Innovative Academy
  • Регистрация
  • Вход
  • En
  • Ўз
  • Ру

Innovative Academy

  • Журналы
    • Евразийский журнал академических исследований
    • Евразийский журнал медицинских и естественных наук
    • Евразийский журнал социальных наук, философии и культуры
    • Евразийский журнал права, финансов и прикладных наук
    • Евразийский журнал математической теории и компьютерных наук
  • Новые журналы
    • Центральноазиатский журнал образования и инноваций
    • Евразийский журнал технологий и инноваций
    • Бюллетень педагогов нового Узбекистана
    • Бюллетень студентов нового Узбекистана
  • Конференции
    • Наука и технология в современном мире
    • Прикладные науки в современном мире: проблемы и решения
    • Естественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования
    • Инновационные исследования в современном мире: теория и практика
    • Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования
    • Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования
  • Объявления
    • Как написать научную статью?
    • Вопросы о докторантуре и ответы на них
    • «Eng yaxshi ilmiy maqola» tanlovi
    • Xirsh indeksi nima va uni qanday oshirish mumkin?
    • «Faol hamkor» aksiyasi
    • «In Ambassador» jamoasi
    • atm

Найти

Расширенные фильтры

Результаты поиска

JISMONIY SHAXSLARDAN OLINADIGAN DAROMAD SOLȊI

Mazkur  maqolada  O‘zbekiston  Respublikasining  soliq qonunchiligiga  ko‘ra  jismoniy shаxslardan olinadigan daromad solig‘i tarkibi, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i mexanizmini takomillashtirishda xorijiy mamlakatlarning ilg‘or tajribalari, jumladan, Fransiya soliq tizimida soliq to‘lovchilar daromadi kategoriyalari, AQSH soliq tizimi, Yaponiyada jismoniy shaxslar daromad solig‘i stavkalari, rivojlangan mamlakatlarda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining budjet daromadlari tarkibida yetakchi o‘rin egallashidagi sabablari ko‘rib o‘tilgan. Shuningdek, iqtisodchi olimlarning tadqiqotlari o‘rganilgan va ilmiy qarashlari  ochib

Saydullayeva Gulshan

87-90

2025-03-31

JISMONIY SHAXSLARDAN OLINADIGAN DAROMAD SOLIG’INING HISOBOTINI AVTOMATLASHTIRISH ORQALI SOLIQ TO’LOVCHILARGA YENGILLIK YARATISH

Maqolada jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'ini hisobotini avtomatlashtirish orqali soliq to'lovchilarga qulaylik yaratish masalalari ko'rib chiqiladi. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’ini davlat budjetida tutgan o’rni va soliq hisobotini avtomatlashtirish tufayli soliq yig’ilishiga va tushumiga qilgan ta’siri o’rganiladi. O'zbekistonda soliq tizimida hisobotni elektron tarzda topshirishning joriy etilishi hamda soliq to’lovchilarga qulay xizmatlar, imtiyozlar va chegirmalardan foydalanish uchun video qo’llanmalar ishlab chiqish soliq to’lovchilar orasida targ’ib qilish va shu bilan birga amalga oshirilayotgan islohotlar tahlil qilinadi. Bundan tashqari soliq hisobotlarini avtomatlashtirish orqali soliq to’lovchilarda soliq to’lash madaniyatini yaxshilashdagi o’rni va davlat budjetiga soliq tushumini oshirishga qo’shgan roli haqida xulosalar beriladi va kelgusida amalga oshirish uchun takliflar ham berib o’tiladi

Abror Ibodullayev , Asrorbek Umaraliyev

190-194

2025-05-31

PIYOZ YETISHTIRISHDA XARAJATLAR, DAROMAD VA RENTABELLIK KOʻRSATKICHI TAHLILI

Mazkur tezisda O‘zbekiston Respublikasida piyoz yetishtirish jarayonida amalga oshiriladigan moddiy, mehnat va moliyaviy xarajatlar, olinadigan sof daromad va ishlab chiqarishning rentabellik darajasi o‘rganiladi. Shuningdek, turli hududlarda hosildorlikka qarab rentabellik ko‘rsatkichlarining o‘zgarishi, xarajatlarning tuzilishi va foyda olish omillari iqtisodiy jihatdan tahlil qilinadi.

