Innovative Academy
  • Register
  • Login
  • En
  • Ўз
  • Ру

Innovative Academy

  • Journals
    • Eurasian Journal of Academic Research
    • Eurasian Journal of Medical and Natural Sciences
    • Eurasian Journal of Social Sciences, Philosophy and Culture
    • Eurasian Journal of Law, Finance and Applied Sciences
    • Eurasian Journal of Mathematical Theory and Computer Sciences
  • New Journals
    • Central Asian Journal of Education and Innovation
    • Eurasian Journal of Technology and Innovation
    • Bulletin of pedagogs of new Uzbekistan
    • Bulletin of students of new Uzbekistan
  • Conferences
    • Science and technology in the modern world
    • Applied Sciences in the modern world: problems and solutions
    • Natural Sciences in the modern world: theoretical and practical research
    • Innovative research in the modern world: theory and practice
    • Pedagogy and psychology in the modern world: theoretical and practical research
    • Social Sciences in the modern world: theoretical and practical research
  • Announcements
    • Ilmiy maqola qanday yoziladi?
    • Questions and answers to doctoral studies
    • «Eng yaxshi ilmiy maqola» tanlovi
    • What is the Hirsch index and how to increase it?
    • atm

Search

Advanced filters

Search Results

XORIJIY DAVLATLARDA TA’LIM OLGANLIK TO‘G‘RISIDAGI HUJJATLARNI TAN OLISH TARTIBINI TAKOMILLASHTIRISHNING DOLZARBLIGI

O‘zbekistonda xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tanish tartibini takomillashtirish mamlakatimizning ta’lim tizimining globallashuvi va iqtisodiy rivojlanishi uchun jiddiy ahamiyatga ega bo‘lib, ushbu maqola mazkur masalaning dolzarbligini ilmiy-amaliy nuqtayi nazardan o‘rganadi. Tadqiqotda xorijiy diplomlarni tanish tartibining hozirgi holati, jumladan, 2019 yilgi 620-sonli qaror asosidagi protseduralar, elektron ariza berish va test sinovlari tizimi batafsil tahlil qilinadi, shuningdek, byurokratik kechikishlar, korrupsiya xavfi va shaffoflikning pastligi kabi muammolar ko‘rib chiqiladi. Dunyoviy statistika va xorijiy tajriba (masalan, Yevropa Ittifoqidagi Lissabon konvensiyasi, Singapur va Estoniyadagi raqamli platformalar) asosida, 2024-yilda xorijiy ta’lim olinganlar soni 50 mingdan oshgani va tanish rad etish darajasi 20-30% ni tashkil etgani ko‘rsatiladi, bu esa mehnat bozorida malakali kadrlar yetishmasligiga olib keladi. Olimlarning fikrlariga ko‘ra, tartibni takomillashtirish orqali ta’lim sifatini oshirish, iqtisodiy o‘sishni 5-7% ga kuchaytirish va xorijiy investitsiyalarni jalb qilish mumkin, chunki Jahon banki hisobotlariga ko‘ra, xorijiy diplomlarni tanish samaradorligi past bo‘lgan mamlakatlarda mehnat bozori samaradorligi 20-30% ga pasayadi. Ishda raqamli texnologiyalarni (AI asosidagi avtomat tekshiruv), xorijiy universitetlar bilan hamkorlikni kuchaytirish va huquqiy bazani xalqaro standartlarga moslashtirish bo‘yicha amaliy takliflar beriladi. Tadqiqot mamlakatimizning ta’lim islohotlari doirasida xorijiy ta’limni integratsiya qilish orqali ilmiy-iqtisodiy rivojlanishni ta’minlashni maqsad qilgan.

