Innovative Academy
  • Register
  • Login
  • En
  • Ўз
  • Ру

Innovative Academy

  • Journals
    • Eurasian Journal of Academic Research
    • Eurasian Journal of Medical and Natural Sciences
    • Eurasian Journal of Social Sciences, Philosophy and Culture
    • Eurasian Journal of Law, Finance and Applied Sciences
    • Eurasian Journal of Mathematical Theory and Computer Sciences
  • New Journals
    • Central Asian Journal of Education and Innovation
    • Eurasian Journal of Technology and Innovation
    • Bulletin of pedagogs of new Uzbekistan
    • Bulletin of students of new Uzbekistan
  • Conferences
    • Science and technology in the modern world
    • Applied Sciences in the modern world: problems and solutions
    • Natural Sciences in the modern world: theoretical and practical research
    • Innovative research in the modern world: theory and practice
    • Pedagogy and psychology in the modern world: theoretical and practical research
    • Social Sciences in the modern world: theoretical and practical research
  • Announcements
    • Ilmiy maqola qanday yoziladi?
    • Questions and answers to doctoral studies
    • «Eng yaxshi ilmiy maqola» tanlovi
    • What is the Hirsch index and how to increase it?
    • atm

Search

Advanced filters

Search Results

KICHIK TADBIRKORLIK SUBYEKTLARIDA YOLLANIB ISHLAYOTGAN SHAXSLAR MEHNATINI HUQUQIY JIHATDAN TARTIBGA SOLISHNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Ushbu tezis kichik tadbirkorlik subyektlarida faoliyat yuritayotgan shaxslar mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solishning o’ziga xos xususiyatlarini o’rganadi.Tadbirkorlik faoliyati, jumladan kichik tadbirkorlik subyektlari uning huquqiy asoslari va o’ziga xos jihatylarini ilmiy jihatdan taxlil qilish, ushbu  masalalarning  zamonaviy  huquqiy  va  ijtimoiy amaliyotidagi  ahamiyatini  yoritishni maqsad  qilngan. Ish beruvchi va xodimlarning mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solishda mehnat shartnomalariga oid o‘ziga xos xususiyatlar o’rganilgan.

Dilshodbek Yo’ldoshev

4-8

2024-09-18

LEKSIK CHEGARALANGAN SO‘ZLARNING LINGVOKULTUROLOGIK TADQIQI OLIMLAR TADQIQOTLARI

Leksik jihatdan cheklangan so‘zlarni o‘rganish ularning madaniy o‘ziga xoslikni saqlash va yetkazishdagi o‘ziga xos o‘rni tufayli til va madaniy tadqiqotlarda muhim o‘rin egalladi. Ko'pincha muayyan mintaqalar, jamoalar yoki ijtimoiy guruhlar bilan chegaralangan bu so'zlar madaniy kontekstlarda chuqur ildiz otgan ma'nolarni qamrab oladi va ularning talqinini ular faoliyat yuritadigan madaniy doirani tushunish uchun zarur qiladi. Ushbu maqolada lug‘aviy jihatdan cheklangan so‘zlar sohasida olimlar tomonidan olib borilgan tadqiqotlar, ularning madaniy ahamiyati, semantik xususiyatlari va bu kabi so‘zlarni tillar bo‘ylab tarjima qilish yoki izohlashda duch keladigan qiyinchiliklar o‘rganilgan.

Gulmira Madrimova

114-116

2024-10-14

EKOLOGIYA SOXASIDA MAXSUS VAKOLATLI DAVLAT BOSHQARUV ORGANLARI FAOLIYATINI HUQUQIY JIHATDAN TARTIBGA SOLISHNING NAZARIY VA AMALIY MUOMMOLARI

