Innovative Academy
  • Register
  • Login
  • En
  • Ўз
  • Ру

Innovative Academy

  • Journals
    • Eurasian Journal of Academic Research
    • Eurasian Journal of Medical and Natural Sciences
    • Eurasian Journal of Social Sciences, Philosophy and Culture
    • Eurasian Journal of Law, Finance and Applied Sciences
    • Eurasian Journal of Mathematical Theory and Computer Sciences
  • New Journals
    • Central Asian Journal of Education and Innovation
    • Eurasian Journal of Technology and Innovation
    • Bulletin of pedagogs of new Uzbekistan
    • Bulletin of students of new Uzbekistan
  • Conferences
    • Science and technology in the modern world
    • Applied Sciences in the modern world: problems and solutions
    • Natural Sciences in the modern world: theoretical and practical research
    • Innovative research in the modern world: theory and practice
    • Pedagogy and psychology in the modern world: theoretical and practical research
    • Social Sciences in the modern world: theoretical and practical research
  • Announcements
    • Ilmiy maqola qanday yoziladi?
    • Questions and answers to doctoral studies
    • «Eng yaxshi ilmiy maqola» tanlovi
    • What is the Hirsch index and how to increase it?
    • atm

Search

Advanced filters

Search Results

ASSOTSIATIV TILSHUNOSLIK NAZARIYALARI SHARHI

Ushbu maqolada assotsiativ tilshunoslik nazariyalarining asosiy tushunchalari, rivojlanish tarixi va metodologik xususiyatlari tahlil qilinadi. Nazariyaning til birliklari va ularning psixologik assotsiativ jarayonlar orqali shakllanishi tushuntiriladi. Shuningdek, assotsiativ tilshunoslikning kamchiliklari va zamonaviy tilshunoslikdagi o‘rni muhokama qilinadi. Maqola tilshunoslik tarixida assotsiativ yondashuvlarning ilmiy ahamiyatini yoritadi va ularning hozirgi zamon tadqiqotlaridagi integratsiyasi haqida fikrlar beradi.

Mirjalol Mirzaahmedov

32-34

2025-06-09

TIL HAQIDA QADIMGI QARASHLAR

Ushbu maqola qadimgi yunon va rim tilshunoslik nazariyalarining asosiy tamoyillari va yutuqlarini o'rganadi. Maqolada antik davr tilshunoslarining tilning tabiati, tilning kelib chiqishi, tilning tuzilishi va uning jamiyatdagi roli haqidagi qarashlari tahlil qilinadi. Bundan tashqari, maqolada antik tilshunoslik nazariyalarining keyingi tilshunoslik rivojiga ta'siri va zamonaviy tilshunoslik bilan bog'liqligi ko'rib chiqiladi. Maqola antik va klassik tilshunoslikning merosini chuqur tushunishga va uning hozirgi zamon tilshunosligiga qo'shgan hissasi bilan tanishishga yordam beradi.

Umida Turaeva

32-34

2024-12-06

RUS TILI O‘QITISHDA GRAMMATIK VA LEKSIK TA’LIM METODIKASI: TILSHUNOSLIK NUQTAI NAZARIDAN

Ushbu maqolada rus tilini o‘qitishda grammatik va leksik ta’lim metodikasi tilshunoslik nuqtai nazaridan tahlil qilil qilinib,  tilning tuzilishi, uning grammatik va leksik jihatlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik, shuningdek, bu bilimlarni o‘quv jarayonida to‘g‘ri va samarali taqdim etish metodlari yoritiladi. Tilshunoslik nazariyasi asosida grammatik qoidalar va leksik birliklarni o‘rgatishning samarali usullari ko‘rib chiqiladi. Rus tili o‘qitishda tilshunoslik yondashuvining ta’lim sifatini oshirishdagi roli va ahamiyati tahlil qilinadi.

