Innovative Academy
  • Register
  • Login
  • En
  • Ўз
  • Ру

Innovative Academy

  • Journals
    • Eurasian Journal of Academic Research
    • Eurasian Journal of Medical and Natural Sciences
    • Eurasian Journal of Social Sciences, Philosophy and Culture
    • Eurasian Journal of Law, Finance and Applied Sciences
    • Eurasian Journal of Mathematical Theory and Computer Sciences
  • New Journals
    • Central Asian Journal of Education and Innovation
    • Eurasian Journal of Technology and Innovation
    • Bulletin of pedagogs of new Uzbekistan
    • Bulletin of students of new Uzbekistan
  • Conferences
    • Science and technology in the modern world
    • Applied Sciences in the modern world: problems and solutions
    • Natural Sciences in the modern world: theoretical and practical research
    • Innovative research in the modern world: theory and practice
    • Pedagogy and psychology in the modern world: theoretical and practical research
    • Social Sciences in the modern world: theoretical and practical research
  • Announcements
    • Ilmiy maqola qanday yoziladi?
    • Questions and answers to doctoral studies
    • «Eng yaxshi ilmiy maqola» tanlovi
    • What is the Hirsch index and how to increase it?
    • atm

Search

Advanced filters

Search Results

TASVIRIY SAN'AT SIRLARI! CHIZMACHILIK FANINI O‘QITISHDA YANGILIKLAR!

Maqolada, rassomlikning asosiy prinsiplari, tuzilishi, ranglarni qo'llash, chizmachilik vositalari va yangi texnologiyalardan foydalanish kabi ko'plab mavzular keltirilgan. Maqola, tasviriy san'at va chizmachilik fanlari bo'yicha o'quvchilarning rassomlikni o'rganish va o'zlashtirishiga yordam beruvchi ko'plab usullarni taqdim etadi. Maqolada, tasviriy san'at sirlari keltirilgan va ular o'quvchilarning rassomlikni o'rganish va o'zlashtirish uchun katta ahamiyatga ega. Tasviriy san'atning asosiy prinsiplari, masalan, proporsiya, perspektiva, tsvet i kompozitsiya haqida tushunchalar berilgan. Tasviriy san'atning tuzilishi, masalan, rassomlikda chizmachilik vositalaridan foydalanish, rassomlik materiallari va chizmachilik usullari haqida ham ma'lumotlar berilgan. Maqolada, ranglarni qo'llash, chizmachilik vositalari va yangi texnologiyalardan foydalanish kabi ko'plab mavzular ham keltirilgan. Maqolada, chizmachilik fanini o'qitishda yangiliklar ham keltirilgan. Bu, o'quvchilarning chizmachilikda keng yaxlitlashi, chizmachilik vositalaridan foydalanish, chizmachilik texnikalari va yangi texnologiyalardan foydalanish kabi ko'plab mavzularni o'z ichiga oladi.

Sapura Avezbayeva

27-30

2023-07-10

CHIZMACHILIKDA ANʼANAVIY VA RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR INTEGRATSIYASI

Ushbu maqolada chizmachilik sanʼatida anʼanaviy va raqamli texnologiyalarning integratsiyasi masalalari yoritilgan. Anʼanaviy chizmachilik usullari, yaʼni qalam, qog‘oz, va bo‘yoq yordamida yaratilgan tasvirlar bilan zamonaviy raqamli texnologiyalar, masalan, grafik dizayn dasturlari va 3D modellash vositalarining uyg‘unlashuvi muhokama qilinadi. Maqolada, chizmachilik sanʼatini yangi texnologiyalar yordamida rivojlantirishning imkoniyatlari, raqamli vositalarning estetik va texnik jihatlari, shuningdek, anʼanaviy va raqamli texnologiyalarni birlashtirish orqali yangi sanʼat asarlarini yaratishning metodologiyasi tahlil qilinadi. Bunda, raqamli va anʼanaviy chizmachilik usullarining afzalliklari va kamchiliklari, o‘quvchilarning ijodiy tafakkurini rivojlantirishdagi roli hamda ularning amaliyotda qo‘llanilishidagi o‘zgarishlar ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijalari chizmachilik sanʼatida yangicha yondashuvlarni va metodlarni yaratishda foydalidir.

