Innovative Academy
  • Ro'yxatdan o'tish
  • Kirish
  • En
  • O'z
  • Ру

Innovative Academy

  • Journals
    • Eurasian Journal of Academic Research
    • Eurasian Journal of Medical and Natural Sciences
    • Eurasian Journal of Social Sciences, Philosophy and Culture
    • Eurasian Journal of Law, Finance and Applied Sciences
    • Eurasian Journal of Mathematical Theory and Computer Sciences
  • New Journals
    • Central Asian Journal of Education and Innovation
    • Eurasian Journal of Technology and Innovation
    • Bulletin of pedagogs of new Uzbekistan
    • Bulletin of students of new Uzbekistan
  • Conferences
    • Science and technology in the modern world
    • Applied Sciences in the modern world: problems and solutions
    • Natural Sciences in the modern world: theoretical and practical research
    • Innovative research in the modern world: theory and practice
    • Pedagogy and psychology in the modern world: theoretical and practical research
    • Social Sciences in the modern world: theoretical and practical research
  • Announcements
    • Ilmiy maqola qanday yoziladi?
    • Doktorantura yuzasidan savollar va ularga javoblar
    • «Eng yaxshi ilmiy maqola» tanlovi
    • What is the Hirsch index and how to increase it?
    • atm

Qidirish

##search.advancedFilters##

##search.searchResults##

UMUMIY O‘RTA TALIM MAKTABLARI JISMONIY TARBIYA O‘QITUVCHILARINI KASBIY KOMPINTENTLIGINING PEDOGOGIK MEXANIZMLARI

Ushbu maqolada umumiy o‘rta talim maktablari jismoniy tarbiya o‘qituvchilarini kasbiy kompintentligining pedogogik mexanizmlarini o’rganish va  kasbiy kompetentsiya o'qituvchining kasbiy ta'limi, tajribasi va individual qobiliyatlari darajasi bilan belgilanadigan toifa sifatida ko'rib chiqiladi va kasbiy muammolarni hal qilishga texnologik va pedagogik tayyorgarlik bilan bir qatorda uning insonparvar pedagogik pozitsiyasi, pedagogikaga qadrli munosabatini anglatadi. faollik va yuqori darajadagi umumiy va kasbiy madaniyatni yangicha yondashuvlar va zamonaviy texnologiyalarni joriy etish asosida pedagog kadrlar tayyorlash tizimini modernizatsiya qilish zarurligi xaqida ma’lumotlar berilgan.

Azizbek Matvapayev

65-69

2022-08-11

KASBIY IDENTIFIKATSIYA VA KARYERA DIZAYNINING O‘ZARO BOG‘LIQLIGI

Ushbu maqolada kasbiy identifikatsiya va karyera dizayni tushunchalarining mazmuni hamda ularning o‘zaro uzviy bog‘liqligi tahlil qilinadi. Kasbiy identifikatsiya shaxsning o‘z qobiliyatlari, qiziqishlari, qadriyatlari va kasbiy yo‘nalishini anglash jarayoni sifatida qaraladi. Karyera dizayni esa shaxsning uzoq muddatli kasbiy maqsadlarini rejalashtirish va ongli ravishda shakllantirish jarayonini ifodalaydi. Tadqiqotda kasbiy o‘zini anglash karyera rejalashtirishda muhim omil ekani, shaxsiy identifikatsiya darajasi yuqori bo‘lgan insonlar o‘z karyerasini samarali loyihalay olishi asoslab beriladi. Shuningdek, ta’lim jarayonida kasbiy identifikatsiyani rivojlantirish orqali yoshlarning mehnat bozoriga moslashuvchanligi va raqobatbardoshligini oshirish masalalari yoritiladi.

