Innovative Academy
  • Регистрация
  • Вход
  • En
  • Ўз
  • Ру

Innovative Academy

  • Журналы
    • Евразийский журнал академических исследований
    • Евразийский журнал медицинских и естественных наук
    • Евразийский журнал социальных наук, философии и культуры
    • Евразийский журнал права, финансов и прикладных наук
    • Евразийский журнал математической теории и компьютерных наук
  • Новые журналы
    • Центральноазиатский журнал образования и инноваций
    • Евразийский журнал технологий и инноваций
    • Бюллетень педагогов нового Узбекистана
    • Бюллетень студентов нового Узбекистана
  • Конференции
    • Наука и технология в современном мире
    • Прикладные науки в современном мире: проблемы и решения
    • Естественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования
    • Инновационные исследования в современном мире: теория и практика
    • Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования
    • Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования
  • Объявления
    • Как написать научную статью?
    • Вопросы о докторантуре и ответы на них
    • «Eng yaxshi ilmiy maqola» tanlovi
    • Xirsh indeksi nima va uni qanday oshirish mumkin?
    • «Faol hamkor» aksiyasi
    • «In Ambassador» jamoasi
    • atm

Найти

Расширенные фильтры

Результаты поиска

NUTQIY AKT GENDER XUSUSIYATLARINI TAHLIL QILISHNING ASOSIY TAMOYILLARI

Ingliz va o‘zbek badiiy adabiyoti, ingliz tilining so‘zlashuv korpusidagi manbalardagi nutqiy akt namunalarida uchraydigan gender xususiyatlarini tadqiq etish pragmalingvistika, kognitiv lingvistika, lingvomadaniyatshunoslik hamda amaliy tarjima nuqtayi nazaridan dolzarb ahamiyat kasb etadi. Nutqiy aktlarda gender xususiyatlari namoyon bo‘lishining lingvokognitiv, lingvopsixologik, lingvokulturologik xususiyatlarini tavsiflash, tasniflash, chog’ishtirish asnosida ushbu ma’noga ega elementlarni semantik teglash, tarjima matnlarini mazmunan takomillashtirish imkoni yuzaga chiqadi.

Tashpulatova Shirina Ziyoviddin qizi

13-14

2025-05-13

ZAMONAVIY LINGVISTIKANING YANGI FAN TARMOQLARI

Zamonaviy lingvistika XXI asrda turli fanlar bilan integratsiyalashib, yangi tarmoqlarni yuzaga keltirmoqda. Ushbu maqolada kognitiv lingvistika, kompyuter lingvistikasi, biolingvistika, medialingvistika, pragmalingvistika, diskurs tahlili, translingvistika kabi yo‘nalishlar tahlil qilinadi. Har bir tarmoqning nazariy asoslari, tadqiqot uslublari va amaliy qo‘llanilishi ko‘rib chiqiladi. Maqola tilshunoslikning interdiscipliner xususiyatini yoritadi va yangi fan tarmoqlarining jamiyat, texnologiya hamda tafakkur bilan aloqasini ochib beradi.

Olimova O‘g‘ilchaxon Baxtiyorjon qizi

119-120

2025-10-31

BUYRUQ NUTQIY AKTLARIDA PRAGMATIK KOMPETENSIYA

Ushbu maqolada zamonaviy tilshunoslikning muhim yo‘nalishlaridan biri bo’lgan pragmalingvistika sohasi haqida ma’lumot beriladi. Turli tizimli tillar ingliz, o‘zbek hamda nemis tillarida “buyruq” nutqiy aktini voqelantiruvchi pragmatik kompetensiya tadqiq qilinadi.

Muxridin Nasridinov

73-75

2025-02-10

PRAGMALINGVISTIK VA MADANIY INTERFERENSIYA (MASALAN: MUROJAAT SHAKLLARI, XUSHMUOMALALIK FORMASI)

Ushbu maqolada ingliz tilini o‘zlashtirish jarayonida yuzaga keladigan madaniy interferensiya muammolari yoritiladi. O‘zbek va rus tillaridagi murojaat shakllari, xushmuomalalik formulalari hamda turmush odatlaridagi tafovutlar ingliz tilida muloqot qilishda kommunikativ to‘siq sifatida namoyon bo‘lishi tahlil qilinadi. Turaeva (2024), Slabakova (2016), Rasulova (2022) hamda zamonaviy o‘zbek olimlari (Jabborov, Tursunova, Rahmonaliyeva) tadqiqotlari asosida madaniy interferensiyani kamaytirish yo‘llari ko‘rsatib o‘tiladi.

