Ushbu maqolada intellektual mulk tizimida sun’iy intellektning o‘rni va uning ta’siri tahlil qilinadi. Intellektual mulk inson tafakkuri natijasida yaratilgan aqliy faoliyat mahsulotlarini huquqiy himoya qilish tizimi bo‘lib, patentlar, mualliflik huquqlari, tovar belgilari, sanoat namunasi va tijorat sirlari kabi asosiy yo‘nalishlarni qamrab oladi. Sun’iy intellekt bu jarayonlarga sezilarli ta’sir ko‘rsatib, ixtirolarni yaratish, patentlash jarayonini tezlashtirish va mualliflik huquqlarini himoya qilishda muhim rol o‘ynamoqda. Tadqiqotda sun’iy intellektning patent hujjatlarini tahlil qilish, o‘xshashliklarni aniqlash, patentga layoqatlilik darajasini baholash hamda huquq buzilish holatlarini oldindan aniqlashdagi roli yoritiladi. Shuningdek, tovar belgilari va mualliflik huquqlari sohasida sun’iy intellektning o‘rni, plagiat va kontrafakt mahsulotlarga qarshi kurashishdagi imkoniyatlari ochib bermoqda. Xalqaro tajriba asosida Yevropa Ittifoqi, Buyuk Britaniya va Xitoyda sun’iy intellektga oid qonunchilik tahlil qilinib, bu boradagi huquqiy noaniqliklar ko‘rsatib o‘tilgan. Tadqiqot natijalari sun’iy intellektning intellektual mulkni himoya qilish tizimidagi ahamiyatini ochib beradi va ushbu sohada qonunchilikni takomillashtirish zaruriyatini asoslantiradi.