Muhriddin Normurodov

10-13

2025-09-10

TO‘G‘RIDAN-TO‘G‘RI XORIJIY INVESTITSIYALARNING IQTISODIY MOHIYATI VA AHAMIYATI

Ushbu maqolada to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarning nazariy asoslari hamda iqtisodiy mohiyati yoritilgan bo‘lib, mamlakatga investitsiyalarni jalb etishda investitsion muhitning o‘rni va investitsiyalarni faol jalb etish yo‘llari haqida so‘z yuritilgan. Shuningdek, xorijiy va mahalliy iqtisodchi olimlarning fikr-mulohazalari oʻrganilgan bo’lib, xorijiy investitsiyalarni jalb qilishda zarur bo‘lgan mexanizmlar va investitsion jozibadorlikni oshirish boʻyicha ilmiy xulosalar va tavsiyalar shakllantirilgan.

Ikram Navruzov

138-144

2023-12-26

XORIJIY INVESTITSIYALARNI JALB QILISH - TARAQQIYOT GAROVI

Maqolada xorijiy investitsiyalarni jalb qilish bilan bog‘liq jarayonlar tadqiq etilgan. Xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va ulardan samarali foydalanish yo‘llari doirasida mavjud kamchiliklar aniqlangan. Milliy iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish tizimini takomillashtirishga doir ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar shakllantirilgan.

Gulchexra Mirzoxidova

150-155

2022-12-20

XORIJIY INVESTITSIYALARNI MILLIY IQTISODIYOTGA JALB QILISHNING ZAMONAVIY TENDENSIYALARI

This article thoroughly examines the modern trends in attracting foreign investments to the national economy. Specifically, the development of the digital economy, green technologies, and regional development are considered key factors in today’s global economy. Using Uzbekistan as an example, the article provides insights into measures for attracting foreign investments and their effectiveness. It also highlights the importance of economic reforms and infrastructure projects for foreign investors. Furthermore, the study addresses challenges in managing foreign investments and offers practical recommendations for their resolution.

Isfandiyor Shermatov

48-50

2024-11-25

YANGI O'ZBEKISTONDA XORIJIY TILLARNI MUKAMMAL BILISH ERTANGI KUN KELAJAGIMIZ POYDEVORIDIR

Ushbu maqolada xorijiy tillarni mukammal bilish  inson hayotidagi ahamiyati muhokama qilinadi. Bugungi kunda har bir inson uchun xorijiy tillarni bilish juda muhimdir. Dunyo tobora globallashib borayotgani va yangi O'zbekistonda ikki tili bilish, shunchaki qizqish emas, balki zamon talabi bo'lib bormoqda.  

Dilfuza Nosirova

98-101

2023-08-19

GLOBALLASHUV SHAROITIDA TILSHUNOSLIK VA XORIJIY TILLARNI O‘QITISHNING ZAMONAVIY TENDENSIYALARI

Ushbu maqolada globallashuv sharoitida xorijiy tillarni o‘qitishda yuzaga kelayotgan dolzarb tendensiyalar, innovatsion metodlar va zamonaviy pedagogik yondashuvlar tahlil etilgan. Shuningdek, xorijiy tillarni o‘rganishda o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi o‘zaro muloqot, texnologiyalarning ta’siri hamda yangi metodik vositalarning ahamiyati yoritilib, berilgan misollar amaliy tavsiyalar bilan yakunlangan.

Farzona To‘laganova, Gulnoza Qurbonova

26-27

2025-06-11

XORIJIY TIL O‘QITUVCHILARI UCHUN RAQAMLI SAVODXONLIKNING DOLZARBLIGI

Ushbu tezisda xorijiy til o’qituvchilari uchun raqamli savodxonlikning ahamiyati va zamonaviy ta’lim jarayonidagi o’rni tahlil qilingan. Raqamli kompetensiyalarni rivojlantirish, mos metodikalarni tanlash va ularni samarali qo’llash orqali til o’qitish sifatini oshirish imkoniyatlari yoritilgan. Adabiyotlar tahlili orqali raqamli vositalarning pedagogik, texnik va ijtimoiy jihatlari o’rganilib, xorijiy til ko’nikmalarini rivojlantirishdagi roli amaliy misollar bilan ko’rsatib berilgan. Shuningdek, raqamli savodxonlik komponentlari va vositalarning til o’qitishdagi ta’sirini aks ettiruvchi jadval va tavsiflar taqdim etilgan. Natijada, xorijiy til o’qituvchilarining raqamli savodxonligini oshirish ta’lim samaradorligini oshiruvchi muhim omil ekani asoslangan.