Mahdiyona Abdulmadjidova , O’ktamjon Abdulhayev

106-110

2025-12-19

BO‘LAJAK PEDAGOGLARNI KASBIY FAOLIYATGA TAYYORLASHDA O‘ZIGA BO‘LGAN ISHONCH HISSINI KASBIY MOTIVLARINI, KASBIY PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARINI, SHAKLLANTIRISHNING PSIXOLOGIK TOMONLARI

Ushbu maqola bo‘lajak pedagoglarni o‘z  kasbiga bo‘lgan yuksak ishonch va hurmat hissini shakllantirish maqsadida yozilgan. Bunda har bir pedagogning o‘z kasbiy fazilatlarini anglashi va   o‘z ustida ishlashi hamda pedagogning kompetentligi va kreativligi,   pedagogning kasbiy professionalligi hamda uni innovatsion faoliyatda namoyon bo‘lishi haqida ma’lumotlar berilgan. Maqola matnida pedagoglarda shakllangan kasbiy  psixologik xususiyatlar, kasbiy motivlar, o‘ziga bo‘lgan ishonchni rivojlantirishning psixologik tomonlari   haqida keng fikr yuritilgan.

Gulandon Ganiyeva

99-102

2023-03-16

BOSHLANG‘ICH SINF O’QITUVCHISI KASBIY KOMPETENTLIGINI PEDAGOGIK FAOLIYAT JARAYONIDA SHAKLLANTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI

Maqoda boshlang‘ich sinf o’qituvchisining kompetentligini shakllanishi kontekstidagi “kasbiy kompetentlik” tushunchasining mazmuni, pedagogik faoliyat jarayonida kasbiy kompetentlikni shakllantirishning nazariy asoslari va sharoitlari ochib berilgan. Boshlang‘ich sinf o’qituvchisining kasbiy kompetentligini oshirish texnologiyasi va modeli ko'pqirrali pedagogik kompetensiyalar sifatida pedagogik faoliyatini amalga oshirishga tayyorligi, kasbiy bilimlarni nazariy va amaliy jihatdan integratsiyalashi hamda o'zini shaxsiy va kasbiy rivojlantirishi asosida asoslanadi.

Dilfuza Karamatova , Ra’noxon Nurullayeva

95-98

2024-12-31

BO’LAJAK O’QITUVCHILARDA KASBIY TAFAKKUR SHAKLLANISHI VA RIVOJLANISHING PSIXOLOGIK OMILLARI

Mazkur maqolada bo‘lajak o‘qituvchilarda kasbiy tafakkurning shakllanishi va rivojlanishiga ta’sir etuvchi psixologik omillar tahlil qilinadi. Kasbiy tafakkur — bu o‘qituvchi shaxsining kasbiy faoliyatga ongli, tahliliy va refleksiv yondashuvini ifodalovchi murakkab psixik jarayondir. Tadqiqotda kasbiy o‘zini anglash, motivatsiya, refleksiya, emotsional barqarorlik hamda ijodiy tafakkur kabi psixologik komponentlarning o‘zaro bog‘liqligi yoritiladi. Bo‘lajak pedagoglarda kasbiy tafakkurni rivojlantirishda o‘qitish jarayonining shaxsga yo‘naltirilganligi, mustaqil fikrlashni rag‘batlantirish va refleksiv tahlil madaniyatini shakllantirish muhim omillar sifatida ko‘rsatilgan.

Nodira Raximova

145-149

2025-10-20

OTMLARDA BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNING KASBIY SIFATLARINI SHAKLLANTIRISH

Ushbu maqolada oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy sifatlarini shakllantirish jarayoni ilmiy-pedagogik nuqtai nazardan tahlil etiladi. Maqolada kasbiy sifatlarning mohiyati, ularning shakllanishiga ta’sir etuvchi omillar, shuningdek, zamonaviy ta’lim texnologiyalarining bu jarayondagi o‘rni yoritiladi. Bo‘lajak pedagoglarda kasbiy kompetensiya, mas’uliyat, kommunikativ madaniyat, kreativ fikrlash va axloqiy qadriyatlarni rivojlantirish metodlari asoslab beriladi. Tadqiqotda o‘qituvchilarni kasbiy faoliyatga tayyorlashda innovatsion yondashuvlar, pedagogik amaliyot va refleksiv tahlilning ahamiyati ko‘rsatib o‘tilgan. Natijada, maqolada bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy sifatlarini shakllantirish uzluksiz ta’lim jarayonining ajralmas qismi sifatida baholanadi hamda ta’lim tizimida amaliy natijalarga erishish yo‘llari taklif etiladi.

