Innovative Academy
  • Регистрация
  • Вход
  • En
  • Ўз
  • Ру

Innovative Academy

  • Журналы
    • Евразийский журнал академических исследований
    • Евразийский журнал медицинских и естественных наук
    • Евразийский журнал социальных наук, философии и культуры
    • Евразийский журнал права, финансов и прикладных наук
    • Евразийский журнал математической теории и компьютерных наук
  • Новые журналы
    • Центральноазиатский журнал образования и инноваций
    • Евразийский журнал технологий и инноваций
    • Бюллетень педагогов нового Узбекистана
    • Бюллетень студентов нового Узбекистана
  • Конференции
    • Наука и технология в современном мире
    • Прикладные науки в современном мире: проблемы и решения
    • Естественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования
    • Инновационные исследования в современном мире: теория и практика
    • Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования
    • Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования
  • Объявления
    • Как написать научную статью?
    • Вопросы о докторантуре и ответы на них
    • «Eng yaxshi ilmiy maqola» tanlovi
    • Xirsh indeksi nima va uni qanday oshirish mumkin?
    • «Faol hamkor» aksiyasi
    • «In Ambassador» jamoasi
    • atm

Найти

Расширенные фильтры

Результаты поиска

FARG‘ONA VODIYSI ORQALI O‘TGAN BUYUK IPAK YO‘LI TARMOQLARI VA ULARNING IQTISODIY AHAMIYATI

Ushbu maqolada Farg‘ona vodiysi orqali o‘tgan Buyuk ipak yo‘lining tarixiy yo‘nalishlari va ularning iqtisodiy ahamiyati tahlil qilinadi. Tarixiy yozma manbalar, arxeologik dalillar va raqamli kartografik vositalar asosida mintaqaning qadimiy savdo-sotiqdagi roli ochib beriladi. Ayniqsa, vodiyning hunarmandchilik va urbanizatsiyadagi o‘rni, karvon yo‘llarining tashkil topishi va mintaqaviy integratsiyaga ta’siri chuqur o‘rganiladi.

O‘ֹktamov Madadjon O‘ֹktam o‘ֹg‘li, Fayzullayeva E’zoza O‘ֹtkir qizi

38-41

2025-09-08

URUSHDAN KEYINGI YILLARDA FARGʻONA VODIYSI QISHLOQLARIDA TURAR JOYLAR QURILISHINING UMUMIY AHVOLI (1945-1965-YILLAR)

Ushbu maqolada 1945–1965-yillar oralig‘ida Farg‘ona vodiysi (Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari) qishloqlarida turar joylar qurilishi sohasida amalga oshirilgan chora-tadbirlar, siyosiy-ijtimoiy sharoit, mehnatkashlarning uy-joy bilan ta’minlanish darajasi, qurilish materiallari ta’minoti va arxitektura standartlarining shakllanishi tahlil qilinadi. Tadqiqot arxiv hujjatlari, statistik to‘plamlar va zamonaviy tarixiy adabiyotlar asosida yuritilgan.

Jamshidbek Sobirov

30-35

2025-07-25

IKKINCHI JAHON URUSHI DAVRIDA FARGʻONA VODIYSI OBLASTLARI AHOLISINING FRONTORTIDAGI ISHTIROKI

Ushbu maqolada Ikkinchi jahon urushi yillarida Farg‘ona vodiysi aholisi tomonidan front ortida amalga oshirilgan mehnat, ijtimoiy yordam va iqtisodiy sa’y-harakatlar tahlil qilinadi. Urush yillarida Namangan, Andijon va Farg‘ona viloyatlarida sanoatni harbiy ehtiyojga moslashtirish, qishloq xo‘jaligini tiklash, ayollar va yoshlarning frontga yordam harakatlaridagi ishtiroki haqida tarixiy manbalar asosida so‘z yuritiladi. Shuningdek, aholi o‘rtasida vatanparvarlik ruhining yuksalishi, frontni oziq-ovqat, kiyim-kechak, qurol-aslaha va insoniy qo‘llab-quvvatlash bilan ta’minlashdagi o‘rni yoritilgan.

