Innovative Academy
  • Регистрация
  • Вход
  • En
  • Ўз
  • Ру

Innovative Academy

  • Журналы
    • Евразийский журнал академических исследований
    • Евразийский журнал медицинских и естественных наук
    • Евразийский журнал социальных наук, философии и культуры
    • Евразийский журнал права, финансов и прикладных наук
    • Евразийский журнал математической теории и компьютерных наук
  • Новые журналы
    • Центральноазиатский журнал образования и инноваций
    • Евразийский журнал технологий и инноваций
    • Бюллетень педагогов нового Узбекистана
    • Бюллетень студентов нового Узбекистана
  • Конференции
    • Наука и технология в современном мире
    • Прикладные науки в современном мире: проблемы и решения
    • Естественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования
    • Инновационные исследования в современном мире: теория и практика
    • Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования
    • Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования
  • Объявления
    • Как написать научную статью?
    • Вопросы о докторантуре и ответы на них
    • «Eng yaxshi ilmiy maqola» tanlovi
    • Xirsh indeksi nima va uni qanday oshirish mumkin?
    • «Faol hamkor» aksiyasi
    • «In Ambassador» jamoasi
    • atm

Найти

Расширенные фильтры

Результаты поиска

MAMLAKATIMIZ YAIM NING TAHLILI VA UNING RIVOJLANTIRISH CHORA TADBIRLARI

Ushbu maqolada keng ma’noda YaIM haqida tushuncha berilgan. YaIM nima ekanligi, u nima vazifalarni bajarishi, nima uchun YaIM muhum ahamiyatga ega ekanligi bu maqolada o’z aksini topgan. Bundan tashqari mamlakatimizda 2020-2022-yillar oralig’ida YaIM va uning aholi jon boshiga to’g’ri keluvchi qiymati va u nimani anglatishi tushuntirib berigan.

Qurbonov Akbar Yusufovich, Shokirov Humoyiddin Baxriddin o’g’li

192-197

2023-12-14

ISHLAB CHIQARISH JARAYONINI INVESTITSION VA INNOVATSION RIVOJLANISHINI MATEMATIK KORRELYATSION USULDA ISTIQBOLLASHTIRISH

Ushbu maqolada ishlab chiqarish jarayonini investitsion va innovatsion rivojlanish nuqtai nazaridan matematik korrelyatsion usul yordamida istiqbollashtirish tahlil etiladi. Tadqiqotda investitsion xarajatlar, ilmiy‑texnik tadqiqot va tajriba‑konstruktorlik (R&D) xarajatlari, ishlab chiqarish samaradorligi hamda yalpi ichki mahsulot (YAIM) o‘sishining korrelyativ bog‘liqligi ko‘rsatkichlar bilan aniqlangan.

Dusboyev Raxim Ramazanovich

49-53

2026-02-18

O‘ZBEKISTONDA IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANISHNING USTUVOR YO‘NALISHLARI

Iqtisodiy o‘sish to‘liq bandlilik sharoitiga mos keluvchi  potensial ishlab chiqarish darajasini uzoq muddatli ko‘payishi tendensiyasini anglatadi.  Iqtisodiy o‘sish haqiqiy va potensial YaIM hajmining oshishini bildiradi.  Iqtisodiy o‘sish muammosini o‘rganish natijasida real ishlab chiqarish tizimi duch keluvchi - cheklangan resurslardan samarali foydalanish muammosiga echim topiladi.   Demak, iqtisodiy o‘sish omillari va ular samaradorligini o‘rganish hamda tahlil qilish jamiyat oldidagi eng dolzarb muammolardan biridir. Iqtisodiy o‘sish nafaqat mamlakat real daromadlarining o‘sishi, shuningdek, jon boshiga to‘g‘ri keladigan real daromadlarning o‘sishini ham anglatadi. Shu sababli ham iqtisodiy o‘sish ikki xil usul bilan  o‘lchanadi. Birinchi usulda iqtisodiy o‘sish real YaIM ni o‘tgan davrga nisbatan o‘zgarishi sifatida aniqlanadi va mamlakatning umumiqtisodiy imkoniyatlari dinamkasini aniqlash uchun ishlatiladi. Har bir mamlakat iqtisodiy o‘sishga intiladi, chunki iqtisodiy o‘sish, birinchidan, milliy mahsulot hajmi va daromadning ko‘payishiga, ikkinchidan, resurslardan samarali foydalanishga, uchinchidan, yangiyangi ehtiyojlar va imkoniyatlarning paydo bo‘lishiga, to‘rtinchidan, xalqaro bozorlarda mamlakat obro‘sining oshishiga olib keladi.

