayyorgarligini samaradorligini oshirish uchun qanday chora tadbirlar qo‘llash kerakligi yoritilgan.
2025-01-13
SUNʻIY INTELLEKT VA EKSPERT TIZIM TUSHUNCHALARI. EKSPERT TIZIMLARINING INSTRUMENTAL VOSITALARI. EKSPERT TIZIMLARIDA BILIMLARNI TASHKIL QILISH
Ushbu tadqiqot sunʻiy intellekt va ekspert tizimlarining asosiy tushunchalari, ularning rivojlanishi va Oʻzbekiston iqtisodiyotidagi ahamiyatini oʻrganadi. Sunʻiy intellekt, inson aqlini takrorlaydigan texnologiyalar toʻplami sifatida, turli sohalarda, jumladan, sanoat, qishloq xoʻjaligi va taʻlimda innovatsion yechimlar yaratishga imkon beradi. Ekspert tizimlar esa, mutaxassislar bilimlarini jamlab, muammolarni hal qilishda avtomatik ravishda qarorlar qabul qilish imkoniyatini taqdim etadi. Tadqiqotda, sunʻiy intellekt va ekspert tizimlarning oʻzaro aloqalari, ularning Oʻzbekiston iqtisodiyoti va jamiyatidagi roli, shuningdek, kelajakdagi imkoniyatlar koʻrib chiqiladi. Mualliflar, bu texnologiyalar orqali Oʻzbekistonning global raqobatbardoshligini oshirish va innovatsion rivojlanish yoʻnalishlarini belgilash zarurligini taʻkidlaydi. Sunʻiy intellekt va ekspert tizimlari zamonaviy texnologiyalarning muhim qismidir. Sunʻiy intellekt, mashinalarga inson aqlini takrorlash va muammolarni hal qilish qobiliyatini beruvchi texnologiyalar toʻplamidir. Ular matematik modellar, statistik usullar, va maʻlumotlarni qayta ishlash texnikalariga asoslanadi. Ekspert tizimlar esa sunʻiy intellektning maxsus bir turi boʻlib, muayyan soha boʻyicha mutaxassislarning bilimlarini raqamli shaklda aks ettiradi va muammolarni hal qilishda yordam beradi. Ekspert tizimlari, odatda, masalalarni hal qilishda inson ekspertining bilimlarini va tajribasini imitatsiya qiladi.
2025-01-13
BILIMLARNI TASVIRLASH USULLARI. MANTIQIY MODELLAR, TARMOQLI SEMANTIK MODELLAR, FREYNALI MODELLAR VA MAHSULOTLI MODELLAR
Bilimlarni tasvirlash usullari axborot texnologiyalari va sunʻiy intellekt sohalarida juda muhim ahamiyatga ega. Ular bilimlarni samarali ifodalash, tahlil qilish va boshqarish imkoniyatlarini oshiradi. Tadqiqot davomida har bir modelning asosiy xususiyatlari, afzalliklari va amaliy qoʻllanilishi koʻrib chiqiladi. Mantiqiy modellar bilimlarni matematik mantiq asosida tasvirlaydi. Bu modellar, odatda, qoidalar va mantiqiy ifodalardan foydalanib, aniq va ravshan bilimlar yaratishga qaratilgan. Mantiqiy modellar yordamida avtomatik mantiqiy xulosalar chiqarish imkoniyati mavjud boʻlib, bu axborot tizimlarining samaradorligini oshiradi. Masalan, mantiqiy modellar sunʻiy intellekt sohasida qaror qabul qilish jarayonlarini optimallashtirishda keng qoʻllaniladi.
