Innovative Academy
  • Register
  • Login
  • En
  • Ўз
  • Ру

Innovative Academy

  • Journals
    • Eurasian Journal of Academic Research
    • Eurasian Journal of Medical and Natural Sciences
    • Eurasian Journal of Social Sciences, Philosophy and Culture
    • Eurasian Journal of Law, Finance and Applied Sciences
    • Eurasian Journal of Mathematical Theory and Computer Sciences
  • New Journals
    • Central Asian Journal of Education and Innovation
    • Eurasian Journal of Technology and Innovation
    • Bulletin of pedagogs of new Uzbekistan
    • Bulletin of students of new Uzbekistan
  • Conferences
    • Science and technology in the modern world
    • Applied Sciences in the modern world: problems and solutions
    • Natural Sciences in the modern world: theoretical and practical research
    • Innovative research in the modern world: theory and practice
    • Pedagogy and psychology in the modern world: theoretical and practical research
    • Social Sciences in the modern world: theoretical and practical research
  • Announcements
    • Ilmiy maqola qanday yoziladi?
    • Questions and answers to doctoral studies
    • «Eng yaxshi ilmiy maqola» tanlovi
    • What is the Hirsch index and how to increase it?
    • atm

Search

Advanced filters

Search Results

TINCHLANTIRUVCHI BALZAMNING TARKIBI UCHUN DORIVOR O’SIMLIK XOM ASHYOLARINI TANLASH

Dolzarbligi. Bizning bugungi shiddat bilan rivojlanayotgan davrimizda, kundalik stressni boshdan kechirgan aksariyat fuqarolarimiz tinchlantiruvchi dori vositalarini qabul qilishadi. Biroq bu borada tabiiy dorivor o’simlik xomashyolaridan olingan dori vositalaridan foydalanish imkoniyatlari ham bor ekanligini barchaga ham ma’lum emas. Masalan, turli xil tinchlantiruvchi fitopreparatlar ham stressni yengishda yordam beradi. Shunday ekan, bu turdagi dori vositalar assortimentini ko’paytirish sohaning dolzarb masalaridan biridir. 

A.H. Yaxshimurodov, J.X. Xolov , V.R. Xaydarov

95-96

2022-10-15

“STRESS-KONTROL” PREPARATINING TINCHLANTIRUVCHI TA`SIRINI O‘RGANISH

O‘zbekiston hududida o‘sadigan 4500 dan ortiq o‘simliklar ichida 500 ta o‘simlik turlari qadimdan xalq tabobatida turli kasalliklarni davolash va ularni oldini olish maqsadida qo‘llanilib kelinmoqda. Hozirgi vaqtda ularning 100 tasigina zamonaviy tibbiyotda ham keng foydalanilmoqda. O‘simliklar turli xil inson organizmidagi kasalliklarga  qarshi, kamyob mahsulotlarni sintez qilib, ko‘plab biologik faol moddalarni yuzaga keltiradi. “Stress-kontrol” balzamining stressga qarshi ta’siri mavjudligini hamda tinchlantiruvchi ta’sirini taxminiy mexanizmi qanday ekanligini bilish va to‘liq amaliy natijalarga erishish uchun immobilizatsiya stressi paytida biokimyoviy qon parametrlarining o‘zgarishi bo`yicha va preparatning kalamushlarning umumiy motor faolligiga va muvozanatiga ta’sirini baholash orqali  farmakologik  taqiqotlar o‘tkazildi.

A.T. Yashuzakov, F.A. Saydaliyeva, V.B. Rasulova

146-153

2024-06-24

DORIVOR P’SIMLIK HOM ASHYOLARI ASOSIDA TINCHLANTIRUVCHI TA’SIRGA EGA NASTOYKA TEXNOLOGIYASI

O‘zbekiston Respublikasida o‘sadigan dorivor o‘simliklar xom ashyosidan samarali foydalangan holda, yuqori terapevtik ta`sirga ega dori preparatlarini tayyorlash, sifatini baxolash farmatsevtik texnologiyaning dolzarb vazifalaridan hisoblanadi.

M. Abdurazzoqova , Sh.M. Usubbayeva

384

2024-06-30

DORIVOR LIMONO’TI O’SIMLIGI QURUQ EKSTRAKTINING NAM TORTISH XOSSASINI O’RGANISH

Dorivor limono‘t (Melissa officinalis L.) uzoq yillar davomida dunyoning koʻplab mamlakatlarining xalq va ilmiy tabobatida muvaffaqiyatli qo‘llanilib kelmoqda. Limono‘t o‘simligining o'ziga xosligi shundaki, bu o'simlik sedativ, immunomodulyator, viruslarga qarshi, antigistamin, antioksidant, yallig'lanishga qarshi, mikroblarga qarshi va boshqa xossalarni o‘zida jamlagan yengil kunduzgi fitotrankvilizator xususiyatlarga ega. Shu munosabat bilan, bizni oldimizga qo’yilgan vazifalardan biri limono‘t o'simligi quruq extraktidan tinchlantiruvchi xossaga ega bo’lgan tabletka dori shaklini ishlab chiqishdir. Dorivor limono‘t quruq ekastraktining nam tortish xossasini o’rganish, tabletka tarkibiga qo’shiladigan yordamchi moddalarni tanlashda umumiy xulosaga kelish imkonini beradi.