Nodira Djumabayeva

773-777

2024-07-31

BANK KREDITLARI TARKIBINING (ISTE’MOL VA INVESTITSION KREDITLAR) IQTISODIY O‘SISHGA DIFFERENSIAL TA’SIRI

Mazkur tezisda bank kreditlari tarkibining — iste’mol kreditlari va investitsion (ishlab chiqarish) kreditlarning — iqtisodiy o‘sishga differensial ta’siri strukturaviy yondashuv asosida tahlil qilinadi. Xalqaro moliyaviy institutlar, xususan World Bank, International Monetary Fund va Bank for International Settlements ma’lumotlari asosida kredit tarkibining YaIM o‘sishi, mehnat unumdorligi va investitsion faollikka ta’siri o‘rganildi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan kreditlar uzoq muddatda barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlasa, iste’mol kreditlari qisqa muddatli talabni rag‘batlantiruvchi omil sifatida namoyon bo‘ladi.

Yusupi Shahnoza Atabekovna

57-60

2026-02-10

YALPI ICHKI MAXSULOTNI SAMARADORLIGINI OSHIRISH

Ushbu maqolada mamlakat iqtisodiy rivojlanishining asosiy ko‘rsatkichi bo‘lgan yalpi ichki mahsulot (YaIM) tushunchasi, uning o‘sishiga ta’sir etuvchi omillar va samaradorligini oshirish yo‘llari tahlil qilinadi. Maqolada ishlab chiqarish hajmini kengaytirish, mehnat unumdorligini oshirish, innovatsion texnologiyalarni joriy etish va inson kapitaliga sarmoya kiritishning YaIM o‘sishidagi o‘rni yoritilgan. Shuningdek, investitsion muhitni yaxshilash, raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish va eksport salohiyatini oshirishning mamlakat iqtisodiy samaradorligiga ijobiy ta’siri tahliliy tarzda ko‘rsatib o‘tilgan.

Xayrullayeva Pokiza

145-147

2025-10-31

MAKROIQTISODIY BARQAROR RIVOJLANISHNING ROSSIYA TAJRIBALARI

ushbu maqolada Rossiya Federatsiyasining makroiqtisodiy ko’rsatkichlari, mamlakatning turli sohalardagi iqtisodiy holati hamda
makroiqtisodiy barqaror rivojlanish tajribalari va ularning tahlili yillar kesimida yoritilgan.

Boltaeva Dilafza Jumakulovna

35-51

2022-08-06

MAKROIQTISODIY KO‘RSATKICHLARNI KORXONALARNING MOLIYAVIY HISOBOTLARIGA TA’SIRI

Mazkur ilmiy maqolada makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar — inflyatsiya darajasi, foiz stavkalari hamda yalpi ichki mahsulot (YAIM) o‘sish sur’atlarining korxonalar moliyaviy hisobotlariga ta’siri tahlil qilingan. Tadqiqot jarayonida makroiqtisodiy omillarning daromad, xarajat, foyda va aktivlar qiymatiga ko‘rsatadigan bevosita hamda bilvosita ta’siri o‘rganilgan. Shuningdek, inflyatsiya sharoitida moliyaviy hisobotlarning haqqoniyligini ta’minlash masalalari yoritilgan. Tadqiqot natijalari moliyaviy hisobni yuritishda makroiqtisodiy omillarni inobatga olish zarurligini ko‘rsatadi.