Mardonova Gulsoraxon Pazilovna

12-14

2025-10-21

QISHLOQ MEHNATKASHLARIGA MAISHIY XIZMAT KOʻRSATISH VA TAʼMINOT SOHASIDAGI OʻZGARISHLAR (1945-1965-YILLAR FARGʻONA VODIYSI VILOYATLARI MISOLIDA)

Mazkur maqolada 1945–1965-yillarda Farg‘ona vodiysi viloyatlarida (Andijon, Namangan va Farg‘ona) qishloq mehnatkashlariga ko‘rsatilgan maishiy xizmatlar va ta’minot sohasida yuz bergan o‘zgarishlar tarixiy manbalar asosida tahlil qilinadi. Sovet hokimiyatining agrar siyosati doirasida maishiy xizmatni tashkil etish, kommunal va kundalik ehtiyojlarga xizmat ko‘rsatuvchi muassasalarning rivoji, ayollar bandligini oshirishga qaratilgan xizmat sohalari, tibbiy xizmat va savdo tarmoqlari faoliyati ko‘rib chiqiladi. Maqolada ayniqsa mahalliy sanoat korxonalari, artellar, maishiy xizmat ko‘rsatish punktlari va ularning qishloq turmush tarziga ta’siri tarixiy misollar asosida tahlil qilinadi.

Sobirov Jamshidbek Zokirjon oʻgʻli

86-92

2025-10-27

FARG‘ONA VODIYSIDA RADIO VA TELEVIDENIYA TARIXI (1928–1991 YILLAR)

Mazkur maqolada Farg‘ona vodiysida radio va televideniya tizimining shakllanishi, rivojlanish bosqichlari hamda ijtimoiy-madaniy ahamiyati yoritilgan. Tadqiqotda 1928–1991 yillar oralig‘idagi asosiy voqealar, texnik taraqqiyot, dasturlar mazmuni va ommaviy axborot vositalarining jamiyat hayotiga ta’siri tahlil qilinadi. Shuningdek, urush yillari radiotizimning xalqni ruhlantirishdagi roli, 1950–60 yillardagi televideniyaning paydo bo‘lish jarayoni va 1970–80 yillarda mahalliy media markazlarning kengayishi ilmiy jihatdan ko‘rib chiqilgan. Maqola tarixiy manbalar asosida yozilgan bo‘lib, Farg‘ona vodiysi madaniy hayotida radio va televideniyaning tutgan o‘rnini ochib beradi.

Karimova Dildora Sadriddinovna

86-88

2025-10-24

FARG`ONA VODIYSI JADIDCHI MA`RIFATPARVARLARINING MILLIY – MA`NAVIY, PEDAGOGIK - IJTIMOIY OMILLARI

Maqolada, Farg‘ona vodiysi jadidchi ma’rifatparvarlarning, xalqimiz, milliy- ma’naviyatinini rivojlantirishning pedagogik –ijtimoiy omillarini birma-bir ochib bergan.Yangi-usul maktablarining Turkiston o‘lkasida,Farg‘ona vodiysi dagi  Andijon,Namangan,Fargona uyezdida ochilishi haqida bayon etilgan.

