Innovative Academy
  • Ro'yxatdan o'tish
  • Kirish
  • En
  • O'z
  • Ру

Innovative Academy

  • Журналы
    • Евразийский журнал академических исследований
    • Евразийский журнал медицинских и естественных наук
    • Евразийский журнал социальных наук, философии и культуры
    • Евразийский журнал права, финансов и прикладных наук
    • Евразийский журнал математической теории и компьютерных наук
  • Новые журналы
    • Центральноазиатский журнал образования и инноваций
    • Евразийский журнал технологий и инноваций
    • Бюллетень педагогов нового Узбекистана
    • Бюллетень студентов нового Узбекистана
  • Конференции
    • Наука и технология в современном мире
    • Прикладные науки в современном мире: проблемы и решения
    • Естественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования
    • Инновационные исследования в современном мире: теория и практика
    • Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования
    • Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования
  • Объявления
    • Как написать научную статью?
    • Doktorantura yuzasidan savollar va ularga javoblar
    • «Eng yaxshi ilmiy maqola» tanlovi
    • Xirsh indeksi nima va uni qanday oshirish mumkin?
    • «Faol hamkor» aksiyasi
    • «In Ambassador» jamoasi
    • atm

Qidirish

##search.advancedFilters##

##search.searchResults##

IQLIM O’ZGARISHIGA VA INSON FAOLIYATINING INSON EKOTIZM XIZMATLARI QIYMATIGA TA’SIRI

Ushbu maqola inson faoliyatining inson ekotizmi xizmatlari qiymatiga ta’siri va iqlim o’zgarishining ushbu jarayonga ta’sirini tahlil qiladi. Iqlim o’zgarishi ekosistemalarning barqarorligiga va ularning inson hayotidagi xizmat ko‘rsatish qobiliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Shuningdek, inson faoliyati, xususan, sanoatlashuv, shaharsozlik va resurslardan noto‘g‘ri foydalanish iqlim o’zgarishini kuchaytirib, ekotizim xizmatlarining kamayishiga olib keladi. Maqolada iqlim o’zgarishi va inson faoliyatining o‘zaro bog‘liqligi hamda ularning inson hayot sifati va iqtisodiyotiga ta’siri ko‘rib chiqiladi. Natijada, iqlim o’zgarishini kamaytirish va barqaror inson faoliyatini ta’minlash orqali ekotizim xizmatlarini saqlab qolish zarurligi ta’kidlanadi.

Gulshan Olamgirova

118-121

2025-06-30

BIRLASHGAN MILLATLAR TASHKILOTI DOIRASIDA INSON HUQUQLARINI HIMOYA QILISH TIZIMINING SHAKLLANISHI

Mazkur maqolada Birlashgan Millatlar Tashkiloti doirasida inson huquqlarini himoya qilish tizimining shakllanish tarixi, unga turtki bo‘lgan omillar hamda ahamiyati ko‘rib chiqiladi. BMTning asosiy maqsadlaridan biri inson huquqlarini himoya qilish va targ‘ib qilish ekanligidan kelib chiqqan holda BMTning bu boradagi asosiy institutlari va mexanizmlari, jumladan, Inson huquqlari bo‘yicha kengash, Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissariat va boshqa muhim organlar yoritiladi. Shuningdek, BMTning xalqaro huquqiy hujjatlari va konvensiyalari, inson huquqlarini himoya qilishda ularning roli tahlil qilinadi.

