Innovative Academy
  • Регистрация
  • Вход
  • En
  • Ўз
  • Ру

Innovative Academy

  • Журналы
    • Евразийский журнал академических исследований
    • Евразийский журнал медицинских и естественных наук
    • Евразийский журнал социальных наук, философии и культуры
    • Евразийский журнал права, финансов и прикладных наук
    • Евразийский журнал математической теории и компьютерных наук
  • Новые журналы
    • Центральноазиатский журнал образования и инноваций
    • Евразийский журнал технологий и инноваций
    • Бюллетень педагогов нового Узбекистана
    • Бюллетень студентов нового Узбекистана
  • Конференции
    • Наука и технология в современном мире
    • Прикладные науки в современном мире: проблемы и решения
    • Естественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования
    • Инновационные исследования в современном мире: теория и практика
    • Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования
    • Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования
  • Объявления
    • Как написать научную статью?
    • Вопросы о докторантуре и ответы на них
    • «Eng yaxshi ilmiy maqola» tanlovi
    • Xirsh indeksi nima va uni qanday oshirish mumkin?
    • «Faol hamkor» aksiyasi
    • «In Ambassador» jamoasi
    • atm

Найти

Расширенные фильтры

Результаты поиска

BUYUK IPAK YO’LI

So’ngi chorak asr davomida jahon miqyosida buyuk ipak yo’li mavzusiga qiziqish o’sib bormoqda. Bu albatta, bevosita zamon talablari bilan bog’liq. Zero, dunyoda iqtisodning globallashuvi jarayoni avj olib ketayotgan ayni paytda barcha katta-kichik mamlakatlar jahon bozorlariga shu darajada bog’lanib qolganki, bularsiz iqtisodiy rivojlanishni tasavvur etish qiyin. Bu bog’lanishni mamlakatlararo o’tgan yo’lsiz amalga oshirib bo’lmaydi.Bu jihatdan ko’pgina mamlakatlar Buyuk ipak yo’liga ozmi-ko’pmi alaqador.Ayniqsa, dengiz bilan bevosita bironta yo’l orqali bog’lanmagan O’zbekiston uchun Buyuk ipak yo’li nihoyatda ahamiyatli bo’lgan va bundan keyin ham shunday bo’lib qoladi.Bu maqolani yozishimizdan maqsad, Buyuk ipak yo’li haqida ma’lumotlarni  yanada zebberishga  urunish emas.Chunki Buyuk ipak yo’li haqida bundan oldin ham uzundan-uzoq musonnifotlar bitilgan.Buyuk ipak yo’li haqida ma’lumot berishimizdan maqsad, ipak yo’lini xuffozalari orasidagi e’tiborga molik jihatlarini ko’rsatib berishdir.

Абдулакимова Дилжахон Болтаевна

85-91

2024-01-25

BUYUK IPAK YO'LINING AHAMIYATI

Buyuk Ipak Yo‘li – qadimiy zamonlardan to XVI asrgacha Yevrosiyo qit’asini bog‘lagan yirik savdo va madaniy yo‘nalishlar tizimidir. U Xitoydan boshlanib Markaziy Osiyo, Eron, Arab zaminlari, va nihoyat Yevropaga yetib bordi. Ushbu maqolada Buyuk Ipak Yo‘lining iktisodiy, madaniy va geosiyosiy ahamiyati tahlil qilinadi. Iqtisodiyot nuqtai nazaridan yo‘lda barqaror savdo aloqalari, maxsus bojxonalar tarmog‘i va marzbonlik tizimi shakllandi. Bu yo‘nalish bo‘ylab ipak, qimmatbaho toshlar, keramikalar va dorivor o‘simliklar uzatilgan. Madaniy qiyofa jihatidan Buyuk Ipak Yo‘li turli tamaddunlararo aloqalarni mustahkamladi, buddizm, nasroniylik, islom dini, hamda hunarmandchilik sanʼatining o‘zgaruvi doirasini kengaytirdi. Yo‘l bo‘ylab qadimiy shaharlarda kitoblar kopiyasi ham sug‘orildi, bu esa ilm-fan va adabiyotning almashuviga sabab bo‘ldi. Geosiyosiy tahlilda mazkur yo‘nalish xavfsizlik, diplomatik ziyorat, va sarkarda yurishlari uchun asos bo‘lib xizmat qilgan. Bugungi kunda esa Ipak Yo‘lining merosi global logistika, turizm va diplomatlik yo‘nalishlarida qayta tiklanmoqda. Maqola davomida arkeologik qazishmalar, tarixiy manbalar va zamonaviy tadqiqotlar asosida aniq misollar keltiriladi. Shu tarzda, Buyuk Ipak Yo‘lining ilmdan iqtisodiyotgacha bo‘lgan umumiy ta’siri har tomonlama ochib beriladi.

