Innovative Academy
  • Регистрация
  • Вход
  • En
  • Ўз
  • Ру

Innovative Academy

  • Журналы
    • Евразийский журнал академических исследований
    • Евразийский журнал медицинских и естественных наук
    • Евразийский журнал социальных наук, философии и культуры
    • Евразийский журнал права, финансов и прикладных наук
    • Евразийский журнал математической теории и компьютерных наук
  • Новые журналы
    • Центральноазиатский журнал образования и инноваций
    • Евразийский журнал технологий и инноваций
    • Бюллетень педагогов нового Узбекистана
    • Бюллетень студентов нового Узбекистана
  • Конференции
    • Наука и технология в современном мире
    • Прикладные науки в современном мире: проблемы и решения
    • Естественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования
    • Инновационные исследования в современном мире: теория и практика
    • Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования
    • Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования
  • Объявления
    • Как написать научную статью?
    • Вопросы о докторантуре и ответы на них
    • «Eng yaxshi ilmiy maqola» tanlovi
    • Xirsh indeksi nima va uni qanday oshirish mumkin?
    • «Faol hamkor» aksiyasi
    • «In Ambassador» jamoasi
    • atm

Найти

Расширенные фильтры

Результаты поиска

ADABİY TURİZM VA UNİ RİVOJLANTİRİSH İSTİQBOLLARİ

Ushbu maqolada adabiy turizm tushunchasi, uning mohiyati va ahamiyati keng tahlil qilingan. Adabiy turizm – mashhur adiblar hayoti, ijodi, ular yashab, asarlar yozgan maskanlarga sayohat qilish orqali madaniy merosni o‘rganish, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga xizmat qiluvchi turizm yo‘nalishidir. Maqolada dunyo tajribasida keng ommalashgan adabiy turizm loyihalari, jumladan, Buyuk Britaniya, Fransiya, Rossiya kabi mamlakatlarda tashkil etilgan adabiy sayohatlar misolida tahlil berilgan. Shuningdek, O‘zbekistonda ham adabiy turizmni rivojlantirish imkoniyatlari yoritilgan. Jumladan, Alisher Navoiy, Abdulla Qodiriy, Cho‘lpon, G‘afur G‘ulom kabi ulug‘ ijodkorlarning hayotiga bog‘liq joylarni sayyohlik obyektlariga aylantirish, adabiy-ma’rifiy ekskursiyalar yo‘nalishini yaratish, yoshlar va chet ellik sayyohlar uchun adabiy marafonlar, festivallar tashkil etish zaruriyati ko‘rsatib o‘tilgan. Maqolada, shuningdek, adabiy turizmni rivojlantirishning istiqbollari sifatida quyidagilar ko‘rsatilgan: hududiy adabiy xaritalarni ishlab chiqish, adabiy mehmonxonalar va kutubxonalar bilan integratsiyalashgan sayohat xizmatlarini yo‘lga qo‘yish, zamonaviy texnologiyalar yordamida virtual adabiy ekskursiyalarni yaratish, xalqaro hamkorlik orqali adabiy turizm brendlarini targ‘ib qilish. Adabiy turizmning nafaqat iqtisodiy foyda keltirishi, balki madaniy merosni asrash, milliy o‘zlikni anglash va yosh avlodda kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishni oshirishdagi o‘rni alohida ta’kidlangan.

