Ushbu maqolada kompyuter tarmoqlari va ularning asosiy xossalari haqida ma’lumot beriladi. Tarmoqlar turlari, jumladan lokal (LAN), mintaqaviy (MAN) va global (WAN) tarmoqlari, ularning ishlash tamoyillari hamda qo‘llanilish sohalari tahlil qilinadi. Shuningdek, tarmoq topologiyalari (yulduz, shina, halqa) va tarmoq protokollari (TCP/IP, HTTP, FTP) haqida batafsil tushuncha beriladi. Tarmoqning asosiy xususiyatlari, jumladan ishonchlilik, xavfsizlik, ma’lumot uzatish tezligi va kengaytirish imkoniyati ham ko‘rib chiqiladi. Maqola kompyuter tarmoqlari sohasida bilim olishni istaganlar uchun foydali qo‘llanma bo‘lib xizmat qiladi.