Mohinur Ernazarova

7-10

2025-09-22

OʻZBEK TILSHUNOSLIGINING NAZARIY MASALALAR

Ushbu maqolada oʻzbek tilshunosligining nazariy asoslari, uning shakllanish va rivojlanish bosqichlari, zamonaviy ilmiy yoʻnalishlari hamda til tizimining fonetik, leksik, grammatik va uslubiy qatlamlariga oid nazariy muammolar keng yoritilgan. Shuningdek, kompyuter lingvistikasi, kognitiv yondashuv, funksional tilshunoslik va pragmalingvistika kabi zamonaviy ilmiy oqimlarning oʻzbek tiliga tatbiqi ilmiy manbalar asosida tahlil qilingan. Maqola yakunida mavzu bo‘yicha umumiy xulosalar keltirilgan.

Yo‘ldosheva Xadicha, Jo‘ranazarova Nigora Qurbonboy qizi

26-28

2025-11-26

O’ZBEK VA INGLIZ TILLARIDA MUHABBAT KONSEPTINING LISONIY VOQEALANISHI

Bugungi kunda zamonaviy tilshunoslik sohasida kognetiv tilshunoslik, jumlada, konseptlar ifodalagan tag ma’nolarni o’rganish tilshunos olimlarning asosiy vazifalaridan birga aylanmoqda. Shu qatorda O’zbek va Ingliz tillaridagi “Muhabbat” konseptini o’rganish, tadqiq qilish, konseptologik  masalalari ham chuqur e’tibor markazida hisoblanadi. Ushbu maqolada O’zbek va Ingliz tillaridagi “Muhabbat” konseptini lisoniy voqealanishi yuzasidan bir qancha fikrlar e’tirof etilgan.

Gulxayo G’iyosiddinova Muzaffar qizi

17-19

2024-09-18

PROSODIK TADQIQOTLAR TARIXI

Ushbu maqola fonetika va uning tarkibiy qismi sifatida prosodika nazariyasining shakllanish jarayonlari va rivojlanish bosqichlarini yoritadi. Prosodik vositalarning (intonatsiya, urg‘u, pauza, temp va boshqalar) tarixiy taraqqiyoti qadimgi ritorika maktablari, sahna nutqi hamda publisistik amaliyotda shakllangan nazariy qarashlardan boshlab, XX–XXI asrlarda eksperimental-fonetik tadqiqotlar asosida chuqurlashganligi tahlil qilinadi. Tadqiqotda prosodik birliklarning fonetik va pragmatik funksiyalari, ularni o‘rganish metodlari, zamonaviy axborot texnologiyalari yordamida amalga oshirilayotgan eksperimental kuzatishlarning ilmiy ahamiyati ko‘rsatib berilgan. Shuningdek, prosodika nazariyasining zamonaviy yo‘nalishlari va ularning o‘zbek tilshunosligidagi istiqbollari aniqlab berilgan.

Gaziyeva Maftuna Muhammadovna, O‘rinboyeva E’zozxon Komolovna

71-79

2025-06-30

NUTQ AKTLARINING PRAGMATIK MA’NOSI VA SEMIOTIK TALQINI

Ushbu maqolada nutq aktlarining pragmatik mazmuni va ularning semiotik talqini zamonaviy tilshunoslik nuqtayi nazaridan tahlil qilinadi. Tadqiqotda so‘zlovchi lingvistik belgilar orqali o‘z niyatini qanday ifodalayotgani, tinglovchiga ta’sir ko‘rsatishi va kommunikativ ma’no yaratishi o‘rganiladi. Shuningdek, pragmatik kontekst, madaniy kodlar va semiotik tuzilmalar o‘zaro munosabati alohida yoritiladi. Nutq aktlarining ijtimoiy me’yorlar, kommunikativ maqsadlar va kognitiv jarayonlar ta’sirida shakllanishi ham ko‘rsatib o‘tiladi.

Lobar Avazova, Abdisamadova Mavluda Baxrinovna

6-9

2025-11-25

SHE’RIY MATNDA EMOTIV FUNKSIYANING IFODALANISHI

Ushbu maqolada she’riy matn, undagi mazmun va ko‘lam, tilshunoslikda she’riy matnning emotsional tomonini o‘rganilish ahamiyati, uning har bir turning aloxida o‘rni haqida atroflicha fikrlar keltirilgan. Shuningdek, poetik matnning emotiv tomoni orqali yozuvchi kitobxonga nima demoqchi, ular o‘rtasidagi pragmatik ma’no qanday vositalar orqali yuzaga chiqayotgani yoritib berilgan. Maqolada  she’riy matnning  emotiv  tomoni, emotiv xususiyatidagi tagma’no Muhammad Yusufning ijodidagi misralar orqali ochib berilgan.