Suyunov Shohzodbek Murod o'g'li

144-146

2025-05-31

MAHALLIY BYUDJET DAROMAD MANBALARI VA UNDA SOLIQLARNING RO’LI

Ushbu maqolada mahalliy byudjetlarning mohiyati, Oʼzbekiston Respublikasida mahalliy byudjetlarning tuzilmasi va tarkibi, shuningdek, mahalliy byudjetlarning daromadlari tarkibi, va uning daromad manbalari haqida so’z yuritilgan. Mahalliy byudjet daromadlarida soliqlarning roli qay darajada ekanligi ilmiy amaliy yoritib berilgan.

Samadova Zarina Zafarjon qizi

13-22

2023-09-07

SUN’IY INTELLEKT: TUSHUNCHASI, RIVOJLANISHI VA QO‘LLANISH MAKONLARI

Ushbu maqola sun’iy intellekt (SI)ning tushunchasi, tarixiy rivojlanishi, zamonaviy qo‘llanilishi va iqtisodiy imkoniyatlarini keng qamrovli tarzda o‘rganadi. SI inson intellektiga taqlid qiluvchi mashinalar yaratishga qaratilgan fan bo‘lib, 1956-yilda Jon Makkarti tomonidan Dartmouth kollejida asos solingan. 2012-yilda chuqur o‘rganilib, 2017-yilda transformer arxitekturasi yutuqlari bilan rivojlanib, 2020-yillarda keng tarqalgan. Maqolada SI’ning aqlli qidiruv tizimlari, tavsiya tizimlari, tabiiy tilni tushunish, avtomatik boshqaruv, mobil ilovalar integratsiyasi, turli SI turlari (ChatGPT, Midjourney, GitHub Copilot va boshqalar) va daromad manbai sifatidagi qo‘llanilishi batafsil ko‘rib chiqiladi.

Dilshod Maxmudov

51-53

2025-07-17

AHOLI TURMUSH FAROVONLIGI

Aholi turmush farovonligi — shaxslarning iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik jihatdan xavfsiz, barkamol va qoniqarli hayot tarzini yuritishi imkoniyatidir. Bu tushuncha faqatgina daromad yoki mahsulot hajmi bilan emas, balki inson kapitali, salomatlik, ta’lim, bandlik va ijtimoiy adolat kabi omillarni ham o‘z ichiga oladi. Zamonamizda an’anaviy iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichlari bilan cheklanib qolmasdan, odamlar yashash sifatining mustahkamlanishiga yo‘naltirilgan siyosat markazida turmoqda. Shu ma’noda, O‘zbekistonda ham davlat strategiyalari — xususan, “Inson qadri uchun” tamoyili asosida — aholining turmush darajasini yaxshilashga qaratilgan.

Xodjaniyazov Shohruh Yuldashevich

55-57

2025-11-18

DIVIDENDLAR VA FOIZ DAROMADLARI HISOBINING MOLIYAVIY HISOBOTLARDAGI AKS ETTIRILISHI

Ushbu tezisda aksionerlik jamiyatlari va boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlar moliyaviy faoliyatida muhim o‘rin tutuvchi dividendlar va foiz daromadlarining buxgalteriya hisobida yuritilishi hamda moliyaviy hisobotlarda to‘g‘ri aks ettirilishi masalalari yoritilgan. Foiz va dividend shaklidagi passiv daromadlar korxonaning investitsiya faoliyati natijasi sifatida shakllanib, umumiy daromad tuzilmasining ahamiyatli qismini tashkil etadi. Tezisda ularning buxgalteriyadagi aks ettirilish tartibi, hisobot shakllarida ifodalanishi, soliq hisobidagi o‘ziga xosliklari va ularning moliyaviy natijalarga ta’siri amaliy yondashuv asosida bayon qilingan.

