Ushbu maqolada yangi dori vositalarining yaratish istiqbollari, bosqichlari, klinik oldi, klinik sinovlar bosqichi, xalqaro standartlar asosida izlanishlar olib borilishi to‘g‘risida ma’lumotlar keltirilgan. Bundan tashqari dori vositalarining kompyuter modellashtirish usullari, nishon organlar va retseptorlarga ta’sirini, gen injinerligi usullaridan foydalangan holda struktur faolliklari bo‘yicha axborot berilgan. O‘zbekiston Respublikasida yangi dori vositalarini yaratishdagi kamchiliklar haqida qisqacha xulosalar keltirilgan.
2025-01-31