Nargis Sarimsakova, Dilyora Islamova

149-151

2025-06-16

QIYOSIY VA CHOG’ISHTIRMA TILSHUNOSLIK MASALALARI

Mazkur maqolada qiyosiy va chog‘ishtirma tilshunoslikning nazariy asoslari, ularning farqli va umumiy jihatlari, shuningdek, lingvistik tadqiqotlar uchun ahamiyati tahlil qilinadi. Qiyosiy tilshunoslik turli tillarning genealogik va tipologik o‘xshashliklarini aniqlashga xizmat qilsa, chog‘ishtirma tilshunoslik ularning strukturaviy va funksional jihatlarini o‘zaro taqqoslash orqali tadqiq qiladi. Maqolada ushbu yondashuvlarning ilmiy-epistemologik asoslari va ularning zamonaviy tilshunoslikdagi o‘rni yoritib beriladi.

Maftuna Ismoilova , Sanobar Xurramova

37-40

2025-06-18

TILSHUNOSLIKDA “KONSEPT” TUSHUNCHASI VA UNING STRUKTURASI

Zamonaviy tilshunoslik fanining dolzarb mavzularidan biri bu-konsept hamda uni anglash masalasi hisoblanadi. Ushbu atama kognitiv tilshunoslikning muhim kategoriyalaridan biri hisoblanadi. Mazkur ilmiy maqolada konsept mavzusiga yuqori darajada e’tibor berilgan. Konsept atamasi kognitiv tilshunoslik va lingvomadaniyat uchun ham umumiy atama bo‘lsada, ikkala fan uchun ham ikki xil tushunchani anglatadi.

Dona Usmonova , Farida Turg‘unova

162-166

2023-04-27

ALISHER NAVOIY VA JAHON TILSHUNOSLIGI

Alisher Navoiy o‘zbek adabiy tili va tilshunoslik tarixida beqiyos meros qoldirgan buyuk mutafakkirdir. Uning “Muhokamat ul-lug‘atayn”, “Majolis un-nafois”, “Xazoyin ul-maoniy” kabi asarlarida til, uning imkoniyatlari, so‘z boyligi, grammatik qurilishi haqida qimmatli fikrlar ilgari surilgan. Ushbu maqolada Navoiy tilshunoslik qarashlari jahon tilshunosligi doirasida tahlil qilinadi, Sharq va G‘arb lingvistika an’analari bilan qiyosiy o‘rganiladi. Tadqiqotda Navoiy merosining zamonaviy lingvistika fanidagi o‘rni, fonetika, leksikologiya, morfologiya hamda umumiy tilshunoslik tamoyillariga qo‘shgan hissasi ochib beriladi. Shuningdek, maqolada Navoiy qarashlarining bugungi o‘zbek tili taraqqiyoti va xalqaro lingvistik izlanishlardagi ahamiyati ham yoritiladi.

Gulmira Yusupova , Sarvinoz Qobiljonova

20-26

2025-09-09

KOGNITIV TILSHUNOSLIK VA LINGVOMADANIYATDA KONSEPT TUSHUNCHASI

Zamonaviy tilshunoslikning dolzarb mavzularidan biri bu –konseptdir. Bu termin kognitiv tilshunoslik va lingvokulturologiyaning muhim kategoriyalaridan biri hisoblanadi. Ushbu maqolada konsept mavzusining ushbu ikki soha o’rganilishi tadqiqqa tortiladi. Konsept atamasi kognitiv tilshunoslik va lingvomadaniyat uchun ham umumit atama bo’lsada, ikkala fan uchun ham ikki xil tushunchani anglatadi.

Muhabbat Jumayeva

21-24

2025-06-24

KOGNITIV TILSHUNOSLIK VA LINGVOMADANIYATDA KONSEPT TUSHUNCHASI

Zamonaviy tilshunoslikning dolzarb mavzularidan biri bu –konseptdir. Bu termin kognitiv tilshunoslik va lingvokulturologiyaning muhim kategoriyalaridan biri hisoblanadi. Ushbu maqolada konsept mavzusining ushbu ikki soha o’rganilishi tadqiqqa tortiladi. Konsept atamasi kognitiv tilshunoslik va lingvomadaniyat uchun ham umumit atama bo’lsada, ikkala fan uchun ham ikki xil tushunchani anglatadi.