Y.F. Egamberdiyeva

93-98

2025-11-11

KASBIY CHARCHOQ TURLARI VA ULARNI OLDINI OLISHNING AHAMIYATI

Ushbu maqolada kasbiy charchoq turlari va ularni bartaraf etishning ahamiyatiga doir tushunchalar o'z ifodasini topgan. Shuningdek, kasbiy charchoqni bartaraf etishda xususiy va umumiy strategiyalaridan foydalanish, emotsional va jismoniy holatga nisbatan charchoq turlarini bartaraf etishga doir fikrlar ifoda etilgan. Charchoq turlarining tasniflari, professional ish faoliyatiga ta'siri, kasbiy charchoqning psixologiyaga ta'siri, kognitiv charchoq kabilarni oldini olish  yuzasidan ilmiy qarashlar oʻz ifodasini topgan. Maqolada stress, depressiyaning ortishi, hissiy beqarorlik, kasbiy deformatsiya kabilarning paydo boʻlishi va bartaraf etish yoʻllari izohlangan.

Xurshida Kochkarova

55-59

2025-12-22

SHAXSNI KASBIY RIVOJLANIB BORISHINI PSIXOLOGIK TAHLILI

Ushbu maqolada shaxsning kasbiy rivojlanish jarayoni psixologik nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Kasbiy shakllanish insonning ijtimoiy va psixologik xususiyatlari bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, uning motivatsiyasi, o‘z-o‘zini anglash darajasi, hayotiy maqsadlari va professional identifikatsiyasi kabi omillar muhim rol o‘ynaydi. Maqolada shaxsning kasbiy rivojlanish bosqichlari, bu jarayonda yuzaga keladigan psixologik to‘siqlar va ularni bartaraf etish usullari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, samarali kasbiy o‘sishni ta'minlovchi psixologik omillar va sharoitlar tahlil qilinadi.

Zuxra Radjabova

72-77

2025-04-14

KASBIY TANLOVGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR CHIRCHIQ DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI

Ushbu maqolada shaxsning kasbiy shakllanish jarayoni yosh xususiyatlari va ish stajiga bog‘liq emasligi, aksincha, individning kasbiy rivojlanish bosqichiga qarab aniqlanishi ko‘rsatiladi. Kasbiy layoqat tizimi uchta darajaga bo‘linadi: kasbiy muhitni o‘rganish, mehnat ekspertizasi va kasbga yo‘naltirish. Har bir daraja o‘z vazifalarini bajarib, insonning imkoniyatlarini va istaklarini hisobga olgan holda kasbni tanlashga yordam beradi.

Zuxra Radjabova

28-32

2025-04-14

KASBIY O‘ZINI ANGLASH VA IDENTIFIKATSIYANING PSIXOLOGIK ASOSLARI

Ushbu maqola talabalarda kasbiy identifikatsiya jarayonining psixologik asoslari va kasbiy o‘zlikni anglash‚ tahlil qilish, uning shakllanishiga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash hamda psixologik yondashuv asosida samarali rivojlantirish yo‘llarini ko‘rsatishga qaratilgan. Talabalarda kasbiy identifikatsiya rivojlanishining  ijtimoiy psixologik muhitning o‘rni va ahamiyati haqida so‘z yuritiladi. Talabalarida kasbiy identifikatsiya rivojlanishining  usullari tavsifi berilgan.