Raxmatullayev Umarbek Ulugbekovich, Askarbayeva Leyla Umbetovna

98-100

2025-12-16

SANOAT ULUSHINI OSHIRISHDAGI (XUSUSAN ENGIL SANOAT) MUAMMOLAR VA YECHIMLAR

Sanoat  tarmoq  tuzilmasi  o’zgarishiga  eng  kuchli  ta’sir  ko’rsatuvchi omillardan biri fan-texnika taraqqiyotidir. Fan-texnika taraqqiyoti eng avvalo, yangi mehnat vositalari va mahsulotning yangi turlarini yaratish, mavjud asbob-uskunalar va texnologiya jarayonlarini takomillashtirish, yangilarini joriy etish bilan bog’liq. Bu esa, mavjud sanoat tarmoqlaridan yangidan-yangi sohalarning ajralib chiqishiga va shakllanishiga turtki beradi. Natijada progressiv hisoblangan avtomobilsozlik, asbobsozlik, radiotexnika va elektronika, lazer texnologiyasi tez sur’atlar bilan rivojlanadi.

Turayeva Gulizahro , Suyunov Shohzodbek, Ibodullayev Nodirjon, Tursunqulova Muxlisa, Rasulova Nasiba

27-31

2022-12-08

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA BIZNES VA TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH JARAYONLARI

Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasida mustaqillikka erishgandan so‘ng kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqiladi. Ayniqsa, so‘nggi yillardagi rivojlanish dinamikasi tahlil qilinadi.

Imomov Otabek Sodiqovich

35-37

2025-08-11

O’ZBEKISTONNING IQTISODIY O’SISHI: OMILLAR, DRAYVERLAR VA NATIJALAR

Ushbu maqolada sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish va eksport hajmining o’sishi O’zbekiston iqtisodiyotida muhim drayverlaridan biri ekanligi yoritib berilgan. Eksportda yuqori natijalarga erishayotgan elektrotexnika sanoati mahsulotlari yillik tahili berilib o’tilgan.

Rashidova Odina

30-33

2025-12-15

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING XIZMAT KO‘RSATISH SOHALARIDA INNOVATSION RAQAMLI IQTISODIYOTNING O‘RNI VA AHAMIYATI

Ushbu maqolada xizmat ko‘rsatish sohasining mamlakatlar milliy iqtisodiyotlari tarkibining o‘zgarishi hamda iqtisodiy faoliyatning barcha yo‘nalishlarini transformatsiyalashishiga, raqamli iqtisodiyotning raqamli axborot va bilimlar ishlab chiqarishning asosiy omili sifatida tavsiflangan.  

A.Sh.Xasanov, Saidmurodov Zaynobiddin

106-109

2024-12-19

“YOQILG‘I SIYOSATI” ZARURIYATI VA XUSUSIYATLARI

Jahon hamjamiyatining hozirgi bosqichda samarali rivojlanishining asosini yoqilgi-energetika majmuasi korxonalarining barqaror rivojlanishini tashkil qiladi. Yoqilgi-energetika majmuasi korxonalari sayyoraning soni tobora oshib boruvchi aholisini energetik resurslar bilan hamda YAIM oʻrtacha yillik 3,5-4% hajmida oʻsish suratlariga ega jahon iqtisodiyotining  oʻsishini taʼminlashi kerak, bu esa dunyo boʻyicha 2030-yilga kelib energiya  isteʼmolining  1,3-1,5  marotaba oʻsishiga olib  keladi.

Umurzakova .M.N., Axmatov Sh.T

139-140

2023-06-08

INDONEZIYАNING HALOL VA SMART TURIZMNI RIVOJLАNTIRISH TАJRIBАLАRIDАN O‘ZBEKISTON SHАROITIDА FOYDАLАNISH IMKONIYАTLАRI

Ushbu maqolada Indoneziya mamlakatining turizmni rivojlantirish tajribalari va ushbu tajribalardan O‘zbekiston sharoitida foydalanish imkoniyatlari yoritib berilgan. Bundan tashqari, Indoneziyada zamonaviy turizm shakllari sifatida rivojlanayotgan halol va smart turizm salohiyati statistik hisobotlar orqali ko‘rsatib o‘tilgan. Halol va Smart turizm destinatsiyalarining imkoniyatlari tahlillardan kelib chiqqan holda turizm rivojlanishining bir qator omillari sifatida qaraladi..