Mahammadova Muslima Valijon qizi

4-9

2025-11-30

SHEVA VA DIALEKTLARNING ADABIY TILGA TA’SIRI

Mazkur maqolada o‘zbek tilining hududiy shakllari bo‘lgan sheva va dialektlarning adabiy tilning shakllanishi, rivojlanishi va boyishidagi o‘rni kompleks lingvistik tahlil asosida yoritiladi. Tadqiqot jarayonida sheva va dialektlarning fonetik, leksik va grammatik xususiyatlari adabiy til me’yorlari bilan qiyosiy jihatdan o‘rganiladi hamda ularning umumxalq tiliga ta’sir ko‘rsatish mexanizmlari tahlil qilinadi. Xususan, ayrim hududiy so‘z va shakllarning adabiy til tarkibiga singib borishi, tilning ifoda imkoniyatlarini kengaytirishi va semantik jihatdan boyitishi ilmiy asosda ko‘rsatib beriladi. Shuningdek, maqolada sheva va dialektlarning badiiy adabiyot, folklor, og‘zaki nutq hamda ommaviy axborot vositalari orqali adabiy tilga ta’sir etish jarayoni ochib beriladi. Til taraqqiyotida sheva va dialektlarning manba sifatidagi ahamiyati, ularning adabiy til me’yorlariga moslashuvi va me’yorlashuv jarayonidagi o‘rni masalalari yoritiladi. Tadqiqot natijalari o‘zbek tilining rivojlanish qonuniyatlarini chuqurroq anglashga, shuningdek, adabiy til va hududiy nutq shakllari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni ilmiy asosda izohlashga xizmat qiladi.

Akmalova Muxlisa

9-13

2026-01-19

BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA ADABIY NUTQ KOMPETENSIYALARINI SHAKLLANTIRISHNING SAMARALI USULLARI

Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida adabiy nutq kompetensiyalarini shakllantirish jarayonidagi samarali usullar yoritib berilgan. Bugungi kunda ta’lim tizimida o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini rivojlantirish, ularni mustaqil fikrlashga, o‘z fikrini ravon bayon eta olishga o‘rgatish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Ayniqsa, adabiy nutq kompetensiyasini shakllantirish boshlang‘ich sinflardayoq asos solinadigan muhim jarayondir. Maqolada o‘quvchilarning adabiy matnlarni anglash, ifodali o‘qish, personajlarni tahlil qilish, matn asosida yangi voqealar yaratish kabi ko‘nikmalarini rivojlantirish bo‘yicha metodik yondashuvlar keltirilgan. Shuningdek, dramatizatsiya, rolli o‘yinlar, suhbat metodi, vizual vositalardan foydalanish orqali adabiy nutqni boyitish yo‘llari tahlil qilingan. Muallif adabiy materiallar asosida o‘quvchilarning estetik didini shakllantirish, ularda milliy qadriyatlar va insoniy fazilatlarni singdirish imkoniyatlariga ham e’tibor qaratgan. Xulosa sifatida, boshlang‘ich ta’lim bosqichida adabiy nutq kompetensiyalarini rivojlantirish o‘quvchilarning umumiy tafakkuri, nutq madaniyati va ijtimoiy moslashuvchanligini oshirishga xizmat qilishi ta’kidlangan.

Ravshanova Dildora Sagdullayevna

106-110

2025-09-30

TOSKANA SHEVASINING ITALYAN ADABIY TILIGA TA’SIRI

Ushbu maqolada Toskana shevasining, xususan Florensiya lahjasining, italyan adabiy tilining shakllanishidagi o‘rnini tahlil qilinadi. Tarixiy manbalar va lingvistik adabiyotlarga tayangan holda, Toskana shevasining fonetik, grammatik va leksik xususiyatlarini o‘rganib chiqib, ularning zamonaviy italyan adabiy tilida qanday namoyon bo‘lishi ko’rib chiqiladi. Shuningdek, Dante, Petrarka va Bokkachchio kabi adiblar asarlari orqali bu shevaning butun Italiya bo‘ylab qanday tarqalganini va italyan tilining adabiy me’yoriga aylanish jarayoni yoritiladi. Maqolada Toskana shevasining italyan madaniy va lingvistik merosdagi o‘rni, shuningdek, til me’yorlashuvi jarayonidagi ahamiyati tahlil qilinadi.

Muslima Baxtiyorova

78-81

2025-06-26

ADABIY ERTAKLARNING TA’LIM-TARBIYA TIZIMIDA TUTGAN O‘RNI ( XUDOYBERDI TO‘XTABOYEVNING ADABIY ERTAKLARI MISOLIDA)

Ushbu maqolada  bolalar adabiyotining sevimli adibi Xudoyberdi To‘xtaboyevning adabiy ertaklarida ifodalangan xalqchillik, milliylik masalasiga e’tibor qaratilgan hamda adib adabiy ertaklarining milliy tarbiya tizimida tutgan o‘rni ochib berilgan.

