Innovative Academy
  • Register
  • Login
  • En
  • Ўз
  • Ру

Innovative Academy

  • Journals
    • Eurasian Journal of Academic Research
    • Eurasian Journal of Medical and Natural Sciences
    • Eurasian Journal of Social Sciences, Philosophy and Culture
    • Eurasian Journal of Law, Finance and Applied Sciences
    • Eurasian Journal of Mathematical Theory and Computer Sciences
  • New Journals
    • Central Asian Journal of Education and Innovation
    • Eurasian Journal of Technology and Innovation
    • Bulletin of pedagogs of new Uzbekistan
    • Bulletin of students of new Uzbekistan
  • Conferences
    • Science and technology in the modern world
    • Applied Sciences in the modern world: problems and solutions
    • Natural Sciences in the modern world: theoretical and practical research
    • Innovative research in the modern world: theory and practice
    • Pedagogy and psychology in the modern world: theoretical and practical research
    • Social Sciences in the modern world: theoretical and practical research
  • Announcements
    • Ilmiy maqola qanday yoziladi?
    • Questions and answers to doctoral studies
    • «Eng yaxshi ilmiy maqola» tanlovi
    • What is the Hirsch index and how to increase it?
    • atm

Search

Advanced filters

Search Results

TA'LIM JARAYONIDA MAKTAB O'QUVCHILARINING FIKRLASH FAOLLIGINI OSHIRISH METODIKASI

Ushbu maqolada maktab o'quvchilarining fikrlash faolligini oshirish metodikalari, mustaqil fikrlash, ijodiy fikrlash, tanqidiy fikrlashni rivojlantiruvchi usullar haqida so'z boradi. Kollaborativ o'qitish, muammoli vazifalar, savol-javoblar, muhokamalar, ijodiy faoliyat, loyiha asosida ishlashning o'quvchilar fikrlash faolligini oshirishdagi o'rni yoritib beriladi. Maktab o'quvchilarining fikrlash jarayoni haqidagi olimlarning fikrlari,

Shahnoza To’liboyeva

40-42

2025-06-18

IKKINCHI TILNI O‘RGANISH ORQALI BOLALARDA MUSTAQIL VA IJODIY FIKRLASH KO‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH

Ikkinchi tilni o‘rganish bolalarda nafaqat lingvistik ko‘nikmalarni rivojlantirishga, balki mustaqil va ijodiy fikrlash qobiliyatini shakllantirishga ham xizmat qiladi. Mustaqil fikrlash bolalarga o‘z o‘rganish jarayonini boshqarish, yangi bilimlarni tahlil qilish va ulardan samarali foydalanish imkonini beradi, ijodiy fikrlash esa muammolarga noodatiy yondashish, yangi g‘oyalar yaratish va o‘z ifodalarini erkin yetkazishga yordam beradi. Ushbu tezis ikkinchi tilni o‘rgatish jarayonida bolalarda mustaqil va ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan pedagogik strategiyalarni tahlil qiladi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, interaktiv mashqlar, loyiha ishlari va reflektiv vazifalarni darsga integratsiya qilish nafaqat tilga bo‘lgan qobiliyatni oshiradi, balki bolalarning intellektual va kognitiv rivojlanishiga ham katta hissa qo‘shadi.