Abdurazzaqova Feruzaxon, Todjiddinova Sevara Ikromjon qizi

137-140

2024-12-19

ISLOMGA QADAR FARG'ONA VODIYSIDA MAVJUD BO'LGAN MAHALLIY DINLAR

Ushbu maqolada Farg‘ona vodiysi hududida islomga kelishdan oldingi davrlarda amalda bo‘lgan diniy e’tiqodlar, mahalliy urf-odatlar, animistik va shamanistik tizimlar hamda — keng miqyosda — eroniy va markaziy Osiyoga xos dinlar: Zaratushtiylik, Manixiylik, Buddizm, shuningdek boshqa mahalliy kultlar (totemizm, suv- va tabiatga sig‘inish, ruhlar kultlari) tahlil qilinadi. Arxeologik topilmalar, etnografik tadqiqotlar hamda tarixiy manbalar asosida Farg‘ona vodiysidagi dinlar mozaikasi va ularning ijtimoiy hamda madaniy hayotga ta’siri ko‘rsatib beriladi. Natijalar shuni bildiradiki, vodiyning pre-islom diniy manzara ancha xilma-xil bo‘lgan, va bu xilma-xillik, ijtimoiy hamda madaniy integratsiyani shakllantirishda muhim rol o‘ynagan.

Karimov Islomjon Ilxomjon o‘g‘li

88-91

2025-12-09

ISLOMGA QADAR FARG'ONA VODIYSIDA MAVJUD BO'LGAN MAHALLIY DINLAR

Ushbu maqolada Farg‘ona vodiysi hududida islomga kelishdan oldingi davrlarda amalda bo‘lgan diniy e’tiqodlar, mahalliy urf-odatlar, animistik va shamanistik tizimlar hamda — keng miqyosda — eroniy va markaziy Osiyoga xos dinlar: Zaratushtiylik, Manixiylik, Buddizm, shuningdek boshqa mahalliy kultlar (totemizm, suv- va tabiatga sig‘inish, ruhlar kultlari) tahlil qilinadi. Arxeologik topilmalar, etnografik tadqiqotlar hamda tarixiy manbalar asosida Farg‘ona vodiysidagi dinlar mozaikasi va ularning ijtimoiy hamda madaniy hayotga ta’siri ko‘rsatib beriladi. Natijalar shuni bildiradiki, vodiyning pre-islom diniy manzara ancha xilma-xil bo‘lgan, va bu xilma-xillik, ijtimoiy hamda madaniy integratsiyani shakllantirishda muhim rol o‘ynagan.

Karimov Islomjon Ilxomjon o‘g‘li

56-59

2025-12-08

FARG‘ONA VILOYATIDA DENDROFAG SHIRALAR (COLEOPTERA TARTIBI) FAUNOSI, ULARNING EKOLOGIK XUSUSIYATLARI

Mazkur ilmiy tezis Farg‘ona viloyatida uchraydigan dendrofag shiralarning (yog‘ochli to‘qimalarda oziqlanadigan hasharotlar) turlar tarkibi, tarqalish xususiyatlari va ularning o‘rmon hamda bog‘dorchilik ekotizimlariga ta’sirini o‘rganishga bag‘ishlangan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, viloyat hududida asosan Coleoptera turkumiga mansub Scolytidae, Cerambycidae, Buprestidae, Scarabaeidae va Curculionidae oilalariga kiruvchi 30 dan ortiq dendrofag hasharot turi qayd etilgan. Ularning ayrimlari (masalan, Scolytus scolytus, Aeolesthes sarta, Capnodis miliaris) o‘rmon xo‘jaligi va mevali bog‘larga sezilarli zarar yetkazadi. Tezisda shuningdek, Farg‘ona vodiysining issiq va quruq iqlimi, suv bilan ta’minlangan bog‘zorlar hamda o‘rmonzorlarning ushbu hasharotlar uchun qulay yashash muhitini yaratishi tahlil qilingan. Dendrofag shiralarga qarshi integratsiyalashgan nazorat chora-tadbirlari — biologik, kimyoviy va agrosanitar usullar asosida yoritilgan.

Asqaraliyeva Sarvinoz

86-89

2025-10-15

1941-1942 YILLARDA FARGʻONA VODIYSI QISHLOQ XOʻJALIGINING URUSH EHTIYOJLARI UCHUN QAYTA TASHKIL ETILISHI

Maqolada Ikkinchi jahon urushining dastlabki yillarida Fargʻona vodiysi qishloq xo‘jaligining urush sharoitiga moslab qayta tashkil etilishi, shuningdek davlat rejalarini bajarishdagi qiyinchiliklar tahlil qilingan. Urushga ketgan erkaklar o‘rniga qolgan keksalar, ayollar va bolalarni qishloq mehnatlariga keng jalb qilish,  yangi ekin turlarini yetishtirishni joriy etilishi va qishloq xo‘jaligidagi iqtisodiy qiyinchilik yoritilgan.