Ushbu tezisda ekologiya sohasida maxsus vakolatli davlat boshqaruvi organlari faoliyati tushunchasi, ekologiya soxasida maxsus vakolatli davlat boshqaruv organlari faoliyatini huquqiy jihatdan tartibga solishning nazariy va amaliy muommolari yoritib berilgan. Ekologiya sohasini tartibga soluvchi davlat boshqaruvi organlari tizimini uch turga bo‘lishda mazkur davlat boshqaruvi organlarining kompetensiyasi muhim ahamiyat kasb etishi nazariy jihatdan asoslangan. Shu bilan birga, ekologiya sohasini tartibga soluvchi boshqaruv organi vakolatlarini aniqlashda muhim jihat funksiyalar va vakolatlar o‘rtasidagi zarur muvofiqlikka erishish hisoblanishi, mazkur holatda, avvalo, vakolatlarning mazmuni tegishli boshqaruv organi funksiyalarining mazmuniga to‘liq mos kelishi kerakligi hamda davlat boshqaruvi organining vakolat doirasi u tomonidan bajariladigan funksiyalar hajmiga mos kelishi  tahlili keltirilgan.

Durdona Alloberdiyeva

7-8

2023-12-06

KRIPTOVALYUTALARNI HUQUQIY JIHATDAN TARTIBGA SOLISH

Kriptovalyutalar, kriptoaktivlar va bitcoinlar doim kishilarni qiziqtirib, o’ziga jalb etib kelganligi ma’lum. Kriptovalyutalar jahon hamjamiyatida jadal sur’atlar bilan ildamlayotgani, tez fursatlarda ommalashib, o’zining anonimlik xususiyati yanada oshirayotganligi bois ushbu munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solishga ehtiyoj paydo bo’lmoqda. Ushbu maqolada kriptovalyutalarni huquqoy jihatdan tartibga solish bo’yicha samarali mexanizmlar, ilg’or va rivojlanagan davlatlarning kriptovalyutalarning huquqiy maqomini qanday belgilashi kabi dolzarb masalalar tahlil etiladi.

Jo’rabek Urunoyev

343-350

2025-10-31

EVFEMIZMLARNING LEKSIK-SEMANTIK MUNOSABATI

Ushbu maqolada evfemizmlarning leksik-semantik guruhlari atroflicha o’rganilib tadqiq etiladi. Evfemizmlarning leksik jihatdan ma’nodosh evfemizmlar, zid ma’noli shakldosh evfemizmlarga bo’linishi, semantik jihatdan esa monosemantik evfemeyalar ,polisemantik evfemeyalar shuningdek metonimik, sinekdoxik,metaforik evfemiyalarga bo’linishi ,struktur jihatdan esa, so’z shaklidagi, ibora shaklidagi evfemiya ,gap shaklidagi evfemiyalarga bo’linishi misollar yordamida  keltirib o’tilgan.

Shoira Xaydarova

51-57

2023-12-13

KUSHON DAVLATI MANZILGOHLARINING AHAMIYATI

Ushbu maqolada Kushon davlatining manzilgohlari oʻrganilishi, ilmiy jihatdan tadqiq etilishi yuzasidan qrashlarlar mavjud boʻlib, Kushon davlari tarixidan soʻzlovchi - Dalvarzintepa, Xolchayon, Ayritom, Qoratepa va shunga oʻxshash hududlarning ilmiy jihatdan oʻrganilishi tarixiy haqiqatlarning yuzaga kelishiga asos boʻldi. Shuningdek, maqolada manzilgohlarning arxeologik hijatdan oʻrganilishi, tadqiq etilishida olimlarning fikr-mulohazalari, ilmiy qarashlark ham tadqiq etilgan. Manzilgohlardan topilgan meʼmoriy obidalar, tasvirlar, haykallar va qurollar, zargarlik buyumlari ham topilishi jihatdan qarashlar oʻz ifodasini topgan.

Malika Uraimjonova

111-113

2023-05-13

HINDIY TILIDAGI QISHLOQ XO‘JALIGIGA OID TERMINLARNING ETIMOLOGIK TAHLILI

Mazkur maqolamiz  “Hindiy tilidagi qishloq xoʻjaligiga oid leksemalarning etemologik tahlili” ga bag’ishlanadi. Ishimizning ob‘ekti hindiy tilidagi qishloq xoʻjaligiga oid so‘zlar bo'lib, tuzilish jihatidan , etimologik jihatdan o'rganib turlarga ajratib chiqib tahlil qilishdan iboratdir. Ya‘ni hindiy tilidagi qishloq xoʻjaligiga oid leksemalarning qo‘llanilishdagi o‘ziga xosliklarini, ularning qarindoshlik jihatdan qaysi tillarga mansubligi jihatdan tahlil qilish maqsad qilingan.