2025-01-13
MATN, TASVIR VA OVOZLI AXBOROTLARNI KODLASH SAMARADORLIGI
Ushbu maqola matn tasvir va ovozli axborotlarni kodlash jarayonini keng qamrovli tahlil qiladi. Raqamli texnologiyalar zamonida axborotlarni samarali saqlash, uzatish va qayta ishlash masalalari muhim ahamiyatga ega. Axborotning sifatli uzatilishi va saqlanishi, ayniqsa, texnologiyalar, kommunikatsiya va ta’lim sohalarida muhim o‘rin egallaydi. Kodlash jarayoni axborotning samaradorligini oshirish, yo‘qotishlarni minimallashtirish va uzatiladigan ma’lumotlarning xavfsizligini ta’minlashda asosiy vazifani bajaradi. Maqolada avval matn tasvir va ovozli axborotlarning tabiati va ularni kodlashning ahamiyati ko‘rib chiqiladi. Ushbu maqola shuningdek, masofaviy ta’lim va onlayn kommunikatsiya tizimlarining rivojlanishi natijasida matn va ovozli axborotlarni kodlashga bo‘lgan talabning oshishi haqida ham ma’lumot beradi. Ushbu sharoitda axborotlarni kodlash va uzatishda yangi metodlar va texnologiyalarni qo‘llash, samaradorlik va sifatni oshirishda muhim ahamiyatga ega bo‘lib qoladi.
2025-01-13
AXBOROTNI KODLASH USULLARI
Ushbu maqola "Axborotni kodlash usullari" mavzusiga bag‘ishlangan bo‘lib, axborotni ishonchli saqlash va samarali uzatish jarayonidagi kodlash usullarining ahamiyatini tahlil qiladi. Maqola axborotni kodlash nazariyasi, turli kodlash turlari, axborotni siqish usullari, zamonaviy aloqa texnologiyalari va kriptografiyaning rolini o‘z ichiga oladi.
2025-01-13
MEDIAKOMPITENTLIK TUSHUNCHASI VA UNING INGLIZ TILINI O‘RGANISHDAGI AHAMIYATI
Ushbu maqolada mediata’lim, mediakompitentlik tushunchasi, uning mohiyati, ta’lim jarayonida media, ya’ni, internet, televideniye, radio, kino, video, telefon va boshqa aloqa vositalari o‘z samarasiga ega ekanligi hamda ushbu vositalarning ingliz tilini o‘rganishdagi ahamiyati haqida fikr yuritiladi.
2025-01-13
MINTAQA AGLOMERATSIYASIYASINI OPTIMAL JOYLASHTIRISHNING SMART TURIZM TEXNOLOGIYALARI
Ushbu maqolada Aglomiratsiyani optimal joylashtirishda smart turizm va Smart turizm texnologiyalari, raqamli texnologiyalar va smart yеchimlarni joriy qilish, onlayn bronlash tizimlari, raqamli xaritalar va mobil ilovalar orqali sayyohlarga xizmat ko‘rsatiladi
2025-01-14
PEDAGOGIK DIAGNOSTIKANING UMUMIY METODLARI
Abdulla Avloniy «Pedagogika insonni har tomonlama tarbiyalashni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan ekan, avalambor uni har tomonlama o'rganishi kerak»,-degan fikri ta’lim-tarbiya jarayonida pedagogik diagnostikaning qanchalik muhimligini ko'rsatib turibdi. Shu jihatdan olganda, jamiyatimizdagi yoshlarni o’qitish va tarbiyalashda optimal uslub va vositalardan foydalanish lozim. Maqolada pedagogik diagnostikaning metod va metodologiyalari haqida umumiy ma’lumotlar beriladi.
2025-01-15
PSIXOLOGIK TRENINGLAR
Mazkur maqolada psixologik treninglarning mohiyati, turlari, metodlari va ularning insonlarning shaxsiy rivojlanishi, ruhiy holatini yaxshilash va ijtimoiy ko‘nikmalarni rivojlantirishdagi ahamiyati yoritilgan. Psixologik treninglar stressni boshqarish, o‘zini anglash, jamoada ishlash va emotsional intellektni rivojlantirish kabi ko‘plab sohalarda samarali qo‘llaniladi. Maqolada turli trening turlari (stressni boshqarish, o‘zini anglash, ijtimoiy ko‘nikmalarni rivojlantirish, liderlik va boshqalar) va ularning metodlari, shuningdek, rolli o‘yinlar, suhbat va muhokama usullari kabi trening texnikalari ko‘rib chiqilgan. Psixologik treninglarning asosiy foydalari, jumladan, stressni kamaytirish, o‘zini anglashni rivojlantirish va maqsadlar sari rag‘batlantirish ta'kidlangan.