Abdurasulov Rasulbek Nurmaxammatovich

18-25

2025-10-15

FARG‘ONA VODIYSIDA 1928–1991 YILLARDA RADIO VA TELEVIDENIYA TARIXI (ANDIJON, FARG’ONA, NAMANGAN)

Ushbu maqolada Farg‘ona vodiysida radio va televideniya tizimining shakllanishi, ularning mintaqaning ijtimoiy hayoti va ma’naviy rivojlanishidagi o‘rni yoritilgan. Tadqiqot davomida radio va televideniyaning o‘zgaruvchan siyosiy davrlardagi faoliyati, ularning texnik bazasi va kadrlar tayyorlashdagi tajribasi tahlil qilinadi. Shuningdek, 1930-yillarda tashkil topgan dastlabki radiouzellar, 1960-yillardagi telemarkazlarning paydo bo‘lishi hamda 1980-yillarda rangli efir tizimiga o‘tish jarayonlari haqida so‘z yuritiladi. Maqolada arxiv manbalari, o‘sha davr matbuot materiallari va og‘zaki tarixiy xotiralar asosida vodiyning media tarixida muhim o‘rin tutgan voqealar keng yoritilgan.

Karimova Dildora Sadriddinovna

55-56

2025-10-24

FARG‘ONA VODIYSINING QADIMGI DAVR TARIXI. ARXEOLOGIK YODGORLIKLAR VA XORIJIY OLIMLAR YONDASHUVI

Ushbu maqolada Farg‘ona vodiysining qadimgi davrlariga oid arxeologik yodgorliklar va ularni xorijiy olimlar tomonidan o‘rganilishi yoritilgan. Tadqiqot davomida Chust, Dalvarzintepa, Qo‘rontepa, Quva va boshqa muhim yodgorliklar asosida mintaqaning neolitdan temir davrigacha bo‘lgan sivilizatsiyaviy bosqichlari tahlil qilindi. Xususan, yapon, fransuz, amerikalik, xitoylik va rus tadqiqotchilarining ilmiy yondashuvlari solishtirma metod asosida baholandi. Maqolada xorijiy manbalarning afzalliklari va kamchiliklari ko‘rsatilib, mahalliy tarixshunoslik bilan uyo‘unlashtirishga doir takliflar ilgari surildi.

O‘ֹktamov Madadjon O‘ֹktam o‘ֹg‘li, Fayzullayeva E’zoza O‘ֹtkir qizi

34-37

2025-09-08

FARG‘ONA VILOYATIDAGI ARXEOLOGIK TOPILMALARNI MUZEYLASHTIRISH MUAMMOLARI VA ISTIQBOLLARI

Mazkur maqolada Farg‘ona viloyati hududida joylashgan tarixiy-arxeologik yodgorliklar va ularning asosida topilgan moddiy-madaniy meros obyektlarini muzeylashtirish jarayonining hozirgi holati, mavjud muammolar, zamonaviy muzeyshunoslik yondashuvlari va istiqbolli yechimlar tahlil qilingan. Tadqiqot davomida Axsikent, Mingtepa, Quva kabi qadimiy shahar xarobalaridan topilgan arxeologik materiallar, ularning ilmiy tasnifi, restavratsiya va konservatsiya ishlari, fondlarga joylashtirish va ommaviy ekspozitsiyaga aylantirishda yuzaga kelayotgan muammolar tahlil etilgan. Shuningdek, xalqaro tajriba, xususan, YUNESKO, ICOM kabi tashkilotlarning yondashuvlari asosida takliflar ishlab chiqilgan. Maqola Farg‘ona vodiysi madaniy merosining ilmiy, amaliy va turistik salohiyatini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.

