Mazkur maqolada ta’lim jarayonida virtual reallik texnologiyalaridan foydalanish orqali o‘quvchilarning tasavvur, kreativ fikrlash va fazoviy tafakkur ko‘nikmalarini rivojlantirish masalalari tahlil qilinadi. Virtual muhit orqali o‘quvchilarni murakkab jarayonlar va obyektlarni tasavvur qilishga o‘rgatish, ularning o‘quv motivatsiyasini oshirish va interaktiv o‘qitish metodlarini qo‘llash imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, virtual reallik texnologiyalari ta’lim jarayonini yanada samarali, qiziqarli va innovatsion shaklda tashkil etishga xizmat qiladi.