Yuldoshev Navro‘z Ilxomboy o‘g‘li

19-22

2025-05-13

AKSIYALAR VOSITASIDA UZOQ MUDDATLI MOLIYALASHTIRISHNI RIVOJLANTIRISH

Maqoladamamlakatimizda  real sektorning rivojlanishining amaldagi holati o’ziga xos xususiyatlari boʻyicha dunyoning yetakchi olimlari fikrlar ioʻrganilgan, mamlakatimizda yangi tashkil etilgan xorijiy korxona va tashkilotlarning 2018-2022yillarda o‘sish tendensiyasi tahlil qilingan, davlatlar kesimida yangi tashkil etilgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar tahlil qilingan,YAIMni iqtisodiyotning turli  sohalarida  taqsimlanishi tahlil  qilingan, hamda mamlakatimizda  real  sektorni modernizatsiyalashni moliyalashtirishni rivojlanish boʻyicha asoslantirilgan xulosa va takliflar ishlab chiqilgan hamda mamlakatimizda qoʻllash boʻyicha tavsiyalar berilgan.

Miyassarov Jahongir Uktam o‘g‘li

43-50

2024-06-19

MILLIY IQTISODIYOTNI JADAL RIVOJLANTIRISH VA YUQORI O`SISH SUR`ATLARINI TA`MINLASH

Maqolada Yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasining uchinchi yo'nalishi – milliy iqtisodiyotni, uning o'sish sur'atlarini zamon talablari darajasida rivojlantirish yo'nalishi bo'yicha belgilangan ustuvor vazifalarni Harakatlar strategiyasining iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo'nalishlari doirasida boshlangan islohotlarning davomi sifatida baholanishi aks etgan

Ixtiyor Nasulloyevich Muyinov

42-44

2022-05-02

INFLATSIYA: O’ZBEKISTON IQTISODIYOTIDA INFLATSIYA DARAJASI HAMDA UNING O’RNI VA AHAMIYATI

ushbu maqolada inflatsiyaga oid ma’lumotlar va O’zbekistonda inflatsiya darajasi hamda mavzuga doir statistik ma’lumotlar haqida yoritib berilgan.

Nabiyev Nasimbek Shuhratjon o’g’li

54-58

2024-11-25

AXBOROT MAHSULOTLARI BIZNESIDA PANEL MA’LUMOTLAR TAHLILI: VILOYATLAR KESIMIDA

Maqolada O‘zbekiston Respublikasi viloyatlari kesimida axborot mahsulotlari biznesini rivojlantirishning panel ma’lumotlar tahlili amalga oshirilgan. Tadqiqotda 2015-2024 yillarga oid 14 ta viloyat bo‘yicha 140 kuzatishli panel ma’lumotlar bazasi asosida ekonometrik modellar qo‘llanilgan. Panel regressiya tahlili yordamida AKT sohasi xodimlari soni, internet abonentlari, YaIM, ish haqi va xizmatlar hajmi o‘rtasidagi bog‘liqliklar aniqlangan. Natijalar viloyatlar o‘rtasida sezilarli heterogenlik mavjudligini ko‘rsatdi.

Abdullayev Abdulla Fayzulla o‘g‘li

25-26

2026-01-30

IQTISODIY O‘SISH VA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISHDA TA’LIMNING AHAMIYATI

Davlatlarning rivojlanganlik darajasi, ayniqsa, ularning iqtisodiyoti qanchalik rivojlanganligiga qarab belgilanadi. Rivojlangan davlatlarning ham aksariyati ta’lim orqali yuqori pog‘onalarga erishgan. Ta’lim  har tomonlama barqaror iqtisodiy rivojlanishning muhim omili, negaki iqtisodiyot rivoji uchun avvalo insonlarda iqtisodiy savodxonlik mavjud bo‘lishi, iqtisodiy jarayonlarni idrok etishi lozim. Ta’lim qo‘shimcha resurlar va yangi zamonaviy texnologiyalar  yaratilishiga imkon beradi. Bundan tashqari, ta’lim xalqning turmush sharoitlarini, farovonligini va daromadning to‘g‘ri taqsimlanishini ta’minlaydi, bu esa kambag‘allik darajasini pasaytiradi. Ushbu maqolada ta’limning iqtisodiy o‘sishdagi roli haqida batafsil ma’lumot beriladi.