Rizvon Saidova

193-196

2023-12-25

SARCHASHMA ILDIZLARI: ALISHER NAVOIY VA AHMAD POSHO (O‘ZBEK-TURK ADABIY ALOQALARI TARIXIGA BIR NAZAR )

Maqolada oʻzbek-turk adabiy aloqalarining uzoq o‘tmishga ega ekanligi, Alisher Navoiy davridayoq ijodiy hamkorlikning yo’lga qo’yilganligi,  Navoiy she’riyatining usmonli adabiyotiga ta’siri hamda Ahmad Poshoning  Navoiy g’azallariga tatabbulari va ikki qardosh xalqlarning adabiy hamkorliklari  haqida fikr yuritiladi.

Sarvarbek Tuliboyev, Rushana Zaripova

309-315

2022-12-28

ADABIY MEROSNING OMMAVIY AXBOROT VOSITALARIDA TALQINI: JURNALISTIKA VA ADABIYOTSHUNOSLIK KESISHMASIDA

Mazkur maqolada adabiy merosning ommaviy axborot vositalarida talqin etilishi keng qamrovda tahlil qilindi. Gazeta, jurnal, televideniye va internet orqali adabiy qadriyatlarning ommaga yetkazilish jarayonlari, jurnalistik janrlarning adabiy merosni targ‘ib etishdagi o‘rni ko‘rsatildi. Adabiyotshunoslik va jurnalistika yondashuvlari taqqoslandi, yoshlarning adabiyotga bo‘lgan qiziqishini shakllantirishda OAVning ta’siri hamda xorijiy tajribalar o‘rganildi.

Omonkeldiyeva Maftuna Murodullo qizi

35-39

2025-09-10

ADABIY MATN TAHLILIDA NEYROPEDAGOGIKA BILAN UZVIY ALOQADORLIK

Mazkur maqolada neyropedagogika va adabiy savodxonlikni integratsiyalashtirishning metodologik asoslari tahlil qilingan. Muallif ta’limda ushbu ikki yo‘nalishning o‘zaro uyg‘unligi inson ongidagi bilish, his qilish va ma’no yaratish jarayonlarini samarali faollashtirishini asoslab bergan. Neyropedagogikaning kognitiv va affektiv neyroyondashuvlari, adabiy matnni hissiy va mantiqiy qabul qilish, shaxsiy munosabat shakllantirish kabi jarayonlar bilan bog‘langan holda tavsiflangan.

Duschanova Nilufar Sabirbayevna

51-53

2025-08-25

OAVDA ADABIYOT MAVZUSINING YORITILISHI

Ushbu ilmiy maqolada adabiyot mavzusining yoritilishi holatini, amaliy mexanizmlari va nazariy asoslarini tahlil qilishga bagʻishlangan. Tadqiqot OAVning kitobxonlik madaniyatini shakllantirishdagi hal qiluvchi rolini taʼkidlaydi va adabiy materiallarni yoritishda kuzatilayotgan samaradorlik va muammolarni oʻrganadi. Xususan, anʼanaviy taqrizlar, mualliflar bilan intervyular, adabiy tok-shoular kabi yoritish shakllari tahlil qilinadi. Tahlillar shuni koʻrsatadiki, xolislik, tahliliy chuqurlik va estetik qadriyatni targʻib qilish tamoyillariga rioya qilish OAVda adabiyotni yoritish sifatini oshirishning asosiy omilidir. Maqola soʻngida bu jarayonni yanada takomillashtirishga qaratilgan amaliy va ilmiy tavsiyalar, jumladan, maxsus adabiy dasturlar va kadrlarni tayyorlash boʻyicha takliflar ilgari surilgan.

Esbosinova Gulshat

95-97

2025-09-30

SADRIDDIN AYNIYNING “TOJIK ADABIYOTI NAMUNALARI”DA QO‘QON ADABIY MUHITINING O‘RNI

Qo‘qon adabiy muhiti o‘zbek mumtoz adabiyotining ajralmas qismi hisoblanib, u adabiyotimiz  taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan.  Shuningdek, fors-tojik adabiyoti ravnaqi uchun ham sezilarli ta’sir ko‘rsatgan. Maqolada Sadriddin Ayniyning “Namunai adabiyoti tojik” nomli kitobi va ushbu to‘plamdan o‘rin olgan Qo‘qon adabiy muhiti vakillari haqida fikr yuritiladi.