2025-01-15
BILISH FAOLIYATINI DIAGNOSTIKA QILISH METODIKALARI
Mazkur maqolada bilish faoliyatini diagnostika qilish metodikalari tahlil etiladi. Bilish faoliyati insonning tashqi dunyoni idrok etish, tushunish va baholash jarayonlarini o‘z ichiga oladi. Ushbu faoliyat kognitiv jarayonlar, jumladan, idrok, tafakkur, xotira, e’tibor va boshqa psixologik jarayonlar orqali amalga oshiriladi. Maqolada bilish faoliyatining turli jihatlari, uning o‘lchovlari va diagnostika metodikalarining ahamiyati ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, bilish faoliyatini o‘rganish va diagnostika qilishning amaliy usullari, shu jumladan, psixologik testlar, kuzatish va suhbatlar orqali qanday amalga oshirilishi, uning ijtimoiy va pedagogik jarayonlardagi ahamiyati tahlil qilinadi.
2025-01-15
SAN’ATSHUNOSLIK TARIXI VA KELAJAK AVLOD UCHUN MADANIY MEROS
Ushbu maqolada san’at tarixi va madaniy merosning o‘zaro bog‘liqligi o‘rganilib, ularning saqlanishi va kontekstual tushunilishining ahamiyati ta’kidlanadi. Maqolada madaniy yodgorliklarni asrashda texnologik yutuqlarning roli, asosiy muammolar va barqaror konservatsiya strategiyalari yoritib beriladi. Tarixiy, sotsiologik va texnologik nuqtai nazarlarni birlashtirgan holda, tadqiqot samarali saqlash usullarini aniqlab, mavjud adabiyotlardagi bo‘shliqlarni to‘ldirishga qaratilgan. Xususan, o‘zbek madaniy merosining jahon san’ati tarixiga qo‘shgan hissasi alohida ko‘rib chiqilib, konservatsiya amaliyotlaridagi mintaqaviy va xalqaro dinamikalarni oydinlashtirishga intilmoqda.
2025-01-15
BO’LAJAK BOSHLANG’ICH SINF O’QITUVCHILARINING ONA TILI VA O’QISH SAVODXONLIGI FANINI O’ZLASHTIRISHDA SEMIOTIK YONDASHUV SHAKL, METOD VA VOSITALARI
Ushbu maqolada bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilarining ona tili va o’qish savodxonligi fanini o’zlashtirishda semiotik yondashuvning shakl, metod va vositalari haqida umumiy ma’lumot yoritib berilgan. Bundan tashqari ularga mos ravishda namuna va misollar ham keltirib o’tiladi.
2025-01-15
HАMKОRLIK PЕDАGОGIKАSI, TАLАBАLАR BILАN INNОVАTSIОN MULОQОT, ILMIY-АMАLIY LОYIHАLАR ОRQАLI KОRPОRАTIV MАDАNIYАTNI BОYITISH
Оliy tа'lim muаssаsаlаridаgi kоrpоrаtiv mаdаniyаt - bu inklyuzivlik, innоvаtsiyаlаr vа аmаliy ishtirоkni rivоjlаntirishgа qаrаtilgаn qаsddаn tаshаbbuslаr оrqаli rivоjlаnаdigаn dinаmik kоnstruktsiyаdir. Ushbu mаqоlаdа hаmkоrlikdаgi pеdаgоgikа, tаlаbаlаr bilаn innоvаtsiоn mulоqоt vа ilmiy vа аmаliy lоyihаlаrni intеgrаtsiyаlаshuvi kоrpоrаtiv mаdаniyаtni bоyitishgа qаndаy hissа qо‘shishi kо‘rib chiqilаdi. Muhоkаmа hаmkоrlik, tаnqidiy fikrlаsh vа аmаliy tа'lim mаdаniyаtini yаrаtish uchun ushbu еlеmеntlаrni institutsiоnаl аmаliyоtlаrgа kiritish strаtеgiyаlаrigа urg'u bеrаdi. Ushbu sа'y-hаrаkаtlаrni institutsiоnаl qаdriyаtlаr vа mаqsаdlаrgа mоslаshtirish оrqаli оliy tа'lim muаssаsаlаri tаlаbаlаrni hаqiqiy dunyо muаmmоlаrigа tаyyоrlаydigаn mustаhkаm kоrpоrаtiv mаdаniyаtni yаrаtishi vа tаshkilоtning о'zigа xоsligini mustаhkаmlаshi mumkin.