Karima Madaminova

95-98

2025-04-30

KASB-HUNAR MAKTABINING PAYVANDLASH YO'NALISHIDA CHIZMACHILIK FANINING O'RNI

Ushbu ilmiy maqolada kasb-hunar maktablarida payvandchilik sohasida chizmachilik fanining o‘rni yoritilgan. Chizmachilik ilmi payvandchilar uchun muhim mahoratdir, chunki bu ularga payvandlash loyihalari uchun aniq texnik chizmalar va rejalarni sharhlash va yaratish imkonini beradi. Ushbu maqolada chizmachilik fanining payvandlash ta’limidagi ahamiyati, chizmachilik ko‘nikmalarini sohada amaliy qo‘llash va chizmachilik fanining payvandlash ishlarining umumiy sifatiga ta’siri muhokama qilinadi.

Gulnoz Tanjarova

48-50

2023-11-18

CHIZMACHILIK O`QITISHDA ASOSIY DIDAKTIK TOMOYILLAR VA CHIZMACHILIK O`QITISH MЕTODLARI

Mazkur maqolada OTMlarda chizmachilik o`qitishda asosiy didaktik tomoyillar va chizmachilik o`qitish mеtodlari yotitib berilgan. Maqola davomida muallifning xulosalari asosli dalillar bilan isbotlangan.

Shaxnoza Tojimurotova

35-36

2022-11-30

TA’LIM TIZIMIDA CHIZMACHILIK FANINI O‘QITISHNING TARIXI VA HOZIRGI KUNDAGI AHAMIYATI

This article provides a brief overview of the science of drawing, its history of origin, sections, initial ideas about drawing, and scholars who contributed to the science of drawing. It discusses the development of the science and its current reforms.

Guzal Muxamedjanova

22-27

2025-02-28

CHIZMACHILIK FANINING TALABALAR IJODIY FIKRLASHINI RIVOJLANTIRISHDAGI O’RNI VA UNING ZAMONAVIY TA’LIMDAGI AHAMIYATI

Ushbu maqolada chizmachilik fanining zamonaviy ta’lim jarayonidagi o‘rni, talabalar ijodiy va grafik tafakkurini rivojlantirishdagi ahamiyati tahlil qilingan. Chizmachilikning kognitiv rivojlanishga ta’siri, zamonaviy texnologiyalar bilan integratsiyasi, STEAM yondashuvi doirasida fanlararo bog‘liqligi hamda talabalarda ijodkorlik va muhandislik tafakkurini shakllantirishdagi roli yoritilgan. Shuningdek, o‘yinlashtirish va sun’iy intellekt vositalari asosida ta’lim jarayonini yanada samarali qilish imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan.

Jaxongir Xoliqov , Shaxnoza Egamova , Vazira Boboyeva

118-120

2025-09-22

BO’LAJAK CHIZMACHILIK FANI O’QTUVCHILARINING GRIX NAQISH KOMPOZITSYALARINI TUZUSHDA GEOMETERIK YASASHLARNING O’RNI VA AMALIY AXAMIYATI

Ushbu maqolada bo’lajak chizmachilik fani o’qituvchisining  xalq amaliy san’atining chizmachilik fani bilan bog’liqligi ko’rib chiqiladi. Shu bilan birga maktab o’quvchilarining estetik didini shakllantirishda san’atning roli ilmiy nuqtai nazardan qisqacha ko’rib chiqilgan.

Mo’minov Baxtiyor Karamatovich, Ataqulova Nigora Oybekovna

202-205

2022-02-26

CHIZMACHILIK FANIDA QO’LLANILADIGAN O’QUV QUROLLARI VA MOSLAMALAR.

Ushbu maqolada chizmachilik fanining qisqacha rivojlanish tarixi,  grafikaning paydo bo’lishi va uning jamiyatdagi tutgan o’rni to’grisida bo’lib,  shu bilan birgalikda chizmachilik fanida qo’llaniladigan o’quv qurollari va moslamalari ahmda ularni to’g’ri tanlashda nimalarga ahamiyat berish haqida ma’lumotlar keltirilgan.