Sakinabonu Mingboyeva

5-9

2024-05-22

HOZIRGI ZAMON SHARQ FALSAFASIDA INSON MUAMMOSI

Ushbu maqola hozirgi zamon Sharq falsafasida inson muammosini o‘rganishga bag‘ishlanadi. Maqolada Sharq falsafasining tarixiy va kontseptual asoslari, shuningdek, uning inson hayotiga, maqsadiga va axloqiy qarashlariga qanday ta’sir ko‘rsatganligi tahlil qilinadi. Hindiston, Xitoy va Fors falsafalaridagi asosiy yondashuvlar orqali insonning mavjudligi, ruhiy holati va maqsadlari muhokama qilinadi. Maqola, shuningdek, hozirgi zamon Sharq falsafasining ijtimoiy, siyosiy va madaniy o‘zgarishlarga qanday javob berayotganini, uning insonning ichki dunyosini va jamiyatdagi o‘rnini qanday tushunishini ko‘rsatadi. Hozirgi kunda Sharq falsafasining meditatsiya, yoga, mindfulness kabi amaliyotlar orqali insonning ruhiy muammolarini hal qilishdagi roli o‘rganiladi. Maqola, shu bilan birga, Sharq falsafasining inson muammosiga bo‘lgan yondashuvlarini zamonaviy dunyo sharoitida qadriyatlar, ekologik va ijtimoiy adolatga oid masalalar bilan bog‘laydi.

Jasur Mamurov

204-207

2024-11-25

AHMAD DONISH FALSAFIY MEROSIDA INSON FALSAFASIGA MUNOSABATI

Mazkur maqolada XIX asrning yirik mutafakkiri Ahmad Donishning falsafiy merosi tahlil qilinadi hamda uning inson, jamiyat va tafakkur masalalariga bo‘lgan munosabati ochib beriladi. Tadqiqot davomida muallif Ahmad Donish asarlaridagi antropologik yondashuvlarni o‘rganadi, u tomonidan ilgari surilgan ma’naviy-axloqiy tamoyillar, insonning jamiyatdagi o‘rni, erkin fikrlash va ilmiy tafakkurga berilgan baho asosida inson falsafasi masalalari yoritiladi. Shuningdek, mutafakkirning g‘oyaviy qarashlari o‘z davrining ijtimoiy-siyosiy va mafkuraviy muhitida tahlil qilinadi. Ahmad Donishning fikricha, inson kamoloti ilm va ma’rifat asosida shakllanadi. Uning inson haqidagi falsafiy qarashlari bugungi kunda ham dolzarbligini yo‘qotmagan. Ushbu maqola Ahmad Donishning inson haqidagi qarashlarini hozirgi davr nuqtayi nazaridan tahlil etilgan.

Bobur Miltiqboyev

122-124

2025-06-24

INSON HUQUQLARIGA OID XALQARO QONUNCHILIK XUSUSIDA AYRIM MULOHAZALAR

Mazkur maqolada inson huquqlariga oid xalqaro qonunchilik huquqiy jihatdan tahlil qilingan bo’lib, unda inson huquqlari umujahon deklaratsiyaning mazmun mohiyati xususida fikrlar ilgari surilgan. Shuningdek, Inson huquqlar umumjahon deklaratsiyasining inson huquqlarini ta`minlashdagi roli qay darajada ekanligi tahlil qilingan.

Gulrux Abduganiyeva

74-77

2023-10-31

INSON HUQUQLARI ISLOMDA VA XALQARO HUQUQDA

Ushbu maqolada inson huquqlarining ahamiyati va ularning Islom hamda xalqaro huquqda qanday talqin qilinishi haqida so‘z boradi. Unda har ikki tizimda inson sha’ni va erkinligini himoya qilishga alohida e’tibor berilgani ko‘rsatilgan. Shuningdek, Islomdagi adolat tamoyillari bilan xalqaro huquq me’yorlari o‘rtasidagi o‘xshashliklar ham yoritilgan. Inson huquqlariga bo‘lgan bunday yondashuv jamiyatda tenglik, erkinlik va mas’uliyatni qaror toptirishga xizmat qiladi. Islomda inson huquqlarini poymol etish katta gunoh sanaladi va  xalqaro huquqda esa bu harakatlar qonuniy javobgarlikka sabab bo‘ladi. Shu bois, ikki tizim ham insonning sha’nini oliy qadriyat sifatida e’tirof etadi.