Madina Isakova

14-16

2025-08-21

MINTAQALARDA XORIJIY INVESTITSIYALARNI JALB ETISH STRATEGIYALARINI TAKOMILLASHTIRISHNING ILMIY ASOSLARI

Mazkur tadqiqot mintaqalarda xorijiy investitsiyalarni jalb etish strategiyalarini takomillashtirishning ilmiy asoslarini nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilishga bag'ishlangan. Tadqiqot doirasida xorijiy investitsiyalarni jalb etishning zamonaviy konsepsiyalari, mintaqaviy investitsion muhitning xususiyatlari hamda investitsion jozibadorlikni shakllantiruvchi institutsional, infratuzilmaviy va ijtimoiy-iqtisodiy omillar tizimli ravishda o'rganiladi. Shuningdek, hududiy investitsiya strategiyalarini ishlab chiqishda davlat siyosati, huquqiy-me'yoriy baza, soliq va bojxona imtiyozlari, erkin iqtisodiy zonalar hamda davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarining o'rni baholanadi. Tadqiqot natijalari mintaqalarning raqobatbardoshligini oshirish, xorijiy investitsiyalar oqimini faollashtirish va barqaror hududiy rivojlanishni ta'minlashga qaratilgan ilmiy xulosalar hamda amaliy takliflar ishlab chiqish imkonini beradi.

Anvar Qobilov

121-126

2026-02-13

XORIJIY TILLARNI O‘QITISHDA ZAMONAVIY METODLAR: KECHA VA BUGUN

Ushbu maqolada xorijiy tillarni o‘qitishda qo‘llaniladigan zamonaviy metodlar tahlil qilinadi. Maqola til o‘rgatish jarayonida an'anaviy yondashuvlardan zamonaviy metodologiyalarga o‘tishning tarixiy aspektlari, metodik o‘zgarishlar va pedagogik yangiliklar haqida so‘z yuritadi. Xususan, maqolada xorijiy til o‘rgatishda kommunikativ yondashuv, immersiv texnologiyalar, interaktiv usullar va audiovizual vositalardan samarali foydalanishning ahamiyati muhokama qilinadi. Kecha va bugungi ta'lim metodologiyalari o‘rtasidagi farqlar, ularning talabalarning til o‘rganish jarayoniga ta'siri, shuningdek, yangi texnologiyalar va pedagogik yondashuvlarning qo‘llanilishining samaradorligi keltiriladi. Maqola xorijiy til o‘qituvchilari uchun metodik tavsiyalar va zamonaviy pedagogik texnikalarni amaliyotga tatbiq etish yo‘llari haqida muhim ma'lumotlar beradi.

GALINA KAN

117-120

2025-02-18

FOREIGN EXPERIENCE IN IMPROVING MILITARY PERSONNEL CLOTHING AND SUPPLY IN UZBEKISTAN

This article analyzes the importance of studying and implementing foreign experiences in improving the clothing and supply systems for military personnel in Uzbekistan. Successful experiences from foreign countries, especially in developing modern military clothing systems and their implementation, are being applied to enhance Uzbekistan's army supply system. The article examines the significance of this process and the reforms and innovations being carried out in Uzbekistan based on foreign experiences to meet the needs of military personnel.