O‘ktamjonov Javohir O‘tkir o‘g‘li

11-12

2025-05-19

DAVLAT BUDJETI DAROMAD VA XARAJATLARIDA MOLIYAVIY NAZORAT USULLARIDAN SAMARALI AMALGA OSHIRISH YO`LLARI

Davlat moliyasi —bu davlatning iqtisodiy va moliyaviy resurslarini boshqarish, daromad va xarajatlarni tartibga solish hamda davlatning iqtisodiy siyosatini amalga oshirishga yordam beruvchi  jarayonlar to‘plamidir. Davlat moliyasi davlatning iqtisodiy faoliyatini moliyaviy nuqtai   nazardan   boshqaradi   va   davlat   tomonidan   olib   boriladigan   barcha   moliyaviy operatsiyalarni o‘z ichiga oladi. Bu, birinchi navbatda, davlatning byudjeti, soliqlar, davlat qarzi va moliya siyosati kabi sohalarni o‘z ichiga oladi.

Bayaliyeva Perizat Saparaliyevna

98-100

2025-09-23

BANK AKTIV OPERATSIYALARINI DIVERSIFIKATSIYA QILISH ORQALI RISKLARNI KAMAYTIRISHNI TAKOMILLASHTIRISH

Banklarning moliyaviy barqarorligini ta'minlash va tavakkalchiliklarni minimallashtirishda aktiv operatsiyalarni diversifikatsiya qilish muhim strategik vosita hisoblanadi. Ushbu maqolada bank aktivlari bilan bog‘liq risklar, ularning turlari va diversifikatsiya orqali ushbu risklarni kamaytirish usullari tahlil qilinadi. Diversifikatsiya kredit portfelini turli tarmoqlarga, geografik hududlarga va moliyaviy instrumentlarga taqsimlash orqali amalga oshiriladi. Bu usul bir segmentdagi yo‘qotishlarni boshqa segmentlardagi daromad bilan qoplash imkonini beradi. Shuningdek, maqolada risklarni oldindan baholash, optimal portfel yaratish va doimiy monitoring jarayonlari diversifikatsiyani yanada samarali qilish uchun muhim ekanligi ta'kidlanadi. Innovatsion texnologiyalar, sun'iy intellekt va katta hajmdagi ma'lumotlar tahlili banklarga tezkor qaror qabul qilishda yordam beradi. Xulosa o‘rnida, banklarning diversifikatsiya strategiyasini takomillashtirishi nafaqat ularning moliyaviy barqarorligini mustahkamlash, balki butun bank tizimining sog‘lom rivojlanishiga xizmat qilishi ta'kidlanadi. Ushbu yondashuv bozor o‘zgarishlariga moslashish, yo‘qotishlarni minimallashtirish va uzoq muddatli barqaror daromad olish uchun muhim ahamiyatga ega.

Sobirov Baxodir Xamdamovich

75-78

2025-04-29

TIJORAT BANKLARIDA MHXS ASOSIDA DAROMADLAR VA XARAJATLAR HISOBINING TASHKILIY MASALALARI

Ushbu materialda banklarda daromadlar va xarajatlarni shakllantirish, uni hisobga olish, bank faoliyati natijalari hisobini o’rganish hamda takomillashtirish, tijorat banklarida mhxs asosida daromadlar va xarajatlar hisobining tashkiliy masalalari ko‘rib chiqilgan.

Foziljon Yusubjanov

55-56

2024-04-30

“IJTIMOIY SOHANI RIVOJLANTIRISH: TURMUSH DARAJASINI OSHIRISH VA BARQAROR RIVOJLANISH YO‘NALISHLARI”