Maftuna Shomurodova

6-10

2024-11-06

BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINI AXLOQIY TARBIYALASHDA ADABIY MATNLARDAN FOYDALANISH METODIKASI

Mazkur ishda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini axloqiy tarbiyalash jarayonida adabiy matnlardan foydalanishning samarali metodikasi yoritilgan. Unda adabiyotning shaxs kamolotidagi o‘rni, badiiy asarlarning axloqiy mazmuni, ularni o‘quvchilarning yosh xususiyatlariga mos tanlash hamda o‘qitish jarayonida qo‘llash yo‘llari tahlil qilingan. Shuningdek, ertak, hikoya, she’r kabi janrlar orqali ezgulik, mehnatsevarlik, halollik, mehr-oqibat, vatanparvarlik kabi fazilatlarni shakllantirishga qaratilgan pedagogik yondashuvlar ilmiy-nazariy asosda ko‘rib chiqilgan. Ishda zamonaviy didaktik vositalar yordamida adabiy matnlarni interfaol usullar orqali o‘rganish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ham berilgan.

Nurullayeva Dinora Qo‘ziboy qizi

58-63

2025-10-15

ADABIY TA’LIMDA NAZARIY BILIMLARNI AMALIY TAHLIL BILAN UYG‘UNLASHTIRISHNING METODIK ASOSLARI

Mazkur maqolada adabiy ta’lim jarayonida nazariy bilimlarni amaliy badiiy tahlil bilan uyg‘unlashtirish masalasi metodik va pedagogik nuqtayi nazardan yoritiladi. Adabiy-nazariy tushunchalarning o‘quvchi tafakkurida shakllanishi, ularning badiiy asar tahlilidagi funksional ahamiyati, nazariy bilimlarning shaxs rivojiga ta’siri ilmiy asosda tahlil qilinadi. Shuningdek, adabiy tahlil jarayonida yosh xususiyatlarini inobatga olish, interfaol metodlardan foydalanish hamda tabaqalashtirilgan ta’limning ahamiyati asoslab beriladi.

N.J.Oramova

23-25

2026-02-06

SUHAYLIY ADABIY MEROSINING MAVZU KO‘LAMI

ushbu tezisda XX asr boshlari Namangan adabiy harakatchiligida o‘ziga xos o‘rniga ega bo‘lgan Dadaxon qori Rustamxo‘ja o‘g‘li Suhayliy adabiy merosining mavzu ko’lami “Yodgorim” to‘plami asosida o‘rganiladi va xulosalar beriladi.

Mamaziyoyeva Ozoda Botirali qizi

76-78

2025-06-10

ADABIY TAHLIL VA BADIIY MATN STRUKTURASINING O‘RGANILISHI

Mazkur maqolada adabiy tahlil va badiiy matn strukturasini o‘rganishning nazariy va amaliy asoslari yoritiladi. Adabiy tahlil adabiyotshunoslikning muhim yo‘nalishi bo‘lib, asarning janri, mavzusi, syujeti, obrazlari va uslubiy xususiyatlarini o‘rganishga xizmat qiladi. Tadqiqotda badiiy matnning ichki tuzilishi, kompozitsiyasi va semantik jihatlari tahlil qilinadi. Shuningdek, zamonaviy adabiyotshunoslikda qo‘llanilayotgan interfaol va innovatsion metodlar orqali badiiy matnni tahlil qilish yondashuvlari muhokama qilinadi.

Sarvinoz Abdurasulxonova

142-144

2025-03-24

BADIIY MATNDA FARZEOLOGIK LAKUNALARNING LINGVOMADANIY TALQINI

Ushbu maqola adabiy matnlardagi frazeologik bo'shliqlar tushunchasini o'rganib, turli tillar va madaniyatlarda lingvistik bo'shliqlar qanday namoyon bo'lishiga e'tibor qaratadi. Frazeologik bo'shliqlar madaniy yoki kontekstga bog'liq bo'lgan ba'zi idiomatik iboralarning boshqa tillarda to'g'ridan-to'g'ri ekvivalenti bo'lmagan holatlarni ifodalaydi. Tadqiqot tarjima va madaniyatlararo muloqot paytida adabiy matnlarning chuqur ma'nosini tushunish uchun ushbu bo'shliqlarni tushunish muhimligini ta'kidlaydi. Maqolada turli tillar va adabiy asarlardan olingan misollar asosida frazeologik bo‘shliqlarni izohlash va boshqarish uchun asos yaratilgan bo‘lib, ularning adabiy tahlil va tarjima nazariyasini boyitishdagi ahamiyati ta’kidlangan.