Kozimov Qudratillo Muhammadyusuf o’g’li, Sadriddinov Musoxon Sayidolim o’g’li

91-95

2025-06-30

BUYUK IPAK YO’LINING RIVOJLANISH TARIXI

Buyuk Ipak yo‘li hech qachon yagona bir yo’ldan iborat bo’lmagan. Uning  tarkibiga  tog’  dovonlari  orqali  otgan,  cho’llarni  aylanib  o’tgan turli yo’nalishdagi bir necha karvon yo’llari tarmog’i kirgan. Buyuk ipak yoʻli atamasi qadimda ishlatilmagan. Buyuk ipak yoʻlini tarixiy, geografik va madaniy jihatlarini ilmiy oʻrganish amalda koʻplab mamlakat olimlari tomonidan XIX asr. ning ,boshlarida uni tadqiq etishga Gʻarbiy Yevropa, Rossiya va Yaponiya olimlari salmoqli hissa qoʻshdilar. Xususan, Yaponiyada «Buyuk ipak yoʻli ensiklopediyasi» nashr qilindi. 1877-y. mashhur nemis olimi Karl Rixtgofen oʻzining «Xitoy» nomli yirik ilmiy asarida ulkan Yevroosiyo materiganing turli qismlarini bogʻlovchi yoʻllar tizimini «Ipak yoʻli» deb atagan, keyinchalik «Buyuk ipak yoʻli» atamasi qabul qilingan.

Xurramov Umidjon Aliqul o’g’li, Abdulazizova Munavvar Azizbek qizi

613-618

2022-12-19

O’RTA OSIYO VA QADIMGI XITOY MUNOSABATLARI: BUYUK IPAK YO’LINING VUJUDGA KELISHI

Davlatlar o’rtasidagi madaniy va iqtisodiy aloqalar rivojlanib borgani sari xalqlar o’rtasidagi aloqalar ham mustahkamlanib boradi. Qadimda mavjud bo’lgan Buyuk ipak yo’li ham shunday aloqalar natijasida vujudga kelgan. Ushbu maqolada, O’rta Osiyo va qadimgi Xitoy aloqalari rivojlanishi, sharq va g’arbni bog’lab turuvchi Buyuk Ipak yo’li vujudga kelish tarixi haqidagi ma’lumotlarga ega bo’lasiz. Shuningdek, O’rta osiyo va Xitoy munosabatlari doimo  tinchlik yo’li bilan olib borilmagan, ular o’rtasidagi harbiy to’qnashuvlar ham sodir bo’lgan. Shunga qaramasdan, ular o’rtasidagi savdo va iqtisodiy aloqalar to’xtovsix davom etgan.

Nazirov Baxtiyor Safarovich , Qalandarova Madina Jo’rabek qizi, Maxmaraimova Parvina Navruz qizi

27-30

2023-01-07

AMIR TEMUR – BUYUK DAVLAT ARBOBI

Amir Temur, yoki Tamerlan, O'rta Osiyo va dunyo tarixidagi eng buyuk sarkardalardan biri hisoblanadi. Uning hayoti va faoliyati nafaqat o'z davrida, balki keyingi asrlarda ham keng muhokama qilinib, yuksak baho olgan. Temurning buyuk davlat arbobi sifatidagi roli, harbiy strategiyasi, siyosiy ko'rik va madaniyatga qo'shgan hissasi tarixi davomida katta ahamiyatga ega. Ushbu maqolada Amir Temurning davlat arbobi sifatidagi faoliyati, uning siyosiy islohotlari, harbiy yurishlari va madaniyatga qo'shgan hissalari tahlil qilinadi. Shuningdek, Temurning tashkil etgan imperiyasining tarixi va uning bugungi kunda davom etayotgan merosi haqida so'z yuritiladi.