Mazkur tadqiqotda ijtimoiy sohani rivojlantirish va aholining turmush darajasini oshirish masalalari kompleks tarzda o‘rganilgan. Tadqiqot doirasida xalqaro va mahalliy tajribalar tahlil qilinib, aholining farovonligini baholash uchun asosiy ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlar tizimi aniqlangan. Xususan, tug‘ilish va o‘lim darajasi, ta’lim va sog‘liqni saqlash xizmatlari sifati, daromad va xarajatlarning muvozanati kabi indikatorlarning bugungi holati batafsil tahlil qilingan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, O‘zbekistonda ijtimoiy sohaga oid amalga oshirilayotgan islohotlar turmush darajasini oshirishda muhim o‘rin tutmoqda. Xususan, ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalarida innovatsion texnologiyalarni joriy etish, aholining davlat xizmatlariga bo‘lgan ishonchini oshirish va ekologik barqarorlikni ta’minlashga doir chora-tadbirlar samaradorligi ta’kidlangan. Shu bilan birga, hududiy farqlarni kamaytirish, norasmiy bandlikni legallashtirish va ijtimoiy xizmatlarni teng taqsimlashga oid muammolar mavjudligi qayd etilgan. Tadqiqot davomida raqamli texnologiyalarni keng joriy etish, ta’lim va sog‘liqni saqlash tizimlarining sifatini oshirish, yashil energetika sohasida investitsiyalarni ko‘paytirish kabi takliflar ilgari surilgan.Tahlillardan kelib chiqib, ijtimoiy sohani yanada rivojlantirish va barqaror rivojlanishni ta’minlash uchun innovatsion yondashuvlarni keng qo‘llash va xalqaro tajribalarni mahalliy sharoitga moslashtirish muhim ekanligi xulosa qilinadi.

Eshmamat Jumanov

1251-1255

2025-01-10

RESPUBLIKAMIZDA AGROTURIZMNI RIVOJLANTIRISH IMKONIYATLARI

Turizm sohasi bugungi kunda dunyodagi eng katta sanoat turi hisoblanadi. Turizm hozirda dunyo bo’ylab har yili bir yarim milliarddan ortiq kishini sayohat qildirib, sohaning pul aylanmasi 1 trillion dollardan oshib ketgan. Turizmdan keladigan daromad dunyodagi ayrim davlatlarning yalpi ichki maxsulotida 50-60 foizni tashkil qiladi. Mazkur maqolada agroturizmning iqtisodiy rivojlanishdagi ahamiyati, mamlakatimizda agroturizm sohasini rivojlantirish bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil etilgan. Rivojlangan xorijiy davlatlarning huquqiy qiyosiy tahlillari hamda ilg’or tajribasi asosida yurtimizda agroturizmni rivojlantirish bo’yicha takliflar keltirilgan.

Yuldasheva Hafizaxon, Jo’raboyev Muhammadabdulloh

216-223

2023-04-28

XORIJIY INVESTORLARNI KAPITAL BOZORI ORQALI KAPITAL JALB QILISHNING JAHON TAJRIBASI

Kapital jalb qilishda fond bozorining ahamiyati va o‘rni haqida to‘xtalishdan avval kapital atamasining mohiyatiga to‘xtalib o‘tamiz. Kapital atamasiga o‘zbek tilining izohli lug‘atida «(nem. Kapital; lot. Capitalis - bosh, asosiy), sarmoya - keng ma’noda - o‘z egasiga daromad keltirish xususiyatiga ega bo‘lgan jami vositalar va mablag‘lar; yangi qiymat keltiruvchi, o‘zini o‘zi ko‘paytiruvchi qiymat. Tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarish uchun kishilar tomonidan yaratilgan resurslar; tor ma’noda — ishlab chiqarish vositalari ko‘rinishidagi ishga qo‘yilgan, ishlab turgan daromad manbai»[1] - deb ta’rif berilgan.

 

Xoshimov Toxirjon Tolibjon o‘gli

111-113

2024-01-31

XORIJ TAJRIBASI ASOSIDA SOLIQ IMTIYOZLARI ASOSIDA SOLIQQA TORTISH TIZIMI

Ushbu maqolada bugungi kunda xorij tajribasi asosida soliq imtiyozlari asoisda tortishtizimi faoliyatini soliqqa tortishning o‘ziga xos xususiyatlari ochib berilgan. Bunda, keng ko‘lamadagi soliq chegirmalaridan keng foydalanish, foizli daromad olish bilan bog‘liq foizli xarajatlar bo‘yicha cheklovsiz chegirmalarni taqdim etilishi, bank faoliyati bank faoliyati bilan bog‘liq asosiy operatsiyalarni QQS to‘lashdan ozod qilinishi. O‘zbekiston sharoitida Global moliyaviy inqirozni kelib chiqish sabablari va uning oqibatlarini bartaraf etishda bank sektorini tartibga solish va soliqqa tortish o‘rtasidagi mavjud bo‘lgan muammolarga bag‘ishlangan.