Alimova Maftuna

28-29

2024-10-21

ADABIY MATNDA XAT MOTIVINING BADIYIY-FUNKTSIONAL ROLI

Mazkur maqolada adabiy matnlarda xat (yozma murojaat) motivining badiiy-funksional ahamiyati tahlil etilgan. Xat motivining syujet rivojida, qahramonlararo munosabatlarda va psixologik chuqurlik berishda tutgan o‘rni adabiy misollar bilan ko‘rsatib berilgan. Shuningdek, epistolyar janr va xat vositasidagi badiiy ifoda uslublari o‘zbek, rus va g‘arb adabiyotlaridan namunalarda yoritilgan.

Boltayeva Iroda

46-48

2025-05-10

MUQIMIY SHE’RIYATI XALQ RUHIIYATI VA ADABIY OBRAZLAR UYG‘UNLIGI

Muqimiy ijodi o‘zbek adabiyoti rivojida o‘ziga xos bosqichni tashkil etadi. Uning lirikasida xalqning ichki kechinmalari, hayotga bo‘lgan qarashlari va ma'naviy olami badiiy obrazlar orqali chuqur yoritilgan. Shoir she’rlarida xalq dardini, orzu-umidlarini, ijtimoiy muammolarini ifodalashda jonli obrazlardan foydalanadi. Ushbu tezisda Muqimiyning adabiy obrazlari xalq ruhiyatining ko‘zgusi sifatida tahlil etiladi. Shoirning badiiy tafakkuri va xalqona obrazlar yaratish mahorati xalq ijodi bilan uyg‘unlashgan. Ayniqsa, tanqidiy lirikasi orqali u xalq dardini tasvirlashda samimiylik va realizmga tayanadi. Muqimiy asarlaridagi badiiy vositalar va obrazlar xalq ongidagi tushunchalarni aks ettiradi. Bu jihatlar shoir lirikasining hayotiyligiga va xalq orasida mashhurligiga sabab bo‘lgan. Tadqiqot davomida Muqimiyning poetik merosi asosida xalq ruhi va adabiy obrazlar qanday uyg‘unlashgani o‘rganiladi.

Samatova Sabina Nabijon qizi

15-17

2025-04-30

O‘QISH SAVODXONLIGI DARSLARIDA MATN USTIDA ISHLASH ORQALI ADABIY NUTQNI RIVOJLANTIRISH

Mazkur maqolada o‘qish savodxonligi darslarining adabiy nutqni shakllantirishdagi o‘rni tahlil qilinadi. Muallif matn ustida ishlashning bosqichlari, metodik yondashuvlari va bolalarning og‘zaki hamda yozma nutqini rivojlantirishdagi ta’sirini ochib beradi. Dars jarayonida badiiy matnlar asosida so‘z boyligini kengaytirish, nutq madaniyatini oshirish, obrazli fikrlashni rivojlantirish kabi jihatlar yoritiladi. Shuningdek, o‘quvchilarda mustaqil fikrlash, matnga tanqidiy va tahliliy yondashish ko‘nikmalarini shakllantirishda matn ustida tizimli ishlashning ahamiyati asoslab beriladi. Ilmiy-nazariy qarashlar hamda amaliy tajribalar asosida taklif va tavsiyalar beriladi. Maqola boshlang‘ich ta’lim tizimida adabiy nutqni rivojlantirishga xizmat qiluvchi metodik vositalarni takomillashtirishga yo‘naltirilgan.