Nurmuxammadov Azizbek Avazbek o‘g‘li.

113-115

2025-05-16

FARG‘ONA VODIYSIDAGI ANDRONOVA MADANIYATI YODGORLIKLARINI ARXEOETNOLOGIK O‘RGANILISHI

Ushbu maqolada Farg‘ona vodiysi Andronova madaniyati tarkibiga kiruvchi yodgorliklarni arxeoetnologik jihatdan o‘rganish hamda ularning ishlab chiqarish jarayonlari bilan bog‘liq holatlar yoritiladi. Farg‘ona vodiysidagi Andronova madaniyati jamoalari asosan chorvodor aholi hisoblanib, ularning yodgorliklari asosan mozor-qo‘rg‘ondan iborat. Mozor-qo‘rg‘onlardan topilgan buyumlarga asosan arxeoetnologik nuqtayi nazardan yondashiladi.

Shukurullo Abdug‘aniyev

156-160

2025-12-10

FARG‘ONA VODIYSIDA MADANIY MEROS OBEKTLARINI RAQAMLASHTIRISH VA VIRTUAL TURIZM

Mazkur maqolada Farg‘ona vodiysidagi madaniy meros obektlarini raqamlashtirish va ularni virtual turizm sohasida qo‘llash imkoniyatlari tahlil qilinadi. Raqamli texnologiyalar, xususan 3D skanerlash, VR/AR tizimlari, GIS xaritalash va QR-kod tizimlari yordamida tarixiy obidalarni saqlash, keng jamoatchilikka taqdim etish va ta’lim hamda turizm yo‘nalishlarida foydalanish usullari o‘rganilgan.

O‘ֹktamov Madadjon O‘ֹktam o‘ֹg‘li, Fayzullayeva E’zoza O‘ֹtkir qizi

14-17

2025-09-08

QUTAYBA IBN MUSLIM: TARIXIY MEROSI VA TURIZM RIVOJIGA TA’SIRI

Qutayba ibn Muslim – VIII asrda yashab o‘tgan mashhur arab sarkardasi bo‘lib, uning harbiy yurishlari natijasida Markaziy Osiyoda islom dini keng tarqalgan. Ushbu maqolada Qutayba ibn Muslimning tarixi, uning O‘rta Osiyo xalqlari hayotiga ta’siri va hozirgi kunda bu hududlarning turistik salohiyati tahlil qilinadi. Ayniqsa, uning yurishlari bilan bog‘liq shaharlar – Buxoro, Samarqand, Xorazm va Farg‘ona vodiysining turizm nuqtayi nazaridan bugungi kundagi ahamiyati yoritiladi.

Mirzamaxmud Mirzakarimov, O’rinboyeva Buoyshaxon Muzaffarjon qizi

50-52

2025-04-30

FARG’ONA VODIYSIDA RADIO VA TELEVIDENIYA TARIXI (1928–1991 YILLAR)

Ushbu tezisda Farĝona vodiysida radio va televideniya tizimining 1928–1991 yillar oralig‘idagi shakllanishi va rivojlanish jarayoni tarixiy-arxiviy manbalar asosida tahlil etilgan. Tadqiqotda vodiyning uch viloyati — Farg‘ona, Namangan va Andijonda radioeshittirishlar hamda televideniya faoliyatining bosqichma-bosqich kengayib borishi, ularning texnik, ijtimoiy va ma’naviy-madaniy ahamiyati yoritiladi. Xususan, 1928–1939 yillardagi “radiofikatsiya” jarayoni, Ikkinchi jahon urushi davridagi axborot roli, 1950–1980-yillardagi teleradio infratuzilmaning shakllanishi va 1991 yilgacha bo‘lgan mustahkamlash davri tahlil qilingan. Tezisda vodiyning mintaqaviy radiostansiyalari o‘zbek jamiyatida siyosiy barqarorlik, madaniy uyg‘onish va jamoaviy ongni shakllantirishda tutgan o‘rni ilmiy asosda ko‘rsatib berilgan.