Nodira Qozoqboyeva

67-70

2025-10-15

INNOVATSION TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISHDA INSON KAPITALINING ROLI

Ushbu tezisda zamonaviy iqtisodiyotda innovatsion tadbirkorlikning ahamiyati va uning rivojlanishida inson kapitalining o‘rni yoritilgan. Inson kapitali — bilim, ko‘nikma, malaka va salohiyatlar majmui sifatida — innovatsion jarayonlarning asosiy harakatlantiruvchi kuchi hisoblanadi. Innovatsion tadbirkorlikning samarali faoliyat yuritishi uchun malakali, ijodkor, yangi g‘oyalar yaratishga qodir inson resurslarini shakllantirish muhim omildir. Tadqiqot davomida innovatsion muhitni rivojlantirish shartlari, inson kapitalini rivojlantirish mexanizmlari, ta’lim tizimining o‘rni, davlat siyosati va korxonalar amaliyoti tahlil qilingan. Natijada, innovatsion iqtisodiyotga o‘tish jarayonida inson kapitali strategik resurs sifatida baholanishi zarurligi asoslab berilgan.

Muslima Xakimova

37-39

2025-11-28

RAQAMLASHTIRISHNING TURIZM KORXONALARIDAGI INSON RESURSLARINI BOSHQARISH AMALIYOTLARIGA TA’SIRI

So‘nggi o‘n yillikda global turizm sohasi raqamli transformatsiya jarayonlari ta’sirida jadal rivojlanmoqda. Raqamlashtirish inson resurslarini boshqarish (HRM) tizimlariga tub o‘zgarishlar kiritdi. Sun’iy intellekt, katta ma’lumotlar (big data), bulutli texnologiyalar, onlayn o‘qitish platformalari, avtomatlashtirilgan ishga qabul tizimlari va masofaviy ish shakllari turizm korxonalarida HR jarayonlarini soddalashtirib, ularning samaradorligini oshirmoqda. Shu bilan birga, raqamli transformatsiya insoniy omil, xodim motivatsiyasi, ishchi madaniyati va korporativ qadriyatlarning o‘zgarishiga ham sabab bo‘lmoqda. Ushbu maqola raqamlashtirish jarayonlarining jahon turizm sohasidagi inson resurslarini boshqarish amaliyotlariga nazariy ta’sirini tahlil qiladi. Tadqiqotda e-HRM, raqamli transformatsiya, va inson markazli boshqaruv nazariyalari o‘rganilib, texnologiya va inson omili o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlash zaruriyati asoslanadi.

Adolat Sidiqxo’jayeva

126-133

2025-10-29

SUN’IY INTELEKT VA INSON MEHNATI: IMKONIYATMI YOKI XAVF?

Ushbu maqolada sun’iy intellekt texnologiyalarining jadal rivojlanishi sharoitida inson mehnatining o‘rni va mazmunida yuz berayotgan tub o‘zgarishlar chuqur tahlil qilinadi. Tadqiqot jarayonida sun’iy intellektning ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarida avtomatlashtirish darajasini oshirish orqali mehnat unumdorligini yuksaltirishdagi imkoniyatlari bilan bir qatorda, ayrim an’anaviy kasblarning qisqarishi, mehnat bozorida tarkibiy siljishlar va bandlikka ta’siri kabi masalalar yoritiladi. Shuningdek, raqamli transformatsiya natijasida yuzaga kelayotgan yangi kasb va mutaxassisliklar, inson kapitalining sifati, moslashuvchan ko‘nikmalar, raqamli kompetensiyalar hamda uzluksiz ta’limning mehnat bozoridagi raqobatbardoshlikni ta’minlashdagi ahamiyati asoslab beriladi. Maqolada sun’iy intellekt inson mehnati uchun mutlaq xavf emas, balki inson va texnologiya o‘rtasidagi samarali hamkorlik orqali iqtisodiy samaradorlikni oshirish va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash imkoniyati sifatida baholanadi.