Sabina Abduvohidova , Feruza Bazarova

22-25

2025-03-10

MAKTAB CHIZMACHILIK FANIDA QURILISH CHIZMALARINI OʻQUVCHILARGA GRAFIK DASTURLAR YORDAMIDA OʻQITISH (AUTO CAD GRAFIK DASTURI VOSITASIDA)

Oʻquvchilarni grafik qobiliyatini hamda qurilish chizmalarini chizish salohiyatini shakillantirishga qaratilgan. Chizmachilik fanini oʻqitishda grafik dasturlar vositasida darslarni tashkil qilinishi dars samaradorligiga erishish uchun xizmat qilmoqda. Chizmachilikda qurilish chizmalarini chizishda grafik dasturlardan Auto CAD grafik dasturi boshqa grafik dasturlarga nisbatan samaradorligi yuqoriligi bilan ajralib turadi. Shu boisdan chizmachilik darslarida grafik dasturlarni axamiyati yuqori hisoblanadi.

Eliyor NURMATOV, Tursunboy YUSUPOV

20-25

2022-06-04

MAKTAB CHIZMACHILIK FANIDA QURILISH CHIZMALARINI OʻQUVCHILARGA GRAFIK DASTURLAR YORDAMIDA OʻQITISH (AUTO CAD GRAFIK DASTURI VOSITASIDA)

Oʻquvchilarni grafik qobiliyatini hamda qurilish chizmalarini chizish salohiyatini shakillantirishga qaratilgan. Chizmachilik fanini oʻqitishda grafik dasturlar vositasida darslarni tashkil qilinishi dars samaradorligiga erishish uchun xizmat qilmoqda. Chizmachilikda qurilish chizmalarini chizishda grafik dasturlardan Auto CAD grafik dasturi boshqa grafik dasturlarga nisbatan samaradorligi yuqoriligi bilan ajralib turadi. Shu boisdan chizmachilik darslarida grafik dasturlarni axamiyati yuqori hisoblanadi.

Eliyor Nurmatov , Tursunboy Yusupov

100-105

2022-05-10

MAKTAB O‘QUV JARAYONIDA TASVIRIY SANʼAT VA CHIZMACHILIK FANLARINI INTEGRATSIYALASH VA SAMARALI TASHKIL ETISHNING PEDAGOGIK MEXANIZMLARI

Ushbu tadqiqot umumiy o‘rta ta’lim maktablarida Tasviriy san’at va Chizmachilik fanlarini samarali tashkil etish va integratsiyalashning pedagogik mexanizmlarini o‘rganishga qaratilgan. Ushbu fanlar fazoviy tafakkur, ijodiy qobiliyat va estetik idrokni rivojlantirishda hal qiluvchi rol o‘ynashiga qaramay, amaldagi o‘quv jarayonlari ko‘pincha eskirgan metodologiyalar va resurslarning yetishmasligi sababli samarasiz bo‘lib qolmoqda. Tadqiqot aralash usullarga asoslangan bo‘lib, 10 ta tajriba maktabida 150 nafar o‘qituvchi va 400 nafar o‘quvchilar orasida so‘rovnomalar o‘tkazildi. Shuningdek, raqamli vositalar va loyihaga asoslangan ta’limga yo‘naltirilgan integratsiyalashgan o‘quv modelini sinovdan o‘tkazish uchun pedagogik eksperiment (n=80) amalga oshirildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, integratsiyalashgan modelning joriy etilishi o‘quvchilarning faolligini 35% ga oshirdi hamda nazorat guruhiga nisbatan fazoviy fikrlash testlarida o‘rtacha 18% ga yaxshilanish kuzatildi. Asosiy xulosalar shuni ta’kidlaydiki, sof reproduktiv usullardan ijodiy, loyihaga yo‘naltirilgan va raqamli texnologiyalar bilan qo‘llab-quvvatlanadigan tashkiliy tuzilmalarga o‘tish zarur. Maqolada o‘quv dasturlarini optimallashtirish, o‘qituvchilarning kasbiy malakasini oshirish va badiiy ifoda bilan texnik aniqlikni samarali sintez qilish bo‘yicha aniq tavsiyalar berilgan.