Muhabbat Jumayeva

148-151

2025-06-23

ZAMONAVIY TILSHUNOSLIK YO‘NALISHLARI: ASOSIY TENDENSIYALAR VA RIVOJLANISH YO‘NALISHLARI

Mazkur maqolada zamonaviy tilshunoslikda shakllanayotgan asosiy ilmiy yo‘nalishlar, ularning predmeti, metodologiyasi va tadqiqot ob’ektlari tahlil qilinadi. Shuningdek, tilshunoslikda interdiscipliner (fanlararo) yondashuvning kuchaygani va tilni ijtimoiy, madaniy, kognitiv hamda gender aspektlarda o‘rganish tendensiyalari ko‘rib chiqiladi. Zamonaviy tilshunoslik yo‘nalishlari son jihatidan ko‘p bo‘lib, maqolada kognitiv tilshunoslik, gender tilshunoslik, neyrolingvistika, korpus lingvistika haqida fikr yuritilgan.

Gulxumor Yusupova , Durdona Matsabirova

151-154

2025-06-27

KOGNITIV TILSHUNOSLIK VA UNING YO‘NALISHLARI

Ma’lumki, hozirgi kunda dunyo tilshunosligida anrtoposentrik paradigma yo‘nalishlarida olib borilayotgan tadqiqotlar an’anaviy tus olmoqda. Jumladan, o‘zbek tilshunosligida ham mazkur tilshunoslikning turli yo‘nalishlarida, sistem tilshunoslik birliklarini antroposentrik paradigma sohalarida, jumladan lingvokognitiv aspektda o‘rganish amaliyoti mavjud. Turli uslublarga mansub bo‘lgan matnlar ustida sotsiopragmatik, lingvokulturologik, psixolingvistik, kognitologik o‘rganishlar va tajribalar olib borilmoqda. So‘nggi paytlarda nisbatan ko‘p murojaat qilinayotgan kognitiv tilshunoslik borasida tadqiqot olib borish asnosida soha va uning yo‘nalishlari, o‘rganish obyekti, terminlar tizimini o‘rganishga ehtiyoj seziladi. Chunki ushbu soha, nafaqat o‘zbek tilshunosligi, balki dunyo tilshunosligi uchun ham nisbatan yangi bo‘lgan yo‘nalish va nazariy asoslarini talqin qilishda bir necha qarashlar mavjudki, o‘zbek tilshunosligiga va o‘zbek tiliga tatbiq qilishda o‘ziga xos yondashuvni talab qiladi.

Roxila Abdullayeva

18-20

2025-05-31

TILSHUNOSLIK TARIXI VA UNING DAVRLARGA BO`LININSHI

Tilshunoslik alohida, mustaqil fan sifatida XIX asrning birinchi choragida (1816 yilda) fanlar olamiga kirib keldi. Shak-shubhasiz, tilshunoslik ham boshqa qator fanlar kabi tadqiqotlar, tajribalar, izlanishlar, g`oyalar, kuzatishlar natijasi, «mahsuli» sifatida o`zining alohida o`rganish ob`ektiga va tekshirish metodiga ega bo`ldi. Qat`iy aytish mumkinki, jahon tilshunosligi fani ham shu kungi taraqqiyot bosqichiga etib kelguncha uzoq tarixiy taraqqiyot davrini, «o`sish» davrini bosib o`tdi.

