Yosh avlodni barkamol shaxs qilib shakllantirish g‘oyatda mas’uliyatli vazifadir. Insonparvar davlatimiz har bir bolaning oʻsib ulgʻayishi, taʼlim-tarbiya olishi toʻgʻrisida qaygʻuradi. nogironligi boʻlgan bolalarni esa ijtimoiy himoyasiga oladi. Ularning hayotda oʻz oʻrinlarini topishlariga koʻmaklashadi. Alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar taʼlim-tarbiyasiga zarur shart-sharoitlarni yaratib beradi. Jumladan, koʻrish boʻyicha nuqsoni boʻlgan bolalarga berilayotgan eʼtibor va imkoniyatlar tahsinga sazovordir.
2026-02-28