A.H Abdullayev, Odinaxon Tuychiyeva

127-132

2026-02-12

CHIZMACHILIK KONSTRUKSIYALASH ASOSLARI FANIDA CHIZIQ TURLARI: NAZARIY METODIKA VA AMALIY QO‘LLANISHI

Maqolada chizmachilik konstruksiyalash asoslarida qo‘llaniladigan chiziq turlarining nazariy mazmuni, ularning konstruktorlik grafikalaridagi funksional ahamiyati, GOST va O‘z DSt standartlari bo‘yicha tasnifi hamda ishlab chiqarish jarayonlarida qo‘llanilish mexanizmi ilmiy asosda tahlil qilinadi. Chiziqlar sistemasi yordamida detallar shakli, fazoviy tuzilishi va funksional elementlari aniqlik bilan ifodalanishi ko‘rsatib beriladi. Grafik misollar, jadvallar va texnik standartlar asosidagi ko‘rinishlar orqali chizmani o‘qish va bajarishda chiziqlar turining to‘g‘ri tanlanishining muhimligi yoritiladi. Maqola muhandislik ta’limida grafik savodxonlikni oshirish bo‘yicha didaktik tavsiyalar bilan yakunlanadi.

Shaxzoda Tursunaliyeva

4-7

2025-12-15

CHIZMACHILIK FANINI O'QITISHDA O'QUVCHILARNING KOGNITIV KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISH METODIKASI

Ushbu tezisda chizmachilik fanini o'qitishda o'quvchilarning kognitiv kompetensiyalarini rivojlantirishning samarali metodikasi tahlil qilinadi. Kognitiv kompetensiyalarni shakllantirish jarayonida vizual tasavvur, mantiqiy fikrlash, ijodiy yondashuv va muammolarni hal qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishga alohida e'tibor qaratiladi. Tezisda metodologik asoslar, pedagogik yondashuvlar, amaliy usullar va natijalar tahlil qilinadi.

Sevara Shokirova

137-140

2025-11-30

CHIZMACHILIK FANINI TABAQALASHTIRIB O'QITISH JARAYONIDA KOMPYUTER ANIMATSIYASI VA 3D MODELLASHTIRISHDAN FOYDALANISH

Ushbu maqolada chizmachilik darslarida ham innovatsion texnologiylarni qo'llashning ba'zi usullari  haqida so’z boradi. Chizmachilik darslarida tabaqalashtirilgan ta’lim asosida o‘quvchilarga kompyuter animatsion 3D modellardan foydalanish.

Avaz Shukurov

165-167

2023-02-28

MAKTABLARDA CHIZMACHILIK VA TASVIRIY SAN’AT FANLARINI O‘QITISHNING YANGI USULLARI

Mazkur maqolada chizmachilik fanini umumta’lim maktablarida tashkil etishga doir yangi usullar va uslublarga bag‘ishlanadi. Bundan tashqari, amaliy mashg‘ulotlarda o‘quvchilarning fanga bo‘lgan qiziqishlarini turli innovatsion ta’lim texnologiyalari asosida rivojlantirishga oid tavsiyalar keltiriladi.

Normaxmat Xoldavlatov

7-10

2022-08-08

CHIZMACHILIK DARSLARIDA AMALIY SAN’AT ELEMENTLARIDAN FOYDALANIB TARKIBIDA TUTASHMA ELEMENTLAR QATNASHGAN NAQSH NAMUNALARINI CHIZISH

Ushbu maqolada chizmachilik, amaliy san’at va muhandislik grafikasi fanlarini o’qitishda uzviylik didaktik tamoyil bo’lib, u ta’lim mazmunini ifodalovchi o’quv rejalari, dastur, darsliklarda o’quv materiallarining bir-biri bilan mantiqiy bog’liq bo’lishini, avval o’zlashtirilgan bilimlarga tayangan holda keyingilarini o’zlashtirishga tayyorlashni, bo’lajak mutaxassislarda ta’limning har bir bosqichida ma’lum darajada bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantirilishi xaqida so’z boradi.