Karimova Dildora Sadriddinovna

102-104

2025-10-13

QO‘QON XONLIGINING MA’MURIY BOSHQARUVI VA MANSABLARI

Ushbu maqolada Qo‘qon xonligining ma’muriy tuzilishi, davlat boshqaruvi, Qo‘qon xonligidagi mansab va lavozimlar va ularning vakolatlari haqida so`z boradi.

A’zamova Dilobar A’zamatjon qizi

188-193

2023-04-18

FARG‘ONA OBLASTINING XX-ASR BOSHLARIDAGI AHVOLI VA YANGI IQTISODIY SIYOSAT OQIBATLARI

Maqolada Farg‘ona vodiysi qishloqlaridagi iqtisodiy ijtimoiy o‘zgarishlar, xalqxo‘jaligiga Yangi iqtisodiy siyosatni ta’siri, uning ijtimoiy sohada og‘ir muammolarni yuzaga chiqarib, qarama-qarshilik va ziddiyatlar kelib chiqishiga sabab bo‘lganligi, buning natijasida ishsizlik o‘sib borganligi va ocharchilik masalasi asosiy masala bo‘lib qolganligi haqida ma’lumotlar beriladi.

Qayumova Feruza Inomjonovna

194-198

2023-04-27

ANDIJON – TARIXIY VA TOPONOMIK SHAHAR

Mazkur maqolada O‘zbekistonning qadimiy shaharlaridan biri — Andijon shahrining toponimik kelib chiqishi va tarixiy manbalarda qayd etilishi masalalari yoritilgan. Shuningdek, bu nomning tarixiy manbalarda Andigon, Andikon, Andiyon kabi variantlarda uchrashi, ularning fonetik va morfologik o‘zgarishlari tahlil etilgan. Bobur davriga kelib “Andijon” shaklining mustahkamlanishi esa turkiy madaniyat va siyosiy markazlashuv bilan bog‘liq holda talqin etilgan. Maqolada shuningdek, Andijon shahrining Afrosiyob, O‘g‘uzxon kabi tarixiy shaxslar faoliyati bilan bog‘liq rivoyatlardagi o‘rni ham yoritiladi.

Hojiakbar Ohunov, Shukurillo Xoldarov

142-143

2025-10-21

FARG‘ONA VODIYSIDA IRRIGATSIYA VA MELIORATSIYA ISHLARI

Ushbu  maqolada  O‘zbekistonda xususan Farg’ona vodiysi viloyatlari hududida yangi yerlarni o’zlashtirilishi va sug’orish tizimida qilingan ishlar haqida ilmiy tahlil olib borilgan. Sohadagi vujudga kelgan jarayonlar atroflicha yoritib berilgan.

Madaminov Ulug‘bek Maxamadjon o‘g‘li

27-31

2024-06-24

O‘ZBEKISTONDA ZIYORAR TURIZMINI TASHKIL QILISHNING ISTIQBOLLI YO’NALISHLARI

O‘zbekistonda ziyorat turizmini tashkil etishning istiqbolli yo‘nalishlari, ularni rivojlantirish omillari hozirgi kunda dolzarb hisoblanadi. Mamlakatning boy tarixiy-madaniy merosi, diniy qadriyatlari va geografik joylashuvi ziyorat turizmini rivojlantirish uchun katta salohiyatga ega ekanligi ta’kidlanadi. Tadqiqotda Samarqand, Buxoro, Termiz, Toshkent, Xorazm va Farg‘ona vodiysi yo‘nalishlarining o‘ziga xos ziyorat maskanlari va ularning iqtisodiy hamda ma’naviy ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, “halol turizm” konsepsiyasini joriy etish, raqamli texnologiyalarni keng qo‘llash, infratuzilmani modernizatsiya qilish va mahalliy aholini turizm jarayonlariga jalb etish masalalari alohida tahlil qilingan.