2025-01-15
SINGАPUR TАJRIBАSIDА KОRPОRАTIV MАDАNIYАTNI SHАKLLАNTIRISH АMАLIYОTI: ОLIY TА’LIM MUАSSАSАLАRIDАGI STRАTЕGIYАLАR
Singаpur оliy tа'lim muаssаsаlаri yаxshi tuzilgаn kоrpоrаtiv mаdаniyаt аsоsidа innоvаtsiyаlаr vа mukаmmаllikning glоbаl nаmunаlаrigа аylаndi. Ushbu mаqоlа Singаpur univеrsitеtlаri tоmоnidаn о'zlаrining kоrpоrаtiv mаdаniyаtini shаkllаntirish vа qо'llаb-quvvаtlаsh uchun qо'llаnilаdigаn strаtеgiyаlаrni о'rgаnib chiqаdi, еtаkchilikni rivоjlаntirish, mаnfааtdоr tоmоnlаrni jаlb qilish vа tеxnоlоgik yutuqlаrni birlаshtirishgа qаrаtilgаn. Ushbu institutlаrni bоshqаrаdigаn аmаliyоt vа siyоsаtni о'rgаnib chiqib, mаqоlа shungа о'xshаsh yоndаshuvlаrni mоslаshtirishgа intilаyоtgаn glоbаl о'qituvchilаr uchun tushunchаlаrni tаqdim еtаdi. Cаsе-study linzаlаri оrqаli munоzаrа mаdаniy mоslаshuv, strаtеgik qаrаsh vа bаrqаrоr vа dinаmik kоrpоrаtiv mаdаniyаtni shаkllаntirishdа dоimiy tаkоmillаshtirishning rоlini tа'kidlаydi.
2025-01-15
INGLIZ TILINI O'QITISHDAGI TOPSHIRIQLAR TIPOLOGIYASI (3-4-SINF DARSLIKLARI MISOLIDA)
Mazkur maqolada ingliz tilini o'qitishda foydalaniladigan 1-2-sinf darsliklarida grammatik topshiriqlar turli metodologik yondashuvlar va ta'lim usullariga asoslanishi yoritilgan. Shuningdek, darsliklar o`quvchilarga tilni o'rganishda yordam berish uchun turli mavzular, grammatika qoidalari, leksika, gapirish, tinglash, o'qish va yozish ko'nikmalarini rivojlantiradigan topshiriqlar va materiallar taqdim etilishi bayon etilgan.
2025-01-15
MUSIQA TO‘GARAKLARIDA O‘QUVCHILARINI CHOLG‘U IJROCHILIGIGA O‘RGATISH JARAYONLARINI TASHKIL ETISH
Ushbu tezisda musiqa to‘garaklarida o‘quvchilarni cholg‘u ijrochiligiga o‘rgatish jarayonlarini samarali tashkil etishning nazariy va amaliy jihatlari yoritilgan. Cholg‘u ijrochiligi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishda ilg‘or pedagogik texnologiyalar, o‘quvchilarning individual qobiliyatlarini inobatga olish, metodik yondashuvlar va ijodiy faoliyatni rivojlantirish usullarining ahamiyati tahlil qilinadi. Shuningdek, ijro mahoratini rivojlantirishda ansambl va yakkaxon ijrochilikning pedagogik imkoniyatlari ochib berilgan. Tadqiqot natijalari musiqa ta'limi jarayonlarini rivojlantirishda muhim uslubiy asos bo‘lib xizmat qiladi.