Toshpulatov Faxriddin Urolovich

158-162

2022-02-24

CHIZMA GEOMETRIYA FANINING CHIZMACHILIK BILAN UZVIY BOGLIQLIGI,KELIB CHIQISHI HAMDA FANNING TARAQQIYOT BOSQICHLARIDA JAXON OLIMLARINING O’RNI

Ushbu maqolada chizma geometriya fanining  kelib chiqishi, vojlanish tarihi, chizmachilik bilan o’zaro bog’liq ekanligi, fan nazariyalari hamda fanga hissa qo’shgan allomalar haqida batafsil  ma’lumotlar yoritilgan.

Oltinoy Adhamova

1517-1523

2022-12-30

AUTOCAD DASTURIDAN FOYDALANIB TALABALARNING IJODIY IZLANISHLARINI RIVOJLANTIRISH

chizmachilik “texnika tili”, u barcha arxitektorlar, dizaynerlar, konstruktorlar,
muhandis-texnik xodimlar, sanoat, qurilish va qishloq xo‘jaligi sohasida ishlovchi
mutaxasislar va ishchilar uchun yagona tildir. “chizmachilik” fanining muhim mavzularidan
biri bo`lib, proyeksion chizmachilik mavzularini auto cad dasturida bajarish metodikasi
yoritilgan.

Shoxista Sindarova

38-41

2023-04-23

HOZIRGI ZAMONDA CHIZMALAR CHIZISHNING TAKOMILLASHIB BORISHI

Chizmachilik insoniyat tarixining tong otganidan beri ifoda shakli bo'lib kelgan. Primitiv g'or chizmalaridan tortib, Renessansning ajoyib ustaxonalarigacha g'oyalar va his-tuyg'ularni muloqot qilish, voqea va tajribalarni yozib olish, tasavvur chegaralarini tadqiq qilish uchun ishlatilgan. Hozirgi zamonda chizmachilik yanada qulay va xilma-xil bo'lib ketdi. Texnologik yutuqlar san'atkorlarga san'at olamida yangi chegaralarni tadqiq etish imkonini berdi.

Ulhanoy Karimova

7-9

2023-06-15

CHIZMACHILIK FANINI O'QITISHDA ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARINING O'RNI VA AMALIY AHAMIYATI (OTM MISOLIDA)

О‘qituvchi-pеdagoglarning chizmachilik fanini о‘qitishga yо‘naltirilgan mashg‘ulotlar jarayonini noan’anaviy shakllarda tashkil etish, ta’lim jarayonini mukammal andoza asosida loyihalashga erishish, mazkur loyihalardan oqilona foydalana olish kо‘nikmalariga ega bо‘lish ta’lim oluvchilar tomonidan nazariy bilimlarni puxta, chuqur о‘zlashtirilishi, ularda amaliy kо‘nikma va malakalarning hosil bо‘lishining kafolati bо‘la oladi. Mazkur maqolada shu xususida fikr va mulohazalar berib o’tilgan.

Shaxnoza Tojimurotova

37-40

2022-11-30

PROYEKSION CHIZMACHILIKDA CHIZMANING 3D MODELINI VIRTUAL KO’RINISHDA KO’RSATISHNING AHAMIYATI

Maqolada proyeksion chizmachilik fanini o‘zlashtirishda kompyuter texnologiyalari yordamida grafik dasturlardan foydalanib 3 o’lchamli ko’rinishi bilan tasavvurni kengaytirish va duch kelinadigan muammo va kamchiliklarga osonlik bilan baham berish mumkinligi haqida qisqacha takliflar keltirilgan.

Gulmira Xamidova

79-82

2024-11-26

KO’RGAZMALI KO’RSATMALAR ORQALI O’QUVCHILARNING FAZOVIY TASAVVURLARINI YANADA SHAKILLANTIRISH

Ushbu maqolada ko’rgazmali ko’rsatmalar tayyorlash, tayyorlangan ko’rgazmali ko’rsatmalardan chizmachilik darslarida foydalanish uslubiyoti haqida yoritilgan. Bino maketidan chizmachilik darslarida bino, bino fasadi, tom, tom yopmasi, landshaft haqida fazoviy tasavvurlarni shakllantirish usullari ko’rsatib berilgan.