Feruza Qurbonova

33-35

2025-04-30

HARBIY KOMPETENTSIYA KURSANTNING KASBIY MAHORATINI SHAKLLANTIRISHNING KALITI SIFATIDA

Annotatsiya. Harbiy kasbiy kompetentsiyalarni joriy etish zamonaviy armiya bo'linmalarida xodimlarning kasbiy fazilatlarini shakllantirish sifatida Qurolli kuchlar tizimi mutaxassislarini kasbiy tayyorlash bo'yicha davlat ta'lim standartlarini ishlab chiqishda, shuningdek kuch vazirliklari va idoralarining boshqa universitetlarining o'quv jarayonida foydalanish mumkin

Jahongirmirzo Abdurasulov

231-234

2022-10-22

O’QUVCHILARDA KASBIY QIZIQISHLARNI SHAKLLANTIRISHNING PSIXOLOGIK-PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARI

Ushbu tadqiqot o‘quvchilarda kasbiy qiziqishlarni shakllantirish jarayonining psixologik va pedagogik xususiyatlarini tahlil qilishga qaratilgan. Jamiyat taraqqiyoti sharoitida o‘quvchilarning ongli kasb tanlashi, shaxsiy qiziqishlarini aniqlashi va kelajakdagi faoliyatiga yo‘naltirilishi dolzarb masalalardan biridir. Tadqiqot davomida psixologik-pedagogik texnologiyalar, interfaol ta’lim metodlari hamda PERMA modeli asosida yondashuv qo‘llanildi. O‘quvchilarning kasbiy intilishlariga ta’sir etuvchi omillar, motivatsiya shakllanish jarayoni va o‘qituvchi-ota-ona hamkorligining ahamiyati ilmiy asosda o‘rganildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, interfaol mashg‘ulotlar, shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv va ijobiy psixologik muhit o‘quvchilarda kasbiy qiziqishni shakllantirishda samarali vosita hisoblanadi. Shunday qilib, o‘quvchilarda kasbiy qiziqishni erta bosqichdan rivojlantirish nafaqat ta’lim samaradorligini oshiradi, balki ularning shaxsiy kamoloti va ijtimoiy moslashuvchanligini ham ta’minlaydi.

Dilorom Jalolova , Abduqunduz Xalimjonov

47-50

2025-09-30

PEDAGOGIK TA’LIMDA KASBIY MOBILLIKNING MUHIM JIHATLARI

Hozirgi vaqtda ta’lim tizimi va elektron ma’lumotlar bazasi hamda keng ko‘lamli ma’lumotlar asosida aholi ma’lum bir bilimga ega  bo‘lmoqda. Talaba-muhandislar nafaqat universitetda o‘qishga, balki ish joylarida ham har qachongidan ham ko‘proq amaliyot o‘tashga intilyaptilar, chunki o‘qishni kasbiy mobillik bilan integratsiya qilish talabalar bilimi va amaliyot tajribasini oshirishning asosiy mezonidir. Shu sababli, qishloq xo'jaligida talaba-muhandislarning kasbiy mobilligini oshirish uchun integratsiyalashgan ta'limning pedagogik metodologiyasi zarurdir. Bundan tashqari, kelajakda kerakli mutaxassis bo'lish uchun kasbiy mobillik bilan universitetda tahsil olish zarurdir. Hozirgi kunda kasbiy mobillikning pedagogik ta’limda tadbiq qilinishi zarurati sezilmoqda.