Azimov Adhamjon, Rasulov Inoyatulloh

135-138

2025-04-29

AMIR TEMUR – BUYUK DAVLAT ARBOBI

Amir Temur  O'rta Osiyo va butun dunyo tarixida buyuk harbiy rahbar, davlat arbobi va madaniyat homiysi sifatida tanilgan. Ushbu maqola Amir Temurning davlat arbobi sifatidagi roli va uning tarixdagi o‘rni haqida so‘z yuritadi. Maqolada Temurning harbiy yurishlari, siyosiy islohotlari, iqtisodiy siyosati va madaniy merosi tahlil qilinadi. Amir Temur o‘zining harbiy muvaffaqiyatlari bilan katta hududlarni zabt etib, Temuriylar imperiyasini yaratdi. Shuningdek, u markazlashgan boshqaruv tizimini o‘rnatdi, davlatni iqtisodiy va siyosiy jihatdan mustahkamladi. Uning Samarqandni ilm-fan va madaniyat markaziga aylantirishi, ilmiy va madaniy rivojlanishga qo‘shgan hissasi uning buyukligini yanada oshiradi. Temurning siyosiy va madaniy merosi, uning davlat boshqaruvi, qonunlar va madaniy yutuqlari bugungi kunda ham o‘rganilmoqda va dunyo tarixida o‘z izini qoldirgan. Bu maqola Amir Temurning buyuk davlat arbobi sifatidagi ahamiyatini keng yoritib beradi va uning tarixdagi o‘rni hamda merosini chuqur tahlil qiladi.

Azimov Adhamjon , Riskiyyev Ibratillo

18-23

2025-05-07

BUYUK IPAK YO’LI – MULOQOT VA HAMKORLIK YO’LI

Buyuk ipak yo`li mil. av. I ming yillikning 2- yarmidan to millodiy XV asrgacha, ya’ni suv yo`llari qaror topguncha sharqni g`arb bilan bog`lagan asosiy savdo yo`li bo`lib, u Xitoy, Hindiston, O`rta Osiyo, yaqin Sharq hamda O`rta dengiz mamlakatlari o`rtasidagi savdo-sotiq va madaniy aloqalarning rivojlanishida muhim rol o`ynagan.  O`rta Osiyo Buyuk ipak yo`li chorrahalarida joylashgan bo`lganligi uchun ham bu yo`lning ta’siri va ahamiyati juda katta bo`lgan. Buyuk ipak yo`li orqali dunyo madaniyatining beshigi bo`lgan mamlakatlar o`rtasidagi jug`rofiy va milliy to`siqlardan ustun turadigan chinakam xalqaro muloqotlarga yo`l ochilgan. Bugun jahon madaniyati erishgan cho`qqidan sezayotganligini guvohi bo`lamiz.

Maftuna Normuradovna Ruziboyeva, Xurshida Omondavlatova Rustamovna, Namozova Laylo ikromjon qizi

102-106

2022-12-10

BUYUK IPAK YO’LI - MULOQOT YO’LI

1987 yil YUNESKO madaniy taraqqiyot bo’yicha BMTning umumjahon dekadasi doirasida “Ipak yo’li — muloqot yo’li” xalqaro dasturini qabul qildi. Bu dastur O’rta Osiyo xalqlari boy madaniy tarixlarini keng qamrovda tadqiq etishni nazarda tutadi. Biroq uning asosiy maqsadi — Sharq bilan G’arb o’rtasida yanada mustahkamroq madaniy va iqtisodiy aloqalar o’rnatish, ushbu buyuk qit’alarda yashovchi ko’p sonli xalqlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlarni yaxshilashdan iborat. Ko’plab (30 dan ziyod) xalqaro ilmiy konferentsiya (jumladan, Samarqand, 1990 yil oktabr; Buxoro, 1996 yil Fevral) va seminarlar o’tkazildi. Buyuk ipak yo’li bo’ylab birgalikda xalqaro ekspeditsiyalar uyushtirildi, kinofilmlar yaratildi, kitoblar, broshyuralar va maqolalar chop etildi, ba’zi arxeologik va me’moriy yodgorliklar ta’mirlandi. Ba’zi bir Sharq mamlakatlarida (Hindiston, Xitoy, O’zbekiston, Shri Lanka, Yaponiya) Buyuk ipak yo’lini o’rganish bo’yicha maxsus ilmiy institutlar barpo etilgan.