Komila Achilova

154-157

2024-12-28

KORXONALARNI DAROMADLARI VA XARAJATLARINI BOSHKARISHNI TAKOMILLASHTIRISH

Ushbu tezisda korxonalarning daromadlari va xarajatlarini boshqarishni takomillashtirish masalalari tahlil qilinadi. Daromad va xarajatlarni nazorat qilish, monitoring mexanizmlari hamda byudjetlash va moliyaviy hisobot tizimlari orqali korxonalarning moliyaviy barqarorligini oshirishga qaratilgan amaliy yechimlar taqdim etiladi. Shu bilan birga, zamonaviy tadqiqotlardan olingan ma’lumotlar asosida daromad-xarajat boshqaruvi jarayonida yuzaga keladigan muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot korxonalar rahbarlari, moliyaviy bo‘lim mutaxassislari va biznes menejerlari uchun amaliy jihatdan foydali bo‘lishi maqsad qilingan.

Aymuxammedova Amina Kakajanovna

133-136

2025-11-12

XORIJIY INVESTORLARNI KAPITAL BOZORI ORQALI KAPITAL JALB QILISHNING JAHON TAJRIBASI

Kapital jalb qilishda fond bozorining ahamiyati va o‘rni haqida to‘xtalishdan avval kapital atamasining mohiyatiga to‘xtalib o‘tamiz. Kapital atamasiga o‘zbek tilining izohli lug‘atida «(nem. Kapital; lot. Capitalis - bosh, asosiy), sarmoya - keng ma’noda - o‘z egasiga daromad keltirish xususiyatiga ega bo‘lgan jami vositalar va mablag‘lar; yangi qiymat keltiruvchi, o‘zini o‘zi ko‘paytiruvchi qiymat. Tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarish uchun kishilar tomonidan yaratilgan resurslar; tor ma’noda — ishlab chiqarish vositalari ko‘rinishidagi ishga qo‘yilgan, ishlab turgan daromad manbai»[1] - deb ta’rif berilgan.

 

 

Raimov Toxir Ergashevich

16-18

2023-04-12

O‘ZBEKISTONDA ISHSIZLIKNI KAMAYTIRISH YO’LLARI

Ishsizlik va u bilan bog’liq muammolar mehnat bozoridagi ijtimoiy- mehnat munosabatlarining asosiy mazmunini tashkil qiladi. Ishsizlik muammosini o’rganishdan asosiy maqsad aholining ish bilan bandligini yaxshilash orqali mamlakat ishlab chiqarishini kengaytirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga aloqador tadbirlar ishlab chiqishdan iborat. Jamiyatdagi ishsizlik darajasini pasaytirish uchun qo’shimcha ishchi o’rinlarini yaratish, ularni ishga tushirish aholining tabiiy o’sishidan orqada qolmasligi kerak. Iqtisodiy nuqtai nazardan ishsizlik deganda — ishchi kuchining ish joyi bilan ta`minlanmaganligi va natijada, uning biron-bir qonuniy daromad manbaiga ega bo’lmasligining muayyan (aniq) holati tushuniladi. Demak, ishsizlikni kamaytirish kambag’allikni qisqartirish yo’llaridan biridir.