Muhammaddiyor Mahammadjonov , Ibroximjon Mirzayev , Abduqunduz Xalımjanov

118-121

2025-12-22

OʻZBEKISTONDA INSON HUQUQLARI KAFOLATLARI TO’G’RISIDA

Ushbu maqolada huquq tushunchasi paydo bo’lishi, insonlar o’z huquqlarini anglay boshlashi, inson huquqlarini amalda ko’rish, inson huquqlarini himoya qilishning xalqaro va milliy mexanizmi haqida ma’lumot beriladi. Shu bilan bir qatorda, Birlashgan Millatlar Tashkilotining inson huquqlarini muhofaza qilishdagi muhim ahamiyati va inson huquqlarini himoya qilish bilan shug’ullanuvchi davlat tashkilotlari haqida ma’lumot beriladi.

Sevara Qodirova

11-14

2023-09-06

YANGI O‘ZBEKISTONDA INSON KAPITALI VA INSON QADRIYATLARI OʻRTASIDAGI MUNOSABATLARI VA ULARDAGI MUAMMOLAR

Inson kapitali — bu insonning bilimlari, malakalari, salomatligi va ijodkorlik qobiliyatlari majmui bo‘lib, ular iqtisodiy samaradorlikni oshirish va jamiyatning farovonligini ta’minlashda muhim omil hisoblanadi. Ushbu tushuncha iqtisodiyotda "inson resurslari" dan farq qiladi, chunki u faqat jismoniy mehnat emas, balki intellektual va innovatsion imkoniyatlarni ham o‘z ichiga oladi.

Asilbek Asatov

156-159

2024-11-25

INSON UCHUN TASHQI MUHIT AHAMIYATI

Ushbu maqolada inson hayotida tashqi muhitning ahamiyati ilmiy asosda tahlil qilinadi. Tashqi muhitning tabiiy, ijtimoiy va texnogen omillari inson salomatligi, ruhiy holati hamda shaxs sifatida shakllanishiga ko‘rsatadigan ta’siri yoritib berilgan. Ekologik muammolarning inson hayotiga salbiy ta’siri, sog‘lom muhit yaratish zarurati va ekologik madaniyatni rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Maqolada tashqi muhit va inson o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik kompleks yondashuv asosida tahlil qilinadi.

Farangiz Madumarova

137-140

2025-12-09

INSON KAPITALINI RIVOJLANTIRISHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Ushbu maqola inson kapitalini, uning mazmun-mohiyati va jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni, inson kapitalini o‘rganilganlik darajasi, inson kapitaliga ta’sir qiluvchi omillar va xalqaro maydonda inson kapitaliga doir tadqiqot markazalari kabi bir qator masalalarga bag‘ishlangan.

Nuriddin Saidkulov

169-174

2023-11-30

INNOVATSION FAOLLIKNI OSHIRISHDA INSON KAPITALINING TUTGAN O’RNI

Maqolada innovatsiyalar tushunchasi,respublikamizning turli xil yo’nalishlarda subindeksdagi pog’onalari, tadbirkorlik subyektlarining innovatsion faoliyat bilan bog’liqligi hamda innovatsion faoliyatda inson kapitali investitsiyalari sarflanishini ko’rib chiqamiz.