Usmonqul Omonov

56-60

2025-04-09

BIZNES JARAYONLARINI RIVOJLANTIRISH, STARTAP VA INVESTITSION LOYIHALARNI AMALGA OSHIRISHDA XORIJIY TILLARNI O‘QITISHNING O‘RNI VA AHAMIYATI

This article highlights the role of foreign languages in developing business processes, successfully implementing startups, and carrying out investment projects. In the era of globalization, language proficiency has become a key factor in fostering international collaboration, expanding customer bases, and effectively attracting investments. Foreign language skills not only enhance a company’s international image but also provide strategic advantages for startups and investment projects. The article explores the significance of foreign language education in business and international communication, as well as modern approaches to language teaching.

Asadbek Ahmadjonov, Gulchexra Musurmankulova

561-564

2024-12-28

UCHINCHI RENESАNS DАVRIDА YOSHLАRNING XORIJIY TILLАRNI OʼRGАNISHGА BO‘LGАN ISHTIYOQLАR VА IMKONIYATLАR

Hozirgi kunda xorijiy tilga eʼtibor ortib, ehtiyoj ham kuchayib bormoqda. Oʼzbekistonda ham xorijiy tilni oʼrganish va oʼrgatish yuqori pogʼonaga koʼtarildi. Ushbu maqola yoshlarni xorijiy tilni oʼrganishga boʼlgan ishtiyoqlari va tillarni oʼrganishga yaratilgan imkoniyatlar haqida fikr yuritilgan. Mamlakatimizda xorijiy tilni oʼrganishga talabning ortib borish sabablari ham bayon etilgan.

Fariza Baxriyeva

23-25

2025-10-30

XORIJIY TILLARNI BILISHNING TURIZMDA AHAMIYATI

Ushbu maqolada xorijiy tillarni bilishning turizm sohasidagi ahamiyati yoritilgan. Globalizatsiya jarayonida turizm tez sur’atlar bilan rivojlanib borayotgan bir davrda, xorijiy tillarni bilish mehmonlarga sifatli xizmat ko‘rsatish, madaniy muloqotni yo‘lga qo‘yish, shuningdek, xalqaro hamkorlikni mustahkamlashda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda. Maqolada turizm sohasida faoliyat yurituvchi xodimlar uchun ingliz, rus, arab va boshqa tillarni bilish zarurati asoslab berilgan hamda bu tillarni o‘rganishning amaliy foydalari misollar asosida ko‘rsatib o‘tilgan. Shuningdek, maqolada xorijiy tillarni bilish orqali turistik xizmatlar sifati oshishi va mamlakatning jahon turizm bozoridagi raqobatbardoshligi kuchayishi mumkinligi ta’kidlangan.

Madina Olimova

96-97

2025-06-16

KORXONALAR FAOLIYATIGA TOʻGʻRIDAN–TOʻGʻRI XORIJIY INVESTITSIYALARNI JALB ETISHDA MARKETING TADQIQOTLARIDAN FOYDALANISHNI TAKOMILLASHTIRISH

Maqolada korxonalar faoliyatiga to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar mazmuni, jalb qilish shakllari, O'zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishdagi roli yoritilgan, shuningdek investitsiya muhiti jozibadorligini oshirish va to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar faol jalb qilishga qaratilgan taklif va tavsiyalar shakllantirilgan.  

Dilafruz Bahronova

129-132

2023-08-31

TEXNIKA YO‘NALISHIDAGI TALABALARGA XORIJIY TIL O‘QITISHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Mazkur maqolada texnika yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarga xorijiy til o‘qitishning o‘ziga xos xususiyatlari tahlil qilinadi. Texnik ta’lim jarayonida xorijiy tilni o‘rgatish umumiy kommunikativ kompetensiyani shakllantirish bilan bir qatorda, kasbiy yo‘naltirilgan bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirishni ham nazarda tutadi. Maqolada texnik terminologiyani o‘zlashtirish, ilmiy-texnik matnlar bilan ishlash, autentik materiallardan foydalanish hamda ESP (English for Specific Purposes) yondashuvining ahamiyati yoritiladi. Shuningdek, texnika yo‘nalishidagi talabalarning analitik fikrlash xususiyatlari, amaliy mashg‘ulotlarga moyilligi va kasbiy motivatsiyasi xorijiy til o‘qitish metodikasini tanlashda muhim omil ekani asoslab beriladi.