Elmoʻminov Abduvahob Xudoyberdi oʻgʻli, Oʻrozdavlatov Samandar Alisherovich, Xushboqov Elyor Abdukarim oʻgʻli, Amirqulova Feruza Muzaffar qizi

111-114

2022-12-10

“AMIR TEMUR VATAN VA MILLAT TIMSOLI”

Insoniyat tarixida eng katta va buyuk imperiyalardan biri Temuriylar imperiyasi asoschisi buyuk bobokalonimiz Amir Temur nafaqat harbiy sarkarda, balki bunyodkor, adolatli shaxs sifatida ham tarixda chuqur iz qoldirgan bo‘lib, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev: Buyuk Sohibqiron Amir Temur bobomizning: “Adolat har bir ishda xamrohimiz va dasturimiz bo‘lsin” degan chuqur ma‘noli so‘zlari har birimiz uchun hayotiy e‘tiqodga aylanishi zarur” degan so‘zlari ham buyuk Sohibqironnig har ishda adolatli shaxs sifatida kelаjak avlodga faxriy o‘rnak bo‘la olishining yorqin ifodasidir.

 

Aminchonova Mahbuba Ahmedovna

32-34

2025-09-09

BUYUK IPAK YO’LI-MULOQOT YO’LI

Buyuk ipak yo’li qadimdan sharq bilan g’arbni bog’lovchi karvon yo’li bo’lib xizmat qildi. ”Buyuk ipak yo’li “atamasi kirib kelganiga ko’p bo’lgani yo’q.U ilk bor  1877-yilda nemis geografi Vilgelim Rixtgofen tomonidan nashr qilingan “Xitoy”nomli kitobida uchraydi.Buyuk ipak yo’li Xitoy, Hindiston, O’rta Osiyo, Yaqin Sharq hamda O’rta dengiz bo’yi mamlakatlari o’rtasidagi savdo-sotiq va madaniy aloqalar rivojlanishida muhim rol o’ynagan. Ushbu maqolada Buyuk ipak yo’lini tiklash dasturlari haqida ham ma’lumotlar kiritildi va yoritib berildi.

Mardonov Muhriddin Islom o’g’li

86-88

2023-02-08

FARG‘ONA VODIYSI ORQALI O‘TGAN BUYUK IPAK YO‘LI TARMOQLARI VA ULARNING IQTISODIY AHAMIYATI

Ushbu maqolada Farg‘ona vodiysi orqali o‘tgan Buyuk ipak yo‘lining tarixiy yo‘nalishlari va ularning iqtisodiy ahamiyati tahlil qilinadi. Tarixiy yozma manbalar, arxeologik dalillar va raqamli kartografik vositalar asosida mintaqaning qadimiy savdo-sotiqdagi roli ochib beriladi. Ayniqsa, vodiyning hunarmandchilik va urbanizatsiyadagi o‘rni, karvon yo‘llarining tashkil topishi va mintaqaviy integratsiyaga ta’siri chuqur o‘rganiladi.

O‘ֹktamov Madadjon O‘ֹktam o‘ֹg‘li, Fayzullayeva E’zoza O‘ֹtkir qizi

38-41

2025-09-08

DO’STLIK HAQIDAGI G’OYALAR BUYUK AJDODLARIMIZ NIGOHIDA

Insoniyat tаrаqqiyotidа  shundаy tushunchаlаr mavjudki hech qachon  o’z   ma'nosini yo'qotmaydi.   Bu do'stlik tushunchasi. Asrlar davomida u insoniyat jаmiyatining enг muhim ko'rsatkichi sifatida o'rganilаdi. Do'stlik haqida ko'plab fikrlar bildirilgan va oltin so'zlar ifodalangan. Ulardа barcha xalqlar va millatlarning buyuk  mа’nаviy boyliklari ifoda etilgаn. Ushbu maqolada biz buyuk ajdodimiz Ibn Sinoning do'stlik haqidagi ba'zi fikrlarini keltirdik, unda mutafakkirning do'stlik va do'stlarni tanlash haqidagi ajoyib fikrlari bayon etilgan.

