Ushbu maqolada yuqumli kasalliklarga chalingan bemorlarning psixo-emotsional holatlari va ularning xulq-atvoriga ta’siri ilmiy-nazariy hamda amaliy jihatdan tahlil qilingan. Kasallikning o‘zi bilan bir qatorda, bemorning ruhan tushkunlikka tushishi, ijtimoiy chetlanish, stigma, xavotir va depressiv holatlar kabi psixologik holatlari umumiy sog‘ayish jarayoniga salbiy ta’sir ko‘rsatishi isbotlangan. Tadqiqot davomida OIV/OITS, sil, COVID-19, gepatit, teri yuqumli kasalliklari kabi infektsion holatlar psixologik misollar bilan yoritilib, har bir holatga mos psixoterapevtik yondashuvlar (kognitiv–xulq-atvor terapiyasi, guruh terapiyasi, oilaviy psixoterapiya) va zarur psixofarmakologik davolash usullari ko‘rsatib o‘tilgan. Maqolada psixologik yondashuvlarning yuqumli kasalliklarga qarshi kurashda nechog‘lik muhim omil ekani asoslab berilgan. Yakuniy xulosa sifatida, har bir yuqumli kasallikda faqat biologik emas, balki psixososial yondashuv ham muhim o‘rin tutishi ta’kidlanadi.