H.M. To’ychiyeva , O.R. Raximova

188-189

2024-06-30

ASTER AMELLUS L. NING BIOLOGIK FAOLLIGI

Aster amellus L. o‘simligi tarkibida flavonoidlar, fenol kislotalar, saponinlar, taninlar, askorbin kislotasi va efir moylari mavjud. Ushbu biologik faol moddalar Aster amellusga yallig‘lanishga qarshi, antibakterial, tinchlantiruvchi va immunitetni oshiruvchi xususiyat beradi. O‘simlik xalq tabobati, farmatsevtika va kosmetologiyada qo‘llaniladi. Shuningdek, u ekologik barqarorlikni ta’minlashda, changlatuvchi hasharotlarni jalb qilishda va tuproqni mustahkamlashda muhim o‘rin tutadi. Inson faoliyati va iqlim o‘zgarishi tufayli Aster amellus populyatsiyalarini saqlash dolzarb ekologik vazifadir.   

Hurixon Usmonova

108-109

2025-10-20

“BO’YMADORON VA EMAN PO’STLOG’I EKSTRAKTI” TARKIBIDAGI VITAMIN K NI MIQDORINI ANIQLASH

Hozirda og’iz bo’shlig’i kasalliklaridan milklarni qonashi  aholi o’rtasida ko’plab uchraydigan klinik sindromlardandir.Og’iz bo’shlig’ida sodir bo’layotgan har qanday  klinik sindromlar bevosita asab sistemasiga ta’sir qiladi va nerv tolalarining sezuvchanligini yanada oshiradi. Hozirgi kunda stomatologiya sohasi yanada rivojlanib, taraqqiy etmoqda. O’rganilgan adabiyotlarda keltirilgan ma’lumotlarga ko’ra o’simliklar tarkibidagi biofaol moddalardan flavonoidlar, vitamin K, oshlovchi moddalarni og’iz bo’shlig’i  kasalliklarini davolashda ishlatilishi  ma’lum  bo’ladi. Jumladan, Bo’ymadoron va Eman 70% li etil spirtida ekstrakti ajratib olindi. Bo’ymadoron va Eman po’stlog’i ekrstrakti stomatologiya amaliyotida tish olinganda qon to’xtatuvchi va burishtiruvchi sifatida foydalanishga tavsiya etiladi. Po’stloq  tarkibi o’rganib chiqildi. Yana shuni ta’kidlash joizki,ekstrakt tarkibidagi biofaol moddalar milklarga infeksiya tushishdan,tinchlantiruvchi va mahalliy og’riq qoldirish xususiyatiga ega ekanligi o’rganildi.  Mahalliy yaratilgan o’simliklar ekstrakti  tarkibidagi biofol moddalar mukammal o’rganilib,  stomatologiya amaliyotida qo’llashga tavsiya etilsa, farmatsevtika sohasining yuksalishiga hissa qo’shadi.

D.G’. Qurambayeva, Sh.S. Yo’ldosheva

88-89

2024-06-26

ARSLONQUYRUQ TURKUMI AYRIM TURLARINING SHIFOBAXSHLIK XUSUSIYATLARI

Ushbu maqolada arslonquyruq turkumi ayrim turlarining shifobaxshlik xususiyatlari bo‘yicha ma‘lumotlar keltirildi. Google scholar, researchgate, scopus, science direct, elibrary.ru bazalaridagi ilmiy nashrlardan maqolalar ko‘rib chiqildi. Arslonquyryq turkumi turlaridan oddiy, turkiston, sibir, yapon va beshbo‘lakli arslonquyruqning barchasi tinchlantiruvchi, yurak-qon tomir kasalliklarida davolovchi vosita sifatida ishlatiladi

G.I. Bahodirova

81-84

2025-09-29

TIBBIYOTDA ISHLATILADIGAN EFIR MOYLAR: O’SIMLIK MANBALARI VA FARMAKODINAMIKASI

Efir moylari – bu o’simliklardan distillatsiya ya’ni suyuqlik aralashmalarini ularning qaynashi haroratidagi farqiga asoslanib ajratish usuli hisoblanadi. Presslash yoki eritmalar yordamida ajratib olinadigan, uchuvchan hidli va biologik faol moddalardir. Ular qadimdan xalq tabobatida va hozirgi kunda ham zamonaviy farmasevtikada ham keng qo’llanilib kelinmoqda. Tibbiyotda efir moylari asosan antiseptik, yallig’lanishga qarshi, tinchlantiruvchi, analgetik va immunitetni rag’batlantiruvchi xossalar uchun ishlatiladi. Bu maqolada asosan, efir moylarining o’simlik manbalari, ularning kimyoviy tarkibi va farmodinamika xususiyatlari tahlil qilinadi. Efir moylari inhalatsiya, teriga surish, orali qabul qilish orqali organizmga kiradi. Ular odatda tez so’riladi, qarshi metabolizatsiyalanadi va ko’pincha nafas bilan yoki siydik orqali chiqarib yuboriladi.  