Iroda Eshmuratova

19-21

2023-04-05

INSON HUQUQLARI VA INNOVATSIYALAR: ZAMONAVIY YONDASHUVLAR VA ISTIQBOLLAR

Mazkur maqolada inson huquqlari fenomenining postindustrial va raqamli sivilizatsiya sharoitida transformatsion xarakter kasb etishi, shuningdek, innovatsion paradigmalarning ushbu jarayondagi determinant omil sifatidagi roli nazariy va empirik jihatdan tahlil qilinadi. Inson huquqlari tushunchasi klassik liberal modeldan zamonaviy texnologik-antropologik konsepsiyaga o‘tish jarayonida ijtimoiy, axloqiy hamda texnopragmatik omillar bilan o‘zaro uzviy aloqada ko‘rib chiqilgan.Tadqiqotda innovatsion jarayonlarning inson huquqlari tizimiga kiritayotgan normativ, axborotiy va institutsional o‘zgarishlari diskursiv tahlil metodologiyasi asosida yoritilib, sun’iy intellekt, raqamli boshqaruv va ijtimoiy texnologiyalar kontekstida shaxsning sub’yektiv erkinlik darajasi, kognitiv mustaqillik va axborot suvereniteti masalalari chuqur asoslab berilgan.Muallif innovatsion taraqqiyotning huquqiy ontologiyasini tahlil qilish orqali “inson huquqlari – texnologik etik” dialektikasini aniqlaydi hamda texnogen muhitda huquqiy barqarorlikni ta’minlash uchun kompleks, multidisiplinar yondashuv zarurligini ta’kidlaydi. Natijada inson huquqlarining raqamli fazoda qayta talqin qilinishi, ularning etik va epistemologik asoslari, hamda milliy huquqiy tizimlar uchun innovatsion normativ modellar ishlab chiqish istiqbollari ilmiy asosda ochib beriladi.

Sabinabonu Xudoyberdiyeva

93-96

2025-10-30

ODAM ORGANIZMINING NORMAL MIKROFLORASI

Inson mikroflorasi mikro va makroorganizmlarning o‘zaro moslashuvining natijasidir. Inson tanasining doimiy mikroflorasi bakteriyalarining aksariyati uning ayrim qismlarida hayotga moslashgan. Bundan tashqari, beqaror mikroflorani tashkil etuvchi mikroblar mavjud. Mikroorganizmlar inson tanasiga suv, oziq-ovqat bilan, har xil narsalardan, havodan kiradi. Oddiy inson mikroflorasi bola tug‘ilishining birinchi daqiqasidan boshlab shakllanadi. Uning shakllanishiga onaning mikroflorasi, bola joylashgan xonaning sanitariya holati, sun’iy yoki tabiiy oziqlantirish ta’sir qiladi. Oddiy inson mikroflorasi mikroorganizmlarning katta qismini tashkil qiladi. Bu inson barcha to‘qimalarining hujayralari sonidan ko‘p deganidir.

T.S. Axmedova, Shamsiddin Rashidov , Mohinur Ro‘ziboyeva , Dildora Ulashova

344-348

2022-10-25

TASHKILOTDA INSON KAPITALI SIFATINI BAHOLASHNING IQTISODIY AHAMIYATI

Inson kapitali tushunchasi jamiyatning zamonaviy ongida markaziy o‘rinlardan birini egallaydi. Uning insonning ishlab chiqarishdagi roli, ishlab chiqarish usuli, bilimlarni uzatish va boshqalar haqidagi savollar tobora dolzarb bo‘lib bormoqda.

Kamola Maraimova , Javoxir Imamov

190-194

2022-10-19

INSON KAPITALINI RIVOJLANTIRISHNING MINTAQAVIY RIVOJLANISH ASOSLARINING ASOSIY OMILLARI TAHLILI

Ushbu maqolada inson kapitalini rivojlantirishning mintaqaviy rivojlanishdagi o‘rni va asosiy omillari tizimli tarzda tahlil qilinadi. Inson kapitali zamonaviy iqtisodiy taraqqiyotda strategik resurs sifatida qaralib, uning shakllanishi va rivojlanishi ta’lim sifati, sog‘liqni saqlash tizimi, ijtimoiy infratuzilma, mehnat bozori ehtiyojlari hamda hududiy boshqaruv siyosati bilan bevosita bog‘liq ekani asoslab beriladi. Maqolada G‘arb va Sharqiy Yevropa tajribalari asosida, xususan, Slovakiya, Italiya va Rossiya mintaqalari bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlar tahlil qilinib, global tahdidlar sharoitida inson kapitalini rivojlantirishga bo‘lgan yangi yondashuvlar ko‘rib chiqiladi. Muallif tomonidan inson kapitalining hududiy migratsiyaga, innovatsion salohiyatga va iqtisodiy raqobatbardoshlikka ta’siri ochib berilgan. Tahlillar natijasida, mintaqaviy rivojlanish siyosatini inson kapitali bilan uyg‘unlashtirgan holda kompleks va barqaror rivojlanish strategiyalarini shakllantirish zarur degan xulosa beriladi.