K.M. Axmedov, G.K. Sherbutayeva

66-68

2025-02-28

BUYUK GEOGRAFIK KASHFIYOTLARNING BOSHLANISHI VA SABABLARI

Ushbu maqolada buyuk geografik kashfiyotlarning boshlanish sabablari, uning mohiyati, yangi yerlarning kashf qilinishi, kashf qilingan yerlarni o’rganalishi, mustamlakaga aylantirilishi hamda mustamlakachilik oqibatlari shuningdek yangi savdo yerlarining paydo bo’lishi haqida ma’lumotlar beriladi.  

Ashuraliyeva Shohista Shavkat qizi

5-8

2023-03-03

“ONA VATANIMNING BUYUK FARZANDLARI”

Ona Vatanimiz O‘zbekiston qadimiy va betakror tarixga ega bo‘lib, bu tarix sahifalarida jasoratli sarkardalar, ulkan mutafakkirlar, buyuk olimlar va fidoyi ziyolilar tomonidan yozilgan oltin sahifalar hamon porlab turadi.

Tojiboyeva Rayhona

36-39

2025-09-29

BUYUK IPAK YO‘LINING BUGUNGI KUNDA QAYTA TIKLANISHI VA JAHON MAMLAKATLARINING O‘ZARO ALOQALARI

Xitoy – Buyuk ipak yo`li iqtisodiy tasmasi konsepsiyasi asoschilaridan biri sifatida Xitoy Xalq Respublikasi bugungi kunda jahon iqtisodiyotida o`zining mustahkam o`rniga ega bo`lgan dunyoning AQSHdan keyingi ikkinchi raqamli mamlakati hisoblanadi. Xitoy Xalq Respublikasi bugungi kunda dunyoning 200 dan ortiq mamlkatlari bilan savdo iqtisodiy hamkorlik munosabatlarini olib borishi bilan birga rivojlanayotgan mamlakatlar orasida eng kuchli iqtisodiy salohiyatga ega bo`lgan mamlakat hisoblanadi.

Abdullayev Azimjon Ashurvoy o’g’li

299-304

2022-10-11

O‘ZBEKISTON MILLIY IQTISODIYOTINI RIVOJLANTIRISHDA BUYUK IPAK YO‘LINING AHAMIYATI

Maqola, O'zbekiston milliy iqtisodiyotining rivojlanishida Buyuk Ipak Yo‘li tarixiy savdo yo‘lining ahamiyatini tahlil qiladi. Bu yo‘l Markaziy Osiyo davlatlarining geografik joylashuvi tufayli xalqaro savdo, turizm, sarmoya jalb qilish va madaniyatlararo hamkorlik uchun keng imkoniyatlar yaratgan. "Bir makon, bir yo‘l" tashabbusi doirasida amalga oshirilayotgan loyihalar O‘zbekistonning eksportini oshirish, yangi bozorlarga kirish, iqtisodiy diversifikatsiya va texnologik taraqqiyotga yordam beradi. Ushbu savdo yo‘li orqali O‘zbekistonning global iqtisodiy va madaniy jarayonlarda faol ishtiroki hamda iqtisodiy barqarorligini ta'minlashdagi roli muhokama qilinadi. nechata so'zdan iborat.

Atajonov Umidjon Shamrat o‘g‘li, Tojiyev Bilol Abdirosulovich

745-746

2024-07-31

QO'SHMA SHTATLAR VA BUYUK BRITANIYA TA'LIM TIZIMLARIDA BAHOLASH USULLARINING QIYOSIY TAHLILI

Baholash usullari ta'lim tizimlari o'quvchilarning o'rganishi va yutuqlarini qanday o'lchashini tushunishning muhim qismidir. Amerika Qo'shma Shtatlari va Buyuk Britaniya, ikkalasi ham yaxshi tashkil etilgan va hurmatli ta'lim tizimiga ega, baholashga bo'lgan yondashuvlarida qiziqarli qarama-qarshiliklarni taqdim etadi. Ikkala tizim ham akademik muvaffaqiyatni ta'kidlasa-da, ularning baholash strategiyalari tarixiy, madaniy va pedagogik omillar tufayli sezilarli darajada farqlanadi. Shu sababli, ushbu maqola ikkala mamlakatda qo'llaniladigan baholash usullarini o'rganadi, ularning formativ va summativ yondashuvlariga, baholash tizimlariga va ushbu amaliyotlarni shakllantiradigan madaniy ta'sirlarga alohida e'tibor beradi.