O.A. Qurbonova

75-77

2024-02-26

ALISHER NAVOIY ASARLARINI O‘QITISHDA INTERAKTIV METODLARNING SAMARADORLIGI

Ushbu tezisda Alisher Navoiy asarlarini o‘qitishda interaktiv metodlardan foydalanishning pedagogik samaradorligi nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqot konseptual jihatdan konstruktivizm, sotsiokultural o‘rganish, reflektiv amaliyot va dialogik ta’lim yondashuvlariga tayanadi; amaliy jihatdan esa sinfdagi muhitda uch bosqichli o‘quv vazifalari, qisqa ma’ruza–munozara sikllari, konseptual xaritalash, raqamli vositalar orqali ko‘p modal talqin hamda bahs va ijodiy qayta ishlash bilan boyitilgan “kritik o‘qish” protokollari qo‘llanilgan. Natijalar interaktiv metodlar matnni chuqur anglash, badiiy-axloqiy g‘oyalarni kontekstual talqin qilish, estetik baholash mezonlarini og‘zaki va yozma asoslash, hamkorlikda mantiqiy dalillash hamda ijodiy transformatsiya ko‘nikmalarini sezilarli darajada mustahkamlashini ko‘rsatadi. Portfel-baholash, analitik rubrikalar va reflektiv esse shaklidagi yakuniy ko‘rsatkichlar o‘quvchilarning konseptual ravonlik, mulohaza chuqurligi va dalil-sitata muvozanatida o‘sish borligini namoyon etadi. Tadqiqot natijalari adabiyot darslarini kompetensiyaviy modelga muvofiq qayta loyihalashga, Navoiy matnlarining tarixiy-badiiy qatlamlarini zamonaviy o‘quvchi idroki bilan bog‘lashga hamda o‘qituvchi–o‘quvchi–matn o‘zaro ta’sirini faol, mazmuniy va reflektiv mexanizmlarga aylantirishga xizmat qiladi.

Sevinchxon Mardonova

96-98

2025-10-20

NOQONUNIY MIGRATSIYAGA QARSHI KURASHISHNING TASHKILIY-HUQUQIY ASOSLARINI TAKOMILLASHTIRISH

Mazkur maqolada noqonuniy migratsiyasiga qarshi kurashishning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish ilmiy asoslantirilgan holda tahlil qilingan. Noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashishning ahamiyati va dolzarbligi, shu bilan bir qatorda, noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish, migratsiyani huquqiy jihatdan tartibga solishni takomillashtirish yuzasidan xorijiy mamlakatlar tajribasi bildirilgan fikr-mulohazalar hamda mavjud muommolarni bartaraf etish yuzasidan takliflar bayon etilgan.

Sherzodjon Maxsitaliyev

132-139

2024-05-20

INVESTITSION SALOHIYATNI OSHIRISH ASOSIDA MINTAQALAR O’RTASIDAGI IJTIMOIY-IQTISODIY NOMUTANOSIBLIKLARNI KAMAYTIRISH METODOLOGIYASI

Mazkur tadqiqot investitsion salohiyatni oshirish asosida mintaqalar o’rtasidagi ijtimoiy-iqtisodiy nomutanosibliklarni kamaytirish metodologiyasini ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilishga bag’ishlangan. Tadqiqot doirasida investitsion salohiyat tushunchasining mazmun-mohiyati, uning hududiy rivojlanish jarayonlariga ta’siri hamda mintaqalararo tafovutlarni shakllantiruvchi asosiy iqtisodiy va ijtimoiy omillar tizimli ravishda o’rganiladi. Shuningdek, investitsiya resurslarini hududlar kesimida samarali taqsimlash, infratuzilma rivojini jadallashtirish va institutsional muhitni takomillashtirish orqali nomutanosibliklarni kamaytirish mexanizmlari baholanadi. Tadqiqot natijalari investitsion salohiyatni oshirish mintaqalararo ijtimoiy-iqtisodiy tafovutlarni qisqartirishda muhim metodologik asos bo’lib xizmat qilishini ilmiy jihatdan asoslaydi. Olingan xulosalar hududiy rivojlanish siyosatini takomillashtirish va barqaror iqtisodiy o’sishni ta’minlashda amaliy ahamiyat kasb etadi.