Hurshida Quchqorova

30-32

2025-11-12

TIBBIYOT OLIY TA’LIM MUASSASALARI TALABALARIDA AUTENTIK MATERIALLAR ORQALI MANTIQIY TAFAKKURNI RIVOJLANTIRISH

Ushbu maqola oliy tibbiyot muassasalari talabalarining mantiqiy tafakkurini haqiqiy materiallardan foydalanish orqali rivojlantirishni o'rganadi. Haqiqiy materiallar tibbiy amaliyotning murakkabligi va qiyinchiliklarini aks ettiruvchi real hayot manbalari va stsenariylariga ishora qiladi. Tibbiy ta'limda haqiqiy materiallarning integratsiyalashuvi tanqidiy tahlil qilish, muammolarni hal qilish va dalillarga asoslangan qarorlar qabul qilish imkoniyatini yaratib, talabalarning mantiqiy fikrlash qobiliyatini oshiradi. Maqolada haqiqiy materiallarni o'z ichiga olishning turli strategiyalari muhokama qilinadi, masalan, vaziyatga asoslangan fikrlash, real dunyo simulyatsiyalari, fanlararo yondashuvlar va aks ettiruvchi yozish. Bu mantiqiy fikrlashni rivojlantirishga yordam berishda murabbiylik, texnologiya integratsiyasi va doimiy baholashning muhimligini ta'kidlaydi. Topilmalar o‘quvchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantiruvchi, ularni tibbiyot kasbining murakkabliklariga tayyorlaydigan qulay o‘quv muhitini yaratish muhimligini ta’kidlaydi.

Zebo Nematova

176-186

2024-06-20

TA'LIM JARAYONIDAMULOQAT ORQALI ONGLI FIKRLASHNI SHAKLLANTRISHNING PEDAGOGIK ASOSLARI

Mazkur maqolada ta’lim jarayonida muloqot orqali o‘quvchilarda ongli fikrlashni shakllantirishning pedagogik asoslari yoritilgan. Unda zamonaviy ta’lim sharoitida mustaqil va tanqidiy fikrlashni rivojlantirishning dolzarbligi asoslab berilgan. Ongli fikrlash tushunchasi, uning pedagogik xususiyatlari hamda ta’lim jarayonidagi ahamiyati tahlil qilingan. Muloqotning o‘qituvchi–o‘quvchi, o‘quvchilar o‘rtasidagi va guruhiy shakllari orqali fikrlash jarayonini faollashtirish imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan. Xususan, STAD (Student Teams–Achievement Divisions) metodi va interaktiv ta’lim usullarining o‘quvchilarning muloqot, hamkorlik, mustaqil va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishdagi roli ochib berilgan. Shuningdek, ongli fikrlashni shakllantirishda shaxsga yo‘naltirilgan, faoliyatga asoslangan va integrativ yondashuvlarning pedagogik ahamiyati asoslangan. Maqolada berilgan tavsiyalar ta’lim amaliyotida qo‘llash uchun metodik jihatdan muhim bo‘lib, ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiladi.

Nigora Sulaymonova

63-65

2026-02-09

ONA TILI DARSLARIDA O‘QUVCHILARNING TANIDIY FIKRLASH KO‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH TEXNOLOGIYASI – TA’LIM NATIJALARIGA ERISHISH VOSITASi

Mazkur maqolada ona tili darslarida o‘quvchilarning tanidiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishda tanqidiy fikrlash texnologiyalaridan foydalanishning ahamiyati yoritib berilgan. Shu bilan bir qatorda ushbu pedagogik texnologiyaning o‘ziga xos xususiyatlari misollar yordamida ilmiy jihatdan izohlangan.

Ma’muraxon Maxammatova

103-106

2023-11-11

TA’LIM JARAYONIDA FIKRLASHNI RIVOJLANTIRISHDA JAMOAVIY MUHITNI SHAKLLANTIRISH USULLARI

Mazkur tezisda ta’lim jarayonida o‘quvchilarning fikrlash qobiliyatini rivojlantirishda jamoaviy muhit yaratishning ahamiyati va samaradorligi tahlil qilinadi. Zamonaviy ta’lim tizimida o‘quvchilarning tanqidiy, ijodiy va mantiqiy fikrlashini rivojlantirish ustuvor masalalardan biridir. Tadqiqot davomida jamoaviy o‘qitish metodlari – kichik guruh mashg‘ulotlari, muhokama, aqliy hujum, loyiha asosida o‘qitish va interaktiv topshiriqlarning fikrlash jarayoniga ijobiy ta’siri o‘rganildi. 2023–2025-yillarda o‘tkazilgan ilmiy tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, jamoaviy ta’lim muhitida o‘qigan o‘quvchilarning fikrlash darajasi individual o‘qiganlarga nisbatan o‘rtacha 15–20% yuqori ekanligi aniqlangan. Tadqiqotda shuningdek, jamoaviy o‘qitishning psixologik va pedagogik asoslari, o‘quvchilarning o‘zaro muloqoti, hamkorlik madaniyati hamda o‘qituvchi rahbarligining roli tahlil qilinadi. Natijalar jamoaviy muhitni to‘g‘ri tashkil etish ta’lim samaradorligini sezilarli darajada oshirishini ko‘rsatadi.