Jasurbek Isakov , Faxriddin Yulbarsov

81-85

2023-12-18

MUHANDISLIK GRAFIKASINI O‘QITISHDA AN'ANAVIY CHIZMACHILIK VA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING UYG‘UNLIGI: MUAMMO VA YECHIMLAR

Ushbu maqolada oliy ta’lim muassasalarida muhandislik grafikasini o‘qitishning zamonaviy muammolari tahlil qilinadi. An’anaviy chizmachilik uslublari va raqamli CAD texnologiyalarini uyg‘unlashtirish orqali talabalarning fazoviy tasavvurini rivojlantirish metodikasi taklif etiladi

Gulshan Sultanova

35-36

2026-03-24

TASVIRIY SAN'AT FANINI O‘QITISH VA O‘QUVCHILARDAGI RASSOMLIKKA QIZIQISHINI ORTTIRISH

Bu maqolada tasviriy san'at fanini o‘qitishning va o‘quvchilardagi rassomlikka qiziqishni orttirishning muhimligi ko‘rsatiladi. Maqolada tasviriy san'atning turli xil usullari, ularning tarixi va kelajakdagi ahamiyati haqida ma'lumot beriladi.  Maqolada tasviriy san'atning o‘qitilishida amaliy mashg‘ulotlar, darsliklar va o‘quv materiallarini tuzishda qanday yordam kerakligi haqida fikr bildiriladi. Bundan tashqari, tasviriy san'at fanini o‘qitishida o‘quvchilarni rassomlikka qiziqishini orttirishning muhimligi ham ta'kidlanadi. Maqolada tasviriy san'at o‘quvchilarda rassomlikka qiziqishni orttirishning turli xil usullari, misollar bilan ko‘rsatiladi. Bunday usullar orasida, o‘quvchilarni ijodiy fikrlashga, tasviriy xarakterli nutqni tushunishga, fikr-mulohazalarni ifodalashga yordam beruvchi mashqlar keltiriladi.

Malohat Baltabayeva

21-26

2023-07-10

CHIZMА GЕОMЕTRIYА MАSHG’ULОTLАRIDА PARALLEL HARAKATLANTIRISH USULINI О’RGАTISHDА ZАMОNАVIY TЕHNОLОGIYАLАRNI QО’LLАSH MЕTОDIKАSI

Ushbu chizmа gеоmеtriyа mаshg’ulоtlаridа parallel harakatlantirish  usulini о’rgаtishdа zаmоnаviy tеhnоlоgiyаlаrni qо’llаsh mеtоdikаsi nomli tezisning dolzarbligi shundaki bugungi kundа chizmа gеоmеtriyа dаrslаridа о’quvchilаrni ijоdiy jаrаyоngа о’quv jаrаyоnidа kоmyutеr vа аxbоrоt tеxnоlоgiyаlаridаn fоydаlаnish hоzirgi kunning dоlzаrb usullаridаn hisоblаnаdi chizmа gеоmеtriyа dаrslаridа multimеdiyаdаn fоydаlаnib, оrtоgаnаl prоеksiyаlаrni qаytа tuzish usullаrini kо’rsаtib bеrish,  tаlаbаlаrdа ijоdiy jаrаyоngа yо`nаltirish, fаzоviy tаsаvvurni rivоjlаntirish, mаntiqiy fikrlаsh, gеоmеtrik о‘lchаsh vа yаsаshning аmаliy usullаrini о‘rgаnish imkоniyаtlаrini bеrаdi.  Аsоsiysi, multimеdiyа dаsturi аsоsidа (аnimаtsiyа)lаrdаn fоydаlаnilgаn hоldа chizmа chizish, diаgrаmmа, jаdvаl kо‘rinishidаgi mа’lumоtlаrni о‘qish qоbiliyаtini rivоjlаntirаdi, mustаqil о‘qish vа о‘rgаnishgа imkоniyаt yаrаtаdi.

Dilsuza Jamilova

127-128

2025-05-12

1 - 25 of 39 items 1 2 > >> 

Indexing

butom

Requirements Editorial Board Politics Send the material

Language

  • English
  • Uzbek (latin)
  • Русский

Developed By

Open Journal Systems

CONTACT

Republic of Uzbekistan, Tashkent, st. Shirin 53, 100131


(+998) 935692306


info@in-academy.uz


© Copyright 2021-2023 «Innovative Academy RSC» LLC. All Rights Reserved

Innovative Academy