Anvar Qobilov

9-16

2026-02-13

“KARYERLARDA EKSKAVATOR VA AVTOSAMASVAL TIZIMI SAMARADORLIGINI (MMD FULLY MOBILE SURGE LOADER) TO‘LIQ HARAKATCHAN ORALIQ YUK TO‘PLOVCHI BUNKER TEXNOLOGIYASI ORQALI KO’TARISH”

Zamonaviy ochiq konchilik sanoatida (karyerlarda) ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, ishlab chiqarish xarajatlarni kamaytirish va xavfsizlik darajasini yuqori bosqichga olib chiqish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Ushbu maqolada an’anaviy Ekskavator va Karyer avtoag’dargichi  asosidagi qazib olish tizimining uzoq yillar davomida deyarli o‘zgarmaganligi, uning texnologik va ishlab chiqarishda cheklovlarini tahlil qilinadi. Xususan, notekis yuklash, ekskavatorning avtosamasvalni kutish vaqtlari, avtoag’dargich siklining buzilishi hamda xavfsizlik bilan bog‘liq muammolarni,  asosiy kamchiliklar sifatida ko‘rsatib beriladi.Mazkur muammolarga yechim sifatida Australiyaning konchilik mashinalari va jihozlari ishlab chiqaruvchi MMD kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan (to‘liq harakatchan oraliq yuk to‘plovchi”)  BUNKER texnologiyasi  texnik jihatdan ko‘rib chiqiladi. Ushbu texnologiya ekskavator va yuk mashinalari o‘rtasidagi kechikish, ortiqcha yuklash yoki avtosamasvalni  to’liq to’ldirmaslik muammolarini bartaraf etib, oraliqdagi qiya konvoyor texnologiyasi orqali material oqimini barqarorlashtirishga asoslangan. Tadqiqotda BUNKERning ishlash prinsipi, 3D kamera va RFID texnologiyalari asosidagi avtomatlashtirilgan joylashtirish tizimi, material darajasini nazorat qilish va aniq yuklash mexanizmlari tahlil qilinadi.Natijalar shuni ko‘rsatadiki, ushbu texnologiyani joriy etish orqali ishlab chiqarish hajmini 40% gacha oshirish, ekskavatorning foydalanish darajasini 95% gacha yetkazish, yuk mashinalari sonini kamaytirish hamda yuklash vaqti va xavflarini sezilarli darajada qisqartirish mumkin. Shuningdek, BUNKER(to’liq harakatchan oraliq yuk to’plovchi qurilma)tizimi yarim va to‘liq avtonom konchilik uchun texnologik asos yaratadi.Ushbu tadqiqot natijalari ochiq konchilikda an’anaviy ekskavator va avtosamasval tizimini modernizatsiya qilish va yuqori samaradorlikka erishish uchun ilmiy va amaliy jihatdan muhim ahamiyatga ega.MMD kompaniyasi bu muammoni hal qildi va konchilik kompaniyalari bundan qanday foyda ko‘rmoqda.

Muhammadsodiq Iydiyev , Azamat Umirzoqov

230-238

2025-12-25

QIZILQUM CHO‘LI QOLDIQ TOG‘LARI TABIATI VA LANDSHAFTLARINI MUHOFAZA QILISH CHORALARI (QULJUQTOV TOG‘ TIZMASI MISOLIDA)

Qizilqum cho’lining Quljuqtov hududi tabiati, iqlimi va landshaftlari ilmiy jihatdan kam o’ragnilgan hudud bo’lib, bu hudud insoniyatning bevosta ta’sir doirasida qolayotgani hamda tabiati va hudud landshaftlarini asrab avaylash, hududning tabbiy imkoniyatlaridan maksimal darajada samarali foydalanish lozim ekani atroflicha yoritib beriladi. Geoekologik jihatdan o’ta nozik tabiiy muhit sohibi bo’lgan Quljuqtov tog’ tizmasini ilmiy tomonlama zarur.