Gulchehra Imamova, N.B. Jafaraliev

10-13

2026-02-28

XORIJIY TILNI O‘RGATISHDA TARJIMA VA REFLEKTIV TAFAKKUR O‘ZARO BOG‘LIQLIGI

Ushbu maqolada xorijiy tilni o‘rgatishda tarjima faoliyati va reflektiv tafakkurning o‘zaro bog‘liqligi tahlil qilinadi. Tarjima jarayoni nafaqat til o‘rganishning lingvistik vositasi, balki o‘quvchi tafakkurini faollashtiruvchi kognitiv faoliyat sifatida talqin etiladi. Maqolada tarjima mashg‘ulotlari orqali o‘quvchilarda tilni chuqur anglash, tahliliy fikrlash, o‘z fikrini nazorat qilish va o‘z-o‘zini baholash kabi reflektiv ko‘nikmalar shakllanishi yoritiladi.

Dilnoza Farhodova

4-6

2025-10-20

PROFILAKTIKA INSPEKTORINING FOHISHALIK BILAN SHUGʻULLANISH HUQUQBUZARLIKLARI BOʻYICHA FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISHDA XORIJIY DAVLATLAR TAJRIBALARIDAN FOYDALANISH

Ushbu maqolada profilaktika inspektorining fohishalik bilan shug‘ullanish huquqbuzarliklarini oldini olish va monitoring qilishdagi faoliyatini takomillashtirishda xorijiy davlatlar tajribasini qo‘llash masalasi tahlil qilinadi. Maqolada AQSh, Germaniya, Niderland va boshqa mamlakatlarda profilaktika inspektorlari va jamoatchilik organlari fohishalik bilan bog‘liq huquqbuzarliklarni oldini olishda qo‘llaydigan zamonaviy yondashuvlar, texnologik vositalar va qonuniy mexanizmlar ko‘rib chiqiladi. Xorijiy tajriba O‘zbekiston amaliyotini takomillashtirish, profilaktika tizimini yanada samarali qilish va inspektorlarning kasbiy malakasini oshirishga xizmat qiladi.

Asadbek Abduhoshimov

31-33

2025-11-19

FARG‘ONA VODIYSINING QADIMGI DAVR TARIXI. ARXEOLOGIK YODGORLIKLAR VA XORIJIY OLIMLAR YONDASHUVI

Ushbu maqolada Farg‘ona vodiysining qadimgi davrlariga oid arxeologik yodgorliklar va ularni xorijiy olimlar tomonidan o‘rganilishi yoritilgan. Tadqiqot davomida Chust, Dalvarzintepa, Qo‘rontepa, Quva va boshqa muhim yodgorliklar asosida mintaqaning neolitdan temir davrigacha bo‘lgan sivilizatsiyaviy bosqichlari tahlil qilindi. Xususan, yapon, fransuz, amerikalik, xitoylik va rus tadqiqotchilarining ilmiy yondashuvlari solishtirma metod asosida baholandi. Maqolada xorijiy manbalarning afzalliklari va kamchiliklari ko‘rsatilib, mahalliy tarixshunoslik bilan uyo‘unlashtirishga doir takliflar ilgari surildi.