Soxiba Qalandarova

55-59

2023-12-25

AXBOROT-KOMMUNIKATSION TEXNOLOGIYALARI TERMINLARINING IZOHLI LUG‘ATLARIDA BERILISHI MUAMMOLARI

Tilshunoslik fanining tarjima nazariyasi va amaliyotiga qo‘shgan hissasi beqiyosdir. Boshqa tomondan tarjima tilshunoslik nazariyasidan ko‘ra ancha ko‘proq bilimlarni o‘z ichiga oladi. Semantikaga qiziqish uyg‘otishdan oldin tarjimonlar atamashunoslik bilan yaqindan shug‘ullanganlar. Ushbu maqola axborot-kommunikatsion texnologiyalari (AKT) terminlarini izohli lug‘atlarda berishdagi muammolarni o‘rganadi. Texnologiyaning tezkor rivojlanishi va unga oid atamalarning o‘zgaruvchan tabiati sababli, AKT terminlarini aniqlash va tarjima qilishdagi murakkabliklar tahlil qilinadi. Tadqiqotda mavjud izohli lug‘atlar o‘rganilib, AKT atamalarining uzbek tiliga moslashtirilishi borasida yuzaga keladigan bo‘shliqlar va nomuvofiqliklar aniqlanadi. Shuningdek, tilshunoslik va madaniy omillarning AKT terminologiyasini shakllantirish va standartlashtirishdagi o‘rni ko‘rib chiqilib, ushbu sohada lug‘atshunoslik amaliyotini takomillashtirish uchun tavsiyalar beriladi.

Bakhtiyor Mengliyev, B Makhammadov, O Khidirov

274-279

2025-01-08

KOGNITIV POETIKA HAQIDA NAZARIY QARASHLAR VA OLAMNING LISONIY MANZARASI TUSHUNCHASI

Ushbu maqola kognitiv tilshunoslik va uning asosiy tushunchalari, jumladan, “olamning lisoniy manzarasi” haqida batafsil ma’lumot beradi. Kognitiv tilshunoslikning paydo bo‘lishi, rivoji va til bilan insonning bilish jarayonlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik o‘rganiladi. Shuningdek, maqolada individual va milliy lisoniy manzara tushunchalari, ularning o‘zaro munosabatlari va badiiy asarlardagi ifodasi tahlil qilinadi. Milliy madaniyat va tafakkur farqlarining tilga ta’siri haqida misollar orqali tushuntiriladi. Kognitiv poetika va uning adabiyotshunoslik va tilshunoslik bilan kesishgan nuqtalari ham izohlanadi. Mualliflar tomonidan kognitiv yondashuv yordamida ijodkorlarning individual tafakkuri va lisoniy vositalar orqali dunyoqarashini aks ettirishning ahamiyati ko‘rsatiladi.

Iroda Ibragimova

111-114

2024-10-14

INSON TAFAKKURI VA NUTQI O'RTASIDAGI BOG‘LIQLIKLAR

Ushbu matnda inson tafakkuri va nutqi o‘rtasidagi murakkab va ko‘p qirrali bog‘liqlik falsafiy, psixologik va tilshunoslik nuqtai nazarlaridan tahlil qilinadi. XX asr psixologiya va tilshunoslikda muhim o‘rin olgan - xususan, L.S. Vigotskiyning ichki nutq (inner speech) nazariyasi tafakkur va nutqning shakllanish dinamikasini tushuntiradi. Bundan tashqari, Sapir - Uorf lingvistik nisbiylik qarashlari til tuzilmasi va madaniy kontekstning inson dunyoqarashi va idroki shakllanishiga qanday ta’sir qilishini ko‘rsatadi. Zamonaviy kognitiv tilshunoslik til, nutq va tafakkur o‘rtasidagi o‘zaro ta’sirning yangi, keng qamrovli modelini taklif etadi - unda til nafaqat nutq vositasi, balki bilish, tushuncha hosil qilish va dunyoni idrok etish vositasi sifatida ko‘riladi. Matn til, tafakkur va nutq inson ongining, ijtimoiy muloqotning va madaniyatning markaziy omillari ekanligini xulosa qiladi.

Gulsanam To‘xtamurodova , Olimjon Ozodqulov

72–75

2025-12-09

AMALIY TILSHUNOSLIK VA ONA TILI O‘QITISH: TAMOYILLAR VA AMALIYOT

Amaliy tilshunoslik tilni oʻrganadi va uni turli sohalarda, masalan, til oʻrgatish,
tarjima va muloqotda amaliy qoʻllanadi. Amaliy tilshunoslik hal qiluvchi rol o'ynaydigan eng
muhim sohalardan biri ona tilini o'qitishdir. Ushbu maqolada men ona tilini o‘qitishda amaliy
tilshunoslikning ahamiyatini muhokama qilaman.