Kilicheva Karamat Yunustayevna

414-417

2024-11-29

MİRZO ULUG’BEK- BUYUK O’ZBEK ASTRONOMİ

Dunyo astronomiya fani taraqqiyotida o’rta asr Sharq astronomiyasi, jumladan, Markaziy Osiyo olimlarining faoliyati alohida o’rin tutadi.Bu davrda ayniqsa, Quyosh,Oy va sayyoralarning harakat nazariyasi, amaliy astronomiyaning vaqt va joyning geografik koordinatalarini aniqlashga doir masalalari bo’yicha O’rta Osiyo, xususan, o’zbek allomalari juda boy meros qoldirdilar. Bu davrda musulmon mamlakatlarning yuzlab buyuk mutafakkirlari astronomiya, matematika va falsafa fanlari bo’yicha tadqiqot ishlari bilan mashg’ul bo’ldilar.Ular ichida: Muhammad al-Xorazmiy, Ahmad al- Farg’oniy,Abu Nasr al- Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Umar Xayyom, Abu Mahmud Hamid al-Xo’jandiy,Nasuriddin at-Tusiy, Mahmud al-Chag’miniy, Qozizoda Rumiy, G’iyosiddin Jamshid Koshiy va Mirzo Ulug’bek kabi mashhur siymolar o’z ijodlari, ilmiy meroslari bilan Markaziy Osiyo xalqlarininggina emas, balki dunyo xalqlarining boyligiga aylanib, bugun jahonning barcha ellari orasida hurmat bilan tilga olinadilar.Ushbu maqolada ana shunday buyuk’ allomalardan biri buyuk astronom Mirzo Ulug’bek  haqida so’z ketadi.

Jumayev Dilshodbek Yo’ldosh O’g’li

1-4

2022-03-11

BUYUK AKBAR DAVRIDA BARPO ETILGAN BOG’LAR

Ushbu maqolada Boburiylar sulolasining buyuk podshohlaridan bo‘lgan Akbarshoh davrida Hindistonda barpo etilgan bog’lar va ularning uslublari, mahobati, ta'rifi RALZ’OS TILAK h aqida

Abdug’ani Hayrullo o’g’li Mamasidikov , Zahroxon Mirzohidjon qizi Isajonova

29-30

2022-05-02

BUYUK YURT ALLOMASI IMOM BUXORIYNING YOSHLARGA QOLDIRGAN MA’NAVIY DURDONASI

Ushbu maqolada  Imom Buxoriy ijodiy merosida Islom dini insonlar e’tiqodini mustahkamlab, ular uchun  ma’naviy ozuqa, qadriyatlarning umumbashariy ahamiyatga ega ekanligi, yoshlar ongiga allomaning buyuk hizmatlari haqida ma’lumotlar berilgan. Allomaning buyuk merosi haqida  Islom dinida shunday ajoyib g‘oyalar, qarashlar, ta’limotlar, falsafiy axloqiy qoida va o‘gitlar mavjudki, ularga amaliy faoliyatda asoslanish  kabi bir qator masalalar ko‘rilgan.

 
M.X.To‘xtayeva

192-194

2025-05-10

IX-XII ASRLARDA MAMLAKATIMIZ HUDUDIDA RO‘Y BERGAN MADANIY UYG‘ONISH, BUYUK ALLOMALARNING JAHON SIVILIZATSIYASIGA QO‘SHGAN HISSASI

Ushbu tezis IX-XII asrlarda Markaziy Osiyoda yuzaga kelgan madaniy uyg‘onish va ilm-fan rivojlanishi haqida. Tezisda buyuk allomalar, ularning ilmiy merosi, va ilmiy markazlarning ahamiyati ko‘rsatilgan. Shuningdek, ilm-fan va madaniyatning jahon sivilizatsiyasiga qo‘shgan hissasi hamda Renessansning boshlanishiga ta’sirita’riflanadi.