Eshonqulova Nigoraxon Farhodjon qizi

237-241

2024-06-19

BADIIY MATNGA PRAGMATIK YONDASHUV

Bugungi  kunda  tilshunosligimizda  pragmalingvistika  alohida  soha sifatida  shakllanib  ulgurdi.  Bu  jarayonda  professor  Sh.Safarovning izlanishlari, ayniqsa, diqqatga sazovor. Olim “Pragmalingvistika” nomli  monografiyasida  mazkur  sohaning  shakllanishi,  taraqqiyoti  va  istiqboli haqida  fikr  yuritadi,  lisoniy  faoliyatning  pragmatik  xususiyatlari,  bu xususiyatlarni  yuzaga  keltiruvchi  omillarni  o‘rganish  tilning  ijtimoiy mohiyatini  aniqlash  uchun  muhim  ekanligini  ta’kidlaydi. Mazkur  o‘quv qo‘llanmada  kommunikativ-pragmatik  yo‘nalishning  shakllanishi, pragmatikaning lisoniy-semiotik tizimdagi ustuvorligi, pragmalingvistikaning  predmeti,  nutqiy  akt  nazariyasi,  semantika  va pragmatika  munosabati,  pragmatik  mazmunni  shakllantiruvchi hodisalar, samarali muloqot tamoyil va qoidalari, deyksis va nutqiy muloqot matni, diskursning  tuzilishi  va  uning  tahlili  masalalari  jahon pragmalingvistikasiga  oid qator  manbalarni  qiyoslagan holda  nazariy jihatdan  asoslab  beriladi.  Pragmatik  tahlil  tamoyillarini  belgilovchi asosiy metodologik g‘oya bu faoliyat nazariyasi ekanligi ko‘rsatib o‘tiladi.

Xaydarova Feruza

59-61

2025-05-23

TARJIMANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA ULARNING YECHIMLARI

Tarjimani o‘qitishda kognitiv lingvistika, madaniyatlararo kommunikatsiya va zamonaviy pedagogik tehnologiyalar integratsiyasi asosida kompleks pedagogik model ishlab chiqilgan. Unda tarjima kompetensiyasini rivojlantirish uchun nazariya bilan amaliyot uyg‘unligi, yangi metodlar, motivatsiya va sifatli o‘quv resurslari ta’minoti dolzarb hisoblanadi. Tarjima ta’limidagi asosiy muammolar — lingvistik va madaniy farqlar, talabalar motivatsiyasi pastligi, zamonaviy nazariy yondashuvlarning yetishmasligi hamda malakasiz o‘qituvchilar. Bularning yechimi sifatida innovatsion pedagogik yondashuvlar, amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish va malakali kadrlar tayyorlash zaruriyligi ta’kidlangan.

Bafoyeva Nilufar Salim qizi

66-71

2025-11-11

BUYRUQ NUTQIY AKTINING TURLI SOHALARDAGI O‘ZIGA XOS HUSUSIYATLARI

Bu tezisda nutqiy akt nazariyasining gaplar va nutqiy aktlar doirasidagi o’ziga xos qiyofalari aks etgan va turli misollar orqali tasniflangan.

Nasridinov Muxridin Vaslidin o‘g‘li

7-8

2023-12-07

PRAGMATIKANING RIVOJLANISH BOSQICHLARI

Kommunikativ  qobiliyat rivojida faqat grammatik bilimni o‘zi yetarli emas, balki pragmatik qobiliyatning rivoji ham muhim o‘rin egallaydi. Tilshunoslikning pragmalingvistika sohasi kabi pragmatik qobiliyat tushunchasi ham juda salmoqli bo‘lib, ushbu maqolada pragmatikaning paydo bo‘lishi, rivojlanish bosqichlari, uning ichki bo‘linishlari ko‘rib chiqildi.

Sattorova Feruza Elmurodovna

39-41

2023-10-18

NUTQ MADANIYATIDA MUROSA KONSEPTINING ROLI VA UNING TILSHUNOSLIKDAGI TADQIQI

Ushbu maqolada tilshunoslikda murosa konsepti, asosan, pragmatik, kognitiv va sotsiolingvistik yondashuvlar orqali o‘rganilib, uning ma’no maydoni, diskursdagi ifoda vositalari hamda madaniyatga xos xususiyatlari tahlil qilinadi. Xususan, xorijiy tilshunoslikda “compromise”, “agreement”, “conciliation” kabi birliklar orqali ifodalangan murosa jarayoni nutq aktlari, diskurs strategiyalari va ijtimoiy kontekst bilan bog‘liq holda izohlanadi.