Dinara Bekpolatova

80-81

2023-05-04

JAHON TILSHUNOSLIGIDA YARATILGAN TERMINLARNING MOBIL ILOVALARI

Zamonaviy dunyo tilshunosligida terminologiyaning o‘rni, umumiy va xususiy terminologiya muammolari, shuningdek, tilshunoslik terminlarini tartibga solish jarayoni bilan bog‘liq tadqiqotlar bir til doirasida muayyan darajada amalga oshirilayotgan bo‘lsa-da, tilshunoslik terminlarining leksikografik talqini bir necha til izohli lug‘atlarini chog‘ishtirish kesimidagi tadqiqotlar oxirgi yillarda biroz ko‘paydi.

Borno Farmonova

116-120

2022-10-21

TAFAKKUR VA NUTQ

Ushbu matnda inson tafakkuri va nutqi o‘rtasidagi murakkab va ko‘p qirrali bog‘liqlik falsafiy, psixologik va tilshunoslik nuqtai nazarlaridan tahlil qilinadi. XX asr psixologiya va tilshunoslikda muhim o‘rin olgan - xususan, L.S. Vigotskiyning ichki nutq (inner speech) nazariyasi tafakkur va nutqning shakllanish dinamikasini tushuntiradi. Bundan tashqari, Sapir - Uorf lingvistik nisbiylik qarashlari til tuzilmasi va madaniy kontekstning inson dunyoqarashi va idroki shakllanishiga qanday ta’sir qilishini ko‘rsatadi. Zamonaviy kognitiv tilshunoslik til, nutq va tafakkur o‘rtasidagi o‘zaro ta’sirning yangi, keng qamrovli modelini taklif etadi - unda til nafaqat nutq vositasi, balki bilish, tushuncha hosil qilish va dunyoni idrok etish vositasi sifatida ko‘riladi. Matn til, tafakkur va nutq inson ongining, ijtimoiy muloqotning va madaniyatning markaziy omillari ekanligini xulosa qiladi.

Gulsanam To‘xtamurodova , Olimjon Ozodqulov

68–71

2025-12-09

KOMPYUTER TEXNOLOGIYASINING LINGVISTIKADAGI O‘RNI VA HOZIRGI KUNDAGI AHAMIYATI

Kompyuter texnologiyalarining lingvistika sohasidagi o‘rni va ahamiyati bugungi kunda katta e'tibor qaratilayotgan mavzulardan biridir. Ushbu tezisda kompyuter texnologiyalarining tilshunoslik va lingvistika sohalaridagi qo‘llanilishi, uning rivojlanishi va jamiyatdagi ta'siri tahlil qilinadi. Kompyuter texnologiyalari orqali tabiiy tilni qayta ishlash (NLP), mashinaviy tarjima, nutqni avtomatik tanib olish, kompyuter lingvistikasi va sun’iy intellektning tilshunoslikka ta’siri kabi yo‘nalishlarda katta yutuqlar qo‘lga kiritildi. Hozirgi kunda kompyuter texnologiyalari global muloqotni osonlashtirish, ta'lim va o‘qish jarayonlarini optimallashtirish, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirishda keng qo‘llanilmoqda. Ushbu texnologiyalarning tilshunoslik sohasidagi ahamiyati yanada oshib, zamonaviy dunyoda ilm-fan, madaniyat va ta'lim sohalarida muhim rol o‘ynashga xizmat qilmoqda.

Nilufar Madaminova

19-20

2025-01-07

TILSHUNOSLIKDA YANGI METODLAR ASOSIDA ISHLASH KO’NIKMALARI

Strukturaviy Tilshunoslik tilshunoslikka yondashuv bo'lib, strukturalizmning umumiy yondashuvining bir qismidir. Tilni o'zaro bog'liq birliklarning statik tizimi sifatida o'rganish ta'kidlangan. Strukturaviy Tilshunoslik so'zlarning korpusini to'plashni va keyin korpusning barcha elementlarini turli darajalarda tasniflashga urinishni o'z ichiga oladi: fonemalar, morfemalar, leksik toifalar, ism iboralari, fe'l iboralari va jumla turlari (Vikipediya). Tilni o'rganish til ta'limini qo'llashi kerak, chunki bu chet yoki ikkinchi tilni o'qitish va o'rganishdir. Til ta'limi, shuningdek, tilni o'qitishda qo'llanilishi mumkin bo'lgan amaliy tilshunoslikning bir bo'limi hisoblanadi. O'qitish tilida o'qitishni o'rganish strategiyalari ham qo'llaniladi, chunki ular tilni o'rganish jarayonini tushunish usuli sifatida tobora ko'proq e'tiborni jalb qildilar.