Muhabbat Xidirova

19-21

2025-10-14

BO‘LAJAK TEXNOLOGIYA O‘QITUVCHILARINING KASBIY KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH

Kasbiy kompetentlikni rivojlantirish muammosi bugungi kunga qadar ham ilmiy ishlar markazida bo‘lgan. Shu asosida zamonaviy ta’lim sharoyitida alohida yondashuv bilan faoliyat olib boradigan texnologiya o‘qituvchilarining ham o‘ziga xos kasbiy kompetentliklarini aniqlab ularni rivojlantirish usullarini o‘rganish maqsadga muvofiq. Ushbu maqolada bo‘lajak texnologiya o‘qituvchilariga xos kasbiy kompetentliklar va ularni rivojlantirishning asosiy yo‘llari va samarali usullari keltirilgan. Shuningdek, zamonaviy ta’lim jarayonida texnologiya fani o‘qituvchisidan talab etiladigan kasbiy tayyorgarlik darajalari, innovatsion yondashuvlar tahlil qilinadi.

Abdieva Saltanat Patullaevna

141-146

2025-06-18

PEDAGOGLARDA KASBIY STRESS VA EMOTSIONAL SO‘NISH HOLATLARINI OLDINI OLISH

Ushbu maqola pedagoglarda kasbiy stressning sabablari va emotsional so‘nish holatining salbiy oqibatlarini ko‘rib chiqadi. Shuningdek, maqolada olimlarning pedagoglarda kasbiy stressni yengish uchun taklif qiladigan turli xil usullar, jumladan, stressni boshqarish texnikalari, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, kasbiy rivojlanish va ish joyida sog‘lom muhit yaratish kabi masalalar muhokama qilinadi.

Siddiqova Gulchinoy Baxodirovna

76-79

2025-02-26

INKLYUZIV TA’LIMDA PEDAGOG KASBIY KOMPITENSIYASINI RIVOJLANTIRISH VA UNING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI

Mazkur tezisda inklyuziv ta’lim sharoitida pedagog kasbiy kompetensiyasini rivojlantirish va uning psixologik xususiyatlari masalalari tahlil qilinadi. Inklyuziv ta’lim jarayonida pedagogdan yuqori darajadagi kasbiy bilim, pedagogik mahorat bilan bir qatorda empatiya, psixologik barqarorlik, tolerantlik va reflektiv faoliyat talab etiladi. Tadqiqotda pedagog kasbiy kompetensiyasining tarkibiy qismlari, maxsus ehtiyojli o‘quvchilar bilan ishlashda muhim bo‘lgan psixologik omillar hamda ularni rivojlantirish yo‘llari yoritilgan. Shuningdek, pedagog kasbiy kompetensiyasi va psixologik tayyorgarligining inklyuziv ta’lim samaradorligiga ta’siri statistik va nazariy ma’lumotlar asosida asoslab berilgan. Tezis natijalari inklyuziv ta’lim jarayonida pedagoglarning kasbiy va psixologik tayyorgarligini oshirishga qaratilgan amaliy tavsiyalar ishlab chiqish uchun xizmat qiladi.

Olmos Avezov, Kamoliddin Raimov

39-41

2026-02-04

KASBIY STANDARTLAR VA TA’LIMNING O‘ZARO TA’SIRI

Ushbu maqolada Oʻzbekistonda taʼlim va kadrlar tayyorlash tizimini modernizatsiya qilishda kasbiy standartlarning roli koʻrib chiqiladi. Iqtisodiyotning jadal rivojlanishi va mehnat bozoridagi o‘zgaruvchan talablar sharoitida ta’lim dasturlarini zamonaviy kasbiy standartlarga moslashtirish zarurati paydo bo‘ldi. Standartlar va ta’lim muassasalarining o‘zaro hamkorligi bitiruvchilarning malakasi ish beruvchilar talablariga javob berishini ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi.  Standartlarni o‘quv dasturlariga joriy etish mexanizmlari, ularning ta’lim mazmuniga ta’siri, shuningdek, dual ta’lim va uzluksiz kasbiy tayyorgarlikning o‘rni o‘rganiladi. Bitiruvchilarning malakasi va bozor talablari o‘rtasidagi nomuvofiqlik muammolari va ularni hal qilishda standartlar qanday yordam berishiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ushbu maqola uzoq muddatli iqtisodiy o‘sishni va inson resurslarining barqaror rivojlanishini ta’minlash uchun kasbiy standartlar va ta’lim muassasalari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar bilan yakunlanadi.