Muqimjonova Nazokatxon Ikromjon qizi

71-73

2025-10-31

BUYRUQ NUTQIY AKTINING GAPLAR DOIRASIDAGI TURLI QIYOFALARI

Bu tezisda nutqiy akt nazariyasining gaplar va nutqiy aktlar doirasidagi o’ziga xos qiyofalari aks etgan va turli misollar orqali tasniflangan.

Nasridinov Muxridin Vaslidin o‘g‘li

6-8

2023-12-07

DINIY QASAMLARNING NUTQIY AKTLARDA YUZAGA CHIQISHI

Ushbu maqolada nutqiy aktlar va ularning  tilshunoslikka kirib kelishi, turlari hamda diniy qasamlarda namoyon bo`luvchi nutqiy aktlarni Qur’oni Karimdagi qasam oyatlari misolida tahlil qilingan.

Akramova Madinabonu Avazbek qizi

90-94

2025-01-27

PRAGMATIKA VA PRAGMALINGVISTIKANING NAZARIY ASOSLARI: ASOSIY FARQLAR VA O‘XSHASHLIKLAR

Mazkur maqolada tilshunoslikning zamonaviy tarmoqlaridan biri bo‘lgan pragmatika va uning amaliy yo‘nalishi hisoblangan pragmalingvistikaning nazariy asoslari yoritiladi. Ularning o‘zaro farqli va umumiy jihatlari, shuningdek, til birliklarining muloqotdagi maqsadga yo‘naltirilganligi, kontekst bilan bog‘liqligi hamda kommunikativ strategiyalardagi o‘rni tahlil qilinadi.

Hamidullayev Bobur Murodullo o‘g‘li

78-80

2025-10-31

PRAGMALINGVISTIKADA ILLOKUTIV AKT NAZARIYASI

Mazkur maqolada illokutiv akt nazariyasi va uning ishlatilish o'rinlari haqida tanishib o'tamiz. Pragmalingvistikada nutqiy aktning ishlatilishi, illokutiv RALZ’OS TILAK a ktning tasnifi haqida fik

Madinabonu Qurbonali qizi Abdullayeva

319-321

2022-03-23

TILSHUNOSLIKDA SOTSIOPRAGMATIK OMIL TUSHUNCHASI

Ma’lumki, sotsiologiya jamiyat va uning institutlari, xususiyati, holati, ijtimoiy-iqtisodiy vaziyati  va yana aniq talablardan kelib chiqqan holda bir necha jihatlarini o‘rganadigan soha hisoblanadi. Pragmatika tushunchasi ham bevosita jamiyat bilan bog‘liq bo‘lib, ma’lum bir zamon va makon birligida sodir bo‘lgan yoki sodir bo‘layotgan voqea-hodisalar xronikasi, jarayonni anglatadi. Sotsiopragmatika tushunchasi qamrov jihatdan sotsiologiya, sotsiolingvistika, pragmatika va pragmalingvistika sohalarining qo‘shilishidan iborat bo‘lib, tilshunoslikda tobora ko‘proq murojaat etilayotgan, matn, kontekst tadqiqida qo‘llanilayotgan tushunchalardan biriga aylanib bormoqda. Jumladan, o‘zbek tilida badiiy matn sotsiopragmatikasi, diskurs va muloqot jarayonining sotsiopragmatik asoslari xususida bir necha maqolalar yozilgan. Amaliyotda o‘zbek tilshunosligida tobora ko‘proq murojaat etilayotgan va tadqiqot yo‘nalishiga aylanib borayotgan hodisaning asosiy birliklarini ajratib olish, uning mazmun-mundarijasi va tadqiq doirasiga kiruvchi lingvistik hodisalarni ajratib olish zaruriyati tug‘iladi.

Abdullayeva Rohila Yusufjon qizi

122-123

2024-10-09

1 - 19 из 19 результатов

Индексация

Zenodo
WorldCat
Universal Impact Factor
SJIFactor
SIS
ROAD
Researchbib
OpenAIRE
Open Access
ISSN
Internet Archive
Index Copernicus
Google Scholar
DataCite
DOI
DRJI
CiteFactor
Advanced Science Index

butom

Требования Редакционный совет Политика Отправить материал

Язык

  • English
  • Uzbek (latin)
  • Русский

Разработано

Open Journal Systems

CONTACT

Republic of Uzbekistan, Tashkent, Amir Temur Avenue 120/30, 100017


(+998) 935692306


info@in-academy.uz


© Copyright 2021-2024 «Innovative Academy RSC» LLC. All Rights Reserved

Innovative Academy