Gulira’no Ruzmetova

100-102

2025-04-30

TADBIRKORLIK SUBYEKTLARIDA INSON RESURSLARINI BOSHQARISH YO’LLARI

Maqolada inson resurslarining zamonaviy iqtisodiyotdagi o'rni va roli, ularning zamonaviy ishlab chiqarishga ta'siri va yangi innovatsion korxonalarni yaratishdagi ahamiyati muhokama qilinadi, shuningdek, mehnat bozori va inson kapitali ko'rib chiqiladi.

Ayubkhon Kutbiddinov

37-43

2023-09-18

INSON HUQUQLARINI HIMOYA QILISH VA NODAVLAT TASHKILOTLAR ROLINI OSHIRISH MEXANIZMLARI.

Ushbu maqolada inson huquqlarini himoya qilish va nodavlat tashkilotlar rolini oshirish mexanizmi, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida inson huquqlarini himoya qilish shart sharoitlari, inson huquqlari va qadr qimmatining oliy ne’mat ekanligi, inson huquqlarini himoya qilishda mamlakatimizda nodavlat tashkilotlar bilan amalga oshirilgan islohotlar haqida batafsil bayon etilgan.

Jasur Kenjaev

188-192

2024-06-06

ODAM ORGANIZMINING NORMAL MIKROFLORASI

Inson mikroflorasi mikro va makroorganizmlarning o‘zaro moslashuvining natijasidir. Inson tanasining doimiy mikroflorasi bakteriyalarining aksariyati uning ayrim qismlarida hayotga moslashgan. Bundan tashqari, beqaror mikroflorani tashkil etuvchi mikroblar mavjud. Mikroorganizmlar inson tanasiga suv, oziq-ovqat bilan, har xil narsalardan, havodan kiradi. Oddiy inson mikroflorasi bola tug‘ilishining birinchi daqiqasidan boshlab shakllanadi. Uning shakllanishiga onaning mikroflorasi, bola joylashgan xonaning sanitariya holati, sun’iy yoki tabiiy oziqlantirish ta’sir qiladi. Oddiy inson mikroflorasi mikroorganizmlarning katta qismini tashkil qiladi. Bu inson barcha to‘qimalarining hujayralari sonidan ko‘p deganidir.

T.S. Axmedova, Shamsiddin Rashidov , Mohinur Ro‘ziboyeva , Dildora Ulashova

349-352

2022-11-30

HUQUQNI MUHOFAZA QILUVCHI ORGANLAR TIZIMIDA INSON HUQUQ VA ERKINLARINI HIMOYA QILINISHI

Mazkur maqolada O’zbekiston Respublikasida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tizimida inson huquq va erkinliklarini ta’minlashdagi o’rni va ahamiyati yoritilgan. So’nggi yillarda yurtimizda inson huquq va erkinlarini himoyasini ta’minlash bo’yicha qanday islohatlar olib borilgani va shu asosda davlat organlari tizimida ijtimoiy adolat va qonun ustovorligining o’rnatilganligi haqida so’z boradi. Davlat organlari va huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan inson huquq va erkinliklarini himoya qilishdagi asosiy vazifalari tahlil qilinadi. Maqolada milliy qonunchilik va xalqaro huquq normalari asosida inson manfaatlari himoya qilishga doir tavsiyalar va huquqiy hujjatlar tahlili ham berilgan..