R.T. Erkinov

41-45

2023-10-09

THE INTERRELATIONSHIP BETWEEN LEGAL CONSCIOUSNESS AND LEGAL CULTURE

This article provides a scientific and theoretical analysis of the essence and content of the concepts of legal consciousness and legal culture, their structural components, and their interrelationship. It also highlights the role of legal consciousness and legal culture in the development of society, the factors influencing their formation, and their significance in the educational process. The purpose of this article is to theoretically substantiate the interconnection between legal consciousness and legal culture and to reveal their importance in the life of society.

Gulshat Uzakbergenova , Murat Xallibekov , Aybek Srajatdinov , Raziya Qarlıbayeva, Izumrud Seytmamutov

99-102

2026-02-24

German tilida so‘zlashuvchi hududlarda islomshunoslik fanining shakllanishi va uning siyosiy manfaatlar bilan aloqasi

Arabiston yarim orolida Islom dini paydo bo‘lishi arablar uchun o‘ziga xos va muhim ahamiyatga ega hodisa sifatida baholanadi. Qabilaviy hayoti va joylashuvi arablarni siyosiy jihatdan zaiflashtirgan, ularni sivilizatsiyalashgan hududlar ustidan hukmronlik qilish imkoniyatidan mahrum etgandi. Ammo islom dini paydo bo‘lishi arablarni yagona e’tiqod asosida birlashib, mustahkam jamiyatga aylana boshlashiga sabab bo‘ldi. Islom dini arablar hayotida tub burilish yasab, ularni siyosiy va ijtimoiy jihatdan yangi darajaga olib chiqdi. Qur’on nozil qilinganidan keyin arab dunyosi birlashib, yangi imperiya shakllantira oldi. Islom madaniyati paydo bo‘lishi bilan birinchi bor yozma arab madaniyati shakllandi. Islomiy tamaddun arab tilida o‘z aksini topdi va bu til ilm-fan va madaniyat tili sifatida keng tarqaldi. Biroq, Islom dini tarqalgan hududlardagi madaniy taraqqiyotga ta’sir ko‘rsatishi bilan birga, ba’zi hududlarda iqtisodiy va ijtimoiy o‘zgarishlarni ham keltirib chiqardi. Islom dini nafaqat diniy hayotga, balki siyosiy va iqtisodiy tizimlarga ham sezilarli darajada ta’sir o‘tkazdi. Arablar islom dini vositasida keng hududlarga tarqalib, o‘z madaniyatlarini boshqa xalqlarga singdira oldilar.

Akmaljon Xoldarov

45-47

2025-06-18

COMPARATIVE ANALYSIS OF THE ABUTMENT–GINGIVA INTERFACE USING VARIOUS SURFACE TREATMENT METHODS

In modern dental implantology, improving the quality of the abutment–gingiva interface is of great importance. Proper surface treatment of the abutment–gingival junction helps create a strong and biologically compatible connection with the gingiva, which ensures the long-term success of the implant and prevents inflammation of the surrounding soft tissues. An ideal abutment–gingiva interface is crucial not only for mechanical stability but also for maintaining the aesthetic and functional condition of the soft tissues. Therefore, a detailed investigation of the influence of various surface treatment methods on this interface is necessary. Today, mechanical, chemical, and plasma surface treatment methods are widely used. However, comparative studies evaluating their effectiveness remain insufficient. This study is of practical relevance in the field of implantology and prosthetic dentistry, aiming to improve the quality of the abutment–gingiva interface and thus enhance the longevity of dental implants. The results of the comparative evaluation will assist dental professionals in selecting appropriate abutment treatment methods, helping to preserve the integrity of the gingiva and surrounding soft tissues, reduce infectious complications, and achieve superior aesthetic outcomes.