Madadjon O‘ֹktamov, E’zoza Fayzullayeva

34-37

2025-09-08

XORIJIY TILLARNI O‘RGATISHDA GAMIFIKATSIYA: O‘QUV JARAYONIDA RAQAMLI O‘YINLARDAN FOYDALANISH

Ushbu tezisda xorijiy tillarni o‘rgatishda gamifikatsiya texnologiyalarining samaradorligi o‘rganilgan. Gamifikatsiya, ya’ni o‘yin elementlarining ta’lim jarayoniga kiritilishi, o‘quvchilarning motivatsiyasini oshirish va o‘rganish jarayonini qiziqarli va samarali qilishda muhim vosita sifatida qaraladi. Tadqiqotda, gamifikatsiya vositalari sifatida Duolingo, Kahoot, Quizizz kabi raqamli platformalar misolida o‘quvchilarning til o‘rganishga bo‘lgan qiziqishi va faoliyati tahlil qilingan. O‘quvchilarning bilimlarni mustahkamlashda va yangi materiallarni o‘zlashtirishda gamifikatsiya yondashuvlarining muvaffaqiyatli qo‘llanishi ko‘rsatilgan. Biroq, o‘yin elementlaridan haddan tashqari foydalanish diqqatni chalg‘itishi va o‘quv jarayonining samaradorligini kamaytirishi mumkin. Tezisda gamifikatsiyani ta’lim jarayonida oqilona va muvozanatli qo‘llash zarurligi ta’kidlangan.

Asadbek Yusupov

112-114

2024-12-28

ILGʻOR XORIJIY TAJRIBALAR ASOSIDA MALAKA OSHIRISH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISHNING NAZARIY AHAMIYATI

Ushbu maqolada ilg‘or xorijiy tajribalar asosida malaka oshirish tizimini takomillashtirishning nazariy ahamiyati chuqur tahlil qilinadi. Tadqiqotda rivojlangan davlatlar ta’lim tizimida malaka oshirish va kasbiy rivojlanishni ta’minlashga qaratilgan zamonaviy konseptual yondashuvlar, jumladan, uzluksiz ta’lim, kompetensiyaviy model, reflektiv o‘rganish hamda natijaga yo‘naltirilgan tayyorlov mexanizmlarining nazariy asoslari o‘rganiladi. Xorijiy tajribalar tahlili orqali malaka oshirish tizimini modernizatsiya qilishda pedagogik innovatsiyalar, raqamli ta’lim platformalari va individual ta’lim trayektoriyalarining ilmiy-uslubiy ahamiyati asoslab beriladi. Maqolada, shuningdek, malaka oshirish tizimining nazariy jihatdan takomillashuvi kadrlar salohiyatini oshirish, ta’lim sifati va raqobatbardoshligini ta’minlashga xizmat qilishi ilmiy xulosalar asosida yoritiladi. Tadqiqot natijalari milliy malaka oshirish tizimini rivojlantirishda konseptual asos sifatida foydalanish imkonini beradi

Rushana Xayrilloyeva

11-14

2025-12-22

ZAMONAVIY LINGVODIDAKTIKA VA INNOVATSION YONDASHUVLAR ASOSIDA XORIJIY TILLARNI O‘QITISHNING SAMARALI USULLARI

Ushbu maqola zamonaviy lingvodidaktika va innovatsion yondashuvlar asosida xorijiy tillarni o‘qitishning samarali usullarini ishlab chiqish va ularni ta’lim jarayoniga tatbiq etish masalalariga bag‘ishlanadi. Maqolada raqamli texnologiyalar, interaktiv metodlar, gamifikatsiya va loyihaga asoslangan ta’lim kabi zamonaviy usullarning xorijiy tillar ta’limidagi o‘rni tahlil qilinadi. O‘zbekiston ta’lim tizimida ushbu metodlarni joriy etishda duch kelinadigan muammolar, xususan, infratuzilma, o‘qituvchilar malakasi va talabalar tayyorgarligi bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijasida innovatsion yondashuvlarning talabalar motivatsiyasini oshirish va o‘quv samaradorligini yaxshilashdagi ahamiyati ta’kidlanadi, shuningdek, muammolarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar keltiriladi.