Mustafoyeva Niginabonu Juma qizi

44-46

2025-10-10

QADIMGI MISR SIVILIZATSIYASINING DUNYO TARIXIDAGI O‘RNI

Qadimgi Misr sivilizatsiyasi insoniyat tarixidagi eng yirik va eng ta’sirchan madaniy o‘choqlardan biri hisoblanadi. Nil daryosi vodiysida shakllangan ushbu sivilizatsiya miloddan avvalgi IV ming yillikdan boshlab murakkab davlat tuzilmalari, markazlashgan boshqaruv tizimi va rivojlangan xo‘jalik yuritish madaniyatini yaratishga muvaffaq bo‘lgan. Misrliklar ixtiro qilgan ieroglif yozuvi, monumental piramidalar me’morchiligi, mumiyolash an’analari, diniy e’tiqodlar va astronomiya hamda matematika sohasidagi bilimlar keyingi davrlarda shakllangan ko‘plab sivilizatsiyalar uchun asos bo‘lib xizmat qilgan. Qadimgi Misrning san’at, tibbiyot, irrigatsiya tizimlari, qonunlar, shuningdek, savdo aloqalarini yo‘lga qo‘yishdagi tajribalari jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shdi.

Vasiyjonov Ibrohimjon Yoqubjon o’g‘li

172-174

2025-12-16

QAYROQQUM MADANIYATINING ISHLAB CHIQARISH BILAN BOG‘LIQ JARAYONLARI

Maqolada bronza davri Farg‘ona vodiysi ko‘chmanchi chorvador jamoalarining madaniyatlaridan bo‘lgan Qayroqqum madaniyati haqida so‘z yuritiladi. Qayroqqum madaniyati va uning yodgorliklarini arxeoetnologik jihatdan o‘rganish, asosiy maqsadlardan biri hisoblanadi. Shuningdek, maqolani shakllantirishda xolislik, qiyosiy tahlil metodlaridan ham foydalanildi. Shu bilan birga maqolada madaniyatning ishlab chiqarish bilan bog‘liq jarayonlari ham batafsil yoritiladi.

Shukurullo Abdug‘aniyev Tavakkaljon o‘g‘li

195-200

2025-01-18

KECHPISHAR QOVUN NAVLARINI KO’PIKLANTRILGAN POLETILINDAN TAYYORLANGAN TO’RLARGA QADOQLAB SAQLASHDAGI SAQLANUVCHANLIGINING AHAMIYATI

Ushbu maqolada Farg‘ona vodiysi sharoitida kechpishar qovun navlarini mahalliy usulda saqlashda ko‘piklantirilgan politilen to‘rlardan foydalanishning samaradorligi bo‘yicha tadqiqot  natijalari keltirilgan bo‘lib, xudud sharoitiga mos bo‘lgan va davlat reestriga kiritilgan 9 ta nav bo‘yicha olib borilgan tajriba natijalari bayon etilgan.

Egamberdiyev Oybek Raxmatqul o’g’li

23-25

2023-07-31

1 - 25 из 26 результатов 1 2 > >> 

Индексация

Zenodo
WorldCat
Universal Impact Factor
SJIFactor
SIS
ROAD
Researchbib
OpenAIRE
Open Access
ISSN
Internet Archive
Index Copernicus
Google Scholar
DataCite
DOI
DRJI
CiteFactor
Advanced Science Index

butom

Требования Редакционный совет Политика Отправить материал

Язык

  • English
  • Uzbek (latin)
  • Русский

Разработано

Open Journal Systems

CONTACT

Republic of Uzbekistan, Tashkent, Amir Temur Avenue 120/30, 100017


(+998) 935692306


info@in-academy.uz


© Copyright 2021-2024 «Innovative Academy RSC» LLC. All Rights Reserved

Innovative Academy