Dilrabo Mirzaxmedova

141-142

2025-06-25

SURXONDARYO IQLIMIDA INTRODUKSIYA QILINGAN VALERIANA OFFICINALIS ILDIZPOYASI TARKIBIDAGI EFIR MOYLARI VA MURAKKAB EFIRLAR MIQDORINI ANIQLASH

Respublikamizda uchramaydigan, endilikda tabiatimizga moslashtirilayotgan yoki Yer sharining boshqa floristik oblastlaridan introduksiya qilinayotgan va iqlimlashtirilayotgan dorivor o‘simliklarni o‘rganish sohasida ham olimlar ko‘pgina ishlar qildilar va bu izlanishlar davom ettirilmoqda. Ma’lumki, dunyo miqyosida farmatsevtika korxonalarida ishlab chiqarilayotgan dori vositalarining taxminan 1/3 qismi dorivor o‘simliklar xom-ashyosidan tayyorlanmoqda.Valeriana Osiyoning tog‘li mintaqalarida tarqalgan. O‘rta Osiyoda 12 tur, Respublikamizda esa 3 turi uchraydi. Tabobatda turkumning, asosan, dorivor valeriana – Valeriana officinalis turi ishlatiladi, mazkur tur maxsus xo‘jaliklarda ekib o‘stiriladi. Dori vositalari tayyorlash uchun valeriananing ildizi va ildizpoyasi ishlatiladi. Valeriana officinalis preparatlari (ildizidan kukun, tabletka, damlama, qaynatma, ekstrakt) asab tizimini tinchlantiruvchi, yurak faoliyati ishini tartibga solishda, qon tomirlarini kengaytirishda, qon aylanishini normallashtirishda foydalaniladi. Valeriana turkumi turlari tabiatda tarqoq holda uchragani bois tabiiy zahiralari farmatsevtika sanoati hamda aholi talabini qondira olmaydi.

S.S. Tolibov, G.Ch. Amonova , B.Yo. Tuxtayev , A.A. Sharipov

40-41

2024-05-13

QOQIO'TDOSHLAR OILASINING DORIVORLIK XUSUSIYATLARI

Qoqio‘tdoshlar (Lamiaceae) oilasi gullaydigan ikki pallali o‘simliklarning eng yirik oilalaridan biri bo‘lib, 7000 dan ortiq turi va 230 dan ortiq jinsi mavjud. Ushbu o‘simliklar butun dunyoda keng tarqalgan bo‘lib, ko‘pchiligi dorivor xususiyatlarga ega. Lamiaceae vakillari tarkibida efir moylari, flavonoidlar, alkaloidlar va boshqa biologik faol moddalar mavjud bo‘lib, ular antiseptik, yallig‘lanishga qarshi, immunitetni mustahkamlovchi va tinchlantiruvchi ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu maqolada qoqio‘tdoshlarning dorivorlik xususiyatlari, kimyoviy tarkibi va tibbiyotda qo‘llanilishi ilmiy manbalarga asoslangan holda yoritiladi.

Gulsanam Abdurashidova

22-25

2025-04-08

OʼT HАYDOVCHI YIGʼMАNI FLAVONOIDLARINI YSSX USULIDA TAHLILI

As is known, medicinal collections (Species) are those types of drugs that are convenient to use at home. They are a mixture of crushed parts of medicinal plant materials intended for the treatment of a certain disease. The action of herbal preparations is due to the complex of compounds included in their composition. In particular, plants containing flavonoids and their glycosides have a P-vitamin effect, are used for functional disorders of the heart and blood vessels, hypertension, have a sedative, choleretic and diuretic effect, treat intestinal ulcers, and have a hemostatic effect. This study presents the results of studying the content of flavonoids in a new choleretic collection using the HPLC method. As a result of the study, quercetin (1.181%) and its glycoside rutin (0.134%) were found.

Yulduz Mexriddinova, Nodira Farmanova

142-146

2025-01-20

1 - 11 of 11 items

Indexing

butom

Requirements Editorial Board Politics Send the material

Language

  • English
  • Uzbek (latin)
  • Русский

Developed By

Open Journal Systems

CONTACT

Republic of Uzbekistan, Tashkent, st. Shirin 53, 100131


(+998) 935692306


info@in-academy.uz


© Copyright 2021-2023 «Innovative Academy RSC» LLC. All Rights Reserved

Innovative Academy