Sabrina Rashidova , Elnura Xolmatova

119-122

2025-10-20

XORIJIY MAMLAKATLAR AMALIYOTIDA DAVLAT DAVLAT XIZMATLARI KO‘RSATISHNI TAKOMILLASHTIRISHNING ZAMONAVIY YO‘NALISHLARI

Davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasida xorijiy мамлакатларнинг tajribaлариni ўзлаштириш maqsadida Agentlik va uning hududiy tuzilmalari xodimlarining o‘nga yaqin xorijiy davlatlarga xizmat safarlari uyushtirilib, ularning ijobiy tajribalari yuzasidan tegishli takliflar tayyorlandi. Maqolada  xorijiy mamlakatlar amaliyotida davlat davlat xizmatlari ko‘rsatishni takomillashtirishning zamonaviy yo‘nalishlari borasida misollar keltirilgan.

ULUG’BEK SAG’DULLAYEV

54-59

2025-05-10

XORIJIY TILLARNI O‘RGATISHDA GAMIFIKATSIYA: O‘QUV JARAYONIDA RAQAMLI O‘YINLARDAN FOYDALANISH

Ushbu tezisda xorijiy tillarni o‘rgatishda gamifikatsiya texnologiyalarining samaradorligi o‘rganilgan. Gamifikatsiya, ya’ni o‘yin elementlarining ta’lim jarayoniga kiritilishi, o‘quvchilarning motivatsiyasini oshirish va o‘rganish jarayonini qiziqarli va samarali qilishda muhim vosita sifatida qaraladi. Tadqiqotda, gamifikatsiya vositalari sifatida Duolingo, Kahoot, Quizizz kabi raqamli platformalar misolida o‘quvchilarning til o‘rganishga bo‘lgan qiziqishi va faoliyati tahlil qilingan. O‘quvchilarning bilimlarni mustahkamlashda va yangi materiallarni o‘zlashtirishda gamifikatsiya yondashuvlarining muvaffaqiyatli qo‘llanishi ko‘rsatilgan. Biroq, o‘yin elementlaridan haddan tashqari foydalanish diqqatni chalg‘itishi va o‘quv jarayonining samaradorligini kamaytirishi mumkin. Tezisda gamifikatsiyani ta’lim jarayonida oqilona va muvozanatli qo‘llash zarurligi ta’kidlangan.

Asadbek Yusupov

498-499

2024-12-28

TA'LİMDA ZAMONAVİY TRENDLAR: XORİJİY TİLLAR VA XALQARO İQTİSODİYOT

Bugun Yangi O'zbekiston hayotining barcha sohalari chuqur islohotlar maydoniga aylangan. Bu jarayonda ijtimoiy sohaning asosi hisoblangan ta'lim tizimidagi o'zgarishlar haqida to'lqinlanib so'zlamaslikning iloji yo'q. Mamlakatimizda so'nggi yillarda ta'lim tizimining barcha bosqichlarini zamonaviy talablar asosida tashkil etish bo'yicha amaliy ishlar hal qiluvchi bosqichga kirdi.

Gulzebo To'rayeva , Maftuna Qarshiboyeba , Sanjar Nuriddinov , Mohlaroyim Davronova

55-60

2022-11-26

IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISHDA XORIJIY INVESTITSIYALAR

maqolada xorijiy investitsiyalarning ahamiyati va ularni milliy iqtisodiyotni rivojlantirishdagi o’rni yoritilgan bo’lib, statistik ma’lumotlar asosida tahlil qilingan. Shuningdek, maqolada milliy iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarni jalb qilishda mavjud muammolar va ularni oldini olishni faollashtirishda qanday chora-tadbirlardan foydalanish kerakligi keng yoritilgan.

Akbar Ibragim oʼgʼli Togʼaynazarov

425-427

2022-03-08

1 - 25 of 500 items 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 > >> 

Indexing

butom

Requirements Editorial Board Politics Send the material

Language

  • English
  • Uzbek (latin)
  • Русский

Developed By

Open Journal Systems

CONTACT

Republic of Uzbekistan, Tashkent, st. Shirin 53, 100131


(+998) 935692306


info@in-academy.uz


© Copyright 2021-2023 «Innovative Academy RSC» LLC. All Rights Reserved

Innovative Academy