Oysha Napasova

18-22

2025-11-06

ERKIN SAMANDARNING “DARYOSINI YO‘QOTGAN QIRG‘OQ” ROMANIDA KOMPOZITSIYASIDA INSON VA TABIAT SINTEZI

Maqolada Erkin Samandarning “Daryosini yo‘qotgan qirg‘oq” romaniga asoslanib, inson va tabiat sintezi haqida fikr yuritilgan. Shuningdek, “Daryosini yo‘qotgan qirg‘oq” romani kompozitsiyasida inson va tabiat sintezi bir-biri bilan hamohang, birlikda katta mantiqan kuchli mavzuni tashkil etilganligi. . Erkin Samandar ijodida inson va tabiat munosabatlari muammosining badiiy talqini yetakchi xususiyatni tashkil etilishi,  inson va tabiat muammosi milliy ma’naviyat, milliy axloq doirasida yangicha rakursda o‘rganilishi to‘risida munosabat bildirilgan.

Kishin Xajiboyev

29-33

2025-05-07

INSON TANASINING MIKROFLORASI VA MIKROEKOLOGIYASI UNING AHAMIYATI VA VAZIFASI

Inson tanasining mikroflorasi va mikroekologiyasi zamonaviy biotibbiyotning eng dolzarb yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Mikroflora inson organizmida muhim fiziologik jarayonlarni qo‘llab-quvvatlaydi, immun tizimni mustahkamlaydi va tashqi muhit omillariga moslashuvni ta’minlaydi. Shuningdek, u oziq moddalar almashinuvida, vitaminlar sintezida va patogen mikroorganizmlarning ko‘payishini cheklashda hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Mikroekologik muvozanat buzilganda turli kasalliklar, jumladan, disbakterioz, yallig‘lanishli jarayonlar hamda immunitetning pasayishi kuzatiladi. Shu bois inson mikrobiotasining tarkibi, funksiyasi va ekologik barqarorligini o‘rganish profilaktika, tashxis va davolash jarayonlarida katta ilmiy-amaliy ahamiyatga ega. Mazkur maqola mikrofloraning vazifalari, uning ekologik o‘zaro ta’sirlari hamda sog‘liqni saqlashdagi roli haqida ilmiy tahlil va yondashuvlarni o‘z ichiga oladi.

Iroda Ziyodullayeva

80-84

2025-09-23

ILM-FAN TA’LIMI, TA’LIM TIZIMINING MUAMMOLARI VA ISTIQBOLLAR

Ushbu maqolada inson kapitalining milliy iqtisodiyotdagi o‘rni va uning raqobatbardoshlikni oshirishdagi ahamiyati yoritilgan. Inson kapitali tarkibi ta’lim, salomatlik, malaka va raqamli ko‘nikmalar kabi jihatlardan iborat bo‘lib, ularning rivoji iqtisodiy samaradorlikni ta’minlaydi. Ta’lim tizimini modernizatsiya qilish, tibbiyot xizmatlarini yaxshilash va texnologik savodxonlikni oshirish inson kapitalini rivojlantirishning muhim yo‘nalishlari sifatida ko‘rsatilgan. Innovatsion iqtisodiy modelga o‘tish va ishchi kuchini global talablar asosida moslashtirish orqali iqtisodiy o‘sish va ijtimoiy barqarorlikka erishish mumkinligi ta’kidlangan. Mazkur maqola inson kapitalini rivojlantirishning milliy iqtisodiyot uchun strategik ahamiyatini ko‘rsatadi.

Saidova Zebiniso Rustam qizi

404-408

2025-01-10

##navigation.items## 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 > >> 

Индексация

Zenodo
WorldCat
Universal Impact Factor
SJIFactor
SIS
ROAD
Researchbib
OpenAIRE
Open Access
ISSN
Internet Archive
Index Copernicus
Google Scholar
DataCite
DOI
DRJI
CiteFactor
Advanced Science Index

butom

Требования Редакционный совет Политика Отправить материал

Til tanlash

  • English
  • Uzbek (latin)
  • Русский

##plugins.block.developedBy.blockTitle##

Ochiq jurnal tizimlari

CONTACT

Republic of Uzbekistan, Tashkent, Amir Temur Avenue 120/30, 100017


(+998) 935692306


info@in-academy.uz


© Copyright 2021-2024 «Innovative Academy RSC» LLC. All Rights Reserved

Innovative Academy