Ilxomjon Maxsudov

29-31

2026-02-04

BOLALARDA IKKINCHI TILNI O'RGATISH ORQALI IJODIY VA TANQIDIY FIKRLASH KO‘NIKMALARINI RIVOJLANTIRISH

Bolalarda ijodiy va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish zamonaviy ikkinchi til ta’limining asosiy maqsadlaridan biridir. Ikkinchi tilni o‘rganish jarayoni bolalarni yangi ma’lumotlarni tahlil qilish, muammolarni hal qilish va fikrlarini turli shakllarda ifoda etishga chorlaydi. Ushbu tezis ikkinchi tilni o‘rgatish orqali bolalarda ijodiy va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan samarali pedagogik strategiyalarni tahlil qiladi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, kognitiv ko‘nikmalarni rivojlantirishni til darslariga integratsiya qilish nafaqat tilga bo‘lgan qobiliyatni oshiradi, balki bolalarning mustaqil fikrlash va intellektual rivojlanishiga ham katta hissa qo‘shadi.

Hurshida Quchqorova

79-82

2025-11-12

IT TA’LIMNING O‘QUVCHILARNING IJODIY VA TANQIDIY FIKRLASH QOBILYATLARINI RIVOJLANTIRISHDAGI AHAMIYATI

Ushbu maqolada tanqidiy fikrlashning o‘quv jarayonidagi roli va ahamiyati haqida so‘z boradi. Tanqidiy fikrlash o‘qish predmeti emas, balki o‘qitish natijasidir. Bu jarayon bir nechta bosqichlardan iborat bo‘lib, birinchi bosqichda o‘quvchilar “Aqliy hujum” metodi orqali avval bilganlarini tiklaydilar, ikkinchi bosqichda yangi axborot bilan muloqatga kirishadilar va uchinchi bosqichda yangi bilimlarni mustahkamlaydilar. Maqolada tanqidiy fikrlashning IT ta’limida o‘quvchilarning ijodiy va tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishdagi ahamiyati ham yoritilgan.

Vohid Jurayev, Navbaxoroy Turg‘unova

8-10

2024-06-07

TARIXIY TAFAKKURNI SHAKLLANTIRISHDA O‘QUVCHILARNING MUSTAQIL FIKRLASH QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISH

Ushbu maqolada tarixiy tafakkurni shakllantirishda o‘quvchilarning mustaqil fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishning ahamiyati, usullari va texnikalari ko‘rib chiqilgan. Misollar orqali o‘quvchilarning tanqidiy fikrlash va tahlil qilish ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan interaktiv pedagogik yondashuvlar yoritilgan. Maqolada mustaqil fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishning ijtimoiy va ta’limiy ahamiyati ta’kidlangan.

Raziya Qarlibaeva

17-18

2025-01-06

KLINIK FIKRLASH KOMPETENTSIYALARINI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK JIHATLARI

Ushbu maqolada zamonaviy tibbiyot ta’limi jarayonida klinik fikrlash kompetentsiyalarini shakllantirish va rivojlantirishning pedagogik hamda psixologik jihatlari tahlil qilinadi. Klinik fikrlash shifokorning kasbiy kompetensiyasining asosiy tarkibiy qismi bo‘lib, nafaqat chuqur nazariy bilimlarga, balki dalillarga asoslangan yondashuv, analitik fikrlash, hissiy barqarorlik, empatik muloqot va reflektiv tafakkurga tayangan holatda qaror qabul qilishga asoslanadi. Maqolada kognitiv, affektiv va metakognitiv salohiyatlarni integrativ tarzda rivojlantirishning didaktik shart-sharoitlari, o‘qitish metodikasi, baholash yondashuvlari va simulyatsion muhitda o‘quv faoliyatini tashkil etish usullari yoritiladi. Shuningdek, interaktiv metodlar, muammoli ta’lim, refleksiya va murabbiylik asosida shaxsiy va kasbiy o‘sish mexanizmlari tahlil etiladi.