2025-01-16
ILMIY MAQOLANI RASMIYLASHTIRISHGA QOʻYILGAN TALABLAR
Ushbu maqolada ilmiy maqolani rasmiylashtirishga qo‘yilgan talablar tahlil qilinadi. Maqolada ilmiy ishlarni tayyorlashda amal qilinishi lozim bo‘lgan asosiy qoidalarga, struktura va tarkibiga e'tibor qaratiladi. Ilmiy maqolani rasmiylashtirishda mazmuni to‘g‘ri, aniq va lo‘nda bo‘lishi kerakligi ta'kidlanadi. Maqolada ilmiy maqolaning kirish, asosiy qism, xulosa va foydalangan adabiyotlar kabi asosiy qismlari qanday tuzilishi lozimligi ko‘rsatilgan. Shuningdek, maqola yozish jarayonida ilmiy axborot va ma’lumotlar to‘g‘ri va aniq ravishda taqdim etilishi, rasmiylashtirishning texnik talablariga mos bo‘lishi muhimligi haqida so‘z boradi.
2025-01-17
12-13 YOSHLARDAGI BOLALARNI MILLIY KURASH MUSOBAQALARI OLDIDAN PSIXOLOGIYASINI TAYYORLASH
Kurash mashg‘uloti – yosh sportchilarni kurash turlariga xos bo‘lgan mashqlar va harakatlarga o‘rgatishga qaratilgan pedagogik jarayon bo‘lib hisoblanadi. Kurash mashg‘ulotining maqsadi yosh kurashchilarni yuqori malakali sportchi qilib tarbiyalash va kurash turlarida sportdagi eng yuksak natijalarga erishish bilan birga ma’naviy etuk hamda jismonan barkamol inson qilib tarbiyalash hisoblanadi.
2025-01-20
РИВОЖЛАНИШ СТРАТЕГИЯЛАРИНИ ИШЛАБ ЧИҚИШГА НИСБАТАН МАВЖУД ЗАМОНАВИЙ ЁНДАШУВЛАР
Бугунги кунда ижтимоий-иқтисодий ҳаётимизнинг барча тармоқларида кенг кўламли ислоҳотлар амалга оширилмоқда. Мазкур ислоҳотлар тегишли соҳа ва тармоқларни ривожлантириш стратегиялари асосида ишлаб чиқилган бўлиши зарурий шартлардан бири хисобланади. Шу муносабат билан хам мақолада соҳа ва тармоқларни ривожланиш стратегияларини ишлаб чиқишни классик моделларининг қиёсий таҳлили амалга оширилди.
2025-01-20
O‘ZBEK TILINI XORIJIY TIL SIFATIDA O‘QITISHDA MUAMMO VA TAKLIFLAR
Mazkur maqola O‘zbekistonning xalqaro maydondagi o‘rni va xorijzabonlarga o‘zbek tilini o‘rgatishda yuzaga kelayotgan muammolar, shu jumladan, qo‘llanmalarning sifati, til o‘rganish metodologiyasining yetarli darajada rivojlanmaganligi va darsliklar sifatining pastligi kabi masalalar ham tilga olingan. Maqolada ko‘rsatilgan muammolarni hal qilish uchun bir qator takliflar va yechimlar berilgan.
2025-01-21
NEYROPEDAGOGIKADA KOGNITIV YUK NAZARIYASI VA UNI TA’LIM JARAYONIDAGI O’RNI
Ushbu tezisda kognitiv yuk nazariyasi haqida yani o’quvchilarning ish xotirasiga yuklangan ma’lumotlar miqdori. O’qtuvchilar darslarni rejalashtirishda, tushintirishlarida oddiy va tushunarli qilib taqdim etishlari haqida bayon qilingan. Ushbu tezisdan pedagogika va psixologiya yo’nalishida ta’lim beruvchi mutaxassislar va bu sohada tahsil olayotgan talabalar jamoasi hamda mustaqil izlanuvchilar foydalanishlari mumkin.