Gulbaxar Izetaeva

7-12

2024-11-08

TALABALARDA KASBIY AXLOQNI RIVOJLANTIRISHNING TAKOMILLASHTIRISH METODIKASI

Ushbu maqola, talabalar orasida kasbiy axloqni rivojlantirish va takomillashtirish metodikasini o‘rganishga bag‘ishlangan. Axloqiy qadriyatlar, kasbiy faoliyatda muhim rol o‘ynaydi va talabalar uchun professional muvaffaqiyatning asosi hisoblanadi. Maqolada, talabalarning kasbiy axloqiy me’yorlari, ularning shakllanishi va rivojlanishi jarayonida ta’lim muassasalari, oila va jamiyatning ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berilgan.  Shuningdek, kasbiy axloqni rivojlantirishda zamonaviy pedagogik texnologiyalar, interaktiv ta’lim uslublari va psixologik treninglarning roli ko‘rsatilgan. Soha mutaxassislari va olimlar tomonidan ishlab chiqilgan yangi metodikalar va innovatsion yondashuvlar yordamida talabalar orasida axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash hamda ularni amaliyotga tadbiq etish bo‘yicha misollar keltirilgan.

Raufjon Xalilov

136-139

2025-05-28

BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING KASBIY BILIMLARINI OSHIRISHDA TEXNOLOGIYA FANINING O‘RNI

Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining kasbiy bilimlarini oshirishda texnologiya fanining o‘rni tahlil qilinadi. O‘quvchilarning kasbiy bilimlarini rivojlantirishda texnologiyalarning ahamiyati katta bo‘lib, ushbu fan o‘quvchilarga zamonaviy kasblar va ularning amaliyotini o‘rgatishda muhim vosita hisoblanadi. Maqolada texnologiya fanining boshlang‘ich ta’limda qanday qo‘llanilayotgani va o‘quvchilarning kasbiy qobiliyatlarini shakllantirishdagi roli muhokama qilinadi. Tadqiqot natijalari texnologiyaning o‘quv jarayoniga integratsiyasining o‘quvchilarning o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini oshirishi, ularning bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatishini ko‘rsatadi. Shuningdek, maqolada texnologiyaning ta’lim jarayoniga qo‘llanilishi bilan bog‘liq yuzaga keladigan muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari ham ko‘rib chiqiladi. Ushbu tadqiqot texnologiya fanining ta’lim tizimida ahamiyatini yanada oshirish uchun yangi yondashuvlar va metodlarni taklif qiladi.