Musurmankulova Gulchexra Isabekovna

550-554

2024-07-31

PANEL MA’LUMOTLAR ASOSIDA O‘ZBEKISTON TIJORAT BANKLARIDA VOSITACHILIK XIZMATLARI HAJMINING SAMARADORLIKKA TA’SIRI

Mazkur tezisda O‘zbekiston tijorat banklari misolida vositachilik xizmatlari hajmining samaradorlik ko‘rsatkichlariga ta’siri panel ma’lumotlar yondashuvi asosida tahlil qilinadi. Empirik dizayn asosiy vositachilik ko‘rsatkichlari sifatida aktivlarda kreditlar ulushi va passivlarda depozitlar ulushini, nazorat o‘zgaruvchilari sifatida sof foiz marjasi, xarajat/daromad nisbati hamda bank hajmini qamrab oladi. Model tarkibida bankga xos o‘zgarmas xususiyatlarni yutish uchun individual fiks-effektlar va yil shoklarini ushlash uchun vaqt fiks-effektlari kiritiladi. Natijalar mantiqan shuni ko‘rsatadiki, kredit va depozit vositachiligi samaradorlik bilan ijobiy bog‘liq bo‘lishi kutiladi, biroq bu bog‘liqlik foiz marjasi va operatsion samaradorlik sharoitlari bilan chegaralanadi. Tadqiqot xulosalari bank boshqaruviga intermedatsiya strategiyasini xarajat intizomi va barqaror depozit bazasi bilan uyg‘unlashtirish zarurligini ko‘rsatadi.

Mirahmedov Jasur Isroilovich

85-88

2025-10-31

INTELLEKTUAL STRATEGIYALARI MULKNI TIJORATLASHTIRISH VA LITSENZIYALASH

Ushbu tezisda intellektual mulkni tijoratlashtirish va litsenziyalash jarayonlarining zamonaviy innovatsion iqtisodiyotdagi strategik ahamiyati keng yoritiladi. Intellektual mulk (IM) — bugungi kunda korxonalar raqobatbardoshligini belgilovchi asosiy resurslardan biri sifatida namoyon bo‘lmoqda. Ayniqsa, texnologiyalar tez yangilanayotgan davrda IMni samarali boshqarish, uni iqtisodiy qiymatga aylantirish, bozorga chiqarish va undan daromad olish mexanizmlarini chuqur o‘rganish zaruriyati ortib bormoqda. Mazkur tadqiqot IMni tijoratlashtirish shakllari, litsenziyalash turlari, ularning huquqiy asoslari hamda korxonalar uchun afzalliklari va xavflari bo‘yicha batafsil tahlilni o‘z ichiga oladi. Shuningdek, kompaniyalar IM strategiyasini ishlab chiqishda duch keladigan muammolar, ularni hal etish yo‘llari, global tajriba va istiqboldagi tendensiyalar ko‘rib chiqiladi. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, IMni to‘g‘ri tijoratlashtirish korxonalarga qo‘shimcha daromad, investitsiya jalb qilish, raqobatbardoshlikni oshirish va texnologik ustunlikni shakllantirish imkonini beradi.

Lutfullayev Muhibulloh

15-17

2025-11-27

DAVLAT BYUDJETI SOLIQLI DAROMADLARINING SAMARALI IJROSINI TA'MINLASH: XALQARO TAJRIBA VA TAKOMILLASHTIRISH YO‘NALISHLARI

Davlat byudjeti har qanday davlatning iqtisodiy siyosatini amalga oshirishdagi asosiy moliyaviy vositadir. Uning daromad qismining barqaror va samarali ijrosi esa davlatning makroiqtisodiy barqarorligi, ijtimoiy infratuzilma rivoji, ijtimoiy himoya tizimi va strategik loyihalarni moliyalashtirishda hal qiluvchi ahamiyatga ega. Soliqlar davlat byudjetining eng muhim va asosiy daromad manbai hisoblanadi. Shu bois, soliqli daromadlarning to‘liq va o‘z vaqtida ijro etilishi, soliqqa tortish bazasining kengaytirilishi va soliq intizomini mustahkamlash har bir mamlakat oldida turgan ustuvor masalalardan biridir.