Zokirova Sayyora Alimovna, Ergasheva Zulfizar Erkin qizi

40-43

2023-11-07

SUG‘URTA BOZORINING RIVOJLANISHI VA UNING MILLIY IQTISODIYOTGA INTEGRATSIYASI

Ushbu maqolada sug‘urta bozorining rivojlanish jarayonlari va uning milliy iqtisodiyotga integratsiyasi tahlil qilinadi. Sug‘urta sektori iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, investitsion muhitni yaxshilash va moliyaviy xavflarni kamaytirishda muhim rol o‘ynaydi. Maqolada sug‘urta bozori rivojlanishining asosiy omillari, uning iqtisodiy o‘sish bilan o‘zaro bog‘liqligi hamda global va milliy darajadagi tendensiyalar ko‘rib chiqiladi.

Negmatova Nilufar Ergash qizi

79-82

2025-04-30

MAKTABGACHA TA`LIMNING BIZNESDAGI O`RNI VA MALAKALI PEDAGOGIK KADRLAR BILAN TA`MINLANISHI.

O`zbekistonda kichik biznes yildan yilga rivojlanib bormoqda. Buni mamlakatimizning yillik YaIM ko`rsatkichidagi ulushining o`sishida ko`rishimiz mumkin. 2023- yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, kichik biznesning respublika YAIMdagi ulushi 51,2 % ni tashkil etdi.

Hududlarda kichik biznesning eng katta ulushi Surxondaryo (hududda yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat umumiy hajmining 76,7 % ini tashkil etgan), Jizzax (74,2 %), Buxoro (73,1 %) vа Samarqand (73,1 %) viloyatlarida kuzatildi. 

Biznes – bu iqtisodiy taraqqiyotning drayveri hisoblanib iqtisodiy o`sihning muhim omilidir. Ta`lim biznesi tadbirkorlik sohasida nibatan yosh va rivojlanib bo`rayotgan tarmoqlardan biridir. Uning asosiy maqsadi mehnat bozoriga yuqori malakali va raqobatbardosh kadrlarni yetkazishdir. Rivojlanayotgan tarmoqni malakali pedagogik kadrlar bilan ta`minlash mamlakatimizning muhim vazifalardan biri. Mazkur maqolada mamlakatimizda maktabgacha ta`lim tashkilotlarining (MTT) biznesdagi o`rni atroflicha tahlil qilinib va buna malakali pedagogik kadrlarga bo`lgan ehtiyojini qondirish masalalari ko`rib chiqildi.

S.M. Xudoyberdiyev, A.D.Isayev

62-66

2024-05-10

IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISHDA XIZMATLAR SOHASINING O‘RNI VA AHAMIYATI

Mazkur maqolada xizmatlar sohasining O‘zbekiston iqtisodiyoti rivojlanishidagi o‘rni va ahamiyati tahlil qilingan. Xizmatlar tarmog‘ining yalpi ichki mahsulotdagi ulushi, aholining bandligi hamda raqamli iqtisodiyot sharoitida xizmatlarning innovatsion o‘sish omillari yoritilgan. Tadqiqotda statistika ma’lumotlari asosida sohaning iqtisodiy o‘sishga qo‘shgan hissasi, diversifikatsiyani ta’minlashdagi o‘rni va raqamli xizmatlarning rivojlanish tendensiyalari o‘rganilgan. Maqola natijalari xizmatlar sohasini rivojlantirish orqali iqtisodiy barqarorlikni kuchaytirish va milliy iqtisodiyot raqobatbardoshligini oshirish zarurligini asoslaydi.

Rashidov Zuhriddin Sanjar o‘g‘li

81-83

2025-10-27

AHOLI BANDLIGI VA DAROMADLARINI OSHIRISHDA KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIK SUB'EKTLARI KO‘RSATKICHLARINI EKONOMETRIK TAHLIL QILISH ASOSLARI

Mamlakat iqtisodiy erkinlikka va taraqqiyotga erishishida xususiy tadbirkorlik hamda biznes faoliyati muhim ahamiyat kasb etadi. Ammo ularning faoliyati va amalga oshirilishi bevosita matematik modellar orqali amalga oshiriladi. Ushbu maqolada kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ro’li va ahamiyati hamda ekonometrik tahlil usullari keltirib o’tilgan. Bundan tashqari kichik biznes va tadbirkorlikning yillar kesimidagi ulushi ko’rsatkich va sohalaridagi raqamlar berilgan.