2025-01-21
JISMONIY TARBIYA VA SPORT SOHASIDA PSIXOLOGLARNING O‘RNI VA VAZIFALARI
Ushbu maqola yuksak madaniyatga ega bo‘lgan har tomonlama yetuk hamda jismonan sog‘lom insonlarni shakllantirish maqsadida shaxsni tarbiyalashga, insonlarning jismoniy imkoniyatlarini rivojlantirishga, uning jismoniy tarbiya va sport sohasida malaka va bilimlarini orttirishga, mehnatsevarlik, kamtarlik, vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllanturish, ham jismonan ham ma’naviy barkamol inson bo‘lib voyaga yetishida psixologlarning o‘rni haqida.
2025-01-21
BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARIDA SHAXSLILIK SIFATLARINING NAMOYON BO‘LISHI
Mazkur tezisda bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida shaxsiylik sifatlarining shakllanishi va ularning kasbiy faoliyatda namoyon bo‘lishi xususiyatlari tahlil qilinadi. Shaxsiylik sifatlari ta’lim jarayonida o‘qituvchi pedagogik mahoratini rivojlantirish va o‘quvchilarga individual yondashuvni ta’minlashda muhim o‘rin tutadi. Tadqiqotda shaxsiylik sifatlarining asosiy ko‘rsatkichlari, ularni shakllantirish metodlari va pedagogik amaliyotda qo‘llash imkoniyatlari ochib berilgan. Shuningdek, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining professional o‘sishida psixologik va metodik yondashuvlarning roli ilmiy-nazariy jihatdan asoslab berilgan.
2025-01-21
THE IMPORTANCE OF INTERACTIVE METHODS IN ENHANCING THE CREATIVITY OF PRESCHOOL STUDENTS
The development of a creative personality is one of the important tasks of pedagogical theory and practice from the point of view of the federal state educational standard. Therefore, people are beginning to work on its solution. Methods are methods of interconnected activity of the teacher and the student aimed at achieving educational goals. The main methods of teaching and developing preschool children are practical, visual, verbal and game methods.
2025-01-22
AHOLINING MA’NAVIY-AXLOQIY SIFATLARINI RIVOJLANTIRISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISHNING AYRIM JIHATLARI (MAHALLA FUQAROLAR YIG`INI RAISLARI MISOLIDA)
Aholining ma'naviy-axloqiy sifatlarini rivojlantirish zamonaviy jamiyatdagi eng dolzarb masalalardan biridir. Bu jarayon, o‘z navbatida, har bir insonning o‘zlikni anglashidan tortib, jamiyatda barqarorlik va ijtimoiy ahillikni saqlashgacha bo‘lgan keng ko‘lamli ta'sirni o‘z ichiga oladi. Aholining ma'naviy-axloqiy rivojlanishi, davlat siyosati va ta'lim-tarbiya tizimi, shuningdek, xalq madaniyati, urf-odatlar va an'analari orqali amalga oshiriladi.
2025-01-22
BOSHLANGʻICH SINF OʻQUVCHILARINING KONGNITIV JARAYONLARINING PSIXOLOGIK TASNIFI (DIQQAT MISOLIDA)
Ushbu maqola shaxs taraqqiyotida bolaning psixik rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Boshlangʻich sinf oʻquvchilarining dars mashgʻulotlarini oʻzlashtirishida diqqatning har tomonlama oʻrganilishi oʻtilyotgan mavzularning mazmun mohiyatini keng koʻlamli oʻrganishga qaratilgan.
2025-01-23
BOLALIK DAVRIDAGI HISSIY BEPARVOLIK VA KATTALAR BILAN PSIXOLOGIK MUNOSABAT
Mazkur maqola bolalik davridagi hissiy beparvolik va uning kattalar ruhiy salomatligiga ta’siri bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalariga bag‘ishlangan. Tadqiqotda bolalikda hissiy e'tibordan mahrum bo‘lgan shaxslarning yetuklik davridagi psixologik muammolari, jumladan, depressiya, xavotir, o‘zini past baholash va ijtimoiy moslashuvdagi qiyinchiliklar kabi omillar tahlil qilingan. Mazkur tadqiqot natijalari ruhiy salomatlikni yaxshilashda amaliy foydalanishga oid muhim ahamiyatga ega.
2025-01-23