Abdufattayeva Gulzoda Abdusalim qizi , Abfuxoliqova Muxlisa Murodjon qizi

69-72

2024-12-12

ALISHER NAVOIY OʻZ DAVRINING BUYUK OLIMI

Maqolada buyuk mutafakkir Alisher Navoiyning tabiiy fanlarga boʻlgan qiziqishi va ana shu fanlardan olgan bilimlarini oʻz asarlarida aks
ettirishi yoritilgan.

Koshkarbayev Yernar, Ibraimova Jayna

16-19

2022-06-06

ORIFLAR SULTONI

Maqolada qadimdan ilmiy va madaniy markaz sifatida tanilgan, Termiz shahrining islom ilmlari, hadis va tasavvuf sohalarida yetuk olimlar yetishtirganligi haqida so‘z yuritiladi. Termizda tug‘ilib o‘sgan buyuk alloma Hakim Termiziyning hayoti va ilmiy faoliyati chuqur tahlil qilinib, uning ilmiy merosi, asarlari va dinimiz rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi yoritiladi. Hakim Termiziy o‘z davrida diniy firqalar va guruhlarning noto‘g‘ri e’tiqodlariga qarshi turib, ilmiy asoslangan fikrlari bilan aholini to‘g‘ri yo‘lga boshlagan olim sifatida ta’riflanadi. Shuningdek, maqolada Hakim Termiziyning oilasi, yoshlik yillari, ilmiy tarbiyadagi otasining ro‘li, shuningdek, uning hadis va tasavvuf ilmlaridagi yutug‘i alohida ta’kidlangan. Maqola buyuk ajdodimizning ilmiy merosi har doim e’tiborli bo‘lib kelganini va hozirga qadar ham dolzarbligini namoyon etadi.

Abdulhodiy Abduraxmonov

118-119

2025-03-12

O‘ZBEK ADABIYOTIDA NAVOIY OBRAZINING BADIIY TALQINI (MUHAMMAD ALINING “MANGU QUYOSH”ROMANI ASOSIDA)

Ushbu maqolada xalqimizning asl farzandi, millatimniz faxri va g‘ururi, buyuk daho, mutafakkir, xalqparvar shoir, vafodor inson, g‘azal mulkining sultoni Mir Alisher Navoiyning o‘zbek adabiyotidagi obrazi haqida fikr yuritilgan.

USMONOVA SHARIFA GULAMOVNA

94-97

2024-02-13

MIRKARIM OSIMNING IBN SINO QISSASI TALQINI

Maqolada tarixnavis adib Mirkarim Osimning “Ibn Sino” qissasi talqini berilgan. Bu qissani bolalarga qanday ahamiyati borligi, kitob mutolaasini yosh kitobxonlarga ta’siri, buyuk ajdodlar vorisi ekanligimiz to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘ladilar. Maqolani o‘qiganda ulug‘ siymo kimligini yanada mukammalroq tarzda bilib oladilar. Ayrim ochilmagan qirralarini, yuksak mahorat egasi bo‘lgani haqida to‘liq ma’lumot oladilar. Bu esa murg‘ak qalblar qalbida insoniy fazilatlarning barq urishiga sababchi bo‘ladi. Ezguliklarga intiladilar, ular ongida turli xil yot g‘oyalarga qarshi “immunitet” hosil bo‘ladi.

Rahimjonova Ra’no Muhammadulla qizi

35-40

2022-07-05

1 - 25 из 347 результатов 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 > >> 

Индексация

Zenodo
WorldCat
Universal Impact Factor
SJIFactor
SIS
ROAD
Researchbib
OpenAIRE
Open Access
ISSN
Internet Archive
Index Copernicus
Google Scholar
DataCite
DOI
DRJI
CiteFactor
Advanced Science Index

butom

Требования Редакционный совет Политика Отправить материал

Язык

  • English
  • Uzbek (latin)
  • Русский

Разработано

Open Journal Systems

CONTACT

Republic of Uzbekistan, Tashkent, Amir Temur Avenue 120/30, 100017


(+998) 935692306


info@in-academy.uz


© Copyright 2021-2024 «Innovative Academy RSC» LLC. All Rights Reserved

Innovative Academy