Ushbu maqolada umumta’lim maktablarida musiqa ta’limi jarayonida milliy ruhni shakllantirishning konseptual modeli tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida xalq musiqasi, maqom san’ati, folklor san’ati va an’anaviy ijrochilik asosida o‘quvchilarda estetik tarbiya, musiqiy tafakkur va ma’naviy tarbiya shakllantirishning didaktik imkoniyatlari o‘rganildi. Konseptual model pedagogik texnologiyalar, ustoz-shogird an’anasi, ijodiy faoliyat va jamoaviy ijro metodlariga asoslanib, o‘quvchilarda milliy qadriyatlarga hurmat, vatanparvarlik tarbiyasi va milliy o‘zlikni anglash tuyg‘ularini rivojlantirishga qaratilgan. Shu bilan birga, musiqiy did, ijrochilik mahorati va sahna madaniyati ham konseptual model orqali mustahkamlanadi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, konseptual model asosida olib borilgan darslar musiqa ta’limining samaradorligini oshiradi va yosh avlodni ma’naviy barkamol, estetik didi rivojlangan va milliy qadriyatlarga sodiq shaxs sifatida tarbiyalashga xizmat qiladi.