Ravshanova Dildora Sagdullayevna

49-55

2025-09-30

LINGVOPOETIK TAHLIL USULLARI: ADABIY MATNNI SEMANTIK VA STILISTIK O‘RGANISH

Ushbu maqolada adabiy matnlarni o‘rganishda semantik va stilistik yondashuvlarni uyg‘unlashtiruvchi tadqiqot strategiyasi sifatida lingvopoetik tahlilning metodologik asoslari o‘rganiladi. Strukturaviy tilshunoslik, formalistik poetika va kognitiv stilistikaning yutuqlariga asoslangan holda, ushbu tadqiqot leksik tanlov, sintaktik tashkilot va madaniy kodlarning o‘zaro ta’siri orqali ma’no va estetik ta’sir qanday shakllanishini tushuntiradi. Zamonaviy va klassik nasrga oid korpusga asoslangan mikro-tahlil shuni ko‘rsatadiki, semantik zichlik va stilistik ajratish o‘quvchida ma’lum emotsional va kontseptual reaktsiyalarni yuzaga keltiruvchi interpretativ ramkalarni birgalikda shakllantiradi. Tadqiqot natijalari lingvopoetika an’anaviy matn bilan ishlash usulini empirik tilshunoslik izlanishlari bilan uyg‘unlashtirishi mumkinligini, shu orqali badiiy noziklikni saqlagan holda metodologik ochiqlikka ega muvozanatli yondashuvni taqdim etishini ko‘rsatadi.

Babaxanov Laziz Abdullaxanovich

81-83

2025-05-19

O‘ZBEKISTONING YETUK SHOIRLARIDAN BIRI OZOD SHARAFIDDINOVNING ADABIYOTSHUNOSLIK FAOLIYATIGA DOIR ADABIY KISHILIGI

Ushbu maqolada Ozod Sharafiddinovning Adabiyotshunoslik faoliyatiga oid qarashlar, tanqidiy qarashlari, tarjimalari, ilmiy mulohazalari xususida va davlat arbobi sifatida tutgan o‘rni haqida so‘z boradi. Ushbu maqola Adabiyotshunos, olim, tarjimon, adabiy tanqidchi Ozod Sharafiddinovning ijodiy faoliyatini o’rganuvchi o’quvchiga chuqurroq tushuncha berishni maqsad qilinadi..

Marupboyev Devkor G‘ayrat o‘g‘li

86-90

2025-12-17

BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING ADABIY MANBALARGA OID AXBOROTLAR USTIDA ISHLASH MEXANIZMINI TAKOMILLASHTIRISH

Bugungi kunda boshlang‘ich ta’lim tizimida o‘quvchilarning adabiy manbalar bilan ishlash ko‘nikmalarini shakllantirish, ularni mustaqil fikrlovchi, axborotni tahlil qila oluvchi shaxs sifatida rivojlantirish ta’lim strategiyasining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Boshlang‘ich sinf o‘quvchisining o‘qish jarayonida nafaqat texnik malakalarni, balki adabiy asar mazmunini tushunish, fikrini ifodalash, tahlil qilish va baholash kompetensiyalarini rivojlantirish dolzarb masala sanaladi.

Xusanova Naima Zokirjonovna

45-46

2025-10-31

ADABIY TIL ME’YORLARI HAQIDAGI FAN – ORTOLOGIYA MUAMMOSINING O‘RGANILISHI VA BUGUNGI KUNDAGI AHAMIYATI

Mazkur maqola adabiy til me’yorlarining o‘rganilish tarixi, uning asosiy kategoriyalari, hamda ortologiya termining fanga kirib kelishi va bugungi kundagi ahamiyati, bu terminning bugungi kunda qo‘llanilishini ochib berishga qaratilgan.

Saydiganiyeva Saidaxon Saydinosirovna

121-123

2023-11-24

ADABIY TIL VA XORAZM SHEVASIDAGI GAP BO‘LAKLARINING O‘XSHASH VA FARQLI JIHATLARI

Ushbu maqolada gap bo‘laklarining adabiy til va Xorazm shevalaridagi o‘xshash va farqli jihatlarini bilib olamiz. Sheva kundan-kunga boyib boradi. Adabiy tilda qotib qolgan bo‘lishi mumkin lekin shevalarda o‘zgarishlar ko‘p bo‘ladi.

Palvonnazarova Hayotxon Jamoladdin qizi

47-49

2024-05-07

O‘ZBEK TILIDAGI UNLI FONEMALAR TIZIMI VA ULARNING FONOLOGIK OPPOZITSIYASI.

