Mazkur maqolada tijorat banklarida zamonaviy xizmatlarni joriy etish ko‘lamini yanada kengaytirish imkoniyatlarini baholash va rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlar, rivojlangan davlatlar tijorat banklari tajribasi, innovatsion bank xizmatlarini rivojlantirish sohasida olib borilgan tadqiqot ishlari, respublikamiz tijorat banklarida sof foydaning oshishiga banklar tomonidan taklif etilayotgan bank xizmatlari ta’siri baholangan. Miqdoriy tahlillar Kichik Kvadratlar modeli asosida olib borilgan bo‘lib, vaqtlar qatori asosida regression tahlillar oʻtkazilgan. Miqdoriy metodologiya tahlillariga koʻra, innovatsion bank xizmatlari va mahsulotlari banklarning sof foydasini oshirishda muhim omillardan bo‘lib xizmat qilishi aniqlandi. Raqamli bank mahsulotlari va xizmatlari amaliyotga koʻproq joriy etiladigan boʻlsa, barcha tijorat banklarining hozirgi zamon talabiga toʻliq va samarali javob bera oladigan ish strukturasini tashkillashtirish, bank xizmatlari iste’molchilariga shaffof, tez va sifatli hamda real vaqt rejimida xizmatlarni taqdim etishga imkoniyat yaratilgan boʻladi. Bu esa, oʻz navbatida, tijorat banklarining raqobatbardoshlilik darajasini va daromadlilik koʻrsatkichlarini, mijozlar bazasini oshirib borishga, banklarning nufuzi ortishiga turtki boʻladi.