Kenjayeva Zilola Saminjon qizi

28-36

2025-04-08

KOMPETENSIYAVIY YONDASHUV ASOSIDA BOʻLAJAK TARBIYACHILARNI KASBIY FAOLIYATGA TAYYORLASH TEXNALOGIYASI

Mazkur ilmiy tezis kompetensiyaviy yondashuv asosida bo‘lajak tarbiyachilarni kasbiy faoliyatga tayyorlash texnologiyasini pedagogik muammo sifatida chuqur tahlil qiladi va zamonaviy ta’lim tizimida ushbu yondashuvning ahamiyatini yoritadi. Tezisda ta’lim jarayonining an’anaviy modellardan natijaga yo‘naltirilgan kompetentsiyalarni shakllantirishga o‘tish jarayoni, bo‘lajak tarbiyachilarning kasbiy tayyorgarligini ta’minlashda qo‘llaniladigan innovatsion texnologiyalar (masalan, jigsaw faoliyatlari, fikr almashish usullari, IMPACT dasturi va entrustable professional activities – EPAs) batafsil ko‘rib chiqiladi. Empirik tadqiqotlar asosida, xususan, 156 pedagogika talabasi ishtirokidagi kvazi-eksperimental tadqiqot va 35 ishtirokchiga asoslangan IMPACT dasturi natijalari tahlil qilinib, rahbarlikdagi kommunikativ kompetentsiya (LCC) va global kompetentsiya (GC) ni rivojlantirish samaradorligi isbotlanadi. O‘zbekiston ta’lim tizimida ushbu yondashuvning qo‘llanilishi, milliy siyosat doirasidagi integratsiya (masalan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ta’limni modernizatsiya qilish haqidagi qarorlari) va muammolarni hal qilish yo‘llari muhokama etiladi. Tadqiqot natijalari ta’lim siyosatini isloh qilish, kasbiy tayyorgarlikni oshirish va inklyuziv ta’lim muhitini yaxshilash bo‘yicha amaliy tavsiyalarni taklif etadi. Tezis pedagogika fanining nazariy va amaliy jihatlarini birlashtirib, bo‘lajak tarbiyachilarning raqamli va madaniyatlararo kontekstlarda samarali faoliyat yuritish qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan. Ushbu ish pedagogika mutaxassislariga, ta’lim muassasalari rahbarlariga, tadqiqotchilarga va ta’lim siyosatchilariga mo‘ljallangan bo‘lib, O‘zbekiston va xalqaro ta’lim tizimlarida kompetensiyaviy yondashuvni kengaytirishga hissa qo‘shadi.

Surayyo Yusupjonova

29-33

2025-10-16

ONA TILI OʻQITISH DARSLARIDA KASBIY KOMPETENTLIK VA KASBIY KOMPETENSIYAGA ALOQADOR INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH

Ushbu maqolada ona tili oʻqitish darslarida kasbiy kompetentlik va kasbiy kompetensiyaning innovatsion texnologiyalar bilan amalga oshirishning oʻziga xos xususiyatlari qalamga olingan boʻlib, bunda, pedagogik qobiliyatlarning amaliyotidan oʻquvchi-yoshlarning faolligini oshirish koʻzlangan deyish mumkin. Shuningdek, maqolada  oʻqituvchilarning kasbiy kompetentligi davomida axborot texnologiyalaridan foydalanishining ahamiyati ham ochib berilgan.

Sevinchoy Oqmonova, Saparbay Atiyazov

67-69

2023-05-26

KASBIY KOMPETENSIYA TUSHUNCHASI VA UNING ZAMONAVIY TIBBIY TA'LIMDAGI AHAMIYATI

Mazkur ishda kasbiy kompetensiya tushunchasi, uning mazmun-mohiyati hamda zamonaviy tibbiy ta’lim tizimidagi o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. Tadqiqotda kasbiy kompetensiyaning asosiy tarkibiy qismlari — bilim, amaliy ko‘nikma, kasbiy qadriyatlar, kommunikativ va axloqiy kompetensiyalar yoritib beriladi. Shuningdek, tibbiyot xodimlarini tayyorlash jarayonida kompetensiyaviy yondashuvning ustunliklari, uning an’anaviy bilimga asoslangan ta’limdan farqli jihatlari ko‘rib chiqiladi. Ishda zamonaviy tibbiy ta’limda kasbiy kompetensiyani shakllantirishning dolzarbligi, global sog‘liqni saqlash tizimida raqobatbardosh mutaxassis tayyorlashdagi ahamiyati asoslab beriladi. Tadqiqot natijalari tibbiy ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Dildora Shakirova