Ushbu ilmiy maqola hozirgi o‘zbek adabiy tili vokal tizimining tuzilishini fonologik nuqtai nazardan yoritadi. Unda unli fonemalarning tarkibi, ularni ajratib turuvchi asosiy artikulyatsion va akustik belgilarning majmui, shuningdek, bu belgilar asosida shakllanadigan fonologik oppozitsiyalar tizimi izchil tahlil qilinadi. Muallif oltita asosiy unli fonema – /a/, /e/, /i/, /o/, /u/, /o‘/ – ni adabiy til me’yorida mustahkamlangan birliklar sifatida ko‘rsatadi va ularning har biri old–orqa qatorlik, tor–kenglik hamda lablangan–lablanmaganlik parametrlariga ko‘ra bir-biriga qarshi qo‘yilishini asoslaydi. Maqolada nutq oqimida uchraydigan allofonik o‘zgarishlar fonologik darajaga ko‘tarilmasligi, ya’ni ular ma’no farqlashga xizmat qilmagani sababli tizimga alohida fonema sifatida kiritilmasligi ta’kidlanadi. Tadqiqot natijalari o‘zbek tili unli fonemalar tizimining tarixiy-turkiy asosga ega bo‘lsada, zamonaviy adabiy til sharoitida singarmonizmning susayishi, kirishma so‘zlar ta’siri va shahar shevalarining ommalashuvi oqibatida ayrim neytrallashuv zonalari yuzaga kelganini ko‘rsatadi. Maqola natijalari o‘zbek tili orfoepik me’yorlarini aniqlashtirish, chet elliklarga o‘zbek tilini o‘qitishda unli fonemalarni tizimli tushuntirish, shuningdek, avtomatik nutqni tanish va sintez qilish dasturlarida fonemik bazani yaratish uchun ham amaliy ahamiyat kasb etadi

Xadjiyev Mirzabek Karshibay o‘g‘li

186-190

2025-10-31

O’ZBEK ADABIY TILI SAVODXONLIGI TA’LIMIDA “BEHBUDIY TAJRIBASI”

Milliy tafakkurning shakllanishi hamda milliy ruhga singib borishi bevosita milliy tilning taraqqiyoti bilan chambarchas bog’liqdir. “Turkiston jadidlarining otasi” deya e’tirof etilgan Mahmudxoʻja Behbudiyning bosh maqsadi va orzusi – Turkiston o’lkasi va xalqini qaramlik tanazzulidan olib chiqish, o’lkani dunyoning rivojlangan va yetakchi mamlakatlari qatoriga ko’tarish, milliy madaniyatni butun jahon ommasiga tanitishdan iborat edi. Uning asarlarida ko‘tarilgan har bir masala va yechilishi lozim bo‘lgan muammolar bugungi kunda ham bir necha o’rinlarda o’z dolzarbligini yo’qotmagan. Maktab darsliklarida Mahmudxoʻja Behbudiy hayoti va ijodi bilan tanishtirish va umr bosqichlaridagi eng muhim jihatlarga e’tibor qaratish inobatga olingan. Ushbu maqolada o’zbek adabiy tilining shakllanishi, milliy til me’yorlari va umumelat tilining jamiyat taraqqiyotida tutgan o’rni borasidagi allomaning fikr-mulohazalari tahlil etildi hamda o’ziga xos “Behbudiy tajribasi” o’rganildi.

Shermatova Oydina Abdumutalovna, Sadriddinov Abrorjon Sayfulla o’g’li

121-128

2022-12-14

1 - 25 из 428 результатов 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 > >> 

Индексация

Zenodo
WorldCat
Universal Impact Factor
SJIFactor
SIS
ROAD
Researchbib
OpenAIRE
Open Access
ISSN
Internet Archive
Index Copernicus
Google Scholar
DataCite
DOI
DRJI
CiteFactor
Advanced Science Index

butom

Требования Редакционный совет Политика Отправить материал

Язык

  • English
  • Uzbek (latin)
  • Русский

Разработано

Open Journal Systems

CONTACT

Republic of Uzbekistan, Tashkent, Amir Temur Avenue 120/30, 100017


(+998) 935692306


info@in-academy.uz


© Copyright 2021-2024 «Innovative Academy RSC» LLC. All Rights Reserved

Innovative Academy