Irina Aleksandrovna Matveeva

831-836

2022-06-22

KO‘P TILLILIK MUHITIDA O‘ZBEK TILINI O‘RGATISH STRATEGIYALARI

Mazkur maqolada ko‘p tillilik muhitida o‘zbek tilini o‘rgatish strategiyalari tilshunoslik yondashuvi asosida ilmiy tahlil qilinadi. Ko‘p tillilik sharoitida til o‘rganish jarayonida yuzaga keladigan fonetik, grammatik, leksik-semantik, lingvomadaniy muammolar aniqlanib, ularni bartaraf etish yo‘llari ko‘rib chiqiladi. O‘zbek tilini o‘rgatishda integrativ, kommunikativ, interfaol va individual yondashuvlar asosida ishlab chiqilgan samarali metodlar va texnologik vositalar tahlil qilinadi. Maqola yakunida o‘zbek tilini ko‘p tilli muhitda o‘rgatish samaradorligini oshirishga doir amaliy takliflar ilgari suriladi. Tadqiqot tilshunoslik va pedagogika sohalari tutashgan nuqtada olib borilgan bo‘lib, o‘zbek tilini o‘rgatish bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar, o‘qituvchilar va til siyosati ishlab chiquvchilar uchun foydalidir.

Mahbuba Tojiboyeva , Tursunoy Yusupova

17-21

2025-05-26

ZAMONAVIY TILSHUNOSLIK YO‘NALISHLARI

Tilshunoslik inson tafakkuri, madaniyati va ijtimoiy munosabatlarini aks ettiruvchi muhim fanlardan biridir. XXI asrga kelib jamiyat taraqqiyoti, globallashuv, raqamli texnologiyalar rivoji hamda fanlararo integratsiya natijasida tilshunoslik fani ham yangi yo‘nalishlar bilan boyidi. Endilikda til faqat grammatik tizim sifatida emas, balki inson ongining, kommunikativ faoliyatining va madaniy tajribasining ifodasi sifatida o‘rganilmoqda. Shu bois zamonaviy tilshunoslikda paydo bo‘lgan yangi yo‘nalishlar tilni turli jihatlardan tadqiq etish imkonini bermoqda.

Gulruxsor Ne'matullayeva

57-58

2026-01-12

СПЕЦИФИКА КОМПАРАТИВИСТСКОГО ИССЛЕДОВАНИЯ ПРОЦЕССА ВЕРБАЛИЗАЦИИ ТЕРМИНОЛОГИИ IT В РУССКОМ И УЗБЕКСКОМ ЯЗЫКАХ

Maqola ingliz tilidagi IT atamalarining rus va o‘zbek tillarida verba­lizatsiya qilinishini qiyosiy tilshunoslik nuqtai nazaridan tahlil qilishga bag‘ishlangan. Tilshunoslik va ijtimoiy-madaniy tahlil asosida ikki til tizimidagi leksik-semantik moslashuv, morfologik integratsiya va tarjima strategiyalarining o‘ziga xos xususiyatlari aniqlangan. Tadqiqotda korpus tahlili, so‘rovnoma va qiyosiy tahlil metodlaridan foydalanilgan. Ishda ikki tilda uchraydigan tipik IT atamalari va ularning variantlari keltirilib, qarzga olish, kalka qilish yondashuvlaridagi farqlar hamda til siyosati va ta'lim muhitining ta’siri yoritilgan.