J.A. Zokirqulov , B.N. Xabilov , F.A. Shomuhammedova , N.R. Shosaidova

140-147

2025-05-26

YOSHLARGA TARBIYAVIY JIHATDAN ZARAR KELTIRAYOTGAN AXBOROT XURUJLARI

yoshlarga tarbiyaviy jihatdan zarar keltirayotgan axborot xurujlari. Hozirgi kunda, axborot texnologiyalarining rivojlanishi va internetning keng tarqalishi natijasida, yosh avlodga turli xil axborotlar, jumladan, salbiy, zararli va manipulyatsiyalangan ma'lumotlar ham yetkazilmoqda.

Feruza Sadikova

78-79

2024-10-15

SHAVKAT RAHMONNING MUHABBAT MAVZUSIDAGI AYRIM SHE’RLARINING ASSOTSIATIV TAHLILI

Ushbu maqolada  assotsiatsiya, assotsiativ maydon haqida qisqacha ma’lumotlar keltirilgan hamda Shavkat Rahmonning muhabbat mavzusiga oid ayrim she’rlari assotsiativ jihatdan  lingvistik va ekstralingvistik jihatdan tahlil qilingan.

Robiya Vaxobjonova, Akbarjon Xasanov

38-41

2023-06-03

INVESTITSION SALOHIYAT VA IJTIMOIY INFRATUZILMA RIVOJI O‘RTASIDAGI O‘ZARO BOG‘LIQLIKNI EKONOMETRIK MODELLASHTIRISH

Mazkur tadqiqot investitsion salohiyat va ijtimoiy infratuzilma rivoji o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni ekonometrik modellashtirish asosida ilmiy-nazariy va empirik jihatdan tahlil qilishga bag‘ishlangan. Tadqiqot doirasida investitsion salohiyat tushunchasining mazmun-mohiyati, uning hududiy rivojlanishdagi o‘rni hamda ijtimoiy infratuzilmaning asosiy tarkibiy yo‘nalishlari tizimli ravishda o‘rganiladi. Ta’lim, sog‘liqni saqlash, transport va kommunal infratuzilma ko‘rsatkichlarining mintaqalarning investitsion faolligiga ta’siri panel ma’lumotlar asosida baholanadi. Ekonometrik modellar yordamida ijtimoiy infratuzilma rivoji investitsion salohiyatni oshirishda muhim omil ekanligi ilmiy jihatdan asoslanadi. Olingan natijalar mintaqaviy investitsiya siyosatini takomillashtirish, infratuzilmaga investitsiyalarni ustuvor yo‘naltirish va barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni ta’minlashga qaratilgan ilmiy xulosalar hamda amaliy tavsiyalar ishlab chiqish imkonini beradi.

Anvar Qobilov

4-9

2026-02-13

MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA PEDAGOGLARNING IJODKORLIGINI YUKSALTIRISH

Tarbiya mazmunining eng muhim xususiyatlaridan biri – bu insonning hayotiy jihatdan o’z-o’zini anglashi, uning shaxsiy hayoti va faoliyati o`zi yashab turgan muhitning sub‟ekti sifatida e’tirof etilishi bilan tavsiflanadi. Inson kamolotida fuqarolik, kasbiy va axloqiy jihatdan o’z-o’zini anglash muhim ahamiyatga ega. O’qituvchi o’quvchilarni, o’z-o’zini tarbiyalashga, ya’ni o’z ustida ongli, batartib ishlashga o`rgatsagina tarbiya jarayoni samarali natijalar beradi.