Mamayusupova Shahina Ulug’bek qizi

10-12

2023-07-10

COVID-19 PANDEMIYASIDAN KEYINGI GERMANIYANING IQTISODIY AHVOLI

Dunyoda ko’plab iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar ko’p va ularning orasida Germaniya ham o’rin egallagan. Maqola mavzusi bo’yicha Germaniyaning hozirgi iqtiodiy holati, covid-19 davridagi iqtisodiy ko’rinishi va pandemiyadan so’ng u iqtisodiyotini qanday tilab olgani yoritiladi. Maqola davomida siz Germaniyaning ekspor va import hajmi, yirik hamkor davlatlari hamda YaIM hajmi haqida ma’lumot olishingiz mumkin.

Zulhaydarov Hasan Mahnud o’g’li

8-10

2024-11-25

OʻZBEKISTONDA MILLIY HISOBLAR TIZIMI, HOLATI VA ISTIQBOLLAR

Mazkur maqolada Oʻzbekistonda milliy hisoblar tizimining shakllanish jarayoni, uning hozirgi holati hamda kelgusidagi rivojlanish istiqbollari yoritib berilgan. Milliy hisoblar tizimining mamlakat iqtisodiyotini baholashdagi ahamiyati, yalpi ichki mahsulot va boshqa asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning mazmuni tahlil qilingan. Shuningdek, Oʻzbekistonda milliy hisoblar tizimini xalqaro standartlarga moslashtirish jarayoni, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari ko‘rib chiqilgan. Maqola iqtisodiy tahlil, rejalashtirish va ilmiy tadqiqotlar bilan shug‘ullanuvchi talabalar hamda mutaxassislar uchun mo‘ljallangan. Ushbu ishda Oʻzbekistonda milliy hisoblar tizimining nazariy asoslari, uning shakllanish bosqichlari hamda amaldagi holati yoritilgan. Milliy hisoblar tizimi orqali mamlakat iqtisodiy rivojlanish darajasini baholash, yalpi ichki mahsulot, daromadlar va xarajatlar ko‘rsatkichlarini aniqlash imkoniyatlari tahlil qilingan. Shuningdek, milliy hisoblar tizimini takomillashtirishda uchrayotgan muammolar va ularni hal etishning istiqbolli yo‘nalishlari ko‘rsatib berilgan. Tadqiqot natijalari iqtisodiyotni boshqarish va strategik qarorlar qabul qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Samiyev M.A., Mamadaliyev Hojiakbar Baxtiyor o`g`li

52-56

2026-01-26

O‘ZBEKISTON IQTISODIYOTINI TAKOMILLASHTIRISHDA OLIB BORILAYOTGAN ISLOHOTLAR VA ULARNING TATBIQLARI

Ushbu tezisda O‘zbekistonning muhim tarmoqlaridan bo‘lmish iqtisodiyotni rivojlantirishda hozirda amalga oshirilayotgan turli chora-tadbirlar va xorijiy mamlakatlar bilan qilinayotgan hamkorliklar va prezidentimizning bu boradagi farmonlari batafsil keltirib o‘tildi. Xususan, O‘zbekiston-Qatar iqtisodiy aloqalari haqida alohida ta’kidlab o‘tildi. Shuningdek, Jahon Savdo Tashkilotining O‘zbekiston uchun muhimlik darajasi va mamlakatimizda bu tashkilotga qo‘shilish uchun olib borilayotgan sa’y-harakatlar yetarlicha mavzu doirasida o‘rganib chiqildi va xulosalar bildirildi.

Nizomiddinova Mashhura Lutfiddin qizi

44-47

2023-11-07

1 - 25 из 45 результатов 1 2 > >> 

Индексация

Zenodo
WorldCat
Universal Impact Factor
SJIFactor
SIS
ROAD
Researchbib
OpenAIRE
Open Access
ISSN
Internet Archive
Index Copernicus
Google Scholar
DataCite
DOI
DRJI
CiteFactor
Advanced Science Index

butom

Требования Редакционный совет Политика Отправить материал

Язык

  • English
  • Uzbek (latin)
  • Русский

Разработано

Open Journal Systems

CONTACT

Republic of Uzbekistan, Tashkent, Amir Temur Avenue 120/30, 100017


(+998) 935692306


info@in-academy.uz


© Copyright 2021-2024 «Innovative Academy RSC» LLC. All Rights Reserved

Innovative Academy