Дилнозахон Амонова

69-71

2025-06-30

LINGVOPOETIK TAHLIL USULLARI: ADABIY MATNNI SEMANTIK VA STILISTIK O‘RGANISH

Ushbu maqolada adabiy matnlarni o‘rganishda semantik va stilistik yondashuvlarni uyg‘unlashtiruvchi tadqiqot strategiyasi sifatida lingvopoetik tahlilning metodologik asoslari o‘rganiladi. Strukturaviy tilshunoslik, formalistik poetika va kognitiv stilistikaning yutuqlariga asoslangan holda, ushbu tadqiqot leksik tanlov, sintaktik tashkilot va madaniy kodlarning o‘zaro ta’siri orqali ma’no va estetik ta’sir qanday shakllanishini tushuntiradi. Zamonaviy va klassik nasrga oid korpusga asoslangan mikro-tahlil shuni ko‘rsatadiki, semantik zichlik va stilistik ajratish o‘quvchida ma’lum emotsional va kontseptual reaktsiyalarni yuzaga keltiruvchi interpretativ ramkalarni birgalikda shakllantiradi. Tadqiqot natijalari lingvopoetika an’anaviy matn bilan ishlash usulini empirik tilshunoslik izlanishlari bilan uyg‘unlashtirishi mumkinligini, shu orqali badiiy noziklikni saqlagan holda metodologik ochiqlikka ega muvozanatli yondashuvni taqdim etishini ko‘rsatadi.

Laziz Babaxanov

81-83

2025-05-19

KOMMUNIKATIV VA MATN TILSHUNOSLIGI

Ushbu maqolada tilni turli nuqtai nazardan tekshiradigan tilshunoslikning ikki tarmog'i bo'lgan kommunikativ tilshunoslik va matn tilshunosligi o'rtasidagi munosabatlarni o'rganadi. Kommunikativ tilshunoslik asosiy e’tiborni tilning kommunikativ jihatlariga qaratadi, muloqotning ijtimoiy va pragmatik tomonlarini ta’kidlaydi, “Matn lingvistikasi” esa matnlarning tuzilishi va tashkil etilishini tahlil qiladi. Ushbu maqola ikkala yondashuvning asosiy tushunchalari va metodologiyalarini muhokama qiladi, ularning tilni tushunishimizga qo'shgan hissasini ta'kidlaydi. Bundan tashqari, u kommunikativ tilshunoslik va matn tilshunosligi o'rtasidagi integratsiya imkoniyatlarini o'rganadi va bu ikki nuqtai nazarni birlashtirishdan kelib chiqadigan sinergik foydalarni ta'kidlaydi. Ushbu tadqiqot natijalari shuni ko'rsatadiki, tilni har tomonlama tahlil qilish uchun ham kommunikativ, ham matnli o'lchovlarni hisobga olish kerak.

Kaxramon Uskanov

146-147

2023-06-09

TILSHUNOSLIKDA STRUKTUR VA FUNKSIONAL YONDASHUVLAR QIYOSI

Mazkur ilmiy maqolada tilshunoslik fanida muhim metodologik yo‘nalishlar hisoblangan struktur va funksional yondashuvlarning nazariy asoslari, shakllanish tarixi hamda o‘ziga xos xususiyatlari qiyosiy tahlil qilinadi. Har ikki yondashuv til hodisalarini o‘rganishda turlicha metod va tamoyillarga tayangan bo‘lib, ularning ilmiy ahamiyati, imkoniyatlari va cheklanish jihatlari yoritiladi. Struktur yondashuvda til ichki tizim sifatida, funksional yondashuvda esa til kommunikativ faoliyat vositasi sifatida talqin etilishi asosida farqlar ochib beriladi.

Ziyoda Xurramova

36-38

2026-01-31

1 - 25 of 335 items 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 > >> 

Indexing

butom

Requirements Editorial Board Politics Send the material

Language

  • English
  • Uzbek (latin)
  • Русский

Developed By

Open Journal Systems

CONTACT

Republic of Uzbekistan, Tashkent, st. Shirin 53, 100131


(+998) 935692306


info@in-academy.uz


© Copyright 2021-2023 «Innovative Academy RSC» LLC. All Rights Reserved

Innovative Academy