Gulshanoy Azimjonova

78-80

2023-07-12

SHAVKAT RAHMON SHE’RIYATIDA TABIAT UNSURLARINING O‘ZIGA XOS KO‘RINISHLARI

Maqolada XX asr o‘zbek she’riyatining yirik vakili — Shavkat Rahmon ijodida tabiat unsurlarining poetik talqini va ularning o‘ziga xos badiiy xususiyatlari ilmiy-nazariy hamda tahliliy jihatdan tadqiq etildi. Tadqiqot jarayonida shoir she’riyatida tabiat tasviri an’anaviy peyzaj doirasidan chiqib, ichki ruhiy holat, falsafiy mushohada va g‘oyaviy izlanishlarni ifodalovchi ramziy tizimga aylangani asoslab berildi. Shavkat Rahmon she’rlarida tog‘, shamol, osmon, tun, yorug‘lik va sukunat kabi tabiat unsurlarining poetik funksiyalari tahlil qilinib, ularning lirik qahramon kechinmalari va muallif pozitsiyasi bilan uzviy bog‘liqligi ochib berildi. Shoir tabiat obrazlari orqali inson va borliq munosabatlarini, vaqt va mavjudlik masalalarini falsafiy-estetik jihatdan umumlashtiradi. Natijada tabiat unsurlari shoir poetikasida mustaqil badiiy belgi sifatida shakllanib, g‘oyaviy mazmunni chuqurlashtiruvchi muhim vositaga aylanadi. Tadqiqot natijalari Shavkat Rahmon she’riyatida tabiat unsurlarining individual poetik talqini, ularning ramziy-semantik imkoniyatlari va o‘zbek she’riy tafakkuri taraqqiyotidagi o‘rnini aniqlashga xizmat qiladi. Mazkur maqola shoir ijodining poetik xususiyatlarini chuqurroq anglash hamda zamonaviy o‘zbek she’riyatida tabiat obrazlari poetikasini o‘rganishda muhim ilmiy ahamiyat kasb etadi.

Shaxnozaxon Jumanova

95-100

2026-01-26

BREND KAPITALI VA RAQAMLI MARKETING O‘RTASIDAGI O‘ZARO BOG‘LIQLIK: NAZARIY MODEL

Brend kapitali — marketologiya sohasidagi koʻp oʻlchovli tushuncha boʻlib, iste’molchi xulq‑atvorini belgilovchi muhim omildir. Raqamli brend mazmunini ulashish — algoritmik tarzda tarqatishga asoslangan yangi turdagi jalb etishga yo‘naltirilgan o‘zaro ta’sir bo‘lib, raqamli marketing ekotizimlarining muhim ustunlaridan biridir. Ushbu maqolada biz onlayn iste’molchilar qaror qabul qilish xulq‑atvorini hisobga olgan holda brend kapitali translyatsiya resurslarining nazariy modelini taklif qilamiz. Buning uchun, brend kapitalining oʻlchovlari bilan raqamli marketing metriklari, iste’molchi ishtiroki va platformaga xos imkoniyatlar oʻrtasidagi aloqani tavsiflash uchun AHP‑regressiya gibrid modeli qo‘llaniladi (bir xil turdagi raqamli kampaniya sharoitida). Tahlil marketing analitikasi doirasiga joylashtirilgan holda — ham brendni dinamik nomoddiy aktiv sifatida, ham foydalanuvchining idrok etishi nuqtai nazaridan — tadqiqot ijtimoiy platformalarda algoritmik muhit ichida brend qiymat yaratish jarayonining konvergensiyasini empirik jihatdan sinovdan oʻtkazadi. Eksperimental bosqichda, bir xil maqsadli auditoriya uchun ikkita turdagi brend kampaniyalari amalga oshirildi; so‘ngra коммуникация kanallari oʻtkazilgach regressiyaga asoslangan solishtirma tahlil qilindi va ikkita mahsulot kategoriyasi uchun, bir xil brend identifikatsiyasi sharoitida, ikki bosqichli ierarxik baholash oʻtkazildi. Bizning natijalarimiz ma’lum jalb etish chegaralarida brend kapitalining qabul qilingan qiymati ham brendni eslab qolishda, ham sadoqat metrikalarida sezilarli rol o‘ynashini koʻrsatadi. Bundan tashqari, natijalarimiz shuni taklif qiladi‑ki, mazmun yetkazib berishning uzluksizligi va intensivligi vaqt oʻtishi bilan brend kapitali o‘sishi bilan ijobiy bogʻliq. Xususan, model empirik tarzda quyidagilar jihatdan tasdiqlandi: ma’lumotga asoslangan shaxsiylashtirishni amalga oshirish zarurati, raqamli ekotizim va uning subkanallarida brend performansini oʻlchash uchun yuqori standartlar. Mazkur tadqiqot shuni koʻrsatdiki, yigʻma statistiklardan brend qiymati diffuziya naqshlarini platformalararo muhitda va raqamli kampaniyalarning algoritmik shakllangan idrok etilishi bilan bogʻliq foydalanuvchi traektoriyalari bilan taqqoslash uchun foydalanish mumkin.

