Fermentatsiyalangan ichimliklar insoniyat madaniyatida uzoq tarixga ega bo‘lib, ular nafaqat ovqatlanish ratsionini boyitadi, balki probiyotik xususiyatlari tufayli sog‘liqni mustahkamlashda ham muhim ahamiyatga ega. Mahalliy xomashyolar, jumladan, meva, sabzavot, don va boshqa tabiiy resurslar asosida fermentatsiyalangan ichimliklar yaratish iqtisodiy jihatdan ham samarali bo‘lib, yangi ichimlik turlarini ishlab chiqarish imkoniyatini beradi. Ushbu maqolada don mahsulotlari asosida tayyorlanadigan sutli ichimliklarning oziq-ovqat sanoatidagi ahamiyati, ularning tayyorlanish texnologiyasi, biologik qiymati va sog‘liq uchun foydasi o‘rganilgan. Arpa, suli, bug‘doy, makkajo‘xori kabi donlar asosida fermentatsiya, pishirish va emulsiya usullarida tayyorlangan ichimliklarning tarkibiy xususiyatlari tahlil qilingan. Mahsulotning funksional xususiyatlari, vitamin-mineral tarkibi va probiotik ahamiyati haqida ilmiy manbalar asosida xulosa chiqarilgan.