Abduraimova Fazilat Hikmatulla qizi

51-53

2025-09-30

MATEMATIKANING IQTISODIYOTDAGI ROLI

Matematika, asosan, iqtisodiy tizimlarni tahlil qilishda, iqtisodiy jarayonlarni modellashtirishda va turli iqtisodiy parametrlar o‘rtasidagi bog‘liqliklarni aniqlashda keng qo‘llaniladi. Iqtisodiy tizimlar juda murakkab va turli omillar tomonidan boshqariladi, shuning uchun ularni matematik modellashtirish orqali tizimli va aniq tahlil qilish mumkin. Bu yerda matematik funksiyalar muhim rol o‘ynaydi, chunki ular turli iqtisodiy o‘zgaruvchilar (masalan, narxlar, talab, taklif, ishlab chiqarish, daromad) o‘rtasidagi munosabatlarni ifodalaydi.

Ixtiyor Raxmonov

328-331

2024-12-28

RESPUBLIKADA KICHIK BIZNES VA TADBIRKORLIKNI MOLIYALASHTIRISH ORQALI BANDLIKNI TA’MINLASHNI EKONAMETRIK MODELI

Ushbu Tadqiqot jarayonida Respublika bo‘yicha kichik bizneslar va tadbirkorlik sohasidagi ma’lumotlar to‘plami, shu jumladan daromad, ishlab chiqarish miqdori, inflatsiya darajasining o‘zgarishi, moliyaviy sohalarning rivojlanishi, siyosiy va iqtisodiy ko‘rsatkichlar to‘plami, boshqa moliyaviy va iqtisodiy faktorlar kiritilgan. Model yaratilgandan so‘ng olingan natijalar tahlil qilinadi va ularning kichik bizneslar va tadbirkorlik sohasidagi bandlikni ta’minlashga o‘z ta’siri o‘rganiladi.

Tursunova Manzuraxon Xojiakbar qizi, Shakirova Nigora Axralovna

180-183

2024-05-16

TURISTIK KORXONALARDA INVESTITSIYALARNI BOSHQARISH JARAYONLARINING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Bugungi kunda dunyo bo’yicha xususan, O’zbekistonda ham turizmga alohida e’tibor qaratilmoqda va kundan kunga rivojlanib bormoqda. Ushbu maqolada turistik firmalarning turizam bozoridagi ahamiyati va turistik korxonalaridagi investitsiyalar haqida ma’lumotlar berilgan.

Arzimatov Bobimirzo Zokirjon o’g’li

22-25

2022-12-07

PROBLEMS AND THEIR SOLUTIONS PECULIAR TO SHASHMAKAM YESTERDAY AND TODAY

In this article, the speech goes on about the today problems of the masterpiece of Uzbek classical art – Bukhara Shashmakom and the ways to solve them. Educational systems are designed to work with musical notation and thereby improve the musical literacy of future musicians and singers.

Rustam Baltaev

19-25

2025-01-07

O‘ZBEKISTONDA MEVA-SABZAVOT MAHSULOTLARI BOZORINING HAJMI VA UNING RIVOJLANISHI

Mamlakatimiz iqtisodiyotida qishloq xo‘jaligi eng ustivor va muhim salohiyatga ega bo‘lgan tarmoq xisoblanadi. Shunga ko‘ra yildan yilga unga bo‘lgan e’tibor va uning istiqboli uchun muhim qarorlar va imkoniyatlar yaratib berilmoqda. Ularning samarasi o‘laroq, bugungi kunda qishloq xo‘jaligi maxsulotlari ishlab chiqarish hajmi milliy ite’moldan bir necha barobar oshdi.

Minojidinov Abdulvosid

99-102

2023-10-20

1 - 25 из 133 результатов 1 2 3 4 5 6 > >> 

Индексация

Zenodo
WorldCat
Universal Impact Factor
SJIFactor
SIS
ROAD
Researchbib
OpenAIRE
Open Access
ISSN
Internet Archive
Index Copernicus
Google Scholar
DataCite
DOI
DRJI
CiteFactor
Advanced Science Index

butom

Требования Редакционный совет Политика Отправить материал

Язык

  • English
  • Uzbek (latin)
  • Русский

Разработано

Open Journal Systems

CONTACT

Republic of Uzbekistan, Tashkent, Amir Temur Avenue 120/30, 100017


(+998) 935692306


info@in-academy.uz


© Copyright 2021-2024 «Innovative Academy RSC» LLC. All Rights Reserved

Innovative Academy