133-137

2025-12-17

AKSIOLOGIK YONDASHUV ASOSIDA TALABALARNING KASBIY SHAKLLANISHI

Mazkur tezisda oliy ta'lim tizimida talabalarning kasbiy shakllanishiga aksiologik yondashuvning ta'siri chuqur tahlil qilinadi. Ishda kasbiy shakllanish jarayonida qadriyatlarning o'rni, uning nazariy-metodologik asoslari va pedagogik imkoniyatlari yoritilgan. Tadqiqotda talabalarda kasbiy qadriyatlarni shakllantirishga qaratilgan innovatsion pedagogik texnologiyalar va metodikalar ishlab chiqilgan bo'lib, ularning amaliyotga joriy etish mexanizmlari hamda samaradorligi eksperimental tarzda isbotlangan. Olingan natijalar bitiruvchilarning nafaqat bilimlari va ko'nikmalarini, balki axloqiy-ma'naviy fazilatlarini ham uyg'un rivojlantirish orqali ularni zamonaviy mehnat bozorining talablariga javob beradigan mas'uliyatli, ahloqiy prinsiplarga sodiq va professional yetuk kadrlar etib tayyorlashga xizmat qiladi.

Jayron Ashirova

115-118

2025-06-30

TALABALARDA O‘Z-O‘ZINI RIVOJLANTIRISH PSIXOLOGIK MUAMMO SIFATIDA

Mamlakatimizda kasbiy o‘z-o‘zini rivojlantirish muammosi, uni shakllantirishning psixologik-pedagogik shartlari bugungi kunda o‘zgarib borayotgan ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlar, ta’lim sohasidagi yangiliklar, ayniqsa, kasbiy, shuningdek, mehnat sub'ektining uning kasbiy faoliyatiga munosabatini o‘zgartirish zarurati bilan belgilanadi.

Zamonaviy professionallikning yangi ma'nosi va uning shakllanishidagi shaxsning roli kasbiy rivojlanish qadriyatlarini tubdan qayta baholashni talab qiladi. Mutaxassisga, uning tayyorgarligi va bilimiga, sub’ektning o‘z kasbi, kasbiy kelajagi va hayotiy g‘oyalari, kasbiy rejalari uchun mas’uliyatiga talablar ortdi.

Shoxida Taylanova , Lobar Abdusaidova

5-10

2023-04-05

ICHKI ISHLAR XODIMLARINING KASBIY SHAKLLANISHINING NAZARIY-FALSAFIY ASOSLARI

Ushbu maqolada ichki ishlar xodimlarining kasbiy shakllanishining nazariy-falsafiy asoslari keng qamrovda tahlil qilingan. Tadqiqotda ontologik, gnoseologik, aksiologik, antropologik, etik va praksseologik yondashuvlar orqali kasbiy shakllanish jarayonining murakkab tabiati ochib berilgan. Maqolada Martin Xaydegger, Immanuel Kant, Jürgen Xabermas, Max Scheler, Zigmund Freyd, Karl Jung va boshqa taniqli falsafachilarning nazariy konsepsiyalari ichki ishlar sohasiga tatbiq etilgan. Tadqiqotda kasbiy shakllanishning dialektik xarakteri, bilish jarayonining epistemologik aspektlari, qadriyatlar tizimining shakllanishi, shaxsning ijtimoiy institutlar bilan o'zaro ta'siri, axloqiy mas'uliyat masalalari va zamonaviy texnologik sharoitlardagi yangi qiyinchiliklar tahlil qilingan. Maqola ichki ishlar xodimlarining sifatli tayyorgarligini ta'minlash uchun chuqur nazariy-falsafiy asoslarning zarurligini asoslaydi.

Sherzodjon Nabiyev

130-134

2025-08-14

##navigation.items## 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 > >> 

Indexing

butom

Requirements Editorial Board Politics Send the material

Til tanlash

  • English
  • Uzbek (latin)
  • Русский

##plugins.block.developedBy.blockTitle##

Ochiq jurnal tizimlari

CONTACT

Republic of Uzbekistan, Tashkent, st. Shirin 53, 100131


(+998) 935692306


info@in-academy.uz


© Copyright 2021-2023 «Innovative Academy RSC» LLC. All Rights Reserved

Innovative Academy