Akmal Zufarov

49-60

2025-10-22

RAQAMLI TA’LIM MUHITIDA BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARINING AKMEOLOGIK POZITSIYASINI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI

Ushbu tezisda raqamli ta’lim muhitida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining akmeologik pozitsiyasini rivojlantirish jarayonining pedagogik va psixologik xususiyatlari tahlil etilgan. Akmeologik pozitsiya pedagogning kasbiy o‘sish, ijodiy salohiyat va shaxsiy yetuklik sari intilishdagi faol hayotiy pozitsiyasi sifatida izohlangan. Psixologik jihatdan bu jarayon motivatsiyani kuchaytirish, metakognitiv tafakkurni rivojlantirish, o‘z-o‘zini baholash va mustaqil ta’lim olish ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi. Pedagogik jihatdan esa zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish, innovatsion ta’lim metodlarini tatbiq etish va hamkorlikda o‘qitish amaliyotini kengaytirish muhim omil sifatida ko‘rsatib o‘tilgan.

Dilafruz Aralova

50-52

2025-08-21

“TURKIY GULISTON YOXUD AXLOQ” ASARINING BOSHLANGʻICH TA’LIM OʻQUV - TARBIYAVIY JARAYONLARIDA AMALIY QOʻLLANISHI

Mazkur maqolada Abdulla Avloniy qalamiga mansub “Turkiy Guliston yoxud axloq” asarining umumta’lim maktablarida, xususan, boshlang‘ich sinflarda o‘quv-tarbiyaviy jarayonlarda amaliy qo‘llash imkoniyatlari tahlil etilgan. Shu bilan birga, asar parchalari asosida o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini rivojlantirish, fikrlash madaniyatini o‘stirishga qaratilgan metodik tavsiyalar berilgan. Maqolada, shuningdek, asarning hozirgi ta’lim talablari va kompetensiyalariga uyg‘unligi, pedagogik-psixologik jihatdan qanday foydalanish mumkinligi ham ilmiy-nazariy jihatdan asoslab berilgan.

Kamolaxon Abrorxonova , Sarvinoz Rajabova

82-85

2025-04-30

EDVARD YUNGNING NAZMIY ASARLARINING PSIXOLINGVISTIK TAHLILI

Ushbu tadqiqоtning maqsadi ingliz adabiyoti yorqin namoyondasi Edvard Yung she’riyatining nafaqat til va uslub jihatdan balki, psixolingvistik jihatdan tahlil qilishga qaratilgan. Shuningdek, maqolada shoirning yozish uslubi va uning diniy va axloqiy masalalariga oid bir qator asarlarini tadqiq qilinadi.

Gulnoza Orziqulova

202-207

2024-11-18

DAVLAT FUQAROLIK XIZMATCHILARINING HUQUQIY VA IJTIMOIY JIHATDAN HIMOYA QILINISHI

Zamonaviy davlat boshqaruvi samaradorligini belgilovchi asosiy omillardan biri bu — davlat fuqarolik xizmati tizimining rivojlanishi hisoblanadi. Davlat fuqarolik xizmatchilarining huquqiy va ijtimoiy jihatdan himoya qilinishi haqida ma’lumotlar keltirigan.

S. Xamdamova

123-125

2025-10-20

1 - 25 of 500 items 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 > >> 

Indexing

butom

Requirements Editorial Board Politics Send the material

Language

  • English
  • Uzbek (latin)
  • Русский

Developed By

Open Journal Systems

CONTACT

Republic of Uzbekistan, Tashkent, st. Shirin 53, 100131


(+998) 935692306


info@in-academy.uz


© Copyright 2021-2023 «Innovative Academy RSC» LLC. All Rights Reserved

Innovative Academy