Farxodjon Isroilov

54-56

2025-08-25

O‘QITUVCHILARNI TAYYORLASHDA KREATIV FIKRLASH KONIKMALARINI RIVOJLANTIRISH JARAYONINING AMALDAGI HOLATI VA TAKOMILLASHTIRISH USULLARI

Mazkur maqolada o‘qituvchilarni tayyorlash jarayonida kreativ fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishning amaldagi holati va bu yo‘nalishdagi mavjud muammolar tahlil etilgan. Kreativ fikrlash zamonaviy ta’lim tizimida pedagoglarning asosiy kompetensiyalaridan biri sifatida qaralmoqda. Tadqiqotda hozirgi o‘quv dasturlari va metodik yondashuvlar kreativ fikrlashni rivojlantirishga qanchalik xizmat qilayotgani o‘rganiladi. Shuningdek, innovatsion pedagogik texnologiyalar, loyihaviy faoliyat, muammoli vaziyatlar asosida ta‘lim, interaktiv metodlar orqali o‘qituvchilarda ijodiy fikrlashni shakllantirishning samarali usullari ko‘rsatib o‘tiladi. O‘rganilgan materiallar asosida ushbu jarayonni takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan. Maqola, zamonaviy pedagogik yondashuvlar orqali o‘qituvchi shaxsida kreativlikni shakllantirish masalasiga ilmiy-nazariy yondashuv asosida yechim taklif qiladi.

Shodiyona Abdiyeva

99-103

2025-06-11

METHODS OF FORMING CRITICAL THINKING SKILLS IN HISTORY LESSONS

This article analyzes the methods of developing critical thinking skills in history lessons. Critical thinking is an important skill aimed at enhancing students’ ability to deeply understand, analyze, evaluate information, and make independent decisions. The article examines effective methods such as the question-and-answer technique, working with historical sources, debates, role-playing, conceptual maps, and project-based activities. Additionally, the role of the teacher and the opportunities to improve the quality of the educational process through modern technologies are discussed. These methods contribute to fostering independent thinking, analytical approaches, and social activity among students.

Kuandiq Reymov

139-142

2025-05-29

KREATIV VA TANQIDIY FIKRLASHNI RIVOJLANTIRISH: BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARINING PEDAGOGIK TAYYORLIGI

This article explores the development of creative and critical thinking skills in future primary school teachers. It discusses the new requirements and methodologies for pedagogical preparation. Well-developed creative and critical thinking abilities equip teachers to apply innovative approaches and provide quality education to students. Teaching future educators critical thinking helps them organize the educational process effectively. Furthermore, creative thinking encourages teachers to develop new ideas and approaches. The article scientifically analyzes the role and significance of creative and critical thinking in the teaching process.

Muxlisa Jumayeva

40-43

2025-02-07

BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARINING TANQIDIY VA KREATIV FIKRLASH ORQALI INTELLEKTUALLIGINI TAKOMILLASHTIRISH METODIKASI

Ushbu maqolada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining intellektual rivojlanishida tanqidiy va kreativ fikrlashni qo‘llash metodikasi muhokama qilinadi. Tanqidiy fikrlash o‘qituvchiga muammolarni chuqur tahlil qilish, mantiqiy qarorlar qabul qilish imkonini bersa, kreativ fikrlash pedagogga ijodkorlik bilan darslarni tashkil etish va o‘quvchilarning qiziqishini oshirishda yordam beradi. Bu esa nafaqat boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tayyorlash sifatini oshiradi, balki ta’lim tizimining umumiy samaradorligiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi

D Pardaboyeva

1396-1399

2025-01-10

OLIY TAʼLIM MUASSASALARIDA OʻQUVCHILARNI TAYYORLASHDA KREATIV FIKRLASH KOʻNIKMASINI SHAKLLANTIRISH PEDAGOGIK MUAMMO SIFATIDA

Mazkur maqolada oliy ta’lim muassasalarida talabalarning kreativ fikrlash ko‘nikmasini shakllantirish masalasi pedagogik muammo sifatida tahlil qilinadi. Zamonaviy jamiyatda ijodiy fikrlashga ega bo‘lgan mutaxassislar tayyorlash zarurati ortib borayotganligi ta’kidlanadi. Tadqiqot davomida kreativ fikrlash tushunchasi, uning ta’lim jarayonidagi o‘rni, shuningdek, ushbu ko‘nikmani shakllantirishga ta’sir etuvchi omillar tahlil qilinadi.

Shodiyona Abdiyeva

41-46

2025-03-14

BOSHLANGICH SINF OQUVCHILARINING MANTIQIY TAFAKKURINI RIVOJLANTIRISH

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida mantiqiy fikrlashni rivojlantirish muammosini hal etishning nazariy va amaliy tajribasiga tayanib, integrativ yondashuv asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari mazmuni belgilandi va malga oshirildi.

Muslima Xikmatova, Gulshan Mamatova

132-134

2025-02-28

DIZAYN FIKRLASH VA UNING NAZARIY JIHATLARI HAMDA GRAFIK TA’LIM JARAYONIDAGI AMALIY AHAMIYATI

Hozirgi kunda oliy ta’lim maskanlarida grafik ta’limga alohida e’tibor qaratilmoqda. Grafik ta’lim sohasini ya’nada jozibali qilib ko‘rsatishda dizayn fikrlash muhim omillardan biri ekanligi o‘z isbotini topdi. Xususan arxitektura yo‘nalishi mutaxassislari hisoblanmish muhandis-quruvchilar uchun dizyn fikrlash va uning nazariy jihatlarini mukammal bilib talab etiladi. Chunki ular yaratayotgan va barpo etayotgan loyiha inshoatlari foydalanuvchilar uchun qulay va shinam bo‘lishi talab etiladi. Shuning uchun ham dizayn fikrlash va uning nazariy jihatlari, takibiy tuzilmasini o‘rganishlari talab etiladi.

Sanjar Mardov

103-109

2024-10-23

BOLALARDA MATNNI TUSHUNISH JARAYONIDA VIZUAL FIKRLASH XARITALARINING (MIND MAP) TA’SIRI

Ushbu maqolada bolalarda matnni tushunish jarayonida vizual fikrlash xaritalarining (Mind Map) ahamiyati va samaradorligi yoritiladi. Mind Map — o‘quvchilarga matndagi asosiy g‘oyalarni aniqlash, ularni tartibga solish va munosabatlarini ko‘rsatish imkonini beradigan vizual vosita sifatida tushuntiriladi. Tadqiqot davomida Mind Map texnikasining nazariy asoslari, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida qo‘llash mexanizmi va amaliy natijalari tahlil qilindi. Mazkur strategiya matnni tushunish darajasini oshirish, bolalarning mustaqil fikrlash va o‘z-o‘zini baholash ko‘nikmalarini rivojlantirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Tajribalar orqali Mind Map qo‘llashning afzalliklari va dars jarayonida uchraydigan qiyinchiliklar aniqlanib, metodik tavsiyalar ishlab chiqildi.

Dinara Abdramanova

41-44

2025-12-10

TA`LIM MUASSASASI RAHBARLARIDA TANQIDIY FIKRLASHNI RIVOJLANTIRISH USULLARI

Mazkur maqolada tanqidiy fikrlash, tanqidiy fikrlash texnologiyasi, tanqidiy fikrni shakllantirish, ta’lim muassasalaridagi raxbarlar uchun tanqidiy fikrlashni rivojlantirishni takomillashtirish, o'z-o'zini baholash va o'zini isloh qilish yoritib berilgan.

Mo`tabarxon Nigmatova

28-29

2023-12-19

BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARINING KREATIV FIKRLASH QOBILIYATLARINI SHAKLLANTIRISH USULLARI

Maqolada boshlang‘ich ta’lim jarayonida o‘quvchilarning kreativ fikrlash qobiliyatlarini shakllantirishning nazariy asoslari, samarali usul va texnologiyalari yoritilgan. Shuningdek, ijodiy fikrlashni rivojlantirishga xizmat qiluvchi didaktik o‘yinlar, interfaol metodlar va muammoli vaziyatlar tahlil qilingan.

Farog'at Komilova

91-92

2025-10-13

"O‘QUVCHILARDA TANQIDIY FIKRLASHNI SHAKLLANTIRISHDA METAKOGNITIV STRATEGIYALARNING O‘RNI"

Ushbu maqolada o‘quvchilarda tanqidiy fikrlashni shakllantirishda metakognitiv strategiyalarning o‘rni o‘rganilgan. Metakognitsiya — o‘z fikrlash jarayonini anglash va boshqarish qobiliyati bo‘lib, o‘quvchilarga o‘z o‘rganish jarayonini yanada samarali va mustaqil tarzda boshqarishga yordam beradi. Tanqidiy fikrlash esa axborotni tahlil qilish, baholash, qaror qabul qilish va asosli xulosalar chiqarish qobiliyatidir. Maqola metakognitiv strategiyalarni qo‘llash orqali tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish jarayonini nazariy va amaliy jihatdan tahlil qiladi. Turli mamlakatlardagi tajribalar, statistik ma’lumotlar va tajriba asosida o‘quvchilarda metakognitiv yondashuvlarning samaradorligi ko‘rsatilgan. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, metakognitiv strategiyalar o‘quvchilarning faolligini, fikr yuritish qobiliyatini va mustaqil o‘rganish jarayonini kuchaytiradi. Maqolada o‘quvchilarda tanqidiy fikrlashni rivojlantirishda metakognitiv yondashuvlarni ta’lim tizimiga keng joriy etish zarurligi haqida xulosa qilinadi.

D. Anvarova

114-118

2025-04-30

TALABALARNI KLINIK FIKRLASH KOMPETENTSIYASIGA TA’SIR ETUVCHI PSIXOLOGIK FUNKSIYALAR

Mazkur maqolada tibbiyot ta’limi kontekstida klinik fikrlash kompetensiyalarini shakllantirishda intellektual, motivatsion, emotsional va predmetli-amaliy sohalarning o‘zaro integratsiyalashgan ta’siri tahlil qilinadi. Kliniko-pedagogik hamkorlik, talabalarda kasbiy o‘zlikni anglash, tanqidiy fikrlash, emotsional barqarorlik, ijtimoiy-axloqiy qadriyatlar asosida qaror qabul qilish kabi muhim jihatlar klinik tafakkur kompetensiyasini rivojlantirishda hal qiluvchi omillar sifatida ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, klinik kompetensiyalarning shakllanishida empatiya, professional mas’uliyat, refleksiv yondashuv va multidissiplinar hamkorlikning ahamiyati asoslab berilgan. Maqolada talabaning kasbiy shakllanishi jarayonida klinik fikrlashni yuksaltirishga xizmat qiluvchi psixologik-pedagogik shartlar batafsil yoritilgan.

Farxodjon Isroilov

66-70

2025-10-22

TANQIDIY FIKRLASHNING AHAMIYATI VA RIVOJLANTIRISH MODELLARI

Ushbu maqolada raqamli asrda tanqidiy fikrlashning ahamiyati yoritiladi hamda o‘rta maktab o‘quvchilari orasida uni rivojlantirish bo‘yicha samarali modellari taqdim etiladi. Tanqidiy fikrlash — bu ma’lumotni chuqur tahlil qilish, uning to‘g‘riligini baholash va mustaqil, mantiqiy qarorlar qabul qilish qobiliyati sifatida ta’riflanadi. Maqolada Vinsent Rayan Ruggieroning modeli — savol berish, talqin qilish va baholash bosqichlari — ko‘rsatilib, tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini egallash yaxshiroq qarorlar qabul qilish va muammoni hal qilishga yo‘naltirilgan yondashuvlarni rivojlantirishga olib kelishi ta’kidlanadi.Bundan tashqari, amerikalik psixolog D.F. Halpern tanqidiy fikrlashni rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan asosiy fazilatlarni aniqlaydi: tartibli fikrlash, moslashuvchanlik, qat’iyatlilik, xatolarni tan olish, xabardorlik va murosaga tayyorlik.Shuningdek, maqolada Zair-bek tomonidan ishlab chiqilgan “O‘qish va yozish orqali tanqidiy fikrlashga o‘rgatish”  dasturi ham taqdim etiladi. Ushbu uch bosqichli model — jalb qilish, ma’no yaratish va tafakkur — 7-sinf ingliz tili darslari uchun moslashtirilgan. Kengaytirilgan modelga oldindan faollashtirish, qo‘llash va baholash/metakognitsiya bosqichlari kiradi. Unda motivatsion videolar, munozaralar, kundalik yozish va real hayotga oid loyihalar kabi innovatsion usullar qo‘llaniladi.

Shohista Xasanova

104-108

2025-09-17

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA NUTQ VA FIKRLASH QOBILIYATINI RIVOJLANTIRISHDA DIDAKTIK O‘YINLARNING AHAMIYATI

Ushbu maqolada didaktik o‘yinlar tushunchasi, uning tarixiy ildizlari va pedagogik ahamiyati tahlil qilinadi. Didaktik o‘yinlarning maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish, fikrlash faoliyatini faollashtirish, diqqat va idrokni mustahkamlashdagi roli ko‘rsatib o‘tilgan. Shuningdek, bolalarda kechikkan nutq rivojlanishini tuzatishda, kichik motorikani faollashtirish orqali og‘zaki nutqni shakllantirishda didaktik o‘yinlarning samaradorligi ilmiy asoslangan holda yoritilgan. Maqolada bolalarning e’tiborini va fikrlash qobiliyatini rivojlantirishga xizmat qiluvchi bir qator o‘yin turlari keltirilgan. Shuningdek, o‘yinlarning nafaqat bolalar, balki kattalar ruhiy salomatligi va intellektual faolligiga ham ijobiy ta’siri haqida fikr yuritilgan.

Ozoda Safarova

14-17

2025-10-15

O‘QUVCHILARNING KREATIV FIKRLASH QOBILIYATINI RIVOJLANTIRISHNING ZAMONAVIY USULLARI

Ushbu maqolada o‘quvchilarning kreativ fikrlash qobiliyatini rivojlantirishning zamonaviy usullari tahlil qilinadi. Kreativ fikrlash, o‘quvchilarni innovatsion va tasavvurga boy fikrlashga undash orqali ularning umumiy bilimlarini chuqurlashtiradi. Zamonaviy ta’limda kreativlikni rivojlantirishga alohida e’tibor berilmoqda, chunki u nafaqat o‘quvchilarning kognitiv rivojlanishiga, balki ularning ijtimoiy va emotsional rivojlanishiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Maqolada kreativ fikrlashni rivojlantirishning pedagogik usullari, innovatsion texnologiyalarning o‘quv jarayoniga qo‘llanilishi, hamda kreativ ta’lim metodlarining samaradorligi haqida so‘z boradi.

Jasmina Toshpo‘lotova

114-117

2025-01-28

1 - 25 of 500 items 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 > >> 

Indexing

butom

Requirements Editorial Board Politics Send the material

Language

  • English
  • Uzbek (latin)
  • Русский

Developed By

Open Journal Systems

CONTACT

Republic of Uzbekistan, Tashkent, st. Shirin 53, 100131


(+998) 935692306


info@in-academy.uz


© Copyright 2021-2023 «Innovative Academy RSC